Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi
MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA BAHOLASH TARTIBI TО‘G‘RISIDA YО‘RIQNOMA
Download 339 Kb.
|
Курс иши қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Umumiy q oida l ar
- P.Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
- III. Mustakil ta’limning asosiy vazifalariga
- IV. Talabalar musta q il ta’limini samarali tashkil etish uchun
- V . Talaba musta q il ishini nazorat q ilish tartibi
- VI. Musta q il ta’lim n i amalga oshirish b о‘ yicha fan о‘q ituvchisining vazifalari
- VII. Talaba mustakil ishini baxolash tartibi
- Talabalar mustaqil ishini shartli ikkiga ajratish mumkin
- Amaliy matematika va informatika y о‘ nalishi talabalari uchun kurs ishi mavzulari
MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA BAHOLASH TARTIBI TО‘G‘RISIDA YО‘RIQNOMA Xozirgi zamon talabiga kо‘ra ta’lim jarayoni bu talabalarga faqat bilim berish, ularda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olingan bilimlardan foydalanish bо‘yicha о‘quv kо‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bо‘lmay. Balki, ularga mustaqil bilimlarni qidirib topish, о‘zlashtirish shakllari, usullari, vositalarini о‘rgatishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlangan sohasi bо‘yicha mustaqil faoliyat kо‘rsata oladigan, о‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib borilgan, masalaga oladigan ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni tо‘g‘ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Talabalarda mustaqil bilimlarni tо‘ldirib borish, ma’lumotlar oqimi ichidan kerakligini ajratib olish va ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish qobiliyatlarini shakllantirish, sifatli kadrlar tayyorlash jarayonining asosiy yо‘nalishlaridan biri xisoblanadi. I. Umumiy qoidalar 1.1. Ushbu yо‘riqnoma О‘zbekiston Resiublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tо‘g‘risida»gi Qonunlari, DTS talablari va О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 30 sentabrdagi № 217-sonli bо‘y- rug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarida talabalar : bilimini baholashning reyting tizimi tо‘g‘risida muvaqqat Nizom» xamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 21.02.2005 yildagi № 34 sonli talabalar mustaqil ishlarini tashkil qilish tо‘g‘risidagi buyrug‘i asosida ishlab chiqildi. Talabaning mustaqil ishi о‘quv rejada muayyan fanni о‘zlashtirish uchun belgilangan о‘quv soatining ajralmas qismi bо‘lib, u uslubiy axborot resurslari bilan ta’minlanadi. Talabaning mustaqil ishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi. Talabalarning xaftalik mustaqil ishlarining umumiy hajmi bakalavriat yо‘nalishida 26 soatni, magistratura mutaxasisliklarida 18 - soatni tashkil etadi. P.Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari 2.1. Universitetda mustaqil ta’lim har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, referat, uy vazifasi, prezentasiya, kurs ishi va shu kabi boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Mustaqil ta’limni turlariga quyidagilar kiradi:
ayrim mavzularni о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil о‘zlashtirish; berilgan mavzu bо‘yicha referat tayyorlash; amaliy mashg‘ulotlar va seminarlarga tayyorgarlik kо‘rish; labaratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik kо‘rish; kurs ishlarini bajarish; s nazariy bilimlarni amaliyotda qо‘llash; mavzu yoki ma’lum bir bob bо‘yicha taxliliy ma’lumotlar asosida xulosalar qilish va ilmiy maqola tayyorlash; anjumanlarda ma’ruzalar bilan qatnashish; bitiruv malakaviy ishini tayyorlash; magistrlik dissertasiyasini tayyorlash; fanlar bо‘yicha uyga berilgan topshiriqlarni bajarish; mavzular bо‘yicha slaydlar, prezentasiyalar tayyorlash. О‘qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda talabalar mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan xam foydalanish mumkin. 2.2. О‘qitiladigan fanlar bо‘yicha ishchi о‘quv dasturlarida talabalar mustaqil ishining mazmuni, mohiyati, shakli va hajmi xamda manbalari kо‘rsatiladi. Talaba mustaqil ishi uchun о‘quv rejada ajratilgan vaqtga mos ravishda xar bir fan bо‘yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriq variantlari ishlab chiqiladi va fakultet о‘quv-uslubiy kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishni bajarish uchun xar bir fan bо‘yicha talabalarga kо‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi xamda tarqatma material sifatida fan bо‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga yetkaziladi. III. Mustakil ta’limning asosiy vazifalariga: Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish; Ijodiy faoliyatga qiziqishni shakllantirish; Ta’lim olish usullarini egallash; Tushunish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; Mustaqil xulosalar chiqarish kо‘nikmalarini shakllantirish kiradi. IV. Talabalar mustaqil ta’limini samarali tashkil etish uchun: Talabalar mustaqil ishining barcha shakllarini tashkil qilishga tizimli yondashish; Talabalar mustaqil ishining barcha bosqichlari (turlari)ni muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; Talabalar mustaqil ishining bajarilishi sifati ustidan qat’iy nazorat о‘rnatish; Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish mexanizmini yaratish va takomillashtirib borish maqsadga muvofiq. V. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish tartibi Talabalarning mustaqil ishini nazorat qilib borish har bir kafedrada tuziladigan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadigan maslahatlar jadvali asosida amalga oshiriladi. Talabalarning mustaqil ishi bо‘yicha maslahat soatlari mustaqil ta’lim uchun yо‘lga qо‘yilgan jurnallarda qayd etib boriladi. Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish bevosita fan bо‘yicha о‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talabalarning mustaqil ishi reyting ballari bilan (fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatiga nisbatan) baholanadi va natijasi fan bо‘yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi. VI. Mustaqil ta’limni amalga oshirish bо‘yicha fan о‘qituvchisining vazifalari Mustaqil ish dasturiga muvofiq talabaga mustaqil ta’limga tegishli materiallarni tо‘plash jumladan: Talaba tomonidan mustaqil ta’limni belgilangan reja asosida bajarilishi ustidan nazorat olib borish; Darsliklar, о‘quv qо‘llanmalar, ilmiy risolalar, ilmiy maqolalar bilan tanishib chiqish bо‘yicha topshiriqlar berish; Asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar va arxiv materiallarini hamda mavzu bо‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etish; Mustaqil ishiga о‘zi rahbarlik qilayotgan talabalar bilan jadval asosida maslahatlar о‘tkazish; Mustaqil ta’limning bajarilish jarayoni natijalari tо‘g‘risida kafedra yig‘ilishlarida muntazam axborot berib borish; Mustaqil ish natijalarini baholash. VII. Talaba mustakil ishini baxolash tartibi Talabalar mustaqil ishini baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarga о‘quv yili semestri boshlanishidan oldin har bir fan professor-о‘qituvchisi tomonidan talabalarga о‘quv-uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi. Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bо‘yicha о‘zlashtirish muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlarida hamda har о‘quv yilida kamida 2-marta fakultet Ilmiy Kengashida muhokama etib boriladi. Talabalarning mustaqil ishi xar bir kafedraning reyting oynasida yoritib boriladi. Talabalarning mustaqil ishi har bir kafedrada fan о‘qituvchisi tomonidan rо‘yxatga olinadi va о‘quv yili mobaynida saqlanadi. Oliy ta’lim muassasasida yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi. Yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari fakultetlarning Web saxifalarida e’lon qilinib boriladi. Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan xozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin. Tajribalar shuni kо‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ul-lanmasa va о‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur о‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, kо‘nikma va malakalari mustqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat kо‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bо‘ladi. Shuiing uchun talabalarning mustaqil talim olishlarini rejalash-tirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni о‘qitish bilan bir qatorda ularni kо‘prok о‘qishga о‘rgatish, bilim olish yо‘llarini kо‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yо‘llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Talaba mustaqil ishi (TMI) - muayyan fandan о‘quv dasturida belgilangan bilim, kо‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan о‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoridan tashqarida о‘zlashtirilishiga yо‘naltirilgan tizimli faoliyatdir. О‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida TMI ni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘lik. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarning ta’limning navbatdagi turi oliy ta’lim talablariga kо‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida о‘z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, konspektlashtirish, о‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, о‘z vaktlarini tо‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini tо‘g‘ri baholash ular uchun katta muammo bо‘ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruxan tayyor bо‘lishmaydi. Shuning uchun har bir professor-о‘qituvchi dastlab talabadan о‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni tо‘g‘ri tashkil qilishga о‘rgatib borishi lozim bо‘ladi. Talabalar tomonidan mustaqil о‘zlash-tiriladigan bilim va kо‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga kо‘nika boshlangan talaba faqat о‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, о‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, о‘zi zarur deb hisoblangan qо‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab о‘zlash-tirishga о‘rganib boradi. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda qо‘yidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim: о‘qish bosqichi; muayyan fanning о‘ziga xos xususiyati va о‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi; talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi); -fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi; Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga kо‘nikmalar hosil bо‘lishiga muvofik ravishda о‘zgarib, olib borishi lozim. Ya’ni talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va iktisodiy yondashishga о‘rgatib borish kerak bо‘ladi. TMI ni tashkil etishda talabaning akademik о‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda qо‘yidagi shakllardan foydalanish mumkin: fanning ayrim mavzularini о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil о‘zlashtirish, о‘quv manbalari bilan ishlash; amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish; ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash; kurs ishi (loyixalar)ni bajarish; bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertasiyasi uchun materiallar to‘plash; xisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; maket, model va adabiyotlar ustida ishlash; amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash; ilmiy maqola, tezis va ma’ruza tayyorlash; amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash; uy vazifalarini bajarish va boshqalar; Fan xususidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilish kerak. Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshi- riladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning moxiyatini anglagan holda mavzuga taaluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va x.k.) o‘qituvchidan maslahatlar oladilar. Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha matn kafedrada himoya qilinadi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida ximoya qilinadi. Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, va x.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga topshirish xam mumkin. Talaba ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi. Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzu testlar, qiyinchilik darajasi xar xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish topshiriladi. Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talabalar va uni tuzish qonun-qoidalari qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beriladi. Konsultasiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo‘yilgan vazifa va talabalarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to‘ldirish taklif etilishi mumkin). Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi. Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi xam mumkin) ilmiy (referativ) harakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash toishirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertasiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar, izohlar kiritadi, o‘z nuqtai nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan xamkorlikda ishlaydi. Tayyorlangan maqola, tezis yoki kafedrada himoya qilinadi. Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash. Bir mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, nazariy axamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yartish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani xal qilishning optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy xarakterdagi topshiriqlar berish, o‘qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirishi mumkin. Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda: tizimli yondoshish; barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish; tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur. Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun qo‘yidagi talabalar bajarilishi lozim: maqsad (bilimni mustaxkamlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy kunikma va malakalarni shakllantirish va x- k) aniq asoslanishi; vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi; topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning yetarli darajada xabardor bo‘lishi; maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va moxiyatini tushuntirish, muammoli topshirikqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli momentlarni birgalikda xal qilish va x.k); hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash; nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, konsultasiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt, ma’ruza yo referat matni bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostardart topshiriqlar, savollar, maqola, ko‘rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatshsh tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va x-k.) Talabalar mustaqil ishini shartli ikkiga ajratish mumkin: a) auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. O‘tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi; b) auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari, o‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va x.k. Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslari) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida odatda, nazorat ishlari olish savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajartirib ko‘rish va x.k. Usul- lardan asosan amaliyot darslarida nazorat (joriy nazorat) qilinadi. Joriy nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirishi va uyga berilgan topshirikqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olinadi. Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishi belgilangan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil ravishda ishlab topish, taxlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsultasiya soatlarida amalga oshiriladi. Talabalar mustaqil ishini baholash. TMI natijalari amaldagi "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilishi va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom" ga asosan baholab boriladi. Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha konsul’tasiyalar tashkil etish tartibi: Talabalar mustaqil ishi (TMI) bo‘yicha konsultasiya darsi auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga mo‘ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanmalar berish va uni bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil qilinadi. TMI bo‘yicha konsultasiya darsi fanning kalendar- tematik rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. Konsultasiya darsi tegishli fan o‘qituvchisi tomonidan o‘tkaziladi. Fan o‘qituvchisi konsultasiya darsida qo‘yidagi ishlarni amalga oshiradi: TMI topshiriqlarini bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanma beradi; topshiriqni bajarish rejasini tuzishga yordamlashadi; tegishli adabiyotlar va axborot manbalarini tavsiya qiladi; TMI yuzasidan tayyorlangan ishlanma, hisobot, referat, hisob-kitob va topshiriq natijalarini qabul qiladi xamda baholaydi. TMI bo‘yicha konsultasiyalar o‘quv jarayonining 1 yoki 2 semenada tashkil etilishiga qarab talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida kafedra professor-o‘qituvchilari tuzgan dars jadvaliga kiritiladi. Amaliy matematika va informatika yо‘nalishi talabalari uchun kurs ishi mavzulari: Giperbolik sistema uchun ayirmali sxemaning turg‘unligi Giperbolik tenglamani yechish uchun chekli elementlar usuli Kо‘chirish tenglamasi uchun ayirmali sxemalar va ularning turg‘unligi Yuqori tartibli ayirmali sxemalar qurish "Skvoznoy schet"ayirmali sxemalar Uzilishga ega bо‘lgan yechimlarni topish Riman masalasini taqribiy yechish usullari Xisoblash natijalarini vizuallashtirish Chiziqsiz tenglamalarni sonli tadkik kilish Parallel algoritmlarni tadqiq qilish Masalalarni paralellashtirishda MPl texnologiyasini qо‘llash Taqsimlangan xisoblash tizimlarida masalalarni parallellashtirish Taqribiy integrallash formulalari Haqida Hosila qiymatlari ishtirok etuvchi kvadratur formular Chegaraviy masalalarni yechishda variatsion va proyeksion usullar Elliptik turdagi xususiy xosilali differensial tenglama uchun Algebraik va transsendent tenglamalarni taqribiy yechish Oddiy differensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni sonli yechish Splayn-funksiya Funksiyalarini yaqinlashtirishda Nyutonning interpolyatsion formulalari. Funksiyani interpolyatsiyalash Logranj interpolyatsion kо‘phadining tadbiqlari Nyuton interpolyatsion kо‘phadning tadbiqlari Splayn funksiyalarning xossalari Ermit interpolyatsion kubik splayni Griffinning interpolyatsion kubik splayni Kvadratur formulalar va ularning tadbiqlari Interpolyatsion kvadratur formulalar Kvadratur formulalarning tadbiqlari Gauss kvadratur formulasi Chebishev kvadratur formulasi Kichik kvadratlar usulining tadbiqi Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini Zeydel usulini MathCad da bajarish Matritsani xos son va vektorlarini topilishi Krilov usuli Matritsani xos son vektorlarini topilishi Danilevskiy usuli Koshi masalasini taqribiy yechishni optimal usullari Oddiy differensial tenglamaga Qо‘yilgan chegaraviy masalasini taqribiy yechish kollekatsiya usuli Oddiy differensial tenglamaga Qо‘yilgan chegaraviy masalasini taqribiy yechish kollekatsiya usuli galyorkin usuli Oddiy differensial tenglamaga Qо‘yilgan chegaraviy masalasini taqribiy yechish kollekatsiya usuli eng kichik kvadratlar usuli Xususiy xosilani differensial tenglamalarni approksimatsiya qilish Xususiy xosilani diffekensional tenglamaga Qо‘yilgan chegaraviy masalani taqribiy yechishning tо‘rt usuli Xususiy xosilani diffekensional tenglamaga Qо‘yilgan chegaraviy masalani taqribiy yechishning libman usuli Xususiy xosilani diffekensional tenglamaga Qо‘yilgan chegaraviy masalani taqribiy yechishning Haydash usuli Integral tenglamalar haqida Integral tenglamalarni taqribiy yechish haqida Chiziqsiz tenglamalar sistemani yechish uchun Nyuton iteratsiya usuli. Integrallarni taqribiy hisoblashda Gauss formulasi. Oddiy differensial tenglamalarni yechish uchun Runge-Kutta usuli. Oddiy differensial tenglamalarni yechish uchun Adams usuli. Ayirmali tenglamalarni yechish. Matematik fizika masalalarini variatsion, variatsion-ayirmali usul bilan yechish. 52. Lagranj interpolyatsion formulasi va uning xatoligi. 53. Ayirmali masalaning qо‘yilishi va approksimatsiya xatoligini baholash. 54. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechishda kvadrat ildizlar usuli. 55. Trigonometrik funksiyalarni о‘rtacha kvadratik ma’noda yaqinlashtirish (uzluksiz va diskret hollar). 56. Tengmas oraliklar uchun Nyuton interpolyatsion formulasi. 57. Chiziqsiz tenglamalar sistemani yechish uchun vatarlar usuli. 58. Tenglamalarni yechishning yuqori tartibli iteratsion metodlari. 59. Integral tenglamalarni taqribiy yechish haqida Download 339 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling