Qarori ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 312.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana09.05.2023
Hajmi312.18 Kb.
#1448082
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1010-сон 14.12.2018



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MANZILLARI YAGONA REYESTRINI SHAKLLANTIRISH VA
YURITISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni
normalarini amalga
oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-
3961-son 
qarorini
 ijro etish va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish
va yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat
qo‘mitasi Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb
ataladi) shakllantirilishi va yuritilishi uchun mas’ul organ hisoblanadi.
2. Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi
to‘g‘risidagi nizom 
ilovaga
 muvofiq tasdiqlansin. Nizom:
birinchidan — ko‘chmas mulk obyektlari manzillarini tartibga solishni;
ikkinchidan — ko‘chmas mulk obyektlari manzillari ma’lumotlari yagona bazasi yaratilishini va
uning bosqichma-bosqich Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlari bazasi bilan integratsiya
qilinishini;
uchinchidan — ko‘chmas mulk obyektlariga obyektning geografik bog‘liqligini ta’minlovchi
geokodlar berilishini;
to‘rtinchidan — respublika darajasida ko‘chmas mulk obyektlari geokodlari ko‘rsatilgan holda
elektron kartalar shakllantirilishini;
beshinchidan — Reyestrdan ma’lumotlar berilishini va uning ma’lumotlaridan foydalanish
tartibini nazarda tutadi.
3. 2019-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari elektron davlat
xizmatlari ko‘rsatishda va idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik qilishda Reyestrdan foydalanishi
shart;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari
Reyestrga kiritiladigan axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun shaxsan javob
beradilar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat
qo‘mitasi:
Reyestrning elektron axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha texnik topshiriqni
uch oy muddatda ishlab chiqsin, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining o‘zaro
hamkorligi bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshirsin;
Reyestrni elektron shaklda yuritishning markazlashtirilgan manbai yaratilishini va uning
Geografik obyektlar nomlari davlat reyestri ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich integratsiya
qilinishini ta’minlasin;
Reyestrdan foydalanish yo‘li bilan idoralararo o‘zaro hamkorlik tizimini takomillashtirish uchun
shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat
qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan
normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari,
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga
yuklansin.



Download 312.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling