Qattiq jism aylanma harakat dinamikasi


Download 187.28 Kb.
bet3/5
Sana04.02.2023
Hajmi187.28 Kb.
#1166617
1   2   3   4   5
K inetik energiya - jismning mexanik harakatdagi energiyasi. Ilgarilanma harakatda ishtirok etayotgan moddiy nuqtaning Kinetik energiyasi shu nuqta massasi t ni uning tezligi -i kvadratiga koʻpaytmasining yarmiga teng:Yek = j mv, Koʻzgʻalmas oʻq atrofida aylanma harakat qilayotgan jismning Kinetik energiyasi: bunda /—jismning aylanish oʻqiga nisbatan inersiya momenti, so — jismning burchak tezligi. Yorugʻlik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanayotgan moddiy nuqtaning Kinetik energiyasi:bunda t0 — moddiy nuqtaning tinch holatidagi massasi, s — yorugʻlikning vakuumdagi tezligi, tos2 — moddiy nuqtaning tinch holatidagi energiyasi.
Umumiy formula {\displaystyle T=\sum {{m_{i}v_{i}^{2}} \over 2}}

Bitta moddiy nuqtaning holati - {\displaystyle T={{mv^{2}} \over 2}}



Kuch momenti vektor kattalik. Kuch momentining yoʻnalishi taʼsir etuvchi kuchning yoʻnalishiga bogʻliq.
Hayotda eshikni ochgan har qanday inson kuch momentiga duch kelgan. Odam eshikni ochayotganda u kuchni eshikning oshigʻidan eng uzoqqa qoʻyadi. Chunki oshiqqa eng yaqin masofadan eshikni ochish uchun koʻp kuch talab etiladi. Garchi ikkala holda ham bir xil ish bajarilsada (yaʼni kuchning qiymati ortsa koʻchish kamayadi) odamlar kamroq kuch qoʻyishni yoxud eshik ushlagichlarning hozirgi joyini afzal bilishadi.
Kuch momenti dinamik va statik boʻlishi mumkin.
Statik kuch momenti burchak tezlanish hosil qilmaydi. Yopiq eshikka kuch bilan taʼsir etayotgan kishini bunga misol qilib keltirish mumkin, chunki kuch taʼsiriga qaramay eshik oshiqlariga nisbatan harakatlanmayapdi. Oʻzgarmas tezlik bilan harakatlanayotgan velosipedning pedaliga kuch bilan taʼsir etayotgan odam ham bunga misol boʻla oladi, chunki u tezlanish olmayapti.
Poyga musobaqasida harakatlanuvchi mashinaning harakatlanish mexanizmi dinamik kuch momentini hosil qiladi, chunki avtomobil yoʻl boʻylab tezlanish olmoqda va gʻildiraklar burchak tezlanish bilan aylanma harakat qilmoqda.
Kuch momentining qoʻllanishida ishlatiladigan terminlar biroz chalkash boʻlishi mumkin. Muhandislar baʼzan moment, yoki aylanma moment terminlaridan kuch momenti oʻrnida foydalanishadi. Kuchdan tayanchgacha boʻlgan eng qisqa masofa kuch yelkasi deb ataladi.

Download 187.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling