Qayta ishlash korxonalarining klassifikatsiyasi va loyihalash bosqichlari


Download 27.52 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi27.52 Kb.
#1512263
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish 6m21 magistr


Qayta ishlash korxonalarining klassifikatsiyasi va loyihalash bosqichlari

Reja:

1. Loyihalash vazifasini va korxonalarni loyihalashda ishchi chizmalarni tayyorlash tartibi

2.Korxonalarni rekontruksiya qilish, unumdorligini oshirish usullari

3 Loyihalashning texnik-iqtisodiy asoslash va xom ashyo zonasini o’rganish

4.Suv, bug’, elektr energiya normalari, transport aloqalari va qurilish uchun joy tanlash

5.Texnologik sxema, ularni tanlash tartibi va talablari

6.Bosh reja o’byektlari va ularni joylashtirish



  1. Loyihalash vazifasini va korxonalarni loyihalashda ishchi chizmalarni tayyorlash tartibi

Loyihalashning asosiy vazifasi loyihalarni sifatini va tejamkorligmi


oshirish va qurilishni ular bilan o‘z vaqtida ta'minlash. Buning uchun
har bir aniq texnik loyihada quyidagi masalalar yechiladi.
1. Aniq sharoitlarga javob beradigan ishlab chiqarish usullarini tanlash,
o‘ta yangi yuqori unumdor jihozlarni ishlatish va yuksak mehnat
unumdorligini va yuqori sifatli mahsulotni chiqarishga erishishni
ta’minlaydigan samarador texnologik jarayonlarni ishlatish.
2. Maqbul hajmiy rejalashtirish va bino, inshootlarning konstruktiv
yechimini va samarador qurilish materiallarini tanlash.
3. Xomashyo va tayyor mahsulot transport oqimlarining maqbul
sxemalarini, yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashni tanlash.
4. Qurilishga mo'ljallangan yer uchastkasidan maqbul foydalanish
va bosh rejani maqbul variantini tanlash.
5. Loyiha yechimlarini yuksak texnik va tejamlik darajasini ta'miniash.
6. Qurilishga ketadigan sarfiyotlarni kamaytirish va smeta hujjatlarida
qurilishga haqiqiy zarur bo'lgan sarfiyotlarni aks ettirish.
Loyihalash — qidiruv ishlari hajmining tinimsiz o‘sishi, har yili turli
murakkab sharoitda korxonalami joylashtirishda ishlanayotgan loyihalar
borasida qo‘shimcha muhandislik va iqtisodiy talablar qo‘yilmoqda.
Bino va inshootlarni dastlabki ishlangan loyiha va smetasiz qurish
mumkin emas, chunki qurilish montaj ishlarini boshlashdan oldin
qayerda va qanday qurilish bo‘ladi, u qanchaga tushadi, qancha va
qanday qurilish materiallari, mehnat resurslari, jihozlar kerak bo‘ladi,
qurilish qanchagacha davom etadi va mo‘ljallangan obyekt qurilishi va
ekspluatatsiyasi tejamkor bo'ladimi yoki yo‘qmi, bularning hammasini
bilish kerak. Bu savollarga javobni loyiha va smetadan olish mumkin,
Loyihada o‘ta muhim muammolarni va mas’uliyatli muhandislik
masalalarini hal qilishda ushbu konkret sharoitda eng samarali ishlab
chiqarish usulini, apparat va mashinalarning o‘lchamlari va miqdori,
shuningdek, jihozlarning ma’qul rejimda ishlashini aniqlash, tanlash
juda muhimdir. Loyihalashning murakkabligi shundaki, ko‘p
muhandislik muammolari bir-biri bilan chambarchas bog'langan va
ularni yechish geografik (qurilish maydoniga, xomashyo va mahsulotni
tashish masofasiga, iqlimiga), ijtimoiy (mehnat muhofazasi va atrof
muhitga, mehnatkashlarning uy-joy, maishiy turmush sharoitlariga) va
iqtisodiy omil (kapital sarliyotlar, mahsulot tannarxi, chiqimini qoplay
olishi va boshqalar)ga bog‘liq.
Loyihalashning eng muhim iqtisodiy masalalariga quyidagilar kiradi:
1) odamlar, industriya va tabiatning bir-biriga o‘zaro munosabatining maqbulini topish;
2) ishlab chiqarishning eng maqbul loyihasini ta'minlovchi ichki
korxona omillarini hisobga olish;
3) maqbul hajmiy rejalanuvchi va samarali qurilish materiallarini
tanfash;
4) mehnat unumdorligini orttirishda, sanitariya texnika sharoitlarni
hisobga olish.
Ayrim sexlar, ularning qismlari, butun korxonalar turli xil ishlab
chiqarishni birga qo‘shilgani yoki loyihalanilayotgan korxonalaming
atrof-muhiti loyihalash obyektlari bo‘lib hisoblanadi. Loyihalash bu
qurilishning tayyorgarlik bosqichidir. Texnik iqtisodiy asoslash sifati va
loyihalashning yuqori darajasi qurilishning smeta qiymati, qurilishning
davomiyligi, kapital xarajatlarning samaradorligiga bog'liq boMadi.


  1. Download 27.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling