Publitsistik nutq. Maqola va uning janrlari


Download 22.42 Kb.
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi22.42 Kb.
#1378145
  1   2   3   4
Bog'liq
Publitsistik uslub va uning xususiyatlari. Matn tahlili va tahri


PUBLITSISTIK NUTQ. MAQOLA VA UNING JANRLARI.
REJA:

  1. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.

  2. Matn tahlili va tahriri

  3. Xulosa

Tarixan tarkib topgan, qat'iy me'yorlarga bo'ysunuvchi, so'zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat'iy nazar barchasi uchun umumiy bo'lgan til adabiy til sanaladi.


Adabiy til har qanday tilning oliy shakli sanaladi va lug' at tarkibining boyligi, grammatik qurilishining tartibga solinganligi, qat'iy me'yorlarga amal qilishi, uslubning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So`zlar ma’lum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko`ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so`zlarga bo`linadi. Ayrim nutq uslubidagina qo`llaniladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir.
Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.
Publisistika (lat. «xalq, omma») davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy Majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo`ladi: 1) yozma shakl;

  1. og`zaki shakl; Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir.

Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., isyon, irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar.

Download 22.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling