Qaytishda Qalqonrud bo’yida o’sgan jiydalar barchaning diqqatini tortadi


Download 19.92 Kb.
Sana05.11.2020
Hajmi19.92 Kb.
#141370
Bog'liq
1.Fonetika


FONETIKA. Variant-1.

1. Vazirshohdan qaytishda Qalqonrud bo’yida o’sgan jiydalar barchaning diqqatini tortadi.

Ajratib ko’rsatilgan so’z tarkibidagi sirg’aluvchi tovushlarning hosil bo’lish o’rniga ko’ra qaysi turlari mavjud? 1.lab 2.til oldi 3.til o’rta 4.sayoz til orqa 5.chuqur til orqa 6.bo’g’iz A)1,2,6 B)2,3 C)2,3,6 D)1,2,3,6

2. Qaysi javobdagi barcha so`zlar tarkibida ikki o’rinda lab undoshlari qatnashgan? A)barkamol, omborxona, binafsha B)barvasta, baraka, turp C) bafurja, avtomobil, mashinasozlik D) xonavayron, binafsha, loqayd

3.Hozirgi o’zbek adabiy tilida jarangsiz juftiga ega bo’lmagan jaranglilar soni? A)6B)7 C)5 D)8

4.Qaysi so’zlar faqat jarangli undoshlardan iborat? 1)qoyil 2)mangu 3)jonivor 4)maktab 5)ruh 6)zamonlarni 7)dardlashmoq 8)idorangni 9)izdihom 10)qabriston A)2,3,6,8 B)2,3,4,5,6,8 C)1,2,4,5,6,8,9 D)1,4,5,7,9

5.Qaysi so’zda til oldi unlilarining barchasi qo’llangan? A)besaranjom B)oliyjanob C)komillikdan D)texnika

6.Maxluqot so`zi tarkibida undoshlarning qaysi turi qatnashmagan? A)til orqa undosh B)portlovchi undosh C)jarangsiz undosh D)lab-tish undosh

7. Qaysi qatordagi so’zda jarangli jufti yo’q portlovchi undosh ishtirok etgan? A)qiyomat B)mahbub C)ziravor D)axborot

8. Z tovushiga to’g’ri tavsif berilgan qatorni toping . A)til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovush B)til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovush C)til oldi, sirg’aluvchi, jarangli undosh tovush D)til oldi, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh tovush

9.Qaysi so`z tarkibi hosil bo’lish o’rniga ko’ra bir guruhga kiruvchi undosh va til orqa unlilardan tashkil topgan?

1)bobom 2)Sulton 3)Nazira 4)yoy 5)Qarshi A)2,3,4 B)1,3,5 C)1,2,4 D)2,3,4,5

10.Qaysi so’zda hosil bo’lish o’rniga ko’ra bir guruhga mansub ovozdor undoshlar qo’llangan? A)rangli B)roman C)minora D)nola

11. Qaysi so’zda hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlarning barcha turi qo’llangan? A)Buxoro B)salomlahmoq C)chinor D)Chinobod

12. Qaysi so’zda til oldi unlilari va tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra bir guruhga mansub undoshlar qo’llangan? A)hemiri B)sabrsiz C)energetika D)taktika

13.Qaysi so’zda til orqa oraliq holatdagi lablangan unli til oldi quyi keng lablanmagan unli sifatida talaffuz qilinadi? A)Bahodir B)kulimsiramoq C)motor D)derektor

14. Tarkibida faqat ovozdorlar ishtirok etgan so’zlarni belgilang. A)rasmingizni, asalari, lola B)Ruminiya, burungi, Nigora C)Tangem, nor, mangu D)nolalarim, ranglarning, roman

15.Qaysi so`zlar unli va jarangsiz undoshlardan tarkib topgan? 1)partadosh 2) qoshiq 3)ko’chki 4)taktika 5)osoyishta 6)qirq 7)shukuh 8)johil 9)sutka 10)ochiq A)1,2,4,6,7,8,10 B)2,3,7,8 C)2,3,4,7,9,10 D)1,2,3,7,8,10

16.Qaysi so`zda sayoz til orqa undosh qatnashmagan? A)kulrang B)istak C)dubulg’a D)bahorgi

17. Qaysi qatordagi so’z tarkibida til oldi unlilari ikki o’rinda ishtirok etmagan? A)ekin B)sheva C)esipast D)asil

18. Qaysi so`zda til oldi undosh qatnashmagan? A)muayyan B)mahbuba C)hafsala D)qahraton

19.Qanday tovushlar hosil bo’lishida un(tovush) paychalari ishtirok etmaydi? 1)unli 2)jarangli 3)jarangsiz A)1,3 B)3 C)2,3 D)2

20.Qaysi javobda jarangli, ovozdor, til orqa tovush berilgan? A)m B)y C)ng D)l

FONETIKA. Variant-2.

1. Inson hayoti hayvonot olami bilan bevosita bog’liq. Ajratib ko’rsatilgan so’z tarkibidagi sirg’aluvchi tovushlarning hosil bo’lish o’rniga ko’ra qaysi turlari mavjud? 1.lab 2.til oldi 3.til o’rta 4.sayoz til orqa 5.chuqur til orqa 6.bo’g’iz A)1,3,6 B)2,3 C)2,3,6 D)1,2,3,6

2. Qaysi javobdagi barcha so`zlar tarkibida lab undoshlari qatnashgan? A)chorasiz, talaba, nafs B)qo’shiqlar, baraka, turp C)ko’ngil, loqayd, avtomobil D) xonavayron, binafsha, zamon

3.Hozirgi o’zbek adabiy tilida jarangli juftiga ega bo’lgan jarangsizlar soni? A)6B)7 C)5 D)8

4. Qaysi so’zlar faqat jarangsiz undoshlardan iborat? 1)taomnoma 2)tus 3)taxt 4)maktub 5)arvoh 6)kaft 7)suhbatlashmoq 8)xato 9)iztirob 10)maqbara A)2,3,6,8 B)2,3,4,5,6,8 C)1,2,4,5,6,8,9 D)1,4,5,7,9

5.Qaysi so’zda til oldi unlilarining barchasi qo’llangan? A)mehnatsevar B)dardibedavo C)tamaddun D)beiymon

6.Xaloyiq so`zi tarkibida undoshlarning qaysi turi qatnashmagan? A)til orqa undosh B)portlovchi undosh C)jarangsiz undosh D)ovozdor undosh

7. Qaysi qatordagi so’zda jarangli jufti yo’q sirg’aluvchi undosh ishtirok etgan? A)qorishiq B) C)habib D)xulq

8. R tovushiga to’g’ri tavsif berilgan qatorni toping . A)til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovush B)til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovush C)til oldi, sirg’aluvchi, jarangli undosh tovush D)til oldi, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh tovush

9.Nechta so`z tarkibi hosil bo’lish o’rniga ko’ra bir guruhga kiruvchi undosh va til oldi unlilardan tashkil topgan?

1)buvim 2)saltanat 3)Anzirat 4)sohil 5)gung A)1 B)2 C)3 D)4

10.Qaysi so’zda hosil bo’lish o’rniga ko’ra bir guruhga mansub ovozdor undoshlar qo’llangan? A)manglay B)na’ra C)minora D)langar

11. Qaysi so’zda hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlarning barcha turi qo’llangan? A)Navoiy B)vidolashmoq C)chashma D)Chinobod

12. Qaysi so’zda til orqa unlilari va tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra bir guruhga mansub undoshlar qo’llangan? A)mehribon B)xabarsiz C)energetika D)ro’mol

13.Qaysi so’zda til orqa oraliq holatdagi lablangan unli til oldi yuqori tor lablanmagan unli sifatida talaffuz qilinadi? A)Navbahor B)kulimsiramoq C)monitor D)traktor

14. Tarkibida faqat shovqinlilarlar ishtirok etgan so’zlarni belgilang. A)havoyi, kitob, bog’cha B)daqiqa, burungi, azob C)Tangem, maslahat, mangu D)farovon, konchilik, roman

15.Qaysi so`zlar unli va jarangsiz undoshlardan tarkib topgan? 1)jo’shqin 2) qashshoq 3)kaft 4)chakka 5)farishta 6)to’qqiz 7)soxta 8)nasiba 9)usta 10)ochiq A)1,2,4,6,7,8,10 B)2,3,7,8 C)2,3,4,7,9,10 D)1,2,3,7,8,10

16.Qaysi so`zda sayoz til orqa unli qatnashmagan? A)bodiring B)kamalak C)xaroba D)ongli

17. Qaysi qatordagi so’z tarkibida til oldi unlilari ikki o’rinda ishtirok etmagan? A)meva B)beshbarmoq C)mexanika D)masofa

18. Qaysi so`zda til oldi undosh qatnashmagan? A)kalima B)qahqaha C)mahrum D)yaylov

19.Qanday tovushlar hosil bo’lishida un(tovush) paychalari ishtirok etadi? 1)unli 2)jarangli 3)jarangsiz A)1,2,3B)1,2C)2,3 D)2



20.Qaysi javobda jarangli, ovozdor, lab-lab tovush berilgan? A) b B)m C)ng D)l



Download 19.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling