Oʻzbekiston tarixi


Download 121.27 Kb.
Sana24.10.2023
Hajmi121.27 Kb.
#1717974

Oʻzbekiston tarixi
34 ta til

  • Maqola

  • Munozara

lotin/кирилл




  • Mutolaa

  • Tahrirlash

  • Manbasini tahrirlash

  • Tarix

Asboblar













Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Oʻzbekiston tarixi



Miloddan avval

Tarixiy Markaziy Osiyo

Andronovo madaniyati (e.a. XVIIIX)

Baqtriya-Margʻiyona arxeologik kompleksi (e.a. XXIIIXVIII)

Skiflar (saklarmassagetlardahlar) (e.a. VIIIIV)

Xorazm (e.a. VIIIe.a. VI asr)

Sugʻdiyona (—e.a. VI asr)

Choch (—e.a. III asr)

Fargʻona (—e.a. VI asr)

Baqtriya (VIIIe.a. VI asr)

Fors istilosi (e.a. 558330)

Ahamoniylar imperiyasi (558e.a. 330)

Yunon istilosi (e.a. 334125)

Iskandar Maqduniy imperiyasi (e.a. 334 — e.a. 146)

Salavkiylar davlati (312e.a. 64)

Yunon-Baqtriya podsholigi (e.a. 250125)

Eroniy davlatlar (e.a. II1055)

Qangʻ davlati (e.a. III asr — V a.lar yarmi)

Davan (e.a. II asr — I asr)

Milod

Kushon podsholigi (I — III aa.)

Xioniylar davlati (IV — V aa.)

Kidariylar davlati (IV — V aa.)

Eftaliylar davlati (V — VI aa.)

Turk xoqonligi (552603)

Gʻarbiy xoqonlik (603698)

Turkash xoqonligi (698766)

Oʻgʻuz davlati (7501055)

Qarluq xoqonligi (766940)

Islom dini kelishi (661750)

Umaviylar xalifaligi (661750)

Abbosiylar xalifaligi (7501258)

Toxiriylar amirligi (821873)

Somoniylar amirligi (875999)

Turkiy davlatlar (9991221)

Gʻaznaviylar davlati (9631187)

Qoraxoniylar davlati (8401040)

Gʻarbiy Qoraxoniylar xonligi (10401212)

Saljuqiylar davlati (10371194)

Xorazmshohlar davlati (10771231)

Moʻgʻullar istilosi (12191269)

Qoraxitoylar davlati (11411212)

Moʻgʻullar davlati (12061291)

Chigʻatoy ulusi (12241340)

Gʻarbiy Chigʻatoy ulusi (13401370)

Amir Temur davlati va Temuriylar davlati (13701500)

Buxoro xonligi (15001785)

Xiva xonligi (15121920)

Qoʻqon xonligi (17091876)

Toshkent davlati (17841809)

Buxoro amirligi (17851920)

Rossiya imperiyasi ekspansiyasi
(
18531920)

Turkiston muxtoriyati (19171918)

Muvaqqat Fargʻona hukumati (19191920)

Sovet davri (19201991)

Turkiston ASSR (19181924)

Buxoro XSR (19201924)

Xorazm XSR (19201924)

Oʻzbek SSR (19241991)

Oʻzbekiston Respublikasi (1991-yildan)

«Oʻzbekiston» portali

Oʻzbekiston tarixi ilk paleolit davridan boshlanadi.
Paleolit, mezolit va neolit davrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fargona vodiysida Selungur gʻorining muhim topilmasi bu qadimgi odam „Gomo erektus“ (Fargʻonatrop)ning bosh kosaxonasi parchasiMarkaziy Osiyo qadimgi odamining suyak qoldiqlari xisoblanadi.
Oʻzbekistonda yuqori paleolit yodgorliklari — Koʻlbuloq, Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha, Takalisoy, Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh yoʻngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz suyaklari qayd etiladi.
Oʻzbekistonda — Surxondaryo (Teshiktosh gʻori), Samarqand (Omonqoʻton gʻoriQoʻtirbuloq makoni, Zirabuloq, Xoʻjamazgil makoni), Toshkent viloyati (Obirahmat gʻoriKoʻlbuloq makoniXoʻjakent makoni, Paltov), Fargʻona vodiysi (Qalʼacha makonlari, Soʻx daryosidagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut)da Mustye madaniyati yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan.
Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qoʻlga oʻrgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa M. davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda mezolitga oid koʻplab yodgorliklardan Fargʻona vodiysining Soʻx tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (qarang Obishir madaniyati), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay gʻori kabilarni koʻrsatish mumkin. Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Mezolit davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi.
Sarmishsoy — Oʻzbekiston hududidagi eng koʻp va beqiyos qoya tosh rasmlarini saqlab qolgan vodiydir. Bu erda 6-7 ming yil avval qoyatoshlarga bitilgan 10 mingdan ortiq petrogliflar topilgan. Tasvirlar oʻzida ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi davr voqea-hodisalarini qamrab olgan. Bular odamlarning ish jarayoni, turli marosimlar, ov manzaralari, qurol-aslahalar, oʻsha davrlarda foydalanilgan kiyim-kechak va taqinchoqlar, kiyik, qulon, jayron, sher, arslon, qoplon va itlarning xatti-harakatlari orqali mohirona aks ettirilgan.[1]
Oʻrta Osiyoning janubiy hududlarida oʻtroq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllanayotgan zamonda, uning shim. va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va togʻliklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Miloddan avvalgi 5—3 ming yilliklarda AmudaryoSirdaryo va Zarafshon xavzalari va ulardan shimolda yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy qoldiqlari dastlab qadimgi Xorazm yerlarida topib oʻrganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati nomini olgan.
Oʻzbekistoning tosh davri tarixi bilan arxeolog olimlar shugʻullangan (P.OkladnikovDavid Lev, T.Mirsoatov, M.Qosimov, Oʻtkir Islomov, A. P. Derevyanko, K. A. Kolobova, V. Ranov, Mavlon Juraqulov, K.Kraxmal, B.Sayfullaev, N.Xolmatov).
Eneolit va bronza davri[tahrir | manbasini tahrirlash]
Baqtriya-Margʻiyona madaniyati miloddan avvalgi XXIII-XVIII asrlarda janubiy Oʻzbekiston, Sharqiy TurkmanistonAfgʻoniston shimolida mavjud boʻlgan bronza davri sivilizatsiyalaridan biridir. Bunday sivilizatsiyaning mavjudligi haqidagi fikr 1976-yilda arxeolog V. I. Sarianidi tomonidan eʼlon qilingan. Baqtriya-Margʻiyona madaniyati bizning davrimizda hind-yevropaliklar kelguniga qadar mahalliy madaniyat sifatida qaraladi. Bu madaniyat boʻyoqsiz kulolchilik buyumlari, ikki qavatli kulolchilik ustaxonalari, mis va bronza quyma buyumlar (pichoq, xanjar), aravachalarning loydan yasalgan modellari, tor koʻchalar bilan ajratilgan koʻp xonali uylarning qoldiqlari bilan ajralib turadi. Yuqori darajada rivojlangan kulolchilik va zargarlik sanoati shaharlarda koʻplab hunarmandlar mavjudligini koʻrsatadi.
Markaziy Osiyoning bronza davri tarixi bilan mashhur arxeolog olimlar shugʻullangan (Mixail MassonGalina PugachenkovaEdvard RtveladzeViktor SarianidiVadim MassonSergey Tolstov, Y.Zadneprovskiy, A.Isakov, M.Itina, Boris LitvinskiyAhmadali AsqarovАnatoliy SagdullaevTemur Shirinov).
Qadimgi Baqtriya Baqtriya — Amudaryoni yuqori va oʻrta oqimidagi tarixiy viloyat. Asosan hozirgi Oʻzbekiston va Tojikistonning janubiy viloyatlari hamda Afgʻonistonning shimoliy qismini oʻz ichiga olgan. Shimolda Sugʻd, janubda va janubi-sharqda Araxosiya, Gandhara, gʻarbda Margʻiyona bilan chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) boʻlgan. Baqtriya miloddan avvalgi VI—IV asrlarda AhamoniylarAleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, soʻngra miloddan avvalgi III asr oʻrtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; miloddan avvalgi II asrda toharlar tomonidan bosib olingachToxariston deb atala boshlagan.
Baqtriya podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog va manbashunos olimlar shugʻullangan (Galina PugachenkovaEdvard Rtveladze, Shokir Pidaev, Boris Staviskiy, Nikolas Sims-UillyamsBoris LitvinskiyАnatoliy Sagdullaev, Shaul Shaked.
Qadimgi Xorazm[tahrir | manbasini tahrirlash]
Miloddan avvalgi III asrga oid devoriy rasm, Akchaxon qalʻa Xorazm qalʼalari, miloddan avvalgi V asrdan milodiy VI asrgacha
Xorazm Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi — qadimgi davlat[2][3][4] va rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo 
Download 121.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling