O’zbekiston Respulikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Instituti Sanoat farmatsiya fakulteti Mikrobiologiya fanidan


Download 0.59 Mb.
Sana16.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1204335
    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

O’zbekiston Respulikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Instituti Sanoat farmatsiya fakulteti Mikrobiologiya fanidan


Mustaqil ish
Mavzu: Gepatit A va gepatit B qo'zg'atuvchi viruslar, kasalliklarini labarator diagnostikasi.
Bajardi: SF 201-”B” Yoriyeva Yulduz
Tekshirdi: Achilova Jamila

Reja:

Reja:

  • Gepati A qo'zg'atuvchisi va kasallik haqida umumiy ma'lumot.
  • Gepatit B qo'zg'atuvchisi va kasallik haqida ma'lumot.
  • Gepatit kasalligiga qarshi kurash va oldini olish.
  • Kasalliklarni labarator diagnostikasi.

Gepatit A (Botkin kasalligi) — RNK-virus bo’lib, Picornavirus oilasiga, Enterovirus sinfiga mansub, o’tkir virusli jigar shikastlanishiga olib keladi. Uning o’lchami 27-30 nm. Virusning qobig’i yo’q. Bundan tashqari, virusning yana to’rtta inson virusi genotipi va uch xil maymun virusi genotipi aniqlangan.
Genotiplardan qat’i nazar, barcha A turdagi viruslar o’xshash antigen, immunogen va himoya xususiyatlariga ega ekanligi aniqlandi.Gepatit A ning virusi HAV (Hepatitis A virus) deb ham ataladi. Virus quruq va issiq sharoitlarga (60 °C) chidamli, sho’r va chuchuk suvda oylar davomida saqlanadi. Ultrabinafsha nurlanishi ostida 1 daqiqada, 121 °C issiqlikdagi avtoklavda 20 daqiqa davomida, xloramin yoki xlor preparatlari bilan ishlov berilganda 5-7 daqiqada nobud bo’ladi.
KASALLIK TASNIFI
Kasallikning davomiyligiga ko’ra,
-O’tkir shakli;
-Cho’zilgan shakli.
Og’irlik darajasi bo’yicha :
-Yengil daraja;
-O’rta-og’ir daraja;
-Og’ir daraja.
Kasallik alomatlari sezilarligiga ko’ra to’rtta shakli farqlanadi:
-Subklinik (kasallik belgilari yo’q);
-Xiralashgan (kasallikning alomatlari sezilar-sezilmas, umumiy holsizlik ko’rinishida);
-Sariq kasalliksiz (teri sarg’ayishisiz aniq alomatlar);
-Sariq kasallik (terida sariqlik mavjudligi bilan kasallikning umumiy simptomatikasi).
Virusli gepatit A — jigar infektsiyalarining eng ko’p uchraydigan sabablaridan biridir. Masalan, 1988 yilda Shanxayda JSST (Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti) ga ko’ra, epidemiya 300 ming kishini zararlagan.
Gepatit B — bu virusli kasallik bo’lib, virus organizmga tushganda hayotiy zarur bo’lgan ichki organlarga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Ushbu kasallik tufayli eng ko’p shikast jigarga yetadi, uning shikastlanishi mikro-hujayrali darajada bo’ladi. Kasallik alomatlarsiz kechishi yoki aniq belgilar bilan namoyon bo’lishi mumkin. Surunkali bosqichiga o’tganda, ushbu virusli infektsiya ko’pincha jigar sirrozi va saratoni rivojlanishiga olib keladi.
Gepatit B — antroponoz virusli kasallik. Sezilarli gepatotrop xususiyatlarga ega qo’zgatuvchi — gepadnaviruslar oilasiga mansub gepatit B virusi (HBV) tomonidan chaqiriladi. Virus turli fizik va kimyoviy omillarga qarshi juda chidamlilik bilan ajralib turadi.
Kasallik faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali yuqishi mumkin. Ko’p hollarda infektsiya bemor uchun sezilmay kechadi, shuning uchun kasallik laboratoriya tahlillari natijasida yoki xususiyatli belgilari namoyon bo’lgan paytda aniqlanadi. O’z vaqtida davolangan bemorlar butunlay sog’ayib ketadi va ushbu kasallikka qarshi barqaror immunitetga ega bo’ladi.
Gepatit B kech tashxislansa yoki o’z vaqtida davolanmasa, buning natijasida jigar sirrozi yoki gepatotsellyulyar saraton rivojlanishi ehtimoli yuqori bo’ladi.
Bunday toifadagi bemorlar kasallikning boshqa jiddiy oqibatlar bilan to’qnash kelishlari mumkin:
Miokardit (yurak muskullarining yallig’lanishi);
Artrit, artroz va boshqa bo’g’im kasalliklari;
Qon tomir, buyrak kasalliklari va boshqalar.
Yuqoridagi asoratlar oqibatida o’limga olib keladigan xavf ehtimoli sezilarli darajada oshadi.
Jigar shishi va teri rangining o’zgarishi
Gepatitni oldini olish uchun quyidagi oddiy qoidalarga rioya qilish kerak:
Kundalik shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish. Ayniqsa, ko’p odamlar bilan, shuningdek, pul va umumiy foydalanish ob’yektlari bilan aloqa qilishdan keyin qo’llarni yuvish juda muhimdir;
Gepatit B ga qarshi o’z vaqtida vaktsina olish;
Manikyur, go’zallik salonlariga tashrif buyurganda ishchilar tomonidan sanitariya qoidalariga rioya qilinishiga e’tibor berish;
Muntazam ravishda qon tahlillari topshirib turish;
Boshqalarning qoni yoki boshqa biologik materiallari bilan aloqa qilmaslik;
Sog’lom turmush tarziga rioya etish;
Alkogolli ichimliklar va chekishdan voz kechish;
Immunitetni mustahkamlash;
Gepatit В tashxisida bemoring qon zardobidagi
antigren va antitelolarni RIA, IFA usullaridan foydalanib aniqlanadi. HBs antigen surunkali va simptomsiz infeksiyalarda topiladi. Bemorlarda Hbe vaHBc antigenlar topilishi katta diagnostik ahamiyatga ega, chunki bular
infekzsiyaning yashirin davridan to 6-8 oygacha aniqlanishi mumkin. Gepatit В virusining antigenlari va antitelolarini aniqlash faqat diagnostik emas, balki prognostik ahamiyatga ham ega.Turli antigenlarga qarshi antitelolarning sintez qilish dinamikasi har xil bo'lib, prodromal davrida HBc-antitelolar, so'ngra Hbe-antitelolar, eng keyin HBs-antitelolar paydo bo'Iadi. U yoki bu antigenga qarshi paydo bo'lgan antitelolarga qarshi kasallik davrini aniqlash mumkin. O'tkir gepatit В tashxisini qo'yish uchun bemorning qon zardobida HBc-antigenga qarshi IgM ni topish muhim ahamiyatga ega.
qo'yiladi.
Gepatit A . Tekshirish uchun bemordan najas va qon olinib, virus zarrachalari IEM, virus antigeni IFA va RIA usullari yordamida aniqlanadi. Serologik tashxis virusga qarshi IgM va IgG antitelolar, IFA va RIA reaksiyalarida topiladi. Virus maxsus IgM immunoglobulinlari kasallikning
o'tkir davridan darak beradi. Gepatitlar tashxisida biokimyoviy ko'rsatkichlar aniq va tez tashxis
qo‘yishda katta yordam beradi. Bunda bemorning zardobidagi bilirubin (asosan , bog'langan turi ko'payadi)fermentlar ( aldolaza, aminotransferazalar - A1AT, AsAT va boshqalar), timol sinamasi kabi
ko'rsatkichlar oshgani aniqlanadi.
E’tiboringiz uchun
rahmat!
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling