Q a r sh I da vlat u n IV e r sit e t I a. Hayitov, m zulfiqorov


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana16.02.2017
Hajmi0.53 Mb.
#602
  1   2   3   4   5   6   7

O 'Z B E K IS T O N   RESPU BLIK A SI  O LIY  VA  O 'R T A   M AXSUS 

T A ’LIM   V A ZIR LIG I 

O  RTA M AXSUS K A SB-H U NA R T A ’L IM I  M A R K A ZI 

Q A SH Q A D A R Y O  V ILOYA T B O 'L IM I 

Q A R SH I  DA VLAT  U N IV E R SIT E T I

A.  HAYITOV,  M  ZULFIQOROV

AMALIY 

GEOGRAFIYA



Akademik litsey  va kasb-hunar kollejlari

о "qituvchilari uchun metodik qo ‘llanma

Toshkent 

«Yangi  asr  avlodi» 

2008


M azkur  o 'q u v   q o 'lla n m ad a  geografiya  fanining  am aliy  aham iyati, 

shuningdek,  X XI  asrda  tabiat  va jam iy at  o'rta sid a g i  m unosabatlarning 

bugungi  ahvoli  ham da  m azkur ja ra y o n d a  kelib  chiqayotgan  turli  salbiy 

holatlar  xususida  batafsil  m a ’lum otlar  beriladi.

O 'q u v   q o'llanm a  ayni shu jihatlariga  k o ‘ra  aham iyatlidir.

Taqrizchilar: 

A.M AM ATOV, g.f.n.,

Qarshi  D avlat  Universiteti  dotsenti

L.N.  ER D O N O V , g.f.n.

R a’no ALLA Y EV A,

Q arshi axborot  texnologiyalari  kolleji 

geografiya  fani  o'qituvchisi

Olim RU STAM O V , 

M aym anoq  M XK   kolleji  oliy  toifali 

geografiya  fani  o'qituvchisi

ISBN  978-9943-08-301-1

© A .H ayitov, M. Zulfiqorov «Amaliy geografiya». «Yangi asr avlodi», 

2008-yil


KIRISH

A kadem ik  litsey  va  k a sb -h u n ar  ko llejlarid a  “K ad rlar 

tayyorlash  M illiy  d astu ri”,  “T a ’lim  to ‘g ‘risida”gi  Q onun 

ta la b la rid a n   kelib  chiqqan  h o ld a  g eog rafiyadan  olingan 

bilimlarning nazariy asosini kuchaytirish va uni amalda  qo‘llay 

olish  maqsadida  ushbu  kurs  o ‘qitilmoqda.

XXI  asrga  kelib  tabiat  va  jam iy at  o ‘rtasidagi  munosa- 

b atlarn in g   to b o ra   jiddiylashuvi  va  uning  o qibatid a  kelib 

chiqayotgan  tabiiy,  iqtisodiy-ijtimoiy,  ekologik salbiy oqibatlar 

bir  tomondan  tabiatning,  ikkinchi  tomondan  esa insoniyatning 

qashshoqiashuviga  sabab  b o ‘lm oqda.  Ishlab  chiqaruvchi 

kuchlarning keng miqyosda taraqqiy etishi natijasida tabiat “aks 

ta ’sirga”  duch  kelmoqda.  Insoniyatning  tabiatga  ta ’siri  uning 

qonunlariga  e ’tibor  bermasligi  natijasida  k o ‘pgina  ko'ngilsiz 

h o d isa la r  kelib  ch iqm oqda.  S h un in g   o q ib a tid a   b unday 

hodisalarning  oldini  olish,  tabiat  n e’m atlari  mahsuldorligini 

ko'paytirib  borish  hozirgi  kunning  dolzarb  muammosi  b o iib  

qolmoqda.  Bu  muammoning  yechimida  boshqa  faniar  qatori 

geografiya  fanining  ham  alohida  hissasi  bor

Shuni aiohida  ta ’kidlash joizki,  tabiatm geografiya fani kabi 

tabiiy-ijtim oiy  jab halarda  o 'rg an ad ig an  

f a n n i n g  

o ‘zi  yo‘q. 

Bunda:


Birinchidan,  geografiya  tabiatning  bir  boiagini  emas,  balki 

uni bir butun, yaxlit holda o ‘rganadi, hodisalarni majmuali tahlil 

qiladi.  U  yer  sharining  sayyoraviy-hududiy,  mahalliy  qonun- 

qonuniyatlarini  yaxshi  biladi,  ularni  tushuntirib  bera  oladi. 

Geografiya fani tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni 

saqlab  m ustahkam lash,  uni  boyita  borish,  insoniyatni  har 

qanday  xav f-xatardan   saqlab  qolishga  q aratilg an .  U ning 

xususiyati  tabiat  va jamiyat  qonunlarini  yaxshi  bilgani  va  uni

3


am alda  qo'llay  olganidandir.  Joylarda  tabiat  boyiiklaridan 

n o to ‘g ‘ri  fo y d ala n ish   tu fav li  yuzaga  keiad ig an   noxush 

hodisalarni  b a rta ra f  qilish,  buziigan  ekologik  muvozanatni 

qayta tiklash,  tabiatning go’zalligini saqlab qolishda geografiya 

fanining xizmatlari katta.  Fan- texoika taraqqiyoti jadallashgan 

hozirgi  davrda  insoniyat  tomonidan  tabiatm   boshqaradigan 

geotizimlar yaratilishi, ya’ni konstruksiya qilinishi muhim amaliy 

ahamiyatga  ega.

Ikkinchidan, amaliy geografiya amaiiyotda foydalanayotgan 

geotizimlaming tuzilishi va taraqqiyotida asosij  qonuniyatlami 

tartib -ta rk ib li,  tadrijiy  jih a td an   m u rak k ab   b o ‘lgan  tab iat 

majmualari  holatini  turli  tadbirlami  q o'Hash  orqali  yaxshilash 

va yangi  boshqariladigan geotizimlar yaratish  labiat vajam iyat 

o ‘rta sid a g i  m u n o s a b a tla r  q o n u n iy a tla rin i  o 'rg a n is h g a  

b ag 'ish la n g an   ch u q u r  ilm iy-am aliy  ish lan m alarn i  o 'z id a  

mujassamlashtiradi.



Amaliy  geografiya  yo'nalishidagi  tadqiqotlarda  geografik 

vazifalarni  hal  etishning  umumiy  masalalari  ishlab  chiqiladi. 

Nazariy modellar va qarashlar shakllantiriladi, “tabiat-texnika” 

va  “ta b iat-in so n ”  hududiy  tizim larining  qonuniy  tizim lari 

loyihalanadi,  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  xavfli  ekologik 

vaziyatlarning  bashoratlari  ishlab  chiqiladi.



A maliy geografiyaning fan sifatidagi asosiy maqsadi geografik 

ilmiy va  amaliy  bilimlami yanada chuqurroq  tahlil  qilib,  tabiat 

va  jam iyatdagi  mavjud  ham da  vujudga  kelayotgan  tabiiy- 

geografik,  geoekologik,  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarni  hal 

qilishning  konstruktiv  negizlarini  ilmiy  asoslashdan  iborat.  Bu 

m aqsadga  erishish  uchun  o ‘zaro  b o g ‘liq  b o ‘lgan  quyidagi 

vazifalarni  hal  etish  zarur  bo‘ladi:

-   ja m iy at  va  ta b iat  o 'rtasid a g i  o 'z a ro   m uno sab atlarn i 

optimallashtirish  (qulaylashtirish);

-   tabiiy  m ajm ualar  va  ularni  o ‘rganishning  ilmiy-amaliy 

ahamiyatini  tushuntirish;

-   tabiiy-geografik jarayon  va  hodisalarni  tadqiq  qilishning 

amaliy  ahamiyatini  bilish;

-   in so n  x o ‘ja lik   fao liy ati  t a ’sirid a   ta b iiy   m u h itn in g  

o'zgarishini  aniqlash,


-   tabiiy  sharoit  va  resurslardan  x o 'jalik   m aqsadlarida 

foydalanish  uchun  baholash;

-  geo grafik  b a s h o ra tla s h tirish   va  uning  ah am iy atin i 

tushuntirish;

-   ekologik-geografik  m uam m olar  va  ular  yechimining 

amaliy-geografik  asoslarini  bilish;

-   ishlab  chiqarishni  hududiy  tashkil  qilish  muammolari  va 

aholi  jo ylashuvi  m asalasi  yechim ining  oqilona  y o ‘llarini

tushuntirish;

-   yirik  x o 'jalik   k o rx o n ala rin i  jo ylash tirish  va  am alga 

oshiriladigan  m uhandislik  loyihalarini  ekologik-geografik 

ekspertizasining  ahamiyatini  bilish;

-   geosiyosat  va  uning  nazariy  asoslarini  bilish;

-   0 ‘zbekistonning  geosiyosiy  o ‘rni  va  kelajagini  baholay 

olish;

-  hozirgi  zamon  geosiyosat  muammolari,  ulaming  sabab va 



omillarini  bilish;

-  ishlab cliiqarishning  texnik-iqtisodiy  asoslarini  tushunishi;

-   tabiiy  va  inson  resurslarini  iqtisodiy-geografik  nuqtai 

nazardan  baholashni  uddalashi  lozim.

Amaliy  geografiyaning  ilmiy-amaliy  ahamiyati  borgan  sari 

ortib  bormoqda.  Uning  ilmiy  yutuqlari  va  amaliy  tajribasidan 

ta b iiy   m u h itn in g   doim o  m u saffo ,  ta b ia t  b o y lik larin in g  

sermahsul  bo'lishi  yo'lida  inson  hayoti  uchun  qulay  ekologik 

sharoitlar  yaratishda  keng  foydalanish  asosiy  vazifa  bo'lib 

qolmoqda.

Geografiya  fani  bugunga  kelib  oddiy  tasvirlovchi,  bilish 

uchun  foydalanadigan  fandan  eksperimental,  tajribaviy-qayta 

quruvchi konstruktiv yo‘nalishda rivojlanayotgan fanga aylandi. 

G eo g rafiy an in g   vazifasi  -   ta b iiy   re su rsla rd a n   o q ilo n a 

foydalanishni  ilmiy  asosiash,  ta b iat  va  jam iyatning  o ‘zaro 

m unosabatlarini  m untazam   yaxshilab  borish,  hududlarning 

istiq b o ld a g i  riv o jla n ish id a   ilm iy  jih a td a n   aso slan g an  

bashoratlashtirish  va  bashoratlashni  ishlab  chiqish,  bu  borada 

esa  b irin ch i  o 'r in d a   in so n   h ay o ti  uchun  xavfli  b o ‘lgan 

hodisalarning oldini olish yo‘liarini ishlab chiqishdan iboratdir.

5


Amaliy  geografiya  fanida  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalarga  qo‘yiladigan  talablar

O 'q uv ch ilar  m azkur  o ‘quv  kursini  to ‘liq  va  atroflicha 

o ‘zlashtirishlari  dav lat  t a ’lim  stan dartig a  tayangan  holda 

m a’lum  nazariy  va  amaliy  bilimlarga  ega  bo‘lishlarini  taqozo 

etadi.  Bu borada bilish,  uddalay olish va tasavvurga ega boiish 

y o 'n alish id a  o 'q u v ch ilarn in g   m avzularni  o ‘zlashtirganlik 

darajalari nazorat qilinadi. Shuningdek, mavzularni o ‘rganishga 

tayanch  b o 'lad ig an   bilim   va  k o 'n ik m a la r,  atam a  ham da 

tushunchalarni  to ‘liq  o 'zlash tirishlari  kundalik  nazoratda 

b o 'lish i  m aqsad g a  m uvofiq.  N a z o ra tn in g   u su llari  k o 'p . 

Masalan,  test  o ‘tkazish,  yozma  ish,  oddiy  savol-javob,  atama 

va tushunchalarga izoh berish kabi yo‘llar bilan o ‘quvchilarning 

bilim  va  ko'nikm alarini  tekshirish,  m a’lum  mavzu  bo‘yicha 

erkin  referat  yozish  ham  ularning  mavzularni  o'zlashtirganlik 

darajalarini  aniqlashga  imkon  beradi.  Bizningcha,  bilimlarni 

o ‘zlashtirishda  nazariy  va  metodologik  masalalarni  uddalay 

olish, ya’ni nazariy bilim asosida amaliy vazifani bajarish asosiy 

m avzudan  tash qari  unga  yaqin  b o 'lg an   boshqa  m avzular 

mazmunidan tasavvurga ega boiish ham o'quvchilar bilimining 

mustahkamlashga  yordam  beradi.

6


I  B O B

AMALIY GEOGRAFIYADAN MAVZULARNI 

O'RGANISH USULLARI

1.1.  Geografik ta’limotlarni o ‘rganish

Tabiiy geografik  ta Timotlarga  geografik  zona,  geografik 

landshaft  va  tabiiy-hududiy  komplekslar  kiradi.

Geografik  qobiq  ta ’limoti  geografiya  fanining  o ‘rganish 

obyekti  bo‘lgani  uchun  ham  barcha  maktab,  akademik  litsey 

va  kasb-hunar  kollejlari  geografiya  o ‘quv  predmetlarida  to ‘la 

va  har  tom onlam a  k o ‘rib  chiqilgan.  «Amaliy  geografiya» 

darsligida  ham  geografik  qobiqning  tabiiy  va  ijtimoiy  muhitga 

insonning  ta ’siri  va  uning  oqibatlari  ham da  ulam i  o'rganish, 

baholash  va  bashorat  qilish  haqida  bilimlar  beriladi.

Geografik  qobiq  ta ’limoti  XIX  asrdan  boshlab  shakllana 

boshlagan,  1875-yilda  A vstraliyalik  geolog  E duard  Gyuss 

litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferani ajratgan,  1910-yilda 

rus meteorologi  P.I.  Brounov tomonidan yaxlit geografik qobiq 

haqidagi g‘oya oldinga surildi. XX asming 30-yillarida akademik 

A.A.Grigorev tomonidan tabiiy geografik qobiq haqidagi ta’limot 

ishlab chiqildi. Keyinchalik S. V. Kalesnik tabiiy geografik qobiqni 

«Geografik  qobiq»  deb  atashni  taklif etdi.  Mazkur  ta ’limotni 

rivojlantirishda I.P. Gerasimov, M.I. Budiko, S.V. Kalesnik, V.M. 

Kostyakov  va  boshqalaming  ishlari  katta  ahamiyat  kasb etadi.

Geografik zonallik ta ’limoti eng qadimgi ta ’limotlardan biri 

va  tabiiy  geografiyaning  asosi  hisoblanadi.  Geografik  zonallik 

ta ’limoti 6-sinf darsligida to ‘la yoritib berilgan, so‘ngra 7-sinfda 

0 ‘rta Osiyo va 0 ‘zbekistondagi tabiat zonalari ko‘rib  chiqilgan: 

shamol  va  suv  eroziyasi,  o'rmonlarning  kesilishi,  dashtlarning 

o‘zlashtirilishi,  zonalar  ichidagi  landshaftlarning  buzilishi  va 

hokazolar  shular jumlasidandir.



7

Kenglik  issiqlik  mintaqalarining  borligi  haqidagi  taxminlar 

antik  davrdayoq  vujudga  kelgan.  Ammo  u  ilmiy  yo‘nalish 

sifatida  faqat  XVIII  asrda  shakllandi.  XIX  asm ing  birinchi 

yarmida mazkur ta ’limotning rivojlanishiga A.  Gumboldt katta 

hissa  q o ‘shdi.  U  o'sim lik  va  hayvonot  dunyosining  iqlimga 

b o g ‘liq  h olda  zo n al  ta rq a lis h in i  an iq lad i  va  b alan d lik  

m intaqalanishi  qonunini  kashf etdi.  Zonallik  ta ’limotining 

zamonaviy  konsepsiyasi  V.V.  Dokuchayev  tomonidan  ishlab 

chiqildi.

Keyinchalik  geografik  zonallik  ta ’limotini  rivojlantirishda

S.V.  Kalesnik,  K.K.  Markov,  I.P.  Gerasimov,  V.B. Sochava va 

boshqalar  katta  xizmat  ko'rsatishdi.

Geografik  landshaft  ta ’limoti  amaliy  geografiyada  boshqa 

geografiya  predm etiga  n isb ata n   kengroq  y o ritilg an .  14- 

paragrafda  «Landshaft»  tushunchasi,  tabiiy  va  antropogen 

landshaftlar, landshaftlaming morfologik tuzilishi (maydon, joy) 

haqida  to ‘la  va  atroflicha  bilimlar  berilgan.  Bundan  tashqari, 

loyihalash ishlarida landshaft tahlilini ochib berish va landshaft 

xaritalarini  tuzish  usullari  15-paragrafda  yoritilgan.

«Landshaft» tushunchasi xalqaro miqyosda keng tarqalgan. 

Geografik landshaft ta ’limotini ishlab chiqishda akademik L.S. 

Bergning  xizm atlari  k a tta .  S o 'n g ra  ushbu  t a ’lim ot  S.V. 

K alesnik,  V.B.  Sochava,  I.P.  Gerasimov,  F.N .  M ilkov  va 

boshqalar  tomonidan  rivojlantirildi.

T ab iiy   hu d ud iy  k o m p lek slar  t a ’lim o ti  ham   «A m aliy 

geografiya»da  atroflicha  ko‘rib  chiqilgan.

Darslikning  13-paragrafida  tabiat  kompleksi  tushunchasi, 

tabiat komplekslarining bo‘linishi chizma tarzida berilgan. Unda 

eng katta tabiiy-hududiy kompleks bo'lgan geografik qobiqning 

b o ‘linishi  chizmasi  berilgan.  G eografik  qobiq  ik k ita  tirik 

kompleksga, ya’ni quruqlik va suvlikka bo‘lingan. Quruqlik esa 

tabiiy  geografik  o'lkalar,  tabiiy  geografik  rayonlar,  geografik 

landshaft  kom plekslariga  b o ‘lingan.  Suvlik  tabiiy  hududiy 

kom plekslar  o k ean lar,  o k ean larn in g   q ism lari,  dengizlar, 

qo ‘ltiqlar  va  bo‘g‘ozlarga  bo'lingan.

Bundan  tashqari  16  va  17-paragraflarda  tabiat  kompleks­

larining barqaroriigi, uni xo‘jalik ishlarida hisobga olish hamda

8


uning  inson  tom onidan  o'zgartirilishi  haqida  ham  bilim  va 

k o 'n ik m a la r  berilgan.  B arq aro r  va  b a rq a ro r  b o ‘lm agan 

h u d u d la r  0 ‘zb ek isto n   m isolida  k o ‘rsatilg an ,  ta b ia t 

komplekslarining  inson  tomonidan  o ‘zgartirilishining  asosiy 

yo'n alish lari  ochib  berilgan.  M adaniy,  buzilgan,  kuchsiz, 

o ‘rtacha,  kuchli,  juda  kuchli  va  juda  o'zgargan  landshaftlar 

ajratilgan.

Ijtimoiy va iqtisodiy geografik ta ’limotlarga quyidagilar kiradi:

iqtisodiy  geografik  joylashish,  geografik  mehnat  taqsimoti, 

hududiy  ishlab  chiqarish  komplekslari,  xo'jalikni  hududiy 

tashkil  qilish  ta ’limotlari.



Iqtisodiy  geografik joylashish  ta ’limoti.  Iqtisodiy  geografik 

joylanish  barcha  iqtisodiy  geografik  obyektlar  uchun  xos 

(davlatlar,  m a’muriy  birliklar,  iqtisodiy  rayonlar,  korxonalar, 

m an zilg o h lar).  Iq tiso d iy   geografik  jo y lan ish   t a ’lim oti 

um um ta’lim  m aktablarining  8-sinfida  O'zbekiston  iqtisodiy 

geografik joylashishini  o ‘rganish  bilan  boshlanadi  va  9-sinfda 

mamlakatlar iqtisodiy geografik  o‘rnini  o ‘rganish bilan  davom 

etadi.  «Amaliy  geografiya»  kursida  ko‘proq  geosiyosiy  o ‘rin 

tush u n ch asig a  e ’tib o r  b erilgan.  U n d a  geosiyosiy  o ‘rin 

tushunchasi ochib berilgan va 0 ‘zbekistonning geosiyosiy o ‘rni 

haqidagi m a’lumotlar keltirilgan.  Iqtisodiy geografik joylashish 

ta ’limotini  rivojlantirishda  N.N.  Baranskiy  N.N.  Kolosovskiy,

I.M. Mayergoyz ishlari katta o ‘rin tutadi. N.N. Baranskiy (1939) 

tomonidan iqtisodiy geografik ta ’lim tushunchasining mazmuni 

va  mohiyati  ishlab  chiqildi.  I.M.  Mayergoyz  (1981)  quyidagi 

iqtisodiy  geografik  jo y lash ish larin i  ajratg an :  tra n sp o rt- 

geografik,  sanoat-geografik,  agrogeografik,  bozor, demografik.

Mehnatning geografik ta ’limoti umumta’lim maktablarining 

9-sinfda ko‘rib chiqilgan.  «Amaliy geografiya» kursida mazkur 

t a ’limot  bo‘yicha  m a ’lum otlar  kam.  Shuning  uchun  ushbu 

k u rsd a  m azk u r  t a ’lim o t  b o ‘yicha  X I  b o b d a,  a lb a tta , 

m a ’lum otlar  berilishi  lozim.  Chunki  u  iqtisodiy  va  ijtimoiy 

geografiyaning amaliy ahamiyatiga ega  bo'lgan ta ’limotlaridan 

biridir.

Hududiy  ishlab  chiqarish  kom plekslari  t a ’lim oti  amaliy 

geografiya  kursida  keng  yoritib  berilgan.  U nda  quyidagi



9

m asalalar  ko 'rib  chiqilgan:  ishlab  chiqarish  jarayoni,  ishlab 

chiqarishni  hududiy  tashkil  etishning  asosiy  omillari,  sanoat 

korxonasini joylashtirish va  boshqarishni  geografik tahlil etish, 

texnik joylarini  asoslashda  geografik  tadqiqotlar  natijalaridan 

foydalanish  va  h.k.  M azkur  t a ’lim otning  shakllanishi  va 

rivojlanishiga  N .N .  B aranskiy,  N .N .  K olosovskiy,  V.M. 

Chetirkin  katta  hissa  qo‘shganlar.

Xo'jalikni  va jamiyatni hududiy  tashkil qilish  ta ’limoti  ham 

am aliy  geografiya  kursida  atroflicha  yoritilgan.  X o'jalikni 

tashkil  qilish  m asalalari  XI  bobda,  jam iyatni  tashkil  qilish 

masalalari  esa  darslikning  ikkinchi  bo'limida  keltirib  o'tilgan. 

Mazkur ta ’limotning shakllanishi va rivojlanishida A.E. Probst, 

A.T.  Xrushyov,  SA .  Kovalyov,  B.S.  Xoreyev,  E.B.  Alayevning 

ishlari  katta  ahamiyatga  ega.

1.2.  “Amaliy geografik tadqiqotlar” mavzusini o‘rganishda 

yer kadastrining mohiyati va mazmuni

Ota-bobolarimiz  azaldan  yerni  e’zozlab  kelishgan.  Yerga 

m unosabat milliy qadriyat darajasiga  ko'tarilgan va bu borada 

o'ziga  xos  an ’analarimiz  ham  mavjud.

S o 'n g g i  p a y tla r d a   tu p r o q n i  a s ra b -a v a y la s h ,  u n in g  

h o la tin i  y ax sh ilash   va  m o ‘l- k o ‘l  rizq u   r o ‘z  m a n b a ig a  

a y la n tir is h n in g   c h in a k a m   q o n u n iy   a s o s la ri  y a r a tila  

bo shlandi.  U lard a  yerga  n ih o y a td a  tejam korlik,  x o 'ja lik  

m u n o s a b a tid a   y o n d a s h is h ,  iq tis o d iy o tn in g   b a rc h a  

sohalarida  yerlarni  im kon  q ad ar  m uhofazalash  va  oqilona 

f o y d a la n is h  

ru h i 


s in g d ir ilg a n . 

«Y er 


k o d e k s i» n i 

boshqarishning  negizini  belgilab  beruvchi  ham da  u lardan 

oqilona va foydalanishga asos soluvchi «D avlat Yer kadastri 

to ‘g ‘risida»gi, «Fermer xo'jaligi to ‘g ‘risida»gi Q onunlarning 

qabul  qilinishi dehqonlarga  yer resursidan keng ravishda  va 

yuqori  sam arada  foydalanishga  y o ‘l  ochib  beradi.

«K adastr»  so‘zi  lotincha  so‘z  b o ‘lib,  «Soliqqa  tortiladigan 

ashyolar  ro ‘yxati»  m a’nosini  anglatadi.  H ar  bir  m am lakatda 

k a d a s tr  rivoji  o ‘z  sh aro itlari  va  a n ’analariga  asoslanadi, 

shuning  uchun jahonda  aynan  bir  xil  kadastr  tizimini  topish 

mumkin  emas.

10


Hozirgi kunda yer kadastri yerlaming tabiiy ahvoli, ularning 

xo‘jalik  va  huquqiy  holati  to ‘g ‘risidagi  m uttasil  yangilanib 

tu ru v ch i  ish on ch li  m a ’lu m o tla r  tizim i  h iso b lan ad i.  Y er 

kadastrining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:  yer 

m aydonlariga  oid  h uquqlarni  r o ‘yxatga  olish,  yerlarning 

maydoni  va  sifatini  hisobga  olish,  yerlarni  iqtisodiy jihatdan 

baholash.

Dehqonni  yer  boqadi  va  albatta,  mehnat  qiladigan  dehqon 

uchun yeming holati, tuproqning sifati, yeming past-balandligi, 

chegaralari va yer maydonlarining huquqiy targ'iboti, eroziyaga 

va sho‘rlanishga moyilligini bilish juda zarur. Yer uchastkalariga 

doir  shu  va  boshqa  m a ’lu m o tlar  yer  k ad astrin in g   asosiy 

mazmunini  tashkil  qiladi.

Bundan  tashqari,  har  bir  yerga  egalik  qiluvchi  va  yerdan 

fo yd alanuvchi  yoki  uning  m ulkd ori  hisoblangan  dehqon 

quyidagilami  bilishi  shart:

-  yer  m aydoniga  oid  huquqlarni,  shu  jum ladan,  yerdan 

foydalanish,  yer  maydoni  chegaralarini  o ‘matish,  ularga  amal 

qilish  va  muhofaza qilish;

-  yer  m aydoni  to 'la  yoki  qisman  olib  q o ‘yilganda  zararni 

qoplash;

-  yerga  oid d a ’volami  odilona  hal  qilish va  boshqa  huquqiy 

m e’yorlami  ta ’minlash.

K a d a str  m a ’lu m otlari  d eh q on larg a  ekin  m aydonlarini 

yerning  sifati  bahosiga  (ball  bonitetiga)  qarab  karta  asosida 

joylashtirish,  yer  m aydonlarining  o 'lch am lari  va  ularning 

tuzilishini,  m oddiy  xarajatlarni,  m ahsulot  ishlab  chiqarish 

hajmini,  o ‘g‘itlash  tizimini,  almashlab  ekishni  rejalashtirishda 

katta yordam beradi. Tuproq bonitetini aniqlash yer maydoniga 

solinadigan soliq miqdorini, shuningdek, uning narxini baholash 

imkonini beradiki, bu  o‘z navbatida asosli miqdordagi kreditlar 

olish  imkonini  yaratadi.  1966-yilgacha  yerlami,  shu jumladan, 

ularning  maydoni  va  sifatini  faqat  ro ‘yxatga  va  hisobga  olish 

yo‘lga  qo‘yilgan  edi.  2007-yildan  boshlab  yemi  baholash,  shu 

jumladan, tuproq bonitirovkasini aniqlash (tuproq hosildorligini 

qiyosiy  baholash)  va  yerlami  iqtisodiy  baholash  (hosildorlik, 

darom ad  va  x arajatlarni  qoplash  bo'yicha)  ishlari  amalga

11

l


o sh irila  bo sh lan d i.  K a d a s tr  m a ’lu m o tla rid a n   asosan, 

h o sild o rlik n i, 

m a h su lo t 

h ajm in i, 

x arid  

n a rx la rin i 

muvoflqlashtirish,  tuproq  hosildorligini  oshirishga  aloqador 

ishlami  bajarishda  foydalaniladi.

Shuni alohida ta ’kidlash kerakki, yerga egalik raqobat muhiti 

bo'lm agan  joyda  kadastr  tushunchasi  o'zining  asli  m a’nosini 

yo ‘qotadi.  Shuning  uchun  davlat  m ulki  hukm ron  b o ‘lgan 

davrlarda  yer  to'lovlari,  kredit-garov  tizimi,  yerning  narxini 

baholash  va  yer  bozori  institutlariga  amal  qilinmas  edi.

Yer  kadastr  hujjatlariga  yuzaki  yondashish  tuproq  hosil- 

dorligining  pasayishiga  olib keldi.  1990-yilda  o ‘tkazilgan  yer 

kadastri  m a’lumotiga  asosan,  Respublika  bo'yicha  o'rtacha 

ball  boniteti  58  bo‘lgan  b o ‘lsa,  2000-yilga  kelib  55  ni  yoki  3 

ballga pasayib ketganligi aniqlandi. Sug'oriladigan yerlarning 

m eliorativ  holati  yom onlashuviga  va  o ‘z  navbatida  tuproq 

hosildorligini  oshirishga  z a ru r  d a ra jad a  e ’tib o r  berilm ay 

qoldi,  oqibatda  sug‘oriladigan  yerlarning  67  foizidan  ortig'i 

tu rli  d a ra ja d a   s h o 'rla n d i,  q ish lo q   x o 'ja lik   ek in larin in g  

hosildorligi  ancha  pasayib,  5000  gektar  sug‘oriladigan  yer 

qishloq  xo‘jaligida  foydalanib  b o ‘lmaydigan  darajaga  kelib 

qoldi.

Yer kadastri hujjatlarida  tuproqning tarkibi,  o ‘g‘it miqdori, 



eroziya  ta ’siri,  m eliorativ  holati  va  boshqa  yerdan  unumli 

foydalanishga salbiy  ta ’sir qiluvchi m a’lumotlar to'liq  beriladi. 

Ammo  bu  m a’lum otlarga  joylarda  to i iq   rioya  qilinmasligi 

hosildorlikning  pasayishiga  sabab  bo'lib  kelmoqda.  Masalan, 

Respublika  bo‘yicha  yiliga  250-300  ming  gektar  toshloq,  gips 

qatlam li,  qattiq  sh o‘rlangan  va  tog*  oldi  yerlariga  ekilgan 

paxtaning  gektaridan  10-18  sentnerdan  hosil  olinadi.  Ayni 

v a q td a   shunday  y erla rg a  m evali  d a ra x tla r,  b ed a,  sholi, 

makkajo‘xori ekilsa,  yuqori  hosil  olinishi mumkinligi  tajribada 

sinab  ko'rilgan.

Shu  bois  yer  kadastri  yuritish  faqat  qayd  qilishgina  emas, 

undagi  m a’lumotlarni  uzluksiz  yangilab  turishdan  va  ulardan 

foydalangan  holda  kerakli  chora-tadbirlarni  belgilash  hamda 

u la rn i  am alg a  o sh irish   u stid a n   n a z o ra t  o lib  b o ris h d a n  

iboratdir.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling