Qishloq xo'jalik biotexnologiyasi


Download 3.63 Mb.
bet1/2
Sana09.10.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1695768
  1   2
Bog'liq
Zamonaviy biologik usullarni qishloq xoʻjaligida qoʻllanilishi

Zamonaviy biologik usullarni qishloq xoʻjaligida qoʻllanilishi

1960-1970 yillarda gen va hujayra injeneriyasi, hujayra biologiyasi va kimyosi, oqsil va fermentlar injeneriyasi, texnikaviy mikrobiologiya hamda texnikaviy bioximiya yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarish usuli - biotexnologiya paydo bo‘la boshlagan.

Biotexnologiya keyingi yillarda genetik injeneriyaning yutuqlariga suyangan holda yanada rivojlanmoqda.

Biotexnologiya fanining asosi hujayra, molekulyar biologiya va gen injenerligi hisoblanadi. Hozirgi kunda amaliyotda biotexnologiya asosida sanoat mikrobiologiyasi, mikrobiologik sintez keng ko‘lamda rivojlanmoqda. Bularga antibiotiklar, muhim aminokislotalar va o‘sishni boshqaradigan biologik aktiv moddalar olish industriyasi kiradi.

Birinchi galdagi vazifa o‘simlik va hayvonlardagi har bir genni bilgan holda xo‘jalikka foydali belgilarning yuzaga kelishi mexanizmini molekulyar asoslash va shu jarayonni boshqaradigan elmentlarni topish. Ikkinchi galdagi vazifa rekombinant DNK olish texnologiyasini tezkorlik bilan ishlab chiqarish. Uchunchi galdagi vazifa fundamental va amaliy ishlar o‘rtasida o‘zilish bo‘lmasligini ta’minlash.


Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasining gen injenerligi oldida turgan vazifasi

Biotexnologiya - bu o‘ta muhim mikrobiologik jarayonlarni yaratish va ulardan sanoat usulida foydalanish orqali zarur bo‘lgan mikrob hujay- ralari, organellalar va fermentlarini ishlab chiqarish hamda ulardan xalq xo‘jaligi va meditsinada foydalanishning nazariy va amaliy tomonlarini yoritib beradigan fandir.

Biotexnologiyaning rivojlanishi tarixi ko‘p ma’noda XX asrning ikkinchi yarimi bilan bog‘liq. O‘tgan asrning 40 yillarida mikroorganizmlardan pensilin olish texnologiyasining yaratilishi bu fan rivojiga ijobiy burilish yasadi.


Biotexnologiyaning rivojlanishi immobillashgan
(maxsus sorbentlarga bog‘langan) fermentlar va mikroorganizmlar tayyorlash texnologiyalarini yaratilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi.
Immobilizatsiya qilingan fermentlarni har xil jarayonlarda ishlatilishi (fermentlar muhandisligi) bu biokatalizatorlardan foydalanishni yanada faollashtirib yubordi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling