Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar)


Download 40.5 Kb.
bet1/5
Sana09.03.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1254678
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar)


Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar)

V
Davlatning tashkil topishi


I-VIII asrlar sharqiy slavyanlarda urug‘ ja-moa tuzumining to‘la yemirilishi va feodal muno-sabatlarning o‘rnatilishi davri bo‘lgan. O‘sha vaqt-da ijtimoiy tuzumning asosini patriarxal oila jamoasi tashkil etgan. Bundan qo‘shnichilik qishloq jamoasi o‘sib chiqqan. Bu esa feodalizm rivojlanishi-ning boshlanishi edi. Alohida oilalar ajralib chiqib, yakka xo‘jalik yuritish rivojlangan. Jamoaning haydaladigan yerlari va maydonzorlari alohida oilalar qo‘liga o‘tgan. Faqat o‘rmon boyliklari, suv singarilar jamoa qo‘li-da qolgan. Bu vaqtda qullar ham bo‘lib, qullik patriarxal, uy xarakterida edi. Qulning mehnati ikkinchi darajali, yordamchi ahamiyatga ega edi. Asosiy ishlab chiqaruvchi kuch qishloq jamoasi edi.
Sharqiy slavyanlarda quldorlik tuzumining tarkib topmaganligiga asosiy sabablar: birinchidan, ishlab chiqaruvchi kuchlar nisbatan yuqori darajada bo‘lib, qo‘shnichilik jamoasi mustahkam rivojlanganligi; ikkin-chidan, sharqiy slavyanlarda sinfiy jamiyat, davlat vujudga kelayotgan vaqtda boshqa mamlakatlarda quldorlik tuzumi o‘z umrini allaqachon o‘tab bo‘lganligi edi.
Mulkiy tengsizlikning kelib chiqishi, jamiyatning boy yer egalariga va oddiy mehnatkash jamoa a’zolariga ajralishi, ya’ni sinflarning tashkil topishi va ekspluatatsiyaning vujudga kelishi natijasida sharqiy slavyanlar-da birinchi davlatlar tashkil topgan. Bular: Kuyaba (Kiyev), Slaviya (slovenlar viloyati) va Artaniya (Ryazan) edi. Bu davlatlar hukmron (boy) tabaqalar manfaatini himoya qilish, aholini bo‘ysundirib turish, qabilalar hududini tashqi hujumlardan himoya qilib turish maqsadida slavyan qabilalarining ittifoqi asosida tashkil topgan. Dastlabki davlat birlashma-lari knyazliklar deb atalgan. Ular qabilalarning harbiy ittifoqi asosida tashkil topib, bunda eng kuchli qabilaning oqsoqoli - knyazi rahbarlik qilardi. Dastlab qabilaviy knyazliklar, so‘ngra hududiy knyazliklar vujud-ga keladi. Bunday knyazliklarning markazlari Kiyev, Novgorod, Cherni-gov, Smolensk, Polotsk va boshqa shaharlar edi.
IX asrning II yarmi - X asrning boshida Novgorod knyazi Oleg Novgorod, Kiyev va boshqa slavyan qabilalari ittifoqlarini o‘z hukmronli-giga bo‘ysundirib, qadimgi Rus davlati yoki Kiyev Rusiga asos soladi. Bu jarayon knyaz Oleg tomonidan 882 yilda Kiyevning bosib olinishi bilan nihoyasiga yetgan deb hisoblanadi.
I

Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling