Raximov bekbergan maxsudovich lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo


Lizing munosabatlarini amalga oshirishda lizing xizmatlari va


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana21.09.2020
Hajmi1.12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

1.2. Lizing munosabatlarini amalga oshirishda lizing xizmatlari va 

servisining ishtiroki 

Ilmiy  adabiyotlarda  ―lizing‖  bilan  birga  ―lizing  xizmatlari‖  tushunchasi  ham 

uchrasada,  biroq  ularda  lizing  xizmatlariga  aniq  ta‘rif  berilmagan.  Bizning 

nazarimizda,  lizing  xizmatlari  tushunchasining  ilmiy  adabiyotlarda  qo‗llanilishi 

zamonaviy  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  lizing  munosabatlarining  rivojlanib  borishi 

va  buning  natijasida  yangidan-yangi  lizing  turlari  va  shakllarining  paydo  bo‗lishi 

bilan bog‗liq.  

Shunga  ko‗ra,  fikrimizcha,  lizing  xizmatlari  deganda  bevosita  lizing 

operatsiyalarini  amalga  oshirish  bilan  bog‗liq  jarayonda  amalga  oshiriluvchi  hamda 

iste‘mol  qiymati  unga  sarflangan  jonli  mehnatning  naflilik  samarasi  bilan 

belgilanuvchi  buyumlashgan  shaklga  ega  bo‗lmagan  mehnatning  o‗ziga  xos 

mahsulini tushunish lozim. 

Mavjud  adabiyotlarda  lizing  xizmatlarining  turlari  va  shakllari  u  yoki  bu 

darajada  yoritilgan.  Biroq,  ularda  ushbu  lizing  xizmatlari  turlari  va  shakllarining 

iqtisodiyotni modernizatsiya qilishdagi o‗rni va ahamiyati ko‗rsatib berilmagan.

11

     



                                                 

11

  Шабашев  В.А.,  Федулова  Е.А.,  Кошкин  А.В.  Лизинг:  основы  теории  и  практики.  Учебное  пособие.  –  М.: 



КНОРУС, 2005. – 8-10 с. 

 

15 


Xorijiy  mamlakatlarda  mavjud  lizing  xizmatlarining  tasnifi  va  ularni 

O‗zbekistonda  qo‗llash  xususiyatlari  monografiyaning  keyingi  boblarida  qarab 

chiqiladi.  Xorijiy  mamlakatlarda  lizing  xizmatlari  bozorining  rivojlanishida  servis 

sohasi muhim o‗rin egallaydi.  

Bunda lizing xizmatlari bozoriga servisning kirib kelishini quyidagi uchta asosiy 

sabab taqozo etadi:  

- fan-texnika taraqqiyoti natijasida murakkab tuzilishga ega bo‗lgan mashina va 

jihozlarning  ishlab  chiqarilishi  tufayli  ularni  sotish  va  ishlatish  bilan  bog‗liq 

qo‗shimcha xizmatlarga ehtiyojning paydo bo‗lishi;  

- moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning kuchayishi;  

- lizing beruvchilarning o‗z daromadlarini oshirishga intilishi.    

Shunga  ko‗ra,  lizing  xizmatlarini,  ularda  servisning  mavjudligiga  qarab 

moliyaviy  va  servisli  lizing  xizmatlariga  ajratish  mumkin.  O‗z  navbatda,  lizing 

kompaniyalar  ham    o‗zining  lizing  faoliyatida  aynan  servis  xizmatlarining  mavjud 

bo‗lishi  yoki  bo‗lmasligiga  qarab  moliyaviy  va  servisli  lizing  kompaniyalarga 

ajratiladi.

12

   


Shu  o‗rinda  aytish  joizki,  servis  tushunchasining  mazmun-mohiyati  va  ta‘rifini 

yoritishda  xorijlik  va  mamlakatimiz  olimlarining  yondashuvi  turlicha  bo‗lib 

qolmoqda.  Ayrim  manbalarda  servis  tushunchasi  keng  ma‘nodagi  xizmat,  xizmat 

ko‗rsatish  degan  ma‘nolarni  anglatishi  e‘tirof  etilsa

13

,  boshqa  bir  manbalarda  u  tor 



ma‘noda,  ya‘ni  uskuna  va  jihozlar,  maishiy  texnika  vositalarini  sotish  va  ularni 

ishlatish  jarayonida  ko‗rsatiladigan  qo‗shimcha  xizmatlar  sifatida  e‘tirof  etiladi. 

Boshqa  bir  manbalarda  esa  servis  asosiy  xizmatni  amalga  oshirish  vositasi  sifatida 

qaraladi. 

Servis  tushunchasining  ta‘rifini  yoritishga  qaratilgan  fikrlardan  kelib  chiqib, 

ushbu  tushunchaning  keng  va  tor  ma‘nolarda  qo‗llanilishini  alohida  e‘tirof  etiladi 

hamda u quyidagi rasmda o‗z aksini topgan (1.2.1-rasm). 

 

                                                 



12

 Макеев В.Г. Лизинг. Учебное пособие. – М: ИНФРА-М, 2004, - 85-86 с.; 

13

 Xizmat ko‘rsatish, sеrvis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning yеchimlari. Prof. M.Q.Pardayеv 



va H.N.Musayеvlar umumiy tahriri ostida. Monografiya. – T.: Iqtisod-moliya, 2008. – 259 b. 

 

16 


  

1.2.1-rasm. Servis atamasining keng va tor ma‟nolardagi talqini

14

 

Servis  tushunchasiga  ta‘rif  berishda  uning  yuqorida  keltirilgan  keng  va  tor 

ma‘nolarini  uyg‗unlashtirish  maqsadga  muvofiq.  Shunga  ko‗ra,  servis  deganda 

xizmat  ko‗rsatish darajasi va sifatini oshirishga  qaratilgan hamda kishilar  ehtiyojini 

to‗la-to‗kis  qondirishga  yo‗naltirilgan  harakatlar  va  bilvosita  xizmatlar  majmuini 

tushunish lozim. 

Shu  o‗rinda  aytish  joizki  lizing  munosabatlarining  mohiyatini  asoslashga 

qaratilgan  ilmiy  ishlarda servis  xizmatining  chetlab  o‗tilishi  lizingning  mohiyati  bir 

tomonlama yoritilib kelinganligidan ham dalolat bermoqda.  

Lizing  munosabatlari  va  operatsiyalarini  rivojlantirishga  qaratilgan  o‗quv  va 

ilmiy  ishlarda  lizing  xizmati  tarkibida  servis  xizmatlarining  o‗rin  egallamaganligi 

lizing  munosabatlarining  tizimli  asoslanishiga  ta‘sir  ko‗rsatgan.  Hatto,  amaldagi 

―Lizing  to‗g‗risida‖gi  O‗zbekiston  Respublikasi  qonunida  ham  lizing  servisiga 

nisbatan alohida band o‗rin egallamagan.  

Shunday  bo‗lsada,  ayrim  adabiyotlarda  lizing  faoliyatida  servis  xizmatlarining 

o‗rni  va  namoyon  bo‗lish  jihatlari  qisman  bo‗lsada  yoritilgan.  Ulardagi 

ma‘lumotlarga ko‗ra, lizing beruvchi lizing oluvchiga lizing  obyektini taqdim qilish 

                                                 

14

  Manba:  Xizmat  ko‘rsatish,  sеrvis  va  turizm  sohalarini  rivojlantirish:  muammolar  va  ularning  yеchimlari.  Prof. 



M.Q.Pardayеv va H.N.Musayеvlar umumiy tahriri ostida. Monografiya. – T.: Iqtisod-moliya, 2008. 

Sеrvis 

 

Xizmat + xizmat ko‘rsatish 



 

Xizmat ko‘rsatish 

 

Kеng ma'noda 



 

Tor ma'noda 

 

Murakkab tuzilishga ega 



mashina, uskunalar, 

jihozlar, maishiy tеxnika, 

transport vositalarini 

sotish va ishlatish bilan 

bog‘liq xizmatlar majmui 

 

Asosiy xizmatni 



amalga oshirish 

vositasi sifatida: 

mеhmonxona 

xizmatlari, rеstoran, 

axborot biznеsi va h.k. 

xizmatlarini ko‘rsatish 

 


 

17 


bilan  birga  uni  yetkazib  berish,  sug‗urtalash,  o‗rnatish,  ta‘mirlash,  xom  ashyo  va 

ehtiyot  qismlar  bilan  ta‘minlash,  xodimlar  malakasini  oshirish  kabi  servis 

xizmatlarini ko‗rsatishni ham o‗z zimmasiga oladi.

15

    



Bugungi  kunda  lizing  xizmatlari  yuqori  darajada  rivojlangan  xorijiy 

mamlakatlarda  ushbu  sohani  servis  xizmatlarisiz  tasavvur  qilib  bo‗lmaydi.  Bu 

davlatlarda yaratilgan qo‗shimcha soliq imtiyozlari tufayli lizing  xizmatlari kreditga 

nisbatan  daromadliroq  bo‗lsada,  lizingda  ko‗zlangan  foydani  olishning  xatarlilik 

darajasi yuqori hisoblanadi. Chunki, lizing beruvchi lizing oluvchiga mablag‗ni emas, 

balki uskunani foydalanishga taqdim etib, lizing oluvchi ishlab chiqarishdan daromad 

ko‗ra boshlagandan keyingina o‗z foydasiga ega bo‗ladi.  

Aks  holda,  zarar  ko‗rgan  lizing  oluvchi  lizing  obyektini  lizing  beruvchiga 

qaytarib  berish  bilan  cheklanadi.  Natijada,  lizing  beruvchi  ixtiyorida  yuqori 

likvidlikka  ega  bo‗lgan  pul  mablag‗lari  o‗rniga  likvidligi  past  bo‗lgan,  ishlatilgan, 

ko‗pchilik hollarda ma‘naviy eskirgan uskunalar qoladi.  

Shu  sababli,  bunda  lizing  beruvchi  o‗zining  lizing  faoliyatida  qo‗shimcha 

xizmatlarni,  ya‘ni  servisni  rivojlantirish  orqali  foyda  olishning  xatarlilik  darajasini 

kamaytirishga  erishadi.  Bundan  tashqari,  rivojlangan  davlatlarning  lizing  xizmatlari 

bozoridagi  shiddatli  raqobat  aynan  lizing  servisini  kuchaytirish  orqali  lizing 

kompaniyalariga o‗z mavqeini saqlab qolish va mijozlar sonini ko‗paytirish imkonini 

beradi. 

Lizing  xizmatlari  va  servisi  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarda  lizing 

kompaniyalari mijozlarga quyidagi lizing servislarini taklif etadilar:

16

 



- marketing (milliy va jahon uskunalar bozoridagi ilmiy texnika taraqqiyotining 

eng  so‗nggi  yutuqlarini  o‗rganish  asosida  mamlakatimizning  ichki  imkoniyatlariga 

mos keluvchi texnologiyalarni tanlash bilan bog‗liq servisni); 

- uskunalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bilan bog‗liq servisni; 

                                                 

15

 Лещенко М.И. Основы лизинга: Учеб. пособие. – М.: Финансы и статистика, 2000. – 55-58 с. 



16

http://www.kamazleasing.ru

;

http://www.tiscotokyo-leasing.co.th/



 


 

18 


-  konsalting  (tadbirkorlarga  qulay  texnologiyani  tanlash,    xo‗jalik  faoliyatining 

xarajatlarini kamaytirish va daromadini oshirish kabi mijozlar uchun foydali bo‗lgan 

masalar bo‗yicha zarur tavsiyalar berish bilan bog‗liq servisni); 

-  logistika  (ishlab  chiqaruvchilarning  geografik  joylashuvini  aniqlash, 

uskunalarni  yetkazib  berishning  muqobil  marshrutlarini  tuzish,  transport  vositalarini 

to‗g‗ri tanlash, yetkazib berish sarf-xarajatlarini hisoblash bilan bog‗liq servisni); 

-  sug‗urta munosabatlarini rasmiylashtirish bilan bog‗liq servisni; 

-  transport  va  aloqa  xizmati  (lizingga  olingan  jihozlar  va  uskunalarni  lizing 

oluvchiga etkazib berish hamda u bilan doimiy aloqani saqlashga doir servisni);  

-  ekspluatatsiya  xizmati  (uskunalarni  qurish  va  ishga  tushirish  bo‗yicha  zarur 

tavsiya va amaliy yordam ko‗rsatish bilan bog‗liq servisni); 

- xodimlarni tayyorlash xizmati (uskunalarni eksplotatsiya qilish bo‗yicha firma 

xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish bog‗liq servisni); 

-  ta‘mirlash  va  monitoring  xizmati  (uskunalarni  ta‘mirlash  va  ularning  texnik 

holatini muntazam nazorat qilib borishga qaratilgan servisni); 

-  mijoz  mahsulotining  realizatsiyasi  (mijoz  mahsulotini  reklama  qilish  hamda 

sotish kanallarini tashkil etish bilan bog‗lik servisni). 

Bugungi kunda iqtisodiy adabiyotlarda hamda boshqa manbalarda lizing servisi 

tushunchasining  ta‘rifi  keltirilmagan  bo‗lsada,  yuqoridagilarga  asoslanib  ushbu 

tushunchaning  aniq  ta‘rifini  ishlab  chiqish  va  iqtisodiy  mazmunini  keng  yoritish 

lizing xizmatlari va servisi faoliyatini tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bizning fikrimizcha, lizing servisi deganda lizing kompaniyalarining zamonaviy 

asbob-uskunalar  va  texnologiyalar  bozorini  marketing  qilish,  tadbirkorlarga  zarur 

uskunalarni  tanlash  bo‗yicha  konsalting  xizmatlarini  ko‗rsatish,  ularni  yetkazib 

berish,  yig‗ish,  ishga  tushirish  va  ishlatish  bo‗yicha  tavsiya  va  amaliy  yordamlar 

ko‗rsatish,  shuningdek,  uskunalarga  zarur  ehtiyot  qismlarni  yetkazib  berish  hamda 

texnik  xizmat  ko‗rsatish  kabi  servis  xizmatlarini  o‗z  ichiga  oluvchi  kompleks 

faoliyatini tushunish lozim.  

 Mustaqil  O‗zbekiston  Respublikasida  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozori 

endigina  rivojlanayotganligiga  qaramasdan,  keyingi  etti  yil  davomida  ichki  lizing 



 

19 


xizmatlari va servisi hajmi yuqori sur‘atlarda o‗sib kelmoqda. Jahon iqtisodiyotining 

globallashuvi sharoitida xalqaro transport, aloqa va moliya bozorlarining rivojlanishi 

xorijiy  mamlakatlarning  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirish  tajribalari  va 

imkoniyatlari O‗zbekiston lizing xizmatlari va servisi bozorini qisqa davrda egallashi 

kutilmoqda.  

Mamlakatimizda  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozorining  tarkibiy  va  hajm 

jihatdan  kengayib  borishi  lizing  xizmatlarining  yangi  turlarini  va  lizing  servisini 

rivojlantirishni taqozo etmoqda.  

Binobarin,  shu  yo‗l  bilan  milliy  lizing  va  servis  kompaniyalarimiz  xorijiy 

mamlakatlarda  lizing  xizmatlari  va  servisining  rivojlanishi  jarayonida  moliyaviy 

inqiroz oqibatlari ta‘sirida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni chetlab o‗tish imkoniyatiga 

ega bo‗ladilar.   

 

1.3. Lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar 

tajribalari 

Lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirish  borasida  xorijiy  mamlakatlar 

tajribalari to‗plangan. Xususan, lizing xizmatlari va servisining xorijiy bozori, aynan 

AQSHda  shakllana  boshladi  va  XX  asrning  oxirlariga  kelib,  lizing  xizmatlari  80 

tadan ortiq, shu jumladan 60 ta rivojlanayotgan davlatlarda amalga oshirila boshlandi. 

Ya‘ni,  AQSHda  lizing  XX  asrning  50-yillarida  paydo  bo‗ldi  va  bugungi  kunda 

dunyo  lizing  aylanmasining  qariyib  52  foizi  ushbu  davlat  hissasiga  to‗g‗ri  keladi.

17

 



Manbalarda  keltirilishicha,  lizing  faoliyati  borasidagi  dastlabki  va  ilk  servis 

xizmatlari  AQSHda  kompyuter  jihozlarini  ishlab  chiqaruvchi  IBM  kompaniyasi 

hamda samolyot ishlab chiruvchi McDonnel-Douglas korporatsiyasi tomonidan joriy 

qilingan.  Natijada,  ushbu  yirik  ishlab  chiqaruvchilar  mahsulot  sotish  kanallari  va 

hajmlarini kengaytirishga erishganlar.

18

 



Demak,  ana  shulardan  kelib  chiqib,  milliy  lizing  xizmatlari  va  servisi 

bozorlarining  shakllanish  borasidagi  bizning  tadqiqotlarimiz  barcha  mamlakatlar 

                                                 

17

  Адамов  Н.,  Тилов  А.  Лизинг:  правовая  сущность,  экономические  основы,  учет  и  налогообложение.  СПб.: 



Питер, 2007. – 85 с. 

18

 Большая экономическая энциклопедия. – М.: Эксмо, 2007. – 578 с. 



 

20 


uchun  bosib  o‗tilishi  muqarrar  bo‗lgan  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozorlarining 

rivojlanish bosqichlari borligini ko‗rsatdi (1.3.1-jadval). 



1.

3

.

1

-jadval 

Jahonda lizing xizmatlari va servisi bozorlarining rivojlanish xususiyatlari

19

 

№ 

Bosqich xususiyatlari 

Mamlakatlar 

I. 


Oddiy qisqa muddatli ijara 

Rivojlanayotgan 

mamlakatlar 

II. 


To‗liq qoplanuvchi klassik moliyaviy lizing  

Rivojlanayotgan 

mamlakatlar 

III. 


Turli  xil  jabhada  tashkil  etiluvchi  kreativ 

moliyaviy  lizing,  ishlab  chiqaruvchilar  va 

yetkazib 

beruvchilar 

tomonidan 

lizing 


korxonalarining  tashkil  etilishi,  davlat  tomonidan 

tartibga 

solishni 

mustahkamlash, 

tarmoqqa 

servisning kirib kelishi  

 

Rivojlanayotgan 



mamlakatlar 

IV. 


Nostandart  lizing  texnologiyalarining  paydo 

bo‗lishi,  uskuna  va  texnologiyalar  ikkilamchi 

bozorining  paydo  bo‗lishi,  to‗liq  servisli 

lizingning 

shakllanishi, 

operativ 

lizingning 

rivojlanishi  

Rivojlangan va ayrim 

rivojlanayotgan 

mamlakatlar: 

Singapur, JAR, 

Tayvan, J.Koreya 

V. 


Yangi  lizing  mahsulotlarining  paydo  bo‗lishi  va 

mavjudlarining  murakkablashuvi  (qo‗shimchalar 

kiritilishi, 

uzaytirilishi, 

muddatidan 

oldin 


tugatilishi) 

Germaniya, 

B.Britaniya, 

Yaponiya, Avstraliya 

VI. 

Bozorning  etilishi,  qo‗yilmalar,  yutib  olishlar 



yo‗li  bilan  lizing  biznesining  yiriklashuvi,  kichik 

korxonalar  turi,  xalqaro  lizing  ko‗lamlarining 

kengayishi  

 

AQSH 



Ana  shulardan  kelib  chiqib,  dunyo  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozorining  80 

foizi  oltita  davlatga  to‗g‗i  keladi.  Jumladan,  AQSH,  Fransiya,  Buyuk  Britaniya, 

Germaniya  hamda  Yaponiya  hissasiga  to‗g‗ri  keladi.  Ushbu  davlatlar  ichida  lizing 

xizmatlari va servisi hajmi bo‗yicha eng salmoqlisi AQSH hisoblanadi. 

20

  

AQSHda  lizingning  rivojlanishiga  jadallashgan  amortizatsiya  va  investitsion 



soliq  imtiyozi  kabi  qulayliklar  ta‘sir  ko‗rsatdi.  1977  yillargacha  AQSHda  firmalar 

uskunalarni ijaraga olishi va uning qiymatini o‗z balanslarida ifodalamasligi mumkin 

edi.  Shuning  uchun  katta  qarzga  ega  bo‗lgan  firmalar  yana  qo‗shimcha 

                                                 

19

 Manba: Голышев В. Лизинг – инструмент инвестиционной политики. // Бозор, пул ва кредит. – Т., 2010. - №3. 



20

  Адамов  Н.,  Тилов  А.  Лизинг:  правовая  сущность,  экономические  основы,  учет  и  налогообложение.  СПб.: 

Питер, 2007. – 83-85 с. 


 

21 


texnologiyalarni  o‗z  qarzlarini  investor  va  ekspertlardan  yashirgan  holda  olishlari 

mumkin edi.  

Keyingi  50  yil  mobaynida  lizing  AQSH  davlat  iqtisodiy  siyosatining  strategik 

muhim  yunalishi  sifatida  e‘tirof  etib  kelindi.  Lizing  tarmog‗i  tarixining  kattagina 

qismi  AQSH  Kongressi  tomonidan  qo‗llab-quvvatlandi.  Kongress  asosiy 

vositalarining  sotib  olinishiga,  AQSH  ishlab  chiqaruvchilarining  ishlab  chiqarish 

bazasini  yangilashga  sarmoya  kiritilishini  har  tomonlama  rag‗batlantirib  turdi. 

AQSHdagi  har  uchinchi  kompyuter  lizing  munosabatlarining  hosilasidir.  Tibbiyot 

uskunalarining  10  dan  30  foizgacha  bo‗lgan  qismi  mulk  egalari  tomonidan  emas, 

balki lizing oluvchilar tomonidan ishlatiladi.

21

 

AQSHda mavjud lizing kompaniyalarining asosiy qismi yirik texnologiya ishlab 



chiqaruvchilar  tomonidan,  qolganlari  esa  yirik  tijorat  banklari  tomonidan  tashkil 

etilgan. Shunisi harakterliki, AQSH qonunchiligiga muvofiq, tijorat banklariga ayrim 

moliyaviy  operatsiyalar  turlarini  amalga  oshirish  taqiqlanganligi  sababli,  bevosita 

banklar tomonidan lizing xizmatlari ko‗rsatilmaydi. Lizing kompaniyalari banklardan 

ajratilgan.  Bundan  tashqari,  AQSHning  yirik  sug‗urta  kompaniyalari  ham  lizing 

xizmatlarini  amalga  oshiradilar.  AQSH  soliq  qonunchiligida  shunday  moddalar 

mavjudki, unda xususiy shaxslar ham o‗z daromadlariga asbob-uskunani sotib olish 

hamda uni lizingga berish huquqiga ega.

22

 

AQSHda  XX  asrning  70-80-yillarida  lizingning  jadal  rivojlanishiga  bank  va 



boshqa  moliyaviy  muassasalar  kabi  vositachilarning  faol  ishtiroki  sabab  bo‗lgan. 

Bunda    soliq  bo‗yicha  yo‗naltirilgan  katta  imtiyozlar  mazkur  vositachi  moliyaviy 

tashkilotlarga ularning lizing xizmatlari va servisi sektoridan manfaatdor bo‗lishlarini 

ta‘minlab bergan. 

Keyingi  vaqtlarda  AQSHda  qaytariluvchi  transport  kommunikatsiyasi  lizingi 

(neft  tashuvchi  tankerlar,  temir  yo‗l  konteynerlari,  kompyuterlar,  samolyotlar)  va 

operativ  lizing  (transport, nashriyot nusxa  bosish uskunalari) sohalarining  ahamiyati 

oshib  bormoqda.  Ayniqsa,  aviatsiya  sohasida  hech  qanday  imtiyozsiz  operativ 

                                                 

21

  Адамов  Н.,  Тилов  А.  Лизинг:  правовая  сущность,  экономические  основы,  учет  и  налогообложение.  СПб.: 



Питер, 2007. – 83-85 с. 

22

 O‘sha joyda: – 13 b. 



 

22 


lizingning  o‗sishi  kuzatilmoqda.  1973  yilda  AQSHda  tashkil  etilgan  Xalqaro  lizing 

moliya korporatsiyasining  ijara portfelida 150 tadan ortiq samolyotlar bor edi. Ushbu 

kompaniya mijozlariga katta boshlang‗ich xarajatlarsiz 3-15 yilga o‗z samolyotlarini 

taklif  etadi.  Hozirgi  kunda  AQSHning  eng  yirik  lizing  kompaniyalari  Bank 

Ameroleasing  Group, Golden  Trading  corp.,  Security  Pacific Group, Consider  corp. 

va h.k. hisoblanadi.  

1978 yilda AQSHda uskuna va jihozlar lizingi 22,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil 

etgan bo‗lsa, 2006 yilga kelib ushbu yo‗nalishdagi lizing xizmatlari hajmi qariyb o‗n 

barobarga oshdi va 220,0 mlrd. AQSH dollariga etdi.

23

   



Lizingning AQSH YaIMdagi ulushi 1-3 foizni tashkil etadi yoki 75-315 mlrd. 

AQSH  dollari  atrofidadir.  Asbob-uskunalarga  real  investitsiyalarning  22 

foizigacha  lizing  orqali  amalga  oshadi.  Agar  lizing  bo‗lmaganida  AQSH 

iqtisodiyoti yiliga o‗rtacha 290 mlrd. AQSH dollari yo‗qotgan va 3-6 mln. ishchi 

o‗rinlarini  yaratmagan  bo‗lar  edi.  AQSHning  80  foiz  biznesi  bevosita  lizingdan 

foydalanadi. Bugungi kunda o‗rtacha har 70000 AQSH dollari miqdoridagi lizing 

xizmatlari bitta ta ish o‗rnini tashkil etadi.

24

  



XX  asrning  70-yillaridan  boshlab  AQSHda  lizing  xizmatining  mustaqil 

(independents)  lizing  kompaniyalari,  ishlab  chiqaruvchilarning  sho‘ba  korxonalari 

(captives),  banklarning  filiallari  yoki  bank  lizing  kompaniyalari,  moliyaviy 

vositachilar (maslahatchilar) kabi to‗rtta turi shakllanib, faoliyat ko‗rsatib kelmoqda. 

Mustaqil  lizing  kompaniyalariga  lizing  tarmog‗idagi  mablag‗  aylanishining 

taxminan yarmi, ya‘ni 50-52 foizi, banklarga 27 va bog‗liq kompaniyalarga 19 foizi, 

bozorning boshqa ishtirokchilariga esa 2 foizi to‗g‗ri kelmoqda. Lizing biznes uchun 

eng  daromadli,  qulay  va  kafolatli  vositalardan  biri  bo‗lib  qolmoqda.  Faqat  soliqlar 

to‗lagunga  qadar  foydaning  tushumga  nisbati  tarmoq  bo‗yicha  o‗rtacha  18  foizini, 

sarmoyadan daromad esa 15 foizga yaqinrog‗ini tashkil etadi.

25

 

AQSHda lizing bitimlarini  bevosita moliyalashtirish (bunday bitimlarga barcha 



bitimlarning  qariyib  66  foizi  to‗g‗ri  keladi),    Leveraged  lease  –  tashqi 

                                                 

23

 Газман В.Д. Лизинг: статистика развития: учеб. пособие для вузов. – М.: Изд. дом ГУ ВШЕ, 2008. – 536 с.  



24

 ―The Economic Contribution of the Equipment Leasing Industry to the U.S.Economy‖ США 2004-2005 гг. 

25

 G‘ozibеkov D.G‘., Sabirov O.Sh., Mo‘minov A.G., Quljonov O.M. Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti.  – 



T.: Fan va texnologiya, 2004. – 10 b. 

 

23 


moliyalashtirishni jalb qilish (odatda 20-40 foiz  atrofida) va qaytariluvchi lizing kabi 

shakllari bir-biridan farqlanadi. 

Dunyo tajribasi oxirgi yillarda lizing xizmatlari ko‗pgina mamlakatlarda iqtisodiyot 

barqarorligi  va  rivojlanishining  ajralmas  qismi  bo‗lib  qolganligini  ko‗rsatmoqda. 

Ularda  lizing  hajmi  o‗sishining  sur‘ati  mashina  va  uskunalarni  ishlab  chiqarish  uchun 

xususiy kapital qo‗yilmalarning o‗sish sur‘atidan ahamiyatli darajada oshib bormoqda. 

Mahsulotlarni  ichki  bozor  bilan  bir  qatorda  tashqi  bozorlarda  sotishda  ham  lizingdan 

keng foydalanilmoqda. 

Rivojlangan  mamlakatlarning  lizing  xizmatiga  oid  qonunchiligi  ahamiyatli 

darajada  farqlanadi.  Chunonchi,  lizingning  shartnoma  oxirida  uskunalarni  opsion  bilan 

sotib olish  fransuz  modeli  Angliyada  lizing  bitimi  emas,  balki  sotish  sifatidagi  ijara 

hisoblanadi.  

Ayrim  mamlakatlarda,  xususan,  Fransiya,  Belgiya  va  Ispaniyada  maxsus  lizing 

qonunchiligi mavjud.  

Chet  el  mamlakatlarida  lizing  xizmati  va  servisi  munosabatlarini  tartibga  solish 

amaliyotini  umumlashtirish  huquqiy  ta‘minot  bo‗yicha  mamlakatlarni  uch  guruhga 

ajratish imkoniyatini beradi:

26

 



-    lizing xizmati bitimlarini  tartibga  soluvchi  maxsus  qoidalarga  ega  (Fransiya, 

Belgiya, Italiya va boshqalar); 

- maxsus qonun hujjatlariga ega (Angliya, Avstraliya); 

- maxsus qonunlar va boshqa qonunosti hujjatlarga ega bo‗lmagan (AQSH, 

Germaniya). 

Ko‗pchilik davlatlarda lizing xizmatlari va servisi munosabatlarining  subyektlari 

to‗g‗risidagi masala ham turlicha hal etiladi.  Chunonchi, Fransiyada lizing xizmatlarini 

banklar  va  ular  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  maxsuslashtirilgan  moliyaviy  tashkilotlar  amalga 

oshirishi  mumkin.  Belgiyada  lizing  bilan  faqat  Iqtisodiyot  vazirligining  maxsus 

ruxsatnomasiga ega bo‗lgan tashkilotlar shug‗ullanishi mumkin.  

                                                 

26

  Адамов  Н.,  Тилов  А.  Лизинг:  правовая  сущность,  экономические  основы,  учет  и  налогообложение.  -  СПб.: 



Питер, 2007. –  83 с. 

 

24 


 Italiyada  lizing  xizmatlarini  ko‗rsatuvchi  yuridik  shaxs  muayyan  miqdordagi 

kapitalga  ega  bo‗lishi  lozim.  Agar  lizing  beruvchi  mol-mulkni  amalda  uning  butun 

foydalanish  muddatida  ishlatmasa,  shartnoma  imtiyozli  soliqqa  tortish  maqsadida 

tuzilgan  hisoblanadi  (lizing  kompaniyasiga  mol-mulk  egasi  sifatida  qaraladi).  Ama-

liyotda shartnoma lizing shartnomasi sifatida tan olinmagan sud ishlarining asosiy qismi 

mol-mulkdan  asosan  to‗liq iqtisodiy foydalanish muddatida ishlatilgan  shartnomalarga 

taalluqliligini ko‗rsatadi. 

Italiyada  dastlabki  lizing  kompaniyasi  1963  yilda  tuzilgan  va  bugungi  kunda 

Italiya Lizing Assotsiatsiyasi 50 ta kompaniyani o‗z ichiga oladi. 

Yevropada  lizing  turlaridan  biri  bo‗lmish  moliyaviy  lizingning  50-yillarning 

oxiri  va  60-yillar  boshlarida  tez  rivojlanishiga  bir  qancha  omillar  sabab  bo‗ldi.  Eng 

asosiysi,  ilmiy-texnika  inqilobi  mazkur  korxonalar  tomonidan  asosiy  vositalarni 

yangilashning  katta  hajmdagi  ehtiyojiga  olib  keldi.  Moliyaviy  lizing  mexanizmi  esa 

korxonalar uchun uskunalarni bank kreditlari orqali sotib olishdan ko‗ra qulay bo‗lib 

chiqdi. 

 

Huddi shu davrga kelib moliyaviy xizmatlar bozori jadal rivojlanishi tufayli, yangi 



shakldagi  moliyaviy  kreditlash  va  past  foizli  stavkalar  taklifi  ko‗paydi.  Ushbu  holat 

lizing  faoliyatini  soliqqa  tortishning  har  tomonlama  qulayligi  bilan  birgalikda  lizing 

kelishuvlarini  rivojlantirdi.  Lizingni  lizing  beruvchilar  uchun  qulay  qilib,  lizing 

sektorini jadal rivojlantirihda ijobiy rol o‗ynadi. 

Lizing  faoliyatining  jug‗rofiy  jihatdan  joylashishini  ko‗rib  chiqadigan 

bo‗lsak, Yevropadagi umumiy moliyalashtirish hajmining 72 foizi to‗rtta mamlakat 

–  Fransiya,  Germaniya,  Italiya  va  Buyuk  Britaniyaga  to‗g‗ri  kelishini  ko‗rish 

mumkin.  Yevropada  lizing  xizmatlarini  ikki  yo‗nalishga  ajratish  qabul  qilingan 

bo‗lib, bu – ko‗chmas mulk lizingi va uskunalar lizingidir. Yevropadagi jami asosiy 

vositalar  investitsiyalari  hajmida  lizing  12,5  foizni  tashkil  qiladi.  Biroq,  bu 

ko‗rsatkich  mamlakatlar  bo‗yicha  turlicha  bo‗lib,  masalan  Gollandiyada  faqat  6,3 

foizni tashkil etsa, Italiyada 16,7 foizga teng.  

Germaniyada hozirgi kunda ko‗plab lizing kompaniyalari mavjud bo‗lib, Lizing 

uyushmasi  tashkil  etilgan  va  unga  57  ta  nemis  lizing  kompaniyalari  a‘zo  bo‗lgan. 



 

25 


Germaniyada uskunalar lizingi bozori umumiy hajmida engil avtomobillar lizingi 50 

foizni  tashkil  etadi,  ishlab  chiqarish  vositalari  lizingi  esa  10  foizga  teng  bo‗lib,  bu 

ko‗rsatkichlar Italiyada mos ravishda 25 foizdan pastroq va 50 foizdan yuqoriroqdir. 

Shuningdek,  Yevropada  kompyuter  va  ofis  uskunalari  lizing  xizmatlari  o‗rtacha 

12,5 foizga teng va uning 4 foizi yirik, qimmatli mulklar, samolyotlar, kemalar va shu 

kabilar ulushiga to‗g‗ri keladi.

27

 

Avstriyada  lizing xizmatlari sohasi  25  yildan beri shakllanib kelmoqda.  Ularda 



ijtimoiy  soha  obyektlari,  jumladan,  bolalar  bog‗chasi  va  hatto,  maktablar  ham 

lizingga  beriladi.  Avstriyada  lizing  bitimlarining  davomiyligi  lizing  predmetining 

xizmat muddatiga qarab   2-15 yilni tashkil etadi.  

Buyuk  Britaniyada  lizing  faqat  1979  yildan,  ya‘ni  soliq  imtiyozlari  joriy 

etilgandan  keyin  keng  rivojlandi.  Kompaniyalar  investitsiya  qilingan  yilda  soliqqa 

tortiladigan  foydadan  100  foiz  investitsiyalarni  chegirishi  mumkin  edi.  Bu  imtiyoz 

yuqori  daromadli  kompaniyalar  uchun  ahamiyatli  bo‗lsa-da,  ammo  bilvosita 

ijarachilar uchun ham qulay edi.

28

  

1967  yilda  Fransiyada  «Ponafrans»  nomli  birinchi  lizing  kompaniyasi  tashkil 



etildi. Bugungi kunda Fransiyada samolyot va vertolyotlarning, kema va barjalarning, 

tibbiyot  jihozlarining,  poligrafiya  va  yirik  sanoat  uskunalarining  lizingi 

rivojlanmoqda.  Lizing  to‗g‗risidagi  qonun  1966  yilda  qabul  qilingan  bo‗lib,  qonun 

lizing oluvchiga uskunalarni qayta sotish huquqiga soliq, qo‗shimcha qiymat solig‗i, 

uchinchi shaxs huquqi uchun soliq kabi imtiyozlarni kiritdi. 

 

Bundan  tashqari,  Fransiyada  sanoat  va  savdo  sohasida  ko‗chmas  mulk  bilan 



operatsiyalar  bo‗yicha  jamiyat  tashkil  etildi.  Ushbu  jamiyat  Fransiya  lizing 

korxonalariga  qayta  soliq  imtiyozlari  bermoqda:  foydaning  85  foizi  soliqdan  ozod 

etilgan, jadallashgan amortizatsiya va h.k. Fransiya va Italiyaning lizing xizmatlari va 

servisi  bozorida  faoliyat  yuritayotgan  asosiy  lizing  kompaniyalarining  ayrim 

ko‗rsatkichlarini 4- va 4a-ilovalarda ko‗rishimiz mumkin. 

                                                 

27

  Адамов  Н.,  Тилов  А.  Лизинг:  правовая  сущность,  экономические  основы,  учѐт  и  налообложение.  -  СПб.: 



Питер, 2007. – 83-88 с. 

28

 Газман В.Д. Лизинг: статистика развития. Учеб. пособие для вузов – М.: Изд. дом ГУ ВШЭ, 2008. – 555 с.



 

 

26 


Osiyo  davlatlaridan  Janubiy  Koreyada  hozirgi  kunda  14  ta  lizing  beruvchi 

muassasa,  ya‘ni  8  ta  maxsus  kompaniya  va  6  ta  savdo  banklari  faoliyat 

ko‗rsatmoqda.  Qonunga  muvofiq,  agarda  asbob-uskunadan  foydalanish  muddati  5 

yildan  ortiq  bo‗lmasa,  u  holda  lizing  shartnomasi  muddati  60  foizdan  kam 

bo‗lmasligi belgilangan. Janubiy Koreya hukumatining asosiy iktisodiy vazifalaridan 

biri  kichik  va  o‗rta  biznes  sohasini  qo‗llab-quvvatlashdan  iborat  bo‗lganligi  sababli, 

ushbu  davlatda  maxsus  lizing  kompaniyalariga  jami  lizing  xizmatlarining  35  foizidan 

kam  bo‗lmagan  qismini  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sohasiga  yo‗naltirish 

bo‗yicha maxsus yo‗riqnoma mavjud.

29

 



O‗z miqyosi bo‗yicha AQSHdan keyin 2-o‗rinda turuvchi Yaponiya 2006 yilda 

dunyo  lizing  xizmatlari  bozorining  10  foizni  egalladi  (64,5  mlrd.  AQSH  dollari). 

Yapon lizing kompaniyalarining yarmidan ortig‗ini (51,3 foiz) yirik bo‗lmagan lizing 

kompaniyalar tashkil etadi (ustav kapitali 970 ming AQSH dollarigacha). SHu bilan 

birga, ko‗pgina yapon lizing kompaniyalari dunyoning eng yirik lizing kompaniyalari 

qatoridan  o‗rin  egallagan.  Masalan,  ―Orix  Corp.‖  yapon  lizing  kompaniyasi  lizing 

portfelining umumiy hajmi bo‗yicha dunyoda ikkinchi o‗rinni egallagan. Yillik lizing 

xizmatlari hajmi bo‗yicha esa ―Tokio Leasing‖ va ―Centure Leasing System‖ lizing 

kompaniyalari jahonda yetakchi hisoblanadi.

30

      



Yaponiya  hukumati  tomonidan  mamlakatda  lizing  xizmatlari  bozorini 

rivojlantirishga  alohida  e‘tibor  qaratiladi.  Xususan,  ilg‗or  texnologiyalarni  etkazib 

berish bilan shug‗ullanuvchi kichik va o‗rta lizing kompaniyalarga maxsus hukumat 

dasturlari  doirasida  imtiyozli  kreditlar  ajratiladi.  Bundan  tashqari,  lizing  oluvchilar 

kasodga  uchragan  xollarda  ushbu  lizing  kompaniyalariga  to‗lanishi  lozim  bo‗lgan 

lizing to‗lovlarining 50 foizi davlat tomonidan qoplanadi.

31

  

Xitoyda  lizingning  rivojlanishi  o‗ziga  xos  bo‗lib,  bu  erda  lizing  kompaniyalari 



tovar  ixtisoslashuviga  ega.  Xitoyda  ilg‗or  texnologiyalar  nuqtai  nazaridan  ma‘naviy 

eskirgan  mashina  va  uskunalar  past  texnologik  darajadagi  boshqa  korxonalarda 

ishlatilishi mumkin. 

                                                 

29

 G‘ozibеkov D.G‘., Sabirov O.Sh., Mo‘minov A.G., Quljonov O.M. Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti.  – 



T: Fan va texnologiya, 2004. – 29-30 b. 

30

 O‘sha kitob. 



31

 Газман В.Д. Лизинг: статистика развития: учеб. пособие для вузов. – М.: Изд. дом ГУ ВШЕ, 2008. – 551 с. 



 

27 


Rossiyada  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozorining  rivojlanishi  MDH  davlatlari 

uchun  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki,  MDH  davlatlarining  ―mentaliteti‖  bir-

biriga  o‗xshash  yoki  juda  yaqindir.  Mamlakatda  keyingi  10  yil  mobaynida  lizing 

xizmatlari va servisi bozori  yiliga 55-70 foizga o‗sdi.  

Rossiya  2007  yil  yakunlariga  ko‗ra,  lizing  xizmatlarining  umumiy  hajmi 

bo‗yicha  Yevropada  beshinchi  va  dunyoda  ettinchi  o‗rinni  egallagan.

32

  Rossiyada 



asosiy ishlab chiqarish fondlariga investitsiyalarda lizingning ulushi 5,7 foizni, sanoat 

uskunalarida  esa  qariyib  25  foizni  tashkil  etadi.  Asbob-uskuna  va  texnologiyalar 

xarid qilishda lizingdan foydalanish 10-15 foiz samara bermoqda va imtiyozli soliqqa 

tortish,  to‗lovni  kengaytirish  imkoniyati,  servis  ko‗rsatishdagi  engilliklar,  bitim 

ta‘minoti uchun nisbatan ―yumshoq‖ talablar kabilar bunga asosiy zamin yaratmoqda. 

MDH  mamlakatlari  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozorining  holati  haqida 

ma‘lumot  beruvchi  ayrim  manbalar

33

  ushbu  mamlakatlar  ichida  Rossiya  va 



O‗zbekistonda  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozori  nisbatan  yuqori  darajada 

rivojlanganligidan  dalolat  bermoqda.  Rossiyada  asosiy  kapitalga  kiritilgan 

investitsiyalarda  lizing  xizmatlari  va  servisining  ulushi  5  foizga  etgan  bo‗lsa, 

O‗zbekistonda bu ko‗rsatkich 3-4 foiz orasida tebranmoqda.

34

 

 



Boshqa  MDH  davlatlarida  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozorining  nisbatan  past 

darajada  rivojlanganligi  ushbu  davlatlar  hukumatlari  tomonidan  lizing  xizmatlari  va 

servisini rivojlantirishga kam yoki kech ahamiyat berganligi bilan bog‗liq. Ukrainada 

uzoq  yillar  davomida  kuzatilgan  siyosiy  nobarqarorlik,  Belarus  prezidentining 

mamlakatda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishga qaratilgan birinchi Farmoni 

2009  yilda  qabul  qilinishi,  Qirg‗izistonda  lizinga  nisbatan  bank  kreditiga  ko‗proq 

soliq imtiyozlarining joriy qilinganligi yuqoridagi xulosamizga asos bo‗lishi mumkin.  

Shu  bilan  birga

,

  keyingi  yillarda  MDH  davlatlarining  ko‗pchiligida  lizing 



xizmatlari va servisi bozorida o‗sish tendensiyalari kuzatilmoqda. 

                                                 

32

 Газман В.Д. Лизинг: статистика развития: учеб. пособие для вузов. – М.: Изд. дом ГУ ВШЕ, 2008. – 551 с. 



33

  Лизинг  в  центральной  Азии  и  Азербайджане.  Международная  Финансовая  корпорация,  IFC\  SECO  2007  г., 

апрель. – 186 с.;  http://www.ifc.org/. 

34

  Адамов  Н.,  Тилов  А.  Лизинг:  правовая  сущность,  экономические  основы,  учѐт  и  налообложение.  -  СПб.: 



Питер, 2007. – 85 с. 

 

28 


Tadqiqotlar

g

a  ko‗ra,  MDH  davlatlarida  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozori 



rivojlanishining o‗ziga xos tendensiyalari sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: 

-  yetakchi  lizing  kompaniyalarining  nafaqat  lizing  xizmatlari  va  servisi 

rivojlangan mamlakatlar tajribasini, balki lizingni o‗z sharoitlariga moslashtirishi; 

-  lizing  xizmatlari  uchun  ta‘minot  sifatida  qo‗llanilgan  moliyaviy  vositalar 

tarkibining kengayib borishi.  

-  lizing  kompaniyalarining  nafaqat  o‗z  ixtisosliklari,  balki  noan‘anaviy  bozor 

segmentlarida  operatsiyalarni  amalga  oshirib,  universallashuvi,  o‗z  mablag‗lari 

hisobiga moliyalashtirishning oshib borishi;  

-  asbob-uskuna  va  texnologiyalar  taklifining  oshib  borayotganligi  natijasida 

raqobat  darajasining  oshishi  va  etkazib  beruvchi  yoki  ishlab  chiqaruvchilar 

tomonidan tashkil etilgan lizing kompaniyalarining paydo bo‗lishi;  

- yaqin kelajakda lizing kompaniyalarining portfellarini birlashtirish va qo‗shish 

orqali rivojlanishi va h.k.      


 

29 


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling