Psixologiya fanining o’qitish predmeti va vazifalari


Download 0.92 Mb.
bet1/3
Sana30.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1309461
  1   2   3
Bog'liq
Psixologiya fanining o’qitish predmeti va vazifalari

Psixologiya fanining o’qitish predmeti va vazifalari

Mamadaliyeva Munisa

Reja

  • Pedagogika fanini o'qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari.
  • Davlat ta'lim standartlarining mazmuni.
  • O'quv dasturi va o'quv rejasi, ularga qo'yiladigan talablar.

Pedagogika fanini o'qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari.

Pedagogika fanini o'qitish metodikasini shakllanish jarayoni pedagogika fanini o'quv predmeti sifatidagi rivoji bilan bog'liqdir. Pedagogikani o'qitishning dastlabki bosqichlaridan boshlab tajribalar to'planadi ular umumlashtirilib, tizimlashtirilib boriladi. Ular asosida alohida qoidalar va tamoyillar shakllantiriladi, o'qitishning ayrim masalalari bo'yicha metodik tavsiyalar yaratiladi. Tajribalarni umumlashtirish asosida tadqiqotlar olib boriladi, ularni natijasida o'qitish metodikasining o'ziga xos qirralari aniqlanadi. Pedagogika fanini o'qitish metodikasi bu nazariya va amaliyotning sintezidir.

Pedagogika fanini o'qitish metodikasi ta'limning tamoyillari va qoidalari, ta'lim shakllari va metodlarini asoslashga qaratiladi, bu esa bo'lajak o'qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta'minlaydi. Pedagogika fanini o'qitish metodikasida materiallarni tanlash va tizimlashtirishda ilmiy metodologiya asos bo'lib xizmat qiladi. Metodologiya bu nazariy bilimlar tizimi, ilmiy tadqiqotlar asosiy, boshqaruvchi tamoyillarni belgilovchi, ob'ektiv borliqdagi hodisalarni ilmiy tahlil qilishni amalga oshirish vositasidir. Pedagogik bilimlar metodologiyasi pedagogik nazariyani tuzilishi, tamoyillar, bilimni o'zlashtirish usullari bilan belgilanadi.

Pedagogik metodologiya o'z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Pedagogik bilimlarni tuzilishi va funktsiyalari haqidagi ta'limot. 2. Fundamental, umumilmiy va pedagogik holatlar (nazariya, kontsepsiya, gipoteza). 3. Pedagogik tadqiqotlar metodlari haqidagi ta'limot. Pedagogika fanini o'qitish metodikasi pedagogik bilimlar sohasi bo'lib, pedagogikani umumiy va xususiy metodologiyasidan foydalanadi. Pedagogika fanini o'qitish metodikasi, pedagogikani fan sifatida va uni metodologiyasini jadal rivojlanish bosqichida shakllanadi. Bu esa maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fanini predmeti bo'lgan ta'lim jarayonini to'g'ri tashkil etish imkonini beradi.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling