Raximov bekbergan maxsudovich lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo


II-BOB. O„ZBEKISTONDA LIZING XIZMATLARI VA SERVISINI


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana21.09.2020
Hajmi1.12 Mb.
#130629
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
lizing xizmatdari va servisini rivozhlantirishning istiqbolli jonalishlari xorazm viloyati misolida


II-BOB. O„ZBEKISTONDA LIZING XIZMATLARI VA SERVISINI 

RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI VA YO„NALISHLARI 

2.1. O„zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning hozirgi 

holati 

Mamlakatimizda  moliyaviy  xizmatlarning  ko‗lami  tobora  kengaymoqda. 

Iqtisodiyotimiz rivojida muhim o‗rin tutayotgan shunday moliyaviy xizmatlardan biri 

lizingdir.  Bugungi  kunda  lizinglar,  ayniqsa,  kichik  biznes  vakillari,  tadbirkor  va 

fermerlar  faoliyati  samaradorligini  oshirishda,  korxonalarning  ishlab  chiqarish 

quvvatlarini  modernizatsiya  qilish  va  ularning  negizida  raqobatbardosh  ishlab 

chiqarishlarni tashkil etishda muhim hisoblanadi.  

Lizingni  faoliyatga  tadbiq  etishning  ahamiyati  shundaki,  lizingga  olingan 

texnika  uchun  to‗lovlar  bosqichma-bosqich  amalga  oshiriladi.  Bu  muddat  ichida 

texnika  o‗zi  uchun  mablag‗  ishlab  topadi  va  undan  foydalanish  natijasida  topilgan 

foydaning bir qismi lizing to‗lovlarini qoplash uchun yo‗naltiriladi.

35

 



Bugungi  kunda  mamlakatimizda  lizing  xizmatining  rivojlanishi  uchun  qulay 

muhit  va  mustahkam  huquqiy  asos  yaratilgan  bo‗lib,  ulardan  biri  O‗zbekiston 

Respublikasining  ―Lizing  to‗g‗risida‖gi  qonuni  bo‗lib,  bu  hujjat  sanoat,  qurilish 

korxonalari,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  hamda  fermerlik  subyektlari 

tomonidan  amalga  oshirilayotgan  ishlab  chiqarish  hamda  xizmat  ko‗rsatish  hajmini 

tadrijiy  ravishda  yanada  ko‗paytirib  borish  uchun  zarur  bo‗lgan  lizing  xizmatlarini 

rivojlantirishda asosiy huquqiy bazadir. Mazkur qonunga muvofiq lizing investitsiya 

faoliyati  sifatida  baholanadi  va  u  bir  qator  soliq  hamda  bojxona  imtiyozlari  va 

afzalliklariga  ega  bo‗lib,  ular  asosiy  ishlab  chiqarish  vositalarini  kam  sarf-xarajat 

bilan yangilash yoki sotib olish imkonini beradi. 

2016 yilda yangi lizing bitimlari hajmining oshishi 14 foizni tashkil qildi, lizing 

portfeli esa 5,5 foizdan ziyodga o‗sishni namoyish etdi. Lizing bozorining oxirgi 20 

yillik  faoliyati  davrida  ilk  bor  texnologik  uskunalar  sektori  yetakchi  o‗ringa  chiqib 

oldi va uning bozordagi ulushi 36 foizni tashkil etdi. 

                                                 

35

 



http://www.biznes-daily.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=3351%3Alizing-xizmatlari-raqobatni-

rivojlantirish-sharoitida-samarali-mxanizm&catid=52%3Agazeta-birja&Itemid=74&lang=uz

  


 

30 


O‗zbekiston  lizing  beruvchilar  reytingini  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat 

statistika qo‗mitasining ma‘lumotlariga asoslangan holda tayyorlash jarayonida, 2016 

yilda  lizing  xizmatlarini  ko‗rsatuvchi  126  ta  tashkilot  ro‗yxatga  olingani  aniqlandi. 

Shu  bilan  birga,  lizing  amaliyotlari  bilan  69  ta  tashkilot,  shu  jumladan  21  ta  tijorat 

banki  faol  shug‗ullangan.  Qolgan  lizing  beruvchilar  esa  oldingi  yillarda  tuzilgan 

loyihalar  bo‗yicha  lizing  to‗lovlarining  monitoringi  va  ularni  uzish  bilan 

shug‗ullangan. 

 

2.1.1-rasm. Yangi lizing bitimlari hajmining o„sish dinamikasi (mlrd. 



so„mda)

36

 

Hisobot  davrida  lizing  bozori  iqtisodiyot  faolligining  ko‗rsatkichlaridan  biri 

sifatida faol o‗sishni ko‗rsatdi, xususan lizing beruvchilar tomonidan 5540 dan ortiq 

yangi  lizing  bitimlari  tuzilgan,  bunda  ularning  hajmi  973,1  mlrd.  so‗mdan  ortiqni 

tashkil  etib,  2015  yil  bilan  solishtirganda  121,9  mlrd  so‗mga  oshgan.  2016  yilning 

birinchi  yarim  yilligida  lizing  beruvchilar  tomonidan  430,4  mlrd.  so‗mlik  lizing 

bitimi  tuzilgan  bo‗lsa,  ikkinchi  yarim  yillikda  lizing  beruvchilar  faollashib,  hajmni 

542,7 mlrd. so‗mga oshirishdi. 

                                                 

36

  O‘zbеkiston  lizing  bеruvchilar  uyushmasining  2016  yil  yakunlari  ma'lumotlari  asosida  magistrant  tomonidan 



tayyorlandi. 

 

31 


 

2.1.2-rasm. Lizing bitimlari portfelining o„sish dinamikasi (trln. so„mda)

37

 

Lizing  beruvchilar,  shu  jumladan  banklar  tomonidan  taqdim  etilgan  tahliliy 

ma‘lumotlar lizing amaliyotlarining umumiy portfeli 2 trln. 590 mlrd. so‗mni tashkil 

etib, 2015 yil bilan solishtirganda 5,5 foizga o‗sganini ko‗rsatdi. Tijorat banklarining 

lizing portfeli esa 957,6 mlrd. so‗mni tashkil etdi. 

 

2.1.3-rasm. Yangi lizing bitimlari sonining dinamikasi



38

 

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sektori  lizing  shartlarida  ham  taqdim 

etilishi  mumkin  bo‗lgan  zamonaviy  va  yuqori  texnologik  likvid  uskunalarda 

ishlashga  intilayotgani  bugungi  kunda  mahalliy  lizing  bozorining  rivojlanishini 

belgilovchi  muhim  tendensiya  hisoblanadi.  Ya‘ni,  moliyaviy  xizmatlarning  samarali 

turi  sifatida  lizingga  bo‗lgan  talabning  oshishi  haqida  gapirar  ekanmiz,  bunda  eng 

                                                 

37

  O‘zbеkiston  lizing  bеruvchilar  uyushmasining  2016  yil  yakunlari  ma'lumotlari  asosida  magistrant  tomonidan 



tayyorlandi. 

38

 O‘sha manba. 



 

32 


avvalo, respublikamizda iqtisodiy faollikning o‗sishi, hozirgi kunda nafaqat mablag‗, 

balki lizingga taqdim etiladigan ishlab chiqarish vositalarini olishdan ham manfaatdor 

bo‗lgan tadbirkorlikning o‗sishi ko‗zda tutiladi. 

Yangi lizing bitimlari hajmining o‗sish tendensiyasi lizing bozori ishtirokchilari 

o‗rtasida quyidagi tarzda taqsimlangan: 

2.1.1-jadval 

Yangi lizing bitimlari hajmining o„sish tendensiyasining ishtirokchilari 

o„rtasida taqsimlanishi

39

 

Ko„rsatkichlar  

Yillar 

2011 

2012 

2013 

2014 

2015 

2016 

Lizing kompaniyalari 

- mulk qiymati, mlrd. so‗m 

325,1   381,0  

560,2   592,6  

668,2  

630,8 


-ulush 

67,1%   64,5%   69,6%   71,7%   78,5%   64,8% 



Banklar 

- mulk qiymati, mlrd. so‗m 

159,4   209,6  

244,9   233,6  

183,0  

342,3 


-ulush 

32,9%   35,5%   30,4%   28,3%   21,5%   35,2% 

Jami 

484,5   590,6  



805,2   826,2  

851,2  


973,1 

Oldingi  yillardagi  kabi  2016  yil  yakunlariga  ko‗ra  lizing  beruvchilar  o‗rtasida 

lizing bozorining taqsimlanish tendensiyasi saqlanib qolgan bo‗lib, bozorning 65 foiz 

lizing  kompaniyalariga  tegishli.  Tijorat  banklariga  to‗xtaladigan  bo‗lsak,  2015  yil 

yakunlari bilan solishtirganda ularning bozordagi ulushi 35,2 foizgacha o‗sgan.  

Tijorat  banklari  tomonidan  namoyish  etilayotgan  ―bosiqlik‖  amaldagi 

qonunchilik  bilan  xarakterlanishi  mumkin,  unga  muvofiq  tijorat  banklarining  lizing 

amaliyotlari summasi birinchi daraja kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak. 



2.1.2-jadval 

Banklar TOP – 5 taligi

40

 

№ 

t.r. 



Bank nomi 

 

Lizing amaliyotlarining 



hajmi (mlrd. so‗mda) 

«Kapital Bank» ATB  



117,9 

«Asaka Bank » ATB  



54,9 

«Qishloq Qurilish Bank» ATB  



36,1 

«KDB Bank Uzbekistan » ATB  



27,8 

«Hamkorbank» ATB  



26,9 

                                                 

39

 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. 



40

 O'sha manba. 



 

33 


O‗zbekiston lizing bozorini tahlil qilar ekanmiz, yangi lizing bitimlari bo‗yicha 

«Kapital  Bank»  ATB  nafaqat  ilk  bor  banklar  renkingida  yetakchilikni  qo‗lga 

kiritganini, balki bozorda ikkinchi yirik lizing beruvchiga aylanganini ham qayd etish 

joiz. Hisobot yilida «Kapital Bank» ATB umumiy qiymati 117,9 mlrd. so‗mlik 41 ta 

lizing  bitimini  tuzishga  muvaffaq  bo‗ldi,  bunda  lizing  obyekti  sifatida  import 

uskunalarni ko‗rish mumkin. Loyihalarning bank tomonidan moliyalashtirilishi uning 

o‗z mablag‗lari hisobidan amalga oshirilgan. 

 

2.1.4-rasm. Lizing beruvchilarning moliyalashtirish manbalari, 2016 yil.



41

 

Lizing beruvchilardan olingan ma‘lumotlarga ko‗ra, tuzilgan lizing bitimlarining 

yarmidan  ko‗pi  lizing  beruvchilarning  o‗z  mablag‗lari  hisobidan  moliyalashtirilgan 

bo‗lib,  ularning  faqat  30  foizigina  banklar  tomonidan  jalb  etilgan  mablag‗lar 

hisobidan  moliyalashtirilgan.  Ushbu  tendensiya  shu  bilan  shartlanganki,  banklardan 

kredit  sifatida  jalb  etilgan  mablag‗lar  lizing  oluvchi  uchun  ancha  qimmatroqqa 

tushadi,  shu  bois  lizing  beruvchilar,  xususan  lizing  kompaniyalari  loyihalarni  o‗z 

mablag‗lari hisobidan moliyalashtirishni afzal ko‗radilar. 

                                                 

41

  O‘zbеkiston  lizing  bеruvchilar  uyushmasining  2016  yil  yakunlari  ma'lumotlari  asosida  magistrant  tomonidan 



tayyorlandi. 

O‘z mablag‘lari 

 

 

Bank kreditlari 



 

 

Chet el investitisiyalari 



 

 

Qimmatli qog‘ozlar 



 

 

Boshqa manbalar 



 

 

34 


 

2.1.5-rasm. Lizing bitimlarining asosiy vositalar turlari bo„yicha 

taqsimlanishi, 2016 yil.

42

 

2016  yilda  lizing  bitimlari  hajmining  asosiy  vositalar  turlariga  ko‗ra 

taqsimlanishi bo‗yicha birinchi marta 36 foiz ko‗rsatkich bilan texnologik uskunalar 

sektori  etakchilik  qildi.  Bu  bugungi  kunda  lizing  har  qanday  mulkchilik  shaklidagi 

korxona  uchun  moliyaviy  resurslarni  optimallashtiruvchi  vosita  sifatida  xizmat 

qilayotganidan dalolat beradi.  

Tadbirkorlik  faoliyatining  ko‗rsatishicha,  bunda  unchalik  qiyinchiliklarsiz 

texnologik uskunalarni yangilash va bu bilan ishlab chiqarish salohiyatini tiklash yoki 

hatto  uni  oshirish  imkoniyati  mavjud.  Texnologik  uskunalar  bozorida  qurilish 

texnikasi  va  qurilish  materiallarini  ishlab  chiqarish  uskunalari  (115,5  mlrd.  so‗m), 

oziq-ovqat  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  uskunalari  (29,2  mlrd.  so‗m)  va 

to‗qimachilik  uskunalari  (26,9  mlrd.  so‗m)  alohida  talabga  ega.  Lizing  beruvchilar 

orasida  lizingga  berilgan  texnologik  uskunalar  obyektlarining  hajmi  bo‗yicha 

«Kapital  Bank»  ATB  (47,6  mlrd.  so‗m),  «Uzbek  Leasing  International  A.O.»  AJ 

(46,2  mlrd.  so‗m)  va  «KDB  Bank  Uzbekistan»  ATB  (27,8  mlrd.  so‗m)  yetakchilik 

qilmoqda. 

Texnologik  uskunalardan  keyin  ikkinchi  o‗rinni  qishloq  xo‗jalik  uskunalari 

egalladi. Uning lizing bitimlari taqsimotidagi ulushi 32,5 foizni tashkil etdi. Uchinchi 

                                                 

42

  O‘zbеkiston  lizing  bеruvchilar  uyushmasining  2016  yil  yakunlari  ma'lumotlari  asosida  magistrant  tomonidan 



tayyorlandi. 

Qishloq qurilish 

texnikasi 

 

 



Avtotransport 

 

 



 

Ko‘chmas mulk 

 

 

 



 

Texnologik uskuna 



 

35 


va  to‗rtinchi  o‗rinlarda,  shunga  mos  ravishda  ko‗chmas  mulk  (16,7  foiz)  va 

avtotransport (14,8 foiz) kelmoqda. 

Lizing amaliyotlarining respublika bo‗yicha taqsimlanishi ancha bir tekis. Faqat 

Toshkent shahri bundan mustasno bo‗lib, uning mamlakat bozorida amalga oshirilgan 

yangi lizing amaliyotlari bo‗yicha ulushi 38,1 foizni tashkil etdi.  Shuningdek, 2016 

yil yakunlariga ko‗ra respublikada Toshkent viloyati (7,4 foiz) va Samarqand viloyati 

(7,1 foiz) yetakchilik qilmoqda. 

 

2.1.6-rasm. 2016 yilda lizing bitimlarining hududlar bo„yicha 

taqsimlanishi

43

 

O‗zbekiston  Respublikasida  2016  yil  uchun  lizing  xizmatlari  bozorini  tahlil 

qilgan holda quyidagi tendensiyalarni aniqlash mumkin: 

Mamlakatning  lizing  xizmatlari  bozori  ulkan  o‗sish  salohiyatiga  ega.  Lizing 

beruvchilar  bozorida  raqobat  yil  sayin  oshmoqda,  bu  esa  taqdim  etiladigan  lizing 

xizmatlarining darajasi ham oshishini anglatadi.  

                                                 

43

 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. 



 

Navoiy – 1,6 % 

 

Xorazm – 2,5 % 



 

Buxoro – 3,5 % 

 

Andijon – 4,9 % 



 

Farg‘ona – 5,4 % 

 

 

Namangan – 4,7 % 



 

Samarqand – 7,1 % 

 

Sirdaryo – 4,7 % 



 

Qoraqalpog‘iston R. – 3,7 % 

 

Surxondaryo – 6,6 % 



 

Qashqadaryo – 5,0 % 

 

Toshkent – 7,4 % 



 

Jizzax – 4,9 % 

 

Toshkent sh.– 38,1 % 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

36 


Shunday  qilib,  O‗zbekiston  lizing  bozori  o‗sishi  uchun  eng  istiqbolli  bo‗lgan 

quyidagi yo‗nalishlarni ko‗rsatish mumkin: 

-  Mahalliy  lizing  kompaniyalarining  xalqaro  bozorlarga  chiqishi/«JV  MAN 

Auto-Uzbekistan»  QK,  «Samarqand  Avtomobil  Zavodi»  MChJ,  «Jeneral  Motors 

O‗zbekiston» AJ bazasida kaptiv lizing kompaniyalarini tashkil etish; 

- mikrolizing (xususiy va kichik firmalar, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni 

ko‗llab-quvvatlash,  xususan  meva  va  sabzavotlarni  qayta  ishlash,  oziq-ovqat 

mahsulotlarini  ishlab  chiqarish,  chorvachilik  uchun  kichik  uskunalarni,  tikuv 

uskunalarini lizingga berish); 

- ko‗chmas mulk lizingi; 

- operativ lizing. 

Kelgusida  mamlakat  lizing  bozori  faol  tarzda  o‗sishi  kutilmoqda.  Bunga 

muayyan  darajada  yangi  tasdiqlangan  ―2017-2021  yillarda  O‗zbekistonni 

rivojlantirish bo‗yicha harakatlar strategiyasi‖ni amalga oshirish ham ko‗maklashadi. 

Ushbu  strategiya,  eng  avvalo,  innovatsion  texnologiyalarni  joriy  etishni,  ishlab 

chiqarish  va  umuman  iqtisodiyotni  modernizatsiyalashni  ko‗zda  tutadi.  Bunda 

raqobatbardosh  mahsulotlarning  yangi  turlarini  o‗zlashtirishga  qaratilgan  va 

O‗zbekiston  uchun  mutlaqo  yangi  bo‗lgan  mahsulot  turlarini  ishlab  chiqarishni 

ko‗zda  tutuvchi  sanoat  ishlab  chiqarishining  deyarli  barcha  yo‗nalishlari  va 

tarmoqlarini rivojlantirish dasturi asos sifatida xizmat qiladi. 

 

2.2. O„zbekistonda lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning qonuniy 

va huquqiy asoslari 

Mamlakatimizda  iqtisodiyot  tarmoqlarining  rivoji  ko‗p  jihatdan    tarmog‗iga 

bog‗liq.  Respublikamiz  agrosanoatida  ishlab  chiqarishni  yanada  modernizatsiya 

qilish  masalasiga  hukumatimiz  tomonidan  alohida  e‘tibor  qaratilmoqda.  Bu 

borada  ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖  aksiyadorlik  lizing  kompaniyasi   faoliyatini 

tartibga soluvchi quyidagi me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi:

44

 

- O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi; 



                                                 

44

 



http://samarkand.uz/interaktiv/additional/lizing-xizmatlari

  


 

37 


-  O‗zbekiston  Respublikasining  ―Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlarning 

huquqlarini himoya qilish to‗g‗risida‖gi Qonuni; 

-  O‗zbekiston  Respublikasining  ―Lizing  to‗g‗risida‖gi  Qonuni,  ―Xo‗jalik 

yurituvchi  subyektlar  faoliyatining  shartnomaviy-huquqiy  bazasi  to‗g‗risida‖gi 

Qonuni va boshqa qonunlari

-  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2002  yil  28  avgustdagi  ―Lizing 

faoliyatini  rivojlantirishni  yanada  rag‗batlantirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi 

Farmoni; 

-  2007  yil  5  noyabrdagi  ―Hosildorligi  past  bo‗lgan  erlarda  davlat  ehtiyojlari 

uchun  qishloq  xo‗jaligi  mahsulotlari  etishtiruvchi  fermer  xo‗jaliklarini  qo‗llab-

quvvatlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-725-son qarori;  

-  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  30  oktyabrda 

qabul  qilingan  486-sonli  ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖  aksiyadorlik  lizing 

kompaniyasini tashkil etish to‗g‗risida‖gi qarori;  

-  2000  yil  2  noyabrda  qabul  qilingan  424-sonli  ―Qishloqni  lizing  shartlarida 

qishloq xo‗jaligi texnikasi bilan ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori;  

-  2004  yil  23  yanvardagi  33-sonli  ―Kimyo  sanoati  korxonalarini  boshqarish 

tuzilmasini  takomillashtirish  va  qishloq  xo‗jaligiga  agrokimyo  xizmati  ko‗rsatishni 

yaxshilash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori; 

- 2007 yil 18 iyundagi 123-sonli ―Qishloq xo‗jaligida lizing xizmatlarini yanada 

kengaytirish  hamda  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  va  Xorazm  viloyati  qishloq 

xo‗jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilarini  davlat  tomonidan  qo‗llab-quvvatlash  chora-

tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori; 

-  2007  yil  12  dekabrdagi  254-sonli  “O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining   ―Qishloqni  lizing  shartlarida  qishloq  xo‗jaligi  texnikasi  bilan 

ta‘minlash  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖  2000  yil  2  noyabrdagi  424-sonli  qaroriga 

o‗zgartirishlar kiritish haqida‖gi qarori; 

-  kompaniya  faoliyatiga  tegishli  bo‗lgan  Farmoyishlari,  Majlis  bayonlari  va 

ko‗rsatmalari; 

- kompaniya Ustavi. 



 

38 


Darhaqiqat,  lizing  munosabatlarining  vujudga  kelishi,  rivojlanishi  va  kengayib 

borishi  mavjud  iqtisodiy-huquqiy  muhit  bilan  chambarchas  bog‗liq.  Makroiqtisodiy 

shart-sharoitlar lizingning amaliyotga tadbiq etilishi va rivojlanish sharoitini belgilab 

beruvchi muhim omillardir. 

O‗zbekiston  mustaqillikka  erishganidan  so‗ng,  respublika  va  uning  xalqi 

manfaatlariga  mos  keladigan  ijtimoiy-iqtisodiy  siyosat  yuritilib  kelinmoqda.  Bu 

siyosatning  ustuvor  yo‗nalishi  bozor  munosabatlariga  bosqichma-bosqich  o‗tishdan 

iborat. O‗z navbatida, bozor munosabatlarining shakllanishi ko‗p bo‗g‗inli infratuzilma 

yaratishni talab etadi. Shu sababli, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz 

Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  o‗z  chiqishlarida  bozor  munosabatlarining  asosini 

tashkil  etadigan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  rivojlanishiga  mutanosib 

ravishda  bog‗liq  bo‗lgan  bozor  infratuzilmasini:  sug‗urta,  auditorlik,  konsalting 

tashkilotlari  qatorida,  lizing  kompaniyalarini  tuzish  zarurligini  e‘tirof  etish  bilan 

birga,  ushbu  infratuzilmalarga  ega  bo‗lmasdan  bozor  mexanizmlari  to‗liq  ishlay 

olmasligini alohida qayd etgan.

45

 



90-yillarning  birinchi  yarmida  bozor  islohotlari  natijasida  bank,  kredit 

muassasalari  va  korxonalar  ilgari  iqtisodiyotimizda  qo‗llanilma-gan  ko‗pgina 

moliyaviy  dastaklardan  foydalana  boshladi.  Ayni  shu  yillarda  lizing  tuzilmalarini 

faol  tashkil  etish,  iqtisodiyotning  ushbu  sohasiga  investitsiyalarni  jalb  qilish, 

lizing munosabatlarining huquqiy asoslarini shakllantirish boshlandi. 

Hozirgi  paytda  O‗zbekistonda  lizingni  tartibga  soluvchi  quyidagi  qonunchilik 

va me‘yoriy hujjatlar tizimi yaratildi: 

Fuqarolik-huquqiy me‟yorlar: 

- O‗zbekiston Respublikasining «Lizing to‗g‗risida»gi qonuni; 

- O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi; 

- O‗zbekiston Respublikasi Xo‗jalik-protsessual kodeksi; 

- Xalqaro moliyaviy lizing to‗g‗risidagi UNIDRUA konvensiyasi. 

Soliq solish me‟yorlari: 

                                                 

45

 Karimov I.A. O‘zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. - T.: O‘zbеkiston, 1995. – 267 b. 



 

39 


- O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2002  yil  28  avgustdagi  ―Lizing 

faoliyatini  rivojlantirishni  yanada  rag‗batlantirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi 

PF-3122-son Farmoni; 

-  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  17  apreldagi  «O‗zbekiston 

Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‗rsatish va servis sohasini rivojlanishini 

jadallashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PQ-325-sonli Qarori; 

-  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2007  yil  14  martdagi  «Ishlab 

chiqarishni  modernizatsiyalash,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlashga  oid 

qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi PF-3860-sonli Farmoni; 

-  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2007  yil  21  maydagi  «O‗zbekiston 

Respublikasida  2010  yilgacha  bo‗lgan  davrda  xizmat  ko‗rsatish  va  servis  sohasini 

rivojlantirishni  jadallashtirishga  oid  qo‗shimcha  chora-tadbirlar  to‗g‗risida»gi  PQ-

640-sonli Qarori; 

- O‗zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi. 



Bojxona me‟yorlari: 

- O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2002  yil  28  avgustdagi  ―Lizing 

faoliyatini  rivojlantirishni  yanada  rag‗batlantirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi 

Farmoni; 

- O‗zbekiston Respublikasining ―Boj tarifi to‗g‗risida‖gi qonuni; 

- O‗zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi. 



Bank-moliya me‟yorlari: 

 -  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  6  apreldagi  ―Bank 

tizimining  moliyaviy  barqarorligini  yanada  oshirish  va  investitsiyaviy  faolligini 

kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-1317-sonli Qarori; 

- O‗zbekiston Respublikasining ―Markaziy bank to‗g‗risida‖gi qonuni; 

- O‗zbekiston Respublikasining ―Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuni; 

- O‗zbekiston  Respublikasining  "Banklar  tomonidan  lizing  xizmatlarini  o‗tkazish 

tartibi to‗g‗risida‖gi nizom; 

-  Lizingga oid markaziy bank, tijorat banklari yo‗riqnomalari. 


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling