Referat bajardi: Namazov Bobur tekshirdi: Yuldashev Feruz


Download 59.73 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi59.73 Kb.
#1559330
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-1log20 statistika


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

REFERAT


BAJARDI: Namazov Bobur
TEKSHIRDI: Yuldashev Feruz

BUXORO – 2021


MAVZU: BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA TANLANMA KUZATISHNI QO’LLASH ZARURLIGI.
REJA:

  1. Tanlanma kuzatish haqida tushuncha.

  2. Tanlanmaning reprezentativligi va uni ta’minlaydigan tanlash usullari.

  3. Hisobot, maxsus kuzatish, biznes tekshirishlar va ro‘yxatlar


Tanlanma kuzatish haqida tushuncha.
Tanlanma tekshirish - tajriba va hayotimizga asoslangan ishonchga, imon komillikka tayanadi. Statistika amaliyotida shunday to‘plamlar tez-tez uchrab turadiki, ularning barcha birliklarini o‘rganish imkoniyati bo‘lmaydi.
Tanlanma - bu o‘rganilayotgan to‘plamdan saylab olingan birliklar majmuasidir, ularning har biri ushbu to‘plamning tarkibiy unsuri. Tanlanma - bu to‘plamdan saylab olingan ma’lum birliklar majmui bo‘lib, uning har biri mazkur to‘plamning unsuridir.
Tanlanma kuzatish - bu o‘rganiladigan to‘plamdan yetarli miqdorda birliklar maxsus yo‘llar bilan tanlanib, ularni kuzatish ma’lumotlari asosida boshlang‘ich to‘plam haqida qoniqarli axborot olish imkonini beruvchi statistik tekshirish usulidir.
Tanlanma tekshirish umuman quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

  1. vaqt va mablag‘ni tejash. Agar tanlanma kuzatishda bosh to‘plamning, masalan, faqat 2 foiz birliklari qatnashsa, u holda kuzatish ishlarining hajmi 50 marta (100:2) kamayadi, sarflanadigan vaqt va mablag‘ ham deyarli shuncha marta tejaladi;

  2. tekshirish jarayonida sifati buziladigan yoki foydalanish uchun butunlay yaroqsiz shaklga keladigan predmetlar (to‘plam birliklari) sonini qisqartirish;

  3. kuzatish obyektini kengroq va to‘laroq o‘rganish, bu holda bevosita tekshiriladigan to‘plam hajmi qisqarishi hisobiga kuzatish dasturini obyektlarning yangi muhim belgilari bilan boyitish va har bir birlik haqida to‘la va batafsilroq ma’lumotlar to‘plash imkoniyati tug‘iladi;

  4. yoppasiga kuzatish natijalarini nazorat qilish.

ma’lumotlarni to‘plash jarayonidir

Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o‘rganish, ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi bog‘lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to‘plarida namoyon bo‘ladigan statistik Statistik kuzatish - bu o‘rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang‘ich qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, o‘rganilayotgan obyektlar to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlar yoki boshqa so‘z bilan aytganda xom statistik materiallarni to‘plash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi.


Kuzatish so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’noga ega:

  1. biror narsa (predmet, obyekt)ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko‘zdan kechirish;


  2. biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish;


  3. voqealarni o‘rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish.




Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlang‘ich materiallarni to‘plashdir. U o‘rganilayotgan obyektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog‘liq. Hisob – bu biror predmet miqdorini sanab yoki o‘lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish.
Statistik kuzatish ho‘jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida ho‘jalik voqealari buxgalteriya va operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko‘pincha ana shu hisob turlari ma’lumotlariga tayanadi. Shu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish masalalarini o‘rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi.

Statistik kuzatishga talablar: aniqlik, to‘lalik, taqqoslamalik


Statistik kuzatish va uning natijasida to‘planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni: 1) aniqlik va to‘g‘rilik; 2) to‘lalik va har taraflamalik; 3) taqqoslamalik, solishtirmalik.
Aniqlik – bu ma’lumotlarni real hayotiyligi, haqiqatga to‘la mos kelishi. Butun statistik kuzatish uslubi, uni tashkil etish va amalga oshirish yo‘li ma’lumotlarning aniqligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Ma’lumotlarni haqqoniyligi avvalambor kuzatuvchi statistikning qobiliyatiga-uning malakasiga, mahoratiga, tajribasiga, masalaning tushuna bilishiga bog‘liq. Ikkinchidan kuzatish jarayonida foydalaniladigan qurollar sifatiga – kuzatish dasturi, statistik formulyarlar, savolnomalar, ularni to‘ldirish uchun yo‘riqnoma (instruktsiyalar)larning mavjudligi, ular to‘liq sodda va tushunarli qilib tuzilishi, jumla va so‘zlarning yagona mazmunga ega bo‘lishiga bog‘liq.
Uchinchidan, ma’lumotlarni aniq va haqqoniy bo‘lishiga kuzatilayotgan obyektning tayyorgarlik darajasi ham ta’sir etadi. Masalan, turmush voqealarini kuzatishda aholiga ommaviy axborot vositalari orqali o‘tkaziladigan tekshirishning maqsadi, vazifalarini tushuntirish muhim ahamiyatga ega.
To‘rtinchidan, ma’lumotlarni aniqligi, haqqoniyligi kuzatish uslubiga, uslubiy masalalarning to‘g‘ri yechilishiga bog‘liq.
Beshinchidan, ma’lumotlarni aniqlik darajasiga ko‘rsatkichning sotsial funksiyasi ta’sir etadi. Masalan, chaqaloqlar o‘limi darajasi haqidagi ma’lumotlar noaniqligi bu voqealarni ataylab noto‘g‘ri hisobga olinishidan kelib chiqadi. Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng bir oz o‘tganda o‘lib qolishini ko‘pincha o‘lik tug‘ildi deb qayd qilinadi. O‘lik tug‘ilgan bola hodisalarini esa chala tug‘ilgan bola deb hisobga oladilar. Jinoyatlar soni haqidagi ma’lumotlar ham ishonchsizlik tug‘diradi, chunki ular tartibni saqlash va huquqiy tashkilotlar tomonidan qayd etilgan jinoyatlarnigina aks ettiradi.
Ma’lumotlarni to‘liqligi, demak, kuzatish jarayonida hamma obyektlarni, har biri haqida barcha ko‘zlangan ma’lumotlarni to‘plashdir.
O‘rganish uchun belgilangan obyektlarning ayrimlari kuzatishdan tushib qolsa, yoki ayrim belgi qayd qilinmay qolsa, ma’lumotlar ham to‘liq bo‘lmaydi va ishonchsizlik tug‘diradi. Iqtisodiy nazariya va statistikada yashirin iqtisodiyot degan tushuncha bor. U ma’lum maqsadni ko‘zlab iqtisodiy faoliyat natijalarini hisobdan yashirish, faoliyatning o‘zini ham yashirincha amalga oshirishni anglatadi. Demak, bu holda statistik kuzatish barcha ho‘jalik yurituvchi subyektlarni, hamma iqtisodiy faoliyat turlari va birliklarini, ularning natijalarini qamrab olmaydi. Oqibatda ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaydi.
Shuning uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni to‘liqligini ta’minlash maqsadida statistika tashkilotlari kuzatish ma’lumotlarining kamini to‘ldirishga oid baholash ishlarini amalga oshiradi, ularni hisob to‘ldirmalarini baholash deb atash mumkin.
Ayrim hodisalar haqidagi ma’lumotlar bir-birlari bilan taqqoslama, ya’ni vaqt, joy, hudud va uslub jihatidan yagonaviylikka, tuzilish o‘xshashligiga ega bo‘lishi, bir vaqtda va ma’lum makon chegarasida hamda yagona metodikada to‘planishi kerak. Bundan tashqari, boshqa va oldin bajarilgan tekshirishlar bilan solishtirmaligi ta’minlanishi lozim, aks holda hodisa dinamizmi haqida to‘g‘ri xulosa chiqarib bo‘lmaydi.

Milliy standart - muayyan mamlakat miqyosida, xalqaro standart esa-butun jahon yoki mamlakatlar birlashmasi miqyosida hodisalarni tasniflash, ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilishda qo‘llanadigan umumiy talab, tartib va kontseptsiyalar majmuasidir

Iqtisodiy ma’lumotlarning taqqoslamaligini ta’minlash uchun milliy va xalqaro standartlarni (andozalarni) ishlab chiqish va ularga to‘la amal qilish muhim rol o‘ynaydi. Milliy standartlar mamlakat miqyosida obyektlarni tasniflash, ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilish jarayonida rioya qilinishi zarur bo‘lgan talablar, tartib qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda xalqaro standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar deganda o‘rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblashda, ma’lumotlarni qayd qilish va hisobga olish jarayonida butun dunyo miqyosida yoki ma’lum mamlakatlar birlashmasi chegarasida qo‘llash uchun tavsiya etiladigan umumiy tartib qoidalar, talablar konsepsiyalar majmuasi tushuniladi. Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir. Xalqaro andozalar esa odatda tavsiyaviy xarakterga ega, ammo ularni hisobga olinishi ustidan xalqaro tashkilotlar nazorat olib boradi.
Kuzatish obyektini chegaralash maqsadida senzlardan foydalaniladi. Senz so‘zi ikki ma’noga ega bo‘lib, birinchi holda ro‘yxatlarni anglatadi, masalan, AQShdagi agromelirativ senzlar, ikkinchi holda esa belgi me’yorni bildiradi. Kuzatish obyektini belgilashda bu tushuncha ikkinchi ma’noda qo‘llanadi. Senz – bu kuzatish obyektini aniqlovchi me’yor, belgilar to‘plamidir. Mikrofirmalar – o‘rtacha yillik xodimlar soni quyidagi chegaradan oshiq bo‘lmagan yuridik shaxs:

  • ishlab chiqarish tarmoqlarida – 20 kishi;


  • xizmat sohasi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida – 10 kishi;


  • ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanishda – 5 kishi.




Kichik korxona – o‘rtacha yillik xodimlar soni mikrofirmalarga belgilangan chegaradan ortiq ammo quyidagi songacha bo‘lgan yuridik shaxs:


  • engil va oziq-ovqat, metalga ishlov berish va asbobsizlik, yog‘ochga ishlov berish, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati – 100 kishi;


  • mashinasizlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlov berish, qurilish va boshqa sanoat ishlab chiqarish sohasida – 50 kishi;


  • fan, ilm-fanga xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa xizmatlar sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab-chiqarish sohalarida – 25 kishi.




Dehqon xo‘jaligi – yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va ega bo‘lmagan oilaviy kichik tovar xo‘jaligi bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan oila a’zolari ishtirokida muddatsiz foydalanish uchun biriktirilgan tomorqa yerda shug‘ullanadi. Fermer xo‘jaligi – yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil ho‘jalik yurituvchi shaxs bo‘lib, fermer xo‘jaligi a’zolarining birlashgan faoliyatiga asoslanadi va tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini uzoq muddatga ijaraga berilgan yerda olib boradi.

Kuzatish subyekti - bu o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni qayd qiluvchi va to‘plovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.

Kuzatish obyekti bilan bir qatorda uning subyekti mavjud. Kuzatish subyekti deb o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni qayd qiladigan va to‘playdigan yuridik yoki jismoniy shaxslar yuritiladi. Masalan, mikroiqtisodiy statistikada kuzatish subyekti - bu har bir korxona, tashkilot, muassasa va uy xo‘jaligidir. Ular ho‘jalik yurituvchi subyekt sifatida o‘z faoliyatlariga tegishli ma’lumotlarni qayd qiladi. Makroiqtisodiy statistikada esa statistika tashkilotlari kuzatish subyektidir. Maxsus statistik tekshirish va ro‘yxatlarda ular boshlang‘ich ma’lumotlarni qayd qiladi va to‘playdi. Hisobotda esa boshlang‘ich ma’lumotlarni qayd qilish va korxona miqyosida umumlashtirib taqdim etish bilan ho‘jalik yurituvchi subyektlar shug‘ullansa, ularni qabul qilish va umumlashtirish statistika tashkilotlarining vazifasi hisoblanadi. Bu holda ho‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni korxonalar, firmalar, tashkilotlar va muassasalar hisobot birliklari deb ataladi.




Kuzatish birligi - bu kuzatish obyektining mustaqil bo‘linmas tarkibiy qismi (birligi) bo‘lib, uning muhim belgilari haqida ma’lumotlar olinadi.

Kuzatish birligi deganda, kuzatilayotgan obyektning mustaqil bo‘linmas tarkibiy unsuri, birligi tushuniladi. Kuzatish jarayonida uning muhim belgilari haqida ma’lumotlar olinadi. Masalan, sanoat faoliyati tekshirilayotganda har bir korxona va firma, qishloq xo‘jaligini o‘rganilayotganda har bir shirkat xo‘jaligi, dehqon va fermer xo‘jaligi kuzatish birligi hisoblanadi.


Ayrim hodisalarni tekshirishda kuzatish birligi bilan birga hisob birligi ham belgilanadi. Masalan, chorva ro‘yxatida , asbob-uskunalar ro‘yxatida esa har bir mashina, stanok va boshqa asbob-uskunalar haqida batafsil ma’lumotlar to‘planadi. Bu holda ho‘jalik, korxona kuzatish birligi bo‘lsa, uning qayd qilinadigan har bir belgisi hisob birligidir.

Download 59.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling