Qattiq jism aylanma harakat dinamikasi
Download 187.28 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab harakati
Qattiq jism aylanma harakat dinamikasi Reja:
2. Burchakli tezlik va tezlanish vektorlari 3.Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish 4.Normal,urunma (tangisial) va to’la tezlanish 5.Moddiy nuqta va jismning inersiya momenti 6.Shteyner teoremasi 7.Aylanma harakatda bajarilgan ish va kinetik energiya 8.Kuch momenti 9.Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi 10.Impuls momenti va uning saqlanish qonuni Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab harakati – Moddiy nuqta harakatini shu harakatni vujudga keltirgan sababisiz o’rganadigan mexanikaning bo’limiga kinematika deyiladi. Kinematikada mexanik harakatlarni qarab chiqish uchun trayektoriya, yo’l, ko’chish kabi tushunchalardan foydalaniladi. Moddiy nuqta harakati davomida chizgan chiziqqa trayektoriya deyiladi. Agar trayektoriya tug’ri chiziqdan iborat bo’lsa, harakat to’g’ri chiziqli harakat deb ataladi. Trayektoriya egri chiziqdan iborat bo’lsa, bunday harakat egri chiziqli harakat bo’ladi. Trayektoriya aylanadan ham iborat bo’lishi mumkin. Bunday holda moddiy nuqta aylana bo’ylab harakat sodir etyapti deyish mumkin. Moddiy nuqta-kuzatilayotgan sharoitda kattaligi va shakli ahamiyatsiz boʻlgan harakati oʻrganilayotgan jism. Muayyan jismni Moddiy nuqta deb qabul qilish mumkin yoki mumkin emasligida jismning oʻlchamlariga emas, balki masalaning shartlariga bogʻliq. Masalan, oʻrtacha radiusi 6371 km boʻlgan Yer shari Quyosh atrofidagi orbitasida har sekundda 29,75 km dan yoʻl bosib, bir yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Bunday sharoitda Yer sharining kattaligi, shakli va uning ichida sodir boʻlayotgan murakkab jarayonlar uning orbita boʻylab harakati oʻrganilayotganda ahamiyatsiz boʻladi. Demak, Yerning Quyosh atrofidagi orbita boʻylab harakati oʻrganilayotganda uni Moddiy nuqta deb qabul qilish mumkin. Ammo Yer sirtidagi biror transport vositasining harakati oʻrganilayotgan boʻlsa, bunday sharoitda Yer sharining kattaligi va shakli, albatta, eʼtiborga olinishi shart, yaʼni bu sharoitda Yerni Moddiy nuqta deb kabul qilish mumkin emas. Moddiy nuqta tushunchasi fizika faniga oid juda koʻp hodisalarni tushuntirishda va masalalarni hal etishda katta yordam beradi. Download 187.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling