"qurilish" fakulteti "bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi


Download 1.74 Mb.
bet1/15
Sana14.12.2022
Hajmi1.74 Mb.
#1005076
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs loyiha temir beton lotin (wecompress.com) (1)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTI

“QURILISH” FAKULTETI


“BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI” KAFEDRASI


Koʻp qavatli temirbeton konstruksiyali binolarning yaxlit oroyopmasini, ustunini va poydevorini hisoblash va loyihalash.
TEMIRBETON VA TOSH KONSTRUKSIYALARI” fanidan kurs loyihalarini bajarishga doir

USLUBIY KOʻRSATMA


Fargʻona – 2022 yil


Mazkur uslubiy koʻrsatma Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi davlat taʼlim va soha standartlari (loyiha va ishchi hujjatlarni rasmiylashtirish) talablariga hamda “Qurilish meʼyorlari va qoidalari (QMQ, ShNQ)” ga muvofiq tayyorlangan. Kurs loyiha va diplom loyihalari hamda qurilish amaliyoti uchun iqtisodiy jihatdan samarali va konstruktiv havfsiz yaxlit (monolit) temirbeton tuzilmalarini hisoblash va loyihalash koʻrsatilgan.
Tuzuvchilar:
Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Baxromov Maxmudxon,
Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi assistenti Ahmadaliyev Abdulxafiz Hasanboy oʻgʻli


Taqrzchilar:
Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Abdullayev I,
Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Mirzaaxmedova Oʻgʻiloy

“Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi oʻquv uslubiy kengashida (2022 yil “____” ______ № _____ bayonnomasi) va “Qurilish” fakultetining ilmiy- uslubiy kengashida (2022 yil “____ ” __________ № _____ bayonnomasi) koʻrib chiqilgan va maʼqullangan.


Koʻp qavatli temirbeton konstruksiyali binolarning yaxlit oroyopmasini, ustunini va poydevorini hisoblash va loyihalashga doir koʻrsatmalar
Quyma temirbeton konstruksiyalar iqtisodiy tejamli boʻlib, qurilishda barcha turlardagi elementlar sifatida qoʻllaniladi. Ayniqsa bino-inshootlarning qaytarilmas, birxillashtirib boʻlmaydigan va boʻlinmaydigan temirbeton konstruksiyalarini qurilish joyida yaxlit qilib tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Misol uchun baʼzi yakka tartibda loyihalangan binolar, suv inshootlari, poydevorlar, suv havzalari va shu kabi obʼektlarning konstruksiyalarini tayyorlashda qoʻllaniladi.
Quyma temirbetondan tayyorlangan qurilish konstruksiyalari uchun oz material (beton va armatura) sarflanadi va mustahkam boʻladi.
Qobirgʻali quyma orayopmalar asosiy(bosh) va yordamchi(ikkinchi darajali) toʻsinlar hamda plitalardan tashkil topadi. Orayopmaning barcha elementlari oʻzaro yaxlit (monolit) birikkan boʻlib, koʻpincha B15 - B30 sinfli betondan tiklanadi.
Qobirgʻali yaxlit orayopma konstruksiyasining mohiyati shundan iboratki, bunda tejamkorlik maqsadida choʻzilish sohasidagi betonning anchagina qismi olib tashlanib, bu yerda faqat kobirgʻa va choʻziluvchi armatura qoldiriladi. Qobirgʻaning tokchasi plita deb atalib, ikkinchi darajali toʻsinlarga tayanadi va egilishga ishlaydi. Ikkinchi darajali toʻsinlar asosiy toʻsinlarga, asosiy toʻsinlar esa oʻz navbatida ustun yoki devorlarga tayanadi. Asosiy toʻsinlar bino uzunligi yoʻnalishida yoki unga koʻndalang ravishda joylashtirilishi mumkin (1-rasm ).
Qavatlararo qobirgʻali orayopmalar plitalarining qalinligi yuk miqdoriga qarab, odatda 610sm olinadi.
Qobirgʻali quyma orayopma elementlarining hisobi plastik deformatsiyalar oqibatida zoʻriqishlarning qayta taqsimlanishini eʼtiborga olgan holda bajariladi.
Ikkinchi darajali toʻsin kesimining balandligi (1/12 1/20), asosiy toʻsin kesimining balandligi (1/8 1/15 ) , toʻsinlar kesimining eni
b=(0,4 0,5) h olinadi.
Plitani hisoblashda orayopma rejasidan shartli ravishda eni 1m li tasma (yoʻlka) ajratib olinadi. Soʻngra eguvchi moment tutash toʻsinlardagi kabi hisoblab topiladi. Oʻrta oraliqda:
.

Plita va ikkinchi darajali toʻsindagi eguvchi elementlarni hisoblash sxemalari 2-rasmda keltirilgan.


Birinchi oraliqda eguvchi momentning eng katta qiymati chetki tayanchdan a0,425 masofada boʻladi.
Agar chetki erkin tayanchda Ma=0 boʻlsa, birinchi oraliqdagi va birinchi oraliq tayanchdagi eguvchi momentlar boʻladi.
Ikkinchi darajali toʻsindagi koʻndalang kuchlar quyidagicha topiladi: chetki erkin tayanchda Qa=0,4 q 0; birinchi oraliq tayanchda chapda Qvl=0,6 q 0.
Birinchi oraliq tayanchda oʻngda va qolgan barcha tayanchlarda Qvl=0,5 q 0. boʻladi.
Toʻsinsimon plitalarni rulonli toʻrlar va alohida tayyorlangan payvand toʻrlar bilan armaturalash sxemalari (4-rasmda) keltirilgan.
Ustunlar siqiluvchi elementlar qatoriga kiradi va ular nomarkaziy siqilishga ishlaydi. Qobirgʻali quyma orayopmali binolarning ustunlarida eguvchi momentning qiymati kichik boʻlganligi sababli, ustun shartli ravishda markaziy siqiluvchi element deb qaralishi mumkin. Kurs ishida bino birinchi qavatining ustunini markaziy siqilishga hisoblashga ruxsat etiladi.




1-rasm. Bino quyma orayopmasini komponovkalash sxemasi:
a) binoning koʻndalang qirqimi; b) bino rejasi.



2-rasm. Plita va ikkinchi darajali toʻsindagi eguvchi momentlarni aniqlash sxemasi



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling