R e j a: kirish asosiy qism


Download 43.93 Kb.
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi43.93 Kb.
#1160556
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Faoliyat natijalarini baholash



R e j a:
KIRISH
ASOSIY QISM:
1. Shaxs faoliyati
2. Faoliyat mahsulini o‘rganish-metodi
3. Faoliyat natijalarini psixologik tahlil qilish.
4. Faoliyat sistemasi va psixikasining rivojlanganligi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bugun mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro’y berayotgan o’zgarishlar, ulardagi hayotda, uning qadriyatilariga, kasb-kori, oilasi va yaqinlariga bo’lgan munosabatlarida tobora milliy istiqlol mafkurasining asosiy mazmun va mohiyatlari mujassamlashmoqda. Shu ma‘noda psixologiya fanining muhim tarmog’i bo’lmish shaxs psixologiyasi oldida turgan vazifalar ko’lami va salmog’i kattadir.
Biz jamiyatimiz hayotida ro’y berayotgan barcha o’zgarishlarning ijtimoiy psixologik mohiyatini shaxs psixologiyasining bugungi xolati va istiqboli nuqtai nazaridan tahlil qilish orqali bu fanning jamiyatdagi o’rni va imkoniyatlariga baho berishni niyat qildik.
Ushbu kurs ishida ko’tarilayotgan masalalar ijtimoiy hayot sirlarining muxtasar bayoni bo’lsa-da, ma‘lum ma‘noda shaxs psixologiyasining ilmiy amaliyot va ilmiy tadqiqot quroli sifatidagi imkoniyatlari to’g’risida tasavvur beradi. Faoliyat natijalari vazifalaridan kelib chiqib, o’quvchilar hukmiga havola etilayotgan ushbu kitobning asosiy maqsadi insonning jamiyat bilan bo’ladigan ko’plab murakkab munosabatlari tizimining ijtimoiy psixologik mexanizmlarini yoritib berishdir.
Ushbu o’quv qo’llanma yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini bersa-da, umid qilamizki, ularni o’z atrofida ro’y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o’zi va o’zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo’lmaslik, o’z layoqatlarini o’stirishning elementar vositalaridan bohabar bo’lishga yordam beradi.
Pixologik metodlarning bir ko‘rinishidir. Faoliyat natijalarini tahlil qilish jarayonida natijaning o‘zi emas, balki shu natijani hosil qilish bilan bog`liq faoliyat psixologik jihatdan baholanadi. Bu metod, ayniqsa, bolalar psixologiyasida keng qo‘llaniladi. Bolalarning chizgan rasmlarini o‘rganish orqali ularning psixikasi va taraqqiyoti haqida ma`lumotlar olinadi. 1
Yuqorida ko‘rsatilgan metodlar asosan tadqiqot maqsadida qo‘llaniladi. Bundan tashqari ba’zi psixologik metodlar sinash maqsadida ham qo‘llaniladi. Bunda maqsad psixologiya faniga, ilmiy bilimlarga biror yangilik kiritish, Qonuniyat ochish emas. Bu metodlarning o‘rganilayotgan shaxsda biror xususiyatning mavjudligi, uning taraqqiyot darajasi, turli meyorlarga mos kelishi darajasini aniqlashdir. Shunday metodlarning barchasi umumiy nom bilan TEST deb yuritiladi. TEST - qisqa muddat ichida bajariladigan, standart vazifalardan iborat.
Ularning natijalarini sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish orqali kishida o‘rganilayotgan psixik funktsiya va xususiyatlarning nechoglik takomillashganligi va rivojlanganlik darajasi baholanadi.
Masalan, har qanday tadqiqot to‘rt bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich - tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda material turli vositalar bilan o‘rganiladi, o‘rganilayotgan hodisalar haqida dastlabki materiallar to‘planadi. To‘plangan materiallar tahlil qilinadi.

Download 43.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling