Pul va banklar fanidan keys studylar. Ismailov Shodiyor Davronbek O`g`li mm-54-2
Download 70.57 Kb.
|
ММ-54-2 Ismoilov Shodiyor Keys satdy
Pul va banklar fanidan keys studylar. Ismailov Shodiyor Davronbek O`g`li MM-54-2 Avizo –Bank, tijorat amaliyotida hisob-kitob operatsiyasining amalga oshirilganligi to’g’risida beriladigan xabar tavar jo’nauvchi (sotuvchi ) tomonidan xaridorga tavar jo’natilganligi xaqidagi xat xam Avizo deyiladi. Avuar –Turli shakldagi aktivlar bo’lib ularning hisobidan to’lovlar amalga oshiriladi qarz majburiyatlari qoplanadi. bankning to‘lovlar to‘lanadigan va majburiyatlar qoplanadigan mablag‘lari; 2) banklarning xorijiy mamlakat banklarida saqlanayotgan chet el valyutasidagi mablag‘lari. Bunday mablag‘lar odatda xorijiy A. deb ataladi va mablag‘ joy-lashtirilgan mamlakat yurisdiksiyasiga bo‘ysunadi; 3) xususiy shaxs va tashkilotlarning banklardagi omonatlari. Akkreditiv – Naqd pulsiz hisob-kitob shakli bo’lib bank tomonidan uning mijozini arizasiga asosan qo’yilgan pul majburiyati hisoblanadi. Aktivlar –Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga banklarga, davlatga, aholiga tegishli bo’lgan mulklar va pul mablag’larining majmuidir. Aktsept – Bank tomonidan tijorat vekseli va chek bo’yichato’lovning kafolatlanishi tushuniladi. Aktsiya – Korxonaning aktivlari va daromadlariga da’vogarlik munosabatini bildiruvchi qimmatli qog’oz Allonj –Vekselga qistirilgan qo’shimcha qog’oz. Bank – bu moliyaviy muassasa bo’lib jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar bilan jalb etib ushbu mablag’larga ehtiyoji mavjud bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik muddatlilik to’lovlilik va ta’minlanganlik asosida beradigan tijorat tashkilotidir. Bank krediti – banklar tomonidan pul shaklida beriladigan kredit. Bankning balansi – Buxgalteriya balansi bo’lib unda tijorat bankining aktivlari, majburiyatlari va kapitali aks etadi. Banknota – Markaziy emissiya banklari tomonidan chiqarilgan biletlar. Blankli kredit – Blankli kredit - bu kredit berishning maxsus shakli bo'lib, bunda bank mijozi uni biron-bir aktiv yoki boshqa moddiy boyliklar bilan ta'minlamasdan etarlicha katta miqdorda kredit oladi. Bank va mijoz o'rtasidagi munosabatlarning bunday turi uzoq muddatli hamkorlik natijasida mumkin. Bundan tashqari, ideal mijozlar kredit tarixini talab qiladi. Valyuta –Har bir mamlakatning milliy pul birligi. Valyuta pariteti – Milliy valyuta qiymatining xorijiy valyuta qiymatiga nisbati bo’lib, valyutalarning xarid qobiliyatlarini taqqoslash yo’li bilan aniqlash Valyuta kursi – milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbati bo’lib valyuta bozoridagi talab va taklifga qarab aniqlanadi. Valyuta riski – valyuta kurslarining tebranishi natijasida zarur ko’rish xavfi. Valyuta interventsiyasi – milliy valyuta kursining favqulotda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga barham berish maqsadida Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutani sotib olinishi yoki sotilishi. Valyuta zaxiralari – Markaziy bankda joylashgan xalqaro valyutalar va oltin bilan jamg`arilgan davlat zaxirasi Valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish – Mamlakat valyuta zaxirasini turli xildagi o`ta yuqori likvidli yumshoq valyuta bilan jamg`arish Valyuta bozori – Valyuto oldi-sotdisini amalga oshirish uchun mo`ljallangan bozor Davlat krediti – Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va yuridik shaxslar oʼrtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat boʼlib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga chiqadi. Devalvatsiya –milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan qadrsizlanishi. Depozit – bank mijozlariga tegishli bo’lgan hisob raqamlardagi pul qoldiqlari Deflyator –yalpi ichki mahsulot elementlarini taqqoslama baholarda hisoblash uchun qo’llaniladigan indeks. Deflyatsiya – inflyatsiya sur’atlarini pasaytirish maqsadida muomaladagi ortiqcha pul massasini olib qo’yish. Dividend – sof foyda hisobidan oddiy aktsiyalarga to’lanadigan daromad. Diskont – qimmatli qog’ozning joriy birja kursi bilan uni qoplash bahosi o’rtasidagi farq. Denominatsiya –eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish Inflyatsiya –Tovar va xizmatlar baholarining o’sishi natijasida pulning qadrsizlanishi. Indossament –vekselni boshqa shaxsga uzatish huquqini beruvchi yozuv. Indossant – vekselni boshqa shaxsga uzatgan shaxs. Ipoteka krediti – qo’zg’almas mulkni garovga olish yo’li bilan beriladigan kredit. Kredit- pul yoki tovar shaklidagi mablag’larni qaytarib berishlik, muddatlilik va foiz to’lashlilik shartlari asosida berish. Kredit printsiplari – kredit munosabatlarini tashkil qilish printsiplari bo’lib qaytarib berishlik, muddatlilik, foiz to’lashlilik, ta’minlanganlik va maqsadlilik prinsiplaridan iborat. Kontokorrent krediti –kredit to’loviga layoqatliligi bo’yicha birinchi toifaga mansub bo’lgan mijozlarga garovsiz beriladi. Kross-kurs – ikki valyuta o’rtasidagi uchinchi valyutaga nisbatan aniqlanadigan kurslar nisbati tushuniladi. Limit – chegara belgilash, cheklangan kredit summasi. Monetarizm – muomaladagi pul massasining o’sishini nazorat qilish g’oyasini ilgari suradigan nazariy oqim. Monetar siyosat – pullarga bo’lgan talab va pullar taklifini tartibga solish va nazorat qilishga qaratilgan chora tadbirlar majmui. Monetizatsiya koeffitsienti – iqtisodiyotni pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasi. Muddatli valyuta operatsiyasi –ma’lum bir valyutani belgilangan kurs bo’yicha kelgusida sotib olish yoki sotish operatsiyasi. Majburiy zaxira siyosati – Markaziy bank pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumenti. Nullifikatsiya – biror hujjatni yuridik kuchdan qonuniylikdan marhum etish. Obligatsiya- o’z egasiga qat’iy belgilangan foiz ko’rinishida daromad keltiruvchi qimmatli qog’oz. Overdraft – ssuda hisob raqami ochilmaydigan kredit shakli. Pul bozori – ssuda kapitallari bozorining tarkibiy qismi bo’lib, unda qisqa muddatli kreditlarning bahosi shakllanadi. Pul muomalasi – pulning bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar, sotib olingan tovarlar haqini toʻlash, hisobkitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish, nafaqalar berish, qarzlarni qaytarish vositasi sifatida foydalanish jarayonidagi uzluksiz harakati. Pulning xarid kobiliyati – pul birligining ma’lum tovarlar soniga ayirboshlash qobiliyati. Tashqi qarz- Davlatning o`zini yoki uning kafilligi ostida chet eldan olingan qarz mablag`laridir Tratta – uzatma tijorat vekseli Download 70.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling