Pisa tadqiqotida tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash moduli


Download 1.03 Mb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1404162
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pisa tadqiqotida tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash


PISA TADQIQOTIDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIK HAMDA KREATIV FIKRLASH MODULI.


Reja:

  1. Tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalari.

  2. Topshiriqlar formati.

  3. Kognitiv darajalar.

  4. Kontekstlar.

  5. Mazmun sohalari, qamrov doirasi.



TABIIY FANLAR BOʻYICHA SAVODXONLIK TAʻRIFI

Tabiiy fanlar qamrov doirasi (science framework) tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlikni baholash vositalarining asosini tashkil etadi. PISA–2015 tadqiqotida tabiiy fanlar ustuvor yoʻnalish boʻlgan. Mazkur fanlar boʻyicha savodxonlik konsepsiyasi avval ishlab chiqilgan tabiiy fanlar doiralarida takomillashtirilgan (OECD, 2006, 2004, 1999).


PISA–2006 tabiiy fanlar qamrov doirasi 2006, 2009 va 2012-yillarda oʻtkazilgan tadqiqotlarda mazkur fanlar yoʻnalishning asosini tashkil etgan. PISA–2015 tabiiy fanlar qamrov doirasi PISA 2006 tabiiy fanlar qamrov doirasining yanada kengaytirilishi, takomillashtirilishi hisobiga yaratildi.
Insoniyat oziq-ovqat taʻminoti, kasalliklarning tarqalishi, energiya ishlab chiqarish va iqlim oʻzgarishi kabi yirik muammolarga duch kelgan bir davrda tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik milliy hamda xalqaro darajada katta ahamiyat kasb etmoqda (UNEP, 2012). Bunday muammolarni bartaraf etishda texnologiyalar va ilm-fan yutuqlaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Yevropa Komissiyasi tomonidan bildirilgan fikrga koʻra, agar yoshlar tabiiy fanlardan maʻlum darajada xabardor boʻlishmasa, yechimi fan va texnologiyalar bilan bogʻliq boʻlgan siyosiy hamda etnik muammolar ilmiy munozaralar mavzusi boʻla olmaydi. Bundan tashqari, bu barchani tabiiy fanlardan mutaxassis qilib tayyorlash degani emas, balki yoshlar oʻzlarini oʻrab turgan atrof-muhitga daxldor boʻlgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishlari hamda mutaxassislar oʻrtasida olib boriladigan ilmiy munozaralarni tushunishlariga imkon beradi. XXI asrda insoniyat oldida turgan muammolar ilmiy tafakkur va ilmiy kashfiyotlarga asoslangan innovatsion yechimlarni talab etishi shubhasiz. Jamiyatga iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishda zarur boʻladigan innovatsiyalarni rivojlantiradigan va ilmiy tadqiqotlar olib boradigan ilm egalari, olimlar kerak. Aytish mimkinki, tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik tayanch kompetensiya sanalib, tabiiy fanlarni oʻqitishning asosiy maqsadidir. Tabiiy fanlarga asoslangan bilim hamda koʻnikmalar har bir shaxsning shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyatida katta ahamiyatga ega, ilm-fan va unga asoslangan texnologiyalarni tushunish esa “yoshlarni hayotga tayyorlash” da markaziy oʻrinni egallaydi.
Tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid gʻoyalarni bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bogʻliq muammolarni hal qila olishi tushuniladi.
Tabiiy fanlar boʻyicha savodxon boʻlgan shaxs tabiiy fanlar va texnologiyalarga oid muammolarni ilmiy dalillarga asoslangan holda muhokama qilishda ishtirok eta oladi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling