Qurilmalari elektr ta’minoti”
Download 0.85 Mb.
|
Kif-ITET-Oz-1. TOPSHIRIQ №2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kif-ITET-Oz-1
- Elektr ta’minoti tizimlari
- I. Amaliy topshiriqni bajaring. Infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimlarini hisoblash va loyihalash tamoyillari 2.1 H
- 2.1.2. Amaliy ishning xajmi va amalga oshirish grafigi .
- 2.1.3 Amaliy ishni rasmiylashtirish.
- Sarlavha sahifasi
- Hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar
Ilova 1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi “INFOMMUNIKATSIYA QURILMALARI ELEKTR TA’MINOTI” fanidan A M A L I Y O T T O P S H I R I Q №2 Bajardi:____________________________ta’lim yo‘nalishi _Kif-ITET-O'z-1__guruh _______________________________________ talabaning F.I.Sh. Qabul qildi: ______________________________________ Toshkent 2020 “INFOMMUNIKATSIYA QURILMALARI ELEKTR TA’MINOTI” fandan №2 T O P SH I R I Q (AMALIYOT) 1 - jadval
Eslatma: talabalar jadvallarda keltirilgan variant nomeri bo‘yicha o‘z variantlarini tanlab oladilar va nazariy savollar nomerlari bo‘yicha savollarga javob tayyorlaydilar. TOPSHIRIQ VARIANTLARI 2.2 - 2.3 - jadvaldan olinadi
I. Amaliy topshiriqni bajaring. Infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimlarini hisoblash va loyihalash tamoyillari 2.1 Hisob-kitob ishlarini bajarishga qo‘yiladigan talab va tavsiyalar. Hisoblash-kitob ishlarini bajarish uchun nazariy materialni ma’ruza matnlari va tavsiya etilgan adabiyotlarga muvofiq o‘rganish lozim. Hisoblashda ushbu qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlardan foydalaning. Agar mavjud ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa, elektr ta’minoti va elektr ta’minoti tizimlarini jihozlash bo‘yicha internetda chop yetilgan ma’lumotnomalar, qo‘llanmalar, adabiyotlar yoki onlayn kalkulyatorlardan foydalanish kerak. 2.1.1 Ishning mazmuni. Hisoblash ishlari (kompleks topshiriq, kurs ishi va loyihasi, amaliy hisob-kitob) quyidagi ish hajmini nazarda tutadi. O‘zaruvchan tokning uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash. Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga asoslanib uzluksiz o‘zgaruvchan tok elektr ta’minotini tizimini tanlash amalga oshiriladi. O‘zgarmas tokning uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash. Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga asoslanib akkumulator batareyalarini va to‘g‘rilagich qurilmasini tanlash amalga oshiriladi. Korxona tomonidan iste’mol qilinadigan umumiy quvvatni hisoblash. Quvvat koeffitsienti korrektorini tanlash. Himoyalovchi yerga ulash qurilmasini hisoblash. . Himoya avtomatini tanlash. 1 - 6 gacha bo‘lgan bandlarni bajarish natijalari bo‘yicha tanlangan uskunalarni ko‘rsatltgan holda infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimining funksional sxemasini tuzish. Nazorat hisoblash ishlarini, talabalarning mustaqil ishlari uchun hisob-kitoblarni, amaliy mashg‘ulotlarda hisob-kitoblarni bajarishda sillabusda keltirilgan amaliy mashg‘ulotlarni umumlashtirib bajarish bilan cheklanish mumkin. Hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar (variantlar) 2.1.4-banddan tanlanadi. Amaliy ishning natijasi elektr ta’minoti tizimining funksional sxemasi va tanlangan qurilmalar hisoblanadi. 2.1.2. Amaliy ishning xajmi va amalga oshirish grafigi. Hisoblash ishlari 2 ta modul uchun mo‘ljallangan. Ish jadvali xar haftada bir marta o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar jadvali bilan chambarchas bog‘liq. Hisoblash ishlari har bir modul bo‘yicha 5 ta amaliy mashg‘ulotga mo‘ljallangan. Ikkinchi modulda 1-3 gacha bo‘lgan bandlari bajariladi. To‘g‘ri bajarilgan amaliy ish (talabaning o‘ziga berilgan variantining hisobi, hisob-kitoblarni to‘g‘ri bajarilish, tushuntirish yozuvlari mavjud bo‘lsa) himoyasiz qabul qilinib kredit belgilanadi va uchinchi modulga ruxsat beriladi. Uchinchi modulda 4 dan 7 gacha bo‘lgan bandlar bajariladi. Amaliy ish uchun ikkinchi modulda qo‘yilgan talablar ketma-ketligi asosida uchinchi moduldagi amaliy ish tekshiriladi va himoyaga ruxsat beriladi. Butun ishni himoya qilish natijalari asosida kredit belgilanadi. Amaliy ishni bajarishning taxminiy jadvali 2.1-jadvalda ko‘rsatilgan. 2.1-jadval Hisob-kitob ishlarini bajarish jadvali.
2.1.3 Amaliy ishni rasmiylashtirish. Amaliy ish bo‘yicha texnik talablar: matn Microsoft Office Word dasturida, Times New Roman, 14 shriftda, 1 intervalda bo‘lishi, sahifaning chap 3 sm, yuqori va quyi 2 sm, va o‘ng tomon 1,5 santimetrdan iborat joy qoldirilishi shart. Amaliy ishga materiallarni joylashtirish quyidagicha: – sarlavha sahifasi (titul varog‘i); – mundareja; – hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar; – asosiy qism; – tizimning funksional sxemasi; – adabiyotlar ro‘yxati. Sarlavha sahifasida amaliy ish nomi, bajaruvchi talabaning ism, familiyasi, uning guruhi, fakulteti va tekshiruvchi o‘qituvchi haqida ma’lumot beriladi. Mundareja alohida sahifada taqdim etiladi. Mazmuni amaliy ishning barcha tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi. Nomlar matnga to‘liq mos kelishi kerak. Sahifa raqamlari ushbu materialning boshlanishini ko‘rsatadi. Hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar yangi sahifadan boshlanadi. Barcha belgilar, qiymatlar va o‘lchov birliklari manba ma’lumotlariga kiritilishi kerak. Asosiy qism matni bo‘limlarga bo‘linadi. Bo‘limlar Arab raqamlarida tartib raqamlarga ega bo‘lishi kerak (1, 2 va hokazo). Bo‘lim sarlavhalari xat boshi bilan boshlanib, katta harflar bilan yozilishi kerak. Bo‘lim raqamidan keyin va sarlavha oxirida nuqta qo‘yilmaydi. Amaliy ishda bitta "Infokommunikasiya korxonasining elektr ta’minoti tizimini hisoblash" bo‘limi mavjud. Bo‘lim vazifalariga ko‘ra (1.1, 1.2 va h.k.) kichik bo‘limlarga bo‘linadi. Kichik sonlar nomlari kichik harflarda (birinchi bosh harfdan tashqari) raqamdan keyin va oxirida nuqta qo‘ygan holda xatboshidan yoziladi. Matn aniq bo‘lishi va turli talqinlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bunday holda siz ta’lim yoki maxsus adabiyotlarda tavsiya etilgan atamalar, belgilar va ta’riflardan foydalanishingiz kerak. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling