Referat mavzu: Botulizm Bajardi: Karimova Mamlakat Tekshirdi: Raimov K. N. Botulizm
Download 17.91 Kb.
|
Botulizm
Guluston tumani Tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo’limi navbatchi hamshirasi REFERAT Mavzu: Botulizm Bajardi: Karimova Mamlakat Tekshirdi: Raimov K.N. Botulizm
Botulizm (lot. botulus — kolbasa) — odam va hayvonlar (ayrim sut emizuvchilar)da uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar guruhiga kiradi. B. (Clostridium botulinum) bakteriyalari bilan ifloslangan ovqatlar isteʼmol qilinganda yuzaga keladi. B. qoʻzgʻatuvchilari tabiatda keng tarqalgan boʻlib, chidamli (sporali) va chidamsiz (vegetativ) xillari uchraydi. Sporalari tashqi muhitda yillab saqlanishi mumkin; sporalar tuproqdan suv, meva, sabzavot, oziq-ovqat, yemxashakka oʻtadi, keyin odam va hayvonlar ichagiga tushib, soʻngra najas bilan yer yuziga tarqaladi. B. mikrobi faqat anaerob (havosiz) sharoitda rivojlanadi. Shu sababdan konserva qilingan, tuzlangan, dudlangan mahsulotlar va kolbasaga tushib kalgan sporalar anaerob sharoitda oʻsib, vegetativ shakl (bakteriyalar)ga aylanadi. Ular ana shu sharoitda kuchli zahar (ekzotoksin) hosil qiladi. Bu mahsulotni isteʼmol qilgan odam kasal boʻladi. B. toksini ichakda tez soʻriladi, qonga oʻtadi va butun organizmga tarqalib, asosan nerv sistemasini zararlaydi. Kasallik toʻsatdan boshlanadi. Bemorning boshn ogʻriydi, tinkasi quriydi, koʻzi tinadi, lohaslanadi, koʻngli aynib qusadi, uyqusi qochadi, qorni ogʻriydi, ogʻzi quriydi, tashna boʻladi; koʻpincha qabziyat kuzatiladi. Keyinchalik boshi aylanadi, koʻz xiralashadi, qovoqlar salqiydi, bemor ravon gapira olmaydi yutish, nafas olish faoliyati buziladi; yurak va nafas markazlari falajlanishi tufayli oʻlim sodir boʻlishi mumkin. Bemor faqat kasalxonada davolanadi. Zamonaviy davo usullari: B.ga qarshi zardob, sunʼiy nafas oldirish apparatlarini oʻz vaqtida qoʻllash yaxshi naf beradi. Kasallikning oldini olish uchun konserva tayyorlash qonunqoidalariga qatʼiy amal qilish, uy sharoitida konserva va oziq-ovqat tayyorlashda sanitariya talablarini oʻrniga qoʻyish talab etiladi. Davosi: B.ga qarshi maxsus zardob yuboriladi; zond orqali meʼdani yuviladi, huqna qilinadi, yurak dorilari beriladi, nafas olish izdan chiqqanda sunʼiy nafas oldiriladi va boshqa Hayvonlarda B. ozuqa (buzilgan silos, kepak va boshqalar)dan zaharlanishdir. Aksariyat ot, qoramol, parranda va norkalar kasallanadi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 10— 12 kungacha. Kasal hayvonning markaziy nerv sistemasi zararlanadi, hiqildoq, til va pastki jagʻlar falajlanadi, burnidan shilimshiq oqadi, suv yuta olmaydi. Kasallangan hayvonlarning 70—95% halok boʻladi. Kasal hayvon goʻshtini isteʼmol qilish man etiladi (goʻshti va terisi kuydiribtashlanadi). Davosi: kasal hayvonning meʼdasi yuviladi, surgi dorilar (arekalin, pilokarpin, ezerin) beriladi, iliq huqna qilinadi. B.ga qarshi maxsus zardob yuboriladi. Kasallikning oldini olish uchun mollarga sifatsiz yemxashak bermaslik, kasallik chiqqan hollarda sogʻlom mollarni ham B.ga qarshi zardob bilan emlash lozim. Botulizm – ovqatdan zaxarlanish Botulizm – ovqatdan zaxarlanishlar ichida og‘ir kechadigan kasallikdir. Bu kasallik botulizm tayoqchalari bilan zararlangan ovqat iste’mol qilinganda vujudga keladi va markaziy asab tizimini shikastlanishi bilan kechadi. Botulizm tayoqchalari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, tuproq, suv, hayvon, baliqlar ichagida uchraydi va qobiq ichida yillar davomida saqlanadi. Kislorodsiz va qulay sharoitda ko‘payadi, hamda inson uchun xavfli bo‘lgan zahar ishlab chiqaradi. Botulizmning asosiy sabablari: Kasallik odamda uy sharoitida termik ishlov berish qoidalariga amal qilinmay tayyorlangan konserva (sabzavot,meva, qo‘ziqorin,go‘sht,baliq), dudlangan tovuq go‘shti, kolbasa mahsulotlarini iste’mol qilinganda kelib chiqadi. Konservalash jarayonida gigiуenik va texnik qoidalarga rioya qilinmaslik natijasida, mikrop konserva bankasida yopiq muhitda tez rivojlanadi. Sifati buzilgan konserva mahsulotlari ichida gaz yig‘ilishi natijasida qopqog‘i ko‘tarilib qoladi (bombaj). Bemor odamda quyidagi belgilar kuzatiladi: odamning boshi og‘riydi ko‘ngli aynib, qusadiog‘zi quriydi ko‘z oldi qorong‘ilashib, narsalar qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinadi ko‘z qorachig‘i kengayadi nutqi buziladi (afoziya) nafas olishi qiyinlashadi yutinishi qiyinlashadi yuragi to‘xtab qolayotgandek tuyuladi Kasallik qanday kechadi:
konserva mahsulotlarini tayyorlashda (sabzavot-meva, qo‘ziqorin va ko‘katlarni) sifatiga ahamiyat berish kerak; sabzavot-mevalar tuproq bilan ifloslanishi mumkin, shu bois ularni oqar suvda, so‘ng qaynatilgan suvda yaxshilab yuvish kerak; mahsulotlarni yuqori harorat ostida 20 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt davomida qaynatish kerak; nordon bo‘lmagan (bodring, yashil no‘xot) mahsulotlaridan konserva tayyorlashda ularga uksus kislotasi qo‘shishni unutmang; uy-sharoitida konserva tayyorlamaslik kerak; konserva mahsulotlarini qorong‘i va salqin joyda saqlang. Download 17.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling