Prezentatsiya mavzu: milliy madaniyatlarning diniy madaniyat shakllanishdagi roli


Download 126.19 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi126.19 Kb.
#1433537

PREZENTATSIYA

MAVZU:MILLIY MADANIYATLARNING DINIY MADANIYAT SHAKLLANISHDAGI ROLI

REJA:


Milliy madaniyatlarning diniy madaniyat shakllanishidagi roli. 
Diniy madaniy an’analarnnig ahamiyati va ularning o‘zaro ta’siri.
O‘zbekistondadiniy madaniyatni rivojlanish tarixi va hozirgi davrdagi ahamiyati.
  • Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati juda qadimiy bo‘lib, uning tarixi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Xalqimiz madaniyati ham jahon madaniyati bilan baqamti, yonma-yon yuzaga kelgan va rivojlangan. Bironta xalq madaniyati o‘z mamlakati doirasidagina,milliy biqiqlikda emas, balki boshqa xalqlar madaniyati bilan o‘zaro aloqadorlikda, o‘zaro bog‘liqlikda, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etish asosida rivojlanadi. Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi madaniyati faqat milliy asosda emas, shu bilan birga umuminsoniy qadriyatlar ta’siri ostida ham o‘sdi, rivojlandi.Unga Xitoy, Yunon, Rim, Arab madaniyati, jahondagi boshqa madaniyatlar o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. O‘z navbatida Markaziy Osiyo xalqlari ham boshqa xalqlar madaniyatining yuksalishiga, umumjahon madaniyati taraqqiyotiga o‘zining faol ta’sirini ko‘rsatdi. 
  •  Shunday ta’sirni milliy madaniyatimizning diniy madaniyat shakllanishi va rivojlanishiga ko‘rsatgan salmoqli ta’sirida ham ko‘rish mumkin.Har bir xalq, har bir millat madaniyatining shakllanishi ko‘plab omillarga bog‘likdir. Shunday muhim omillardan biri din hisoblanadi. Din insoniyat ma’naviy hayotining, madaniyatining tarkibiy qismidir. Qadimqadim zamonlardan boshlab atrofidagi olamni, odamni tushunib yetish uchun, murakkab hayot yo‘llarida adashmay yo‘l topish uchun, turli mashaqqatlarni yengib o‘tish uchun odamzotga ishonch, e’tiqod tuyg‘usiga ehtiyoj tug‘ildi. Ana shu ishonch tuyg‘usini unga turli ko‘rinishdagi diniy qarashlar berdi. Demakki, din odamzodga uni yaratgan, ayni zamonda to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotsifatida vujudga kelgandi.Shu bois har bir xalq, millat ishongan, e’tiqod qilgan diniy qarashlarda, u yaratgan diniy madaniyatda o‘sha xalqning orzu-intilishlari, maqsad-muddaolari, xohish-istaklari ham ma’lum ma’noda o‘z ifodasini topgan. 
  • Diniy madaniyatning shakllanishida milliy urf-odat, an’ana va marosimlarning ham o‘rni katta. Har bir xalq o‘ziga xos urfodat, an’analari bilan birgalikda shakllanadi. Ularning eng xalqchil, yashovchan ko‘rinishlari har qanday siyosiy,, iqtisodiy, ijtimoiy, diniy evrilishlarga ham bardosh berib yashashda davom etadi. Shu xalq, millat bor ekan ular ham mavjuddir. Eng asosiysi, ular shu millat e’tiqod qiladigan diniy madaniyat bilan uyg‘unlashib, yaxlit milliy diniy madaniyatni shakllantiradi. Milliy va diniy madaniyatlar uyg‘unligini ilm-fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik ravnaqida ham ko‘rish mumkin
  • Demokratik taraqqiyot va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan O‘zbekistondagi ma’naviy hayotni tashkil etuvchi, uni birlashtirib turuvchi o‘zak o‘q – diniylik va dunyoviylik o‘rtasidagi muvozanatga asoslanadi. O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish vazifasida din ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida barcha milliy qadriyatlar qatorida teng huquq qadriyat hisoblanadi. Tarixga nazar tashlasak, sobiq Ittifoq davrida har qanday dinga va diniy e’tiqodga qarshi kurashilgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida haqiqiy vijdon erkinligi o‘rnatilib,barcha diniy tashkilotlarga, dindorlar va ularning urf-odat, marosimlarni ado etishlariga keng imkoniyatlar yaratib berildi. Davlatimiz tomonidan diniy tashkilotlarga ko‘pgina shart-sharoitlar yaratilib, jamiyat taraqqiyotining turli jabhalarida ularning faol qatnashishlari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu borada hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosat bugungi kunda har tomonlama o‘zini oqlamoqda. 

XULOSA

  • Haqiqatdan ham, islom dinining xalqimiz ma’naviyati va madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shib kelayotganligini ko‘pchilik tadqiqotchilar e’tirof etmoqdalar.Qur’oni karim va hadisi sharifga suyangan holda mahalliy xalqlarning o‘z milliy madaniyati, urf-odatlari va marosimlarini bajarishi (ayniqsa, hanafiyamazhabida) taqiqlanmagan. Bunda islomiy qadriyatlar bilan milliy qadriyatlar yonmayon yashagan, hattoki, ayrim hollarda uyg‘unlashib ham ketgan
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 126.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling