Referati bajardi: Qalandarov D. Qabul qildi: Abdullayev A. Reja: Kirish


Download 159.2 Kb.
Sana18.05.2020
Hajmi159.2 Kb.
#107441
TuriReferat
Bog'liq
Malakaviy amaliyot (Doniyor Qalandarov)


Urganch Davlat Universiteti Tarix fakulteti Milliy g`oya,ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi 2-bosqish 182-guruh talabasi Qalandarov Doniyorningning malakaviy amaliyot yakuni bo`yicha ,, Mahallaning afv etilgan shaxslar bilan ishlashdagi faoliyati’’ mazusida tayyorlagan

REFERATI



Bajardi: Qalandarov D.

Qabul qildi: Abdullayev A.

Reja:


  1. Kirish.

Mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish tizimining vujudga kelishi

  1. Asosiy qism:

1. Mahalla – fuqarolik jamiyati asosi.

2. Afv etilganlarni bandligini ta'minlashda mahallaning o`rni.

3. Afv etilganlarning jamiyatda o`z o`rnini topishida mahallaning o`rni.


  1. Xulosa. “Mahalla” to’g’risida fikrlarim.


O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoniga muvofiq tashkil etilgan Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi faoliyat yurita boshlaganiga 15 yil bo‘ldi. Prezidentimizning 1992 yil 12 sentabrda qabul qilingan “Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy ahamiyatga molik g‘oyat muhim hujjatdir. Xalqimizning qadimiy urf-odatlarini, an’analarini avaylab-asrash va boyitishga har tomonlama ko‘maklashishda, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, yetim-yesirlarga, yolg‘iz keksalarga nisbatan mehr-shafqatli bo‘lish g‘oyalarini targ‘ib qilishda, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishda ushbu farmon benihoya muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarishning yangi bo‘g‘ini – mahallaning mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Yurtimizda mahalla instituti to‘la shakllandi. Bunda viloyatlar va tumanlarda o‘z bo‘limlariga ega Respublika “Mahalla” jamg‘armasining ham munosib hissasi bor. Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda inson huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan izchil siyosat fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi bo‘lgan jamoat tashkilotlarining, jumladan, mahallaning o‘rni va ahamiyatini tobora oshirmoqda. Bu jarayon, birinchi galda, ko‘plab masalalarni hal qilishda davlat boshqaruvi idoralarining muayyan funksiyalarini jamoat tashkiloti bo‘lmish mahallalar zimmasiga bosqichma-bosqich o‘tkazishni taqozo etadi. Negaki, fuqarolik jamiyati – fuqarolar jamoat boshqaruvi degan so‘zdir. Ayni vaqtda bunday boshqaruv usuli huquqiy maqomga ega bo‘lib, fuqarolar yig‘inlari nomi bilan faoliyat yuritayotgan tuzilmalarga davlat boshqaruv idoralarining vazifalari bosqichma-bosqich o‘tkazib borilmoqda. Demak, fuqarolar yig‘inlari orqali fuqarolarning, ya’ni jamoatchilikning nafaqat jamiyat, balki davlat ishlarini boshqarishi, qolaversa, nazorat qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Boshqacha aytganda, “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” degan tamoyilni hayotga joriy etish – davr talabi, demakdir. Shu bilan birga, fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun jamoatchiligimiz, aholining siyosiy va ijtimoiy saviyasi hamda faolligini oshirish lozim. Chunki inson manfaatlari barcha narsadan ustun bo‘lmas ekan, chinakam demokratiyaga erishish qiyin. Tabiiyki, mahalladek noyob tizimning bu boradagi o‘rni va ahamiyati g‘oyat beqiyosdir. Ayni paytda fuqarolarimiz o‘z muammo va tashvishlari yuzasidan, avvalo, mahallalarga murojaat etayotgani, mahalla da’vati bilan xayrli ishlar yo‘lida uyushayotgani, qolaversa, qator dolzarb masalalarda ushbu idoralardan ko‘mak topayotgani fikrimizning isbotidir.

Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallaning o‘rni beqiyosdir. Chunki boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’ana-qadriyatlarini saqlab qolish, yoshlarimizni jipslashtirish, ular o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini kuchaytirish omili sifatida maydonga chiqayotganini yaqqol ko‘rib turibmiz.

Binobarin, bugungi jadal o‘zgarishlar barcha sohalar qatori mahalla va uning boshqaruv tizimini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy faoliyatini yangicha mezonlar asosida tahlil etishni taqozo etmoqda. Zamon talablariga javob beradigan o‘zini o‘zi boshqarish organining yangicha tuzilmasini shakllantirish, uning ish yuritish tizimini samarali tashkil etish muhim vazifalardan biriga aylangani hech kimga sir emas. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 3-fevralda yangi tahrirda qabul qilingan “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim qadam bo‘ldi. Shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning 1-ustuvor yo‘nalishida “Mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyatining samaradorligini oshirish” ga katta ahamiyat berilganligi bejiz emas.

Shu boisdan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish maqsadga muvofiq. Bular: birinchidan, bugungi globallashuv davrda yoshlarning turli buzg‘unchi oqimlarga kirib ketish holatlarini oldini olish va uyushmagan yoshlar bilan ishlash jarayonida mahalla instituti o‘z faoliyati nuqtai nazaridan “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi”ga tayangan holda hamkorlik aloqalarini doimiy rivojlantirib borishi lozim; ikkinchidan, hamon ayrim mahallalarda mahalla raislarining ma’naviy, ijtimoiy va siyosiy bilim darajasi yetarli emas, ularning faoliyatini talab darajasida deb bo‘lmaydi. Shu boisdan mahalla raisligiga o‘z nomzodini ilgari surgan fuqarolarni tuman va shahar hokimliklari huzurida tuzilgan maxsus komissiya orqali attestatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish, ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy bilim darajasini aniqlashning test yoki muloqot tizimini tatbiq etish orqali yanada takomillashtirish lozim; uchinchidan, respublikamizdagi barcha mahalla idoralarini markazlashgan boshqaruv tarzida onlayn aloqa orqali “Respublika Mahalla xayriya jamoat fondi”ning yagona tarmog‘iga ulash maqsadga muvofiqdir.

Mahalla azaldan yurtimizda tinchlik-totuvlik, insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik, tarbiya o‘chog‘i, ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlar maskani, xalqimizning turmush va tafakkur tarzi sifatida e’tirof etib kelinadi. Yurtimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning ushbu tizimini rivojlantirish, mavqeini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan, milliy qadriyatlarimiz, e’tiqod va tafakkurimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylashda xalq hayotining ko‘zgusi bo‘lgan mahallaning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Zero, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu haqda “Biz ma’naviy hayotimizni, milliy ong va qadriyatlarimiz, e’tiqod va tafakkurimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, ma’naviy olamimizni yuksaltirishga intilar ekanmiz, bularning barchasi mahalla idorasiga yanada ko‘proq imkoniyat berish, uning huquqiy va amaliy vakolatlarini kengaytirish bilan bevosita aloqador ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Shu orqali biz o‘zimizning ezgu maqsadimiz bo‘lmish erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida, hech shubhasiz, ulkan qadam qo‘ygan bo‘lamiz”,- deb ta’kidlagan edilar.

Dunyoning boshqa mamlakatlarida uchramaydigan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti bo‘lmish mahallalarning jamiyat hayotidagi rolini yanada chuqurlashtirish, bu boradagi islohotlarning davomiyligini ta’minlash borasida bugungi kunda ham qator amaliy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, sog‘lom avlodni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ular shuurida vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, el-yurt sha’nini ardoqlash kabi ulug‘vor fazilatlarni kamol toptirishda mahallaning o‘rni beqiyos ekanligini barchamiz yaxshi anglamoqdamiz. Shu boisdan jamiyatimizda o‘z salohiyati, aqliga ishonib yashaydigan, jamiyat manfaatini o‘z shaxsiy manfaatlari bilan uyg‘un tarzda ko‘radigan yetuk yoshlarni tarbiyalashdan iborat vazifa nafaqat bugun, balki kelajakda ham mahalladek nufuzli uyushmaning muhim kundalik faoliyatiga aylanishiga shak-shubha yo‘q. Zero, oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda har tomonlama sog‘lom yetuk, ma’naviy barkamol farzandni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalarida ota-onalarning huquqiy, ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirishda mahallaning o‘rni va ta’siri benihoya kattadir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3 fevraldagi “Maxalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida ushbu tuzilmaning huquqiy asosi, mahallani aholiga eng yaqin va xalqchan tuzilmaga aylantirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada rivojlantirish bilan bog’liq ustuvor vazifalar belgilandi.

Ushbu hujjatda mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari, bir qator yangi qonun-qoidalar joriy etilishi ko’rsatib o’tildi. Bundan asosiy e’tibor fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yagona shaffof qulay tizim asosida muvofiqlashtirish, shuningdek mahallalarning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o’zaro xamkorligini yanada mustaxkamlashga qaratildi. Farmonning eng muhim jihati mahallalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashini fuqarolar yig’inlarining uyushmasiga aylantirish, unga yuridik shahs maqomini berish va doimiy asosda ishlaydigan ijro tuzilmasini tashkil etish nazarda tutilgan.

Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish bo’yicha ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Respublika kengashi va xududiy kengashlar raislarining birinchi o’rinbosarlari bir vaqtning o’zida “Maxalla” fondining tegishincha Respublika boshqaruvi hamda xududiy bo’lim va bo’linmalariga raislik qilishlari haqidagi tashabbus qo’llab-quvvatlandi.

Mazkur Farmon  ijrosini ta’minlash maqsadida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora - tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Dasturning birinchi bandida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonun xujjatlarini inventarizatsiyadan o’tkazish va tegishli qonun xujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan, shu jumladan, ularning huquq va majburiyatlari,  vakolatlarini kengaytirish, ushbu yo’nalishdagi tuzilmalarning vazifa va javobgarligini aniq belgilashga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalarni kiritish bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini qisqa vaqtda ishlab chiqilishi belgilab qo’yildi. Bundan tashqari Farmon bilan kompleks chora - tadbirlar dasturining 37 ta bandida aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari tomonidan sudlarga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari manfaatlarini ko’zlab da’vo arizalari, davlat ho’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari hatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni davlat boji to’lamasdan taqdim etish bo’yicha O’zbekiston Resrublikasining Soliq kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qonun xujjatlarini ishlab chiqish bilan imtiyozli huquq ta’minlanmoqda.

Dasturning uchinchi bandiga ko’ra 2017 yil 1 iyulgacha Vazirlar Mahkamasining mahalla faoliyatiga daxldor bo’lgan qaror loyihalari tayyorlanadi. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga muxtoj bo’lgan, kam ta’minlangan oilalar, yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniqlash xamda ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha moliya va sog’liqni saqlash organlari bilan o’zaro hamkorligini nazarda tutadigan tegishli normativ - huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish orqali ilgari mavjud bo’lgan ayrim noaniqliklarga chek qo’yiladi.

Bundan tashqari aholi tomonidan kommunal xizmatlar va elektr energiyasi haqi o’z vaqtida va to’liq to’lanishini ta’minlashga ko’maklashgani uchun fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini rag’batlantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish munosabat sub’ektlarining hamkorligini yanada yaqinlashtiradi va manfaatlar uyg’unligini ta’minlaydi.

Dasturning to’rtinchi bandida extiyojmand oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to’lash tartibini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yanada takomillashtirish maqsadida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizomning yangi taxririni ishlab chiqish va kiritish belgilangan.

Dasturning ettinchi bandida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

Dasturning sakkizinchi bandida oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy gumanitar fanlar yo’nalishi doirasida ta’lim dasturlarida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini o’rganish bo’yicha maxsus kursni kiritish masalasi bo’yicha normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash belgilangan. Bu esa fuqarolar orasida mahalla munosabatlariga oid bilimlarni yanada boyitishga xizmat qiladi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 22 ta bandida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Yana bir muhim masala, 2018 yilning 1 dekabrigacha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” binolarini hamda 2021 yilning 1 dekabrigacha fuqarolar yig’ini idoralari binolarini na’munaviy loyihalar va ularga qo’yilgan talablar asosida qurish (rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash), shuningdek, ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va internet tarmoqlari bilan jihozlash, mahalla markazi majmualarida tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga ko’maklashish, hotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha markazlar hamda kutubxonalar faoliyatini yo’lga qo’yish kabi muhim vazifalar ko’zda tutilgan.

Albatta, mazkur Farmonda nazarda tutilgan har bir chora-tadbir,  mamlakatimizda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashuvi, yaxshilanishi, xalqimizning ko’p asrlik noyob, o’ziga xos va mos urf-odat, an’analari keyingi avlodlarga bekamu ko’st etkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu Farmon mamlakatimizda mahalla institutlarini rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu esa fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari zimmasidagi vazifalarni samarali bajarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o’zaro xamkorligini yanada mustaxkamlash imkonini beradi.

– Mahalla instituti haqida so‘z borganda «Oila – mahalla – ta'lim muassasasi» hamkorligi tajribasini ham alohida qayd etish o‘rinli. Bugun ushbu hamkorlikda o‘quvchi-yoshlarning darslarga qatnashishi va davomati nazorat qilinib, turli fan va kasb-hunar to‘garaklariga, sport mashg‘ulotlariga jalb etilayotir. Shu bilan birga, barkamol avlodni yuksak insoniy fazilatlar ruhida voyaga etkazish, ongi va qalbini mafkuraviy va ma'naviy tahdidlardan ishonchli himoyalashga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshida tashkil etilgan «Ota-onalar universiteti» ota-onalarning barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi bilimi va mas'uliyatini oshirishga ko‘maklashayotir. Oilalarni mustahkamlash borasida mahallalar qoshidagi Yarashtirish komissiyalarining ham roli va ahamiyati katta bo‘layotir. Aynan mazkur komissiya a'zolari ko‘magida joriy yilning o‘zida 37524 ta oilaviy nizolarga barham berildi. Mahalla aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha oilaviy va xususiy tadbirkorlarning eng yaqin ko‘makchisiga aylangan. Birgina «Har bir oila – tadbirkor» dasturining amalga oshirilishi natijasida mahallalarda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni ham ortib bormoqda.

– So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash borasida mahalla institutida butunlay yangicha – «mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla» tamoyili asosidagi hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ya'ni mahalla endi avvalgidek faqat murojaatlar bilangina cheklanib qolmay, odamlar ichiga kirib, ularning dardu tashvishlarini tinglab, mavjud muammolarga hamkor tashkilotlar bilan birgalikda echim topmoqda. Muammolar bevosita uyma-uy yurib, keng jamoatchilik ishtirokida ko‘rib chiqilayotgani mas'ullar zimmasidagi mas'uliyatni yanada oshirmoqda. Yilning har choragida mahallalarda tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish tartibi yo‘lga qo‘yilgani ham aholi tomonidan bildirilgan muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotir. Kelgusida fuqarolarning murojaatlariyu muammolari mahallaning o‘zida echim topishini ta'minlash maqsadida har bir yig‘in idorasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish xonasi, tizimdagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kadrlarini tayyorlash institutining tashkil etilishi esa sohadagi yana bir muhim voqelikdir. O‘zbek mahallalari azaldan jamiyatning o‘ziga xos tarbiya o‘chog‘i, milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlar sayqallanadigan, fuqarolarni ezgu maqsad sari birlashtiradigan ma'naviyat maskani sanalgan, – deya ta'kidladi Sh.Javlonov. – O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmandlar holidan xabar olish, to‘y-tomosha, hashar va ma'rakalarni ko‘pchilik bilan o‘tkazish kabi fazilatlar, avvalo, mahalla muhitida shakllangan.



Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, aholining ehtiyojmand qatlamlarini mahalla instituti orqali aniq manzilli ijtimoiy himoya qilish, oilalarda ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni foydali mehnatga jalb etishning samarali tizimi hayot sinovidan o‘tdi. Chunki mahalla kim qanday sharoitda yashayapti, kim moddiy va ma'naviy yordamga muhtojligini, shuningdek, ishsizlar, nizoli oilalarni, aholini qiynayotgan muammolarni yaxshi biladi.

Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish, fuqarolarimizning oʻz hayotidan rozi boʻlib, ertangi kunga qatʼiy ishonch bilan munosib hayot kechirishini taʼminlash boʻyicha oldimizga qoʻygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim boʻgʻini hisoblangan mahalla institutining oʻrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsliligini taʼminlash, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi. Shu bilan birga, fuqarolar yigʻinlarining uyma-uy yurib aholi muammolarini aniqlab, ogʻirini yengil qilish borasida davlat idoralari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (keyingi oʻrinlarda Xalq qabulxonalari deb yuritiladi) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektorlar) bilan hamkorligini kuchaytirish, moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash hamda soha xodimlari mehnatini munosib baholash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan mahallaning jamiyat boshqaruvidagi oʻrni va faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar yigʻinlari ishini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish, sohaga malakali, boy hayotiy tajribaga ega va fidoyi kadrlarni jalb etish maqsadida: 1. Murojaatlar bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” prinsipi asosida hamkorlik tizimi joriy qilinib, quyidagilar mazkur tizimning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin: hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni oʻrganish orqali muammolarni aniqlash va hamkorlikda bartaraf etish choralarini koʻrish, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish; har chorakda jamoatchilik nazoratining natijalari, aniqlangan muammolar toʻgʻrisida umumlashgan maʼlumotlar, shuningdek, tegishli mansabdor shaxslarning hisobotini eshitish boʻyicha takliflarni xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilish uchun kiritish; aniqlangan muammolarni umumlashtirish hamda hal etish maqsadida elektron axborot almashish tizimini joriy etish; joylarda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish va ularning ijrosini taʼminlashda tizimli hamkorlikni oʻrnatish. 2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi), Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining: fuqarolar yigʻini huzuridagi jamoatchilik komissiyalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida jamoatchilik asosida fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari — ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha maslahatchi hamda fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari — tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga koʻmaklashish va obodonlashtirish ishlari boʻyicha maslahatchi lavozimlarini joriy etish; mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini saqlashda keksa avlod vakillari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar nafaqadagi xodimlarining boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida “Keksalar maslahati” guruhlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. Fuqarolar yigʻinlari raislari har chorakda oʻz mahallasi hududidagi dolzarb muammolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga taqdim etib boradi; eng dolzarb muammolar sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalari tomonidan tegishli dasturlarda inobatga olish uchun tavsiya etiladi;  fuqarolar yigʻinlari raislari muntazam ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan masʼul xodimlari, sektor shtabi aʼzolari, yoʻl qurilish, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijasi yuzasidan yozma ravishda sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga maʼlumot kiritadi; Xalq qabulxonalari tomonidan fuqarolar yigʻinlari raislarining maʼlumotlarida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar, shuningdek, ularning yuqori turuvchi tashkilotlariga mansabdor shaxslari va xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish masalasi koʻrib chiqiladi. 4. 2019-yil 1-iyundan boshlab fuqarolar yigʻinlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. 5. Respublika kengashi hamda Moliya vazirligining fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblari oylik ish haqi fondini joriy yilda bosqichma-bosqich 1,5 baravar oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda ushbu xodimlarning oylik ish haqi joriy yil 1 maydan 1,25 baravar va 1 oktyabrdan 1,2 baravar oshirilishi nazarda tutilsin. Fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblari lavozimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan mehnatga haq toʻlash fondi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. a) Oliy sud bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, fuqarolar yigʻini qarorini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik hamda fuqarolar yigʻini raisi faoliyatining kafolatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini; b) Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini: fuqarolar yigʻinlari organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish hamda eskirgan mexanizmlarni bartaraf etishni; fuqarolar yigʻinlari organlarida “zamonaviy menejment” tizimini joriy etish hamda ularning faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari va javobgarlik doirasini aniq belgilashni; fuqarolar yigʻinlarining mutasaddi davlat organlariga murojaatlarini koʻrib chiqish tartib-taomillarini mustahkamlashni; fuqarolar yigʻini raisining ijtimoiy himoyasi, ular faoliyatining kafolatlari va farqlash belgisini; v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish hamda kadrlarni mahalla boshqaruvi jarayoniga maqsadli qayta tayyorlash boʻyicha amaldagi oʻqitish tizimiga oid muammolarni oʻrganish asosida uni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni; g) Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolar yigʻinlari, ularning xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaxslar faoliyatini reyting asosida baholash mezonlari hamda mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ragʻbatlantirish tartibini. 7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Respublika kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:  ikki oy muddatda fuqarolar yigʻinlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki boʻlgan binolarni biriktirilgan yer maydonlari bilan birgalikda xatlovdan oʻtkazib, ularning belgilangan tartibda fuqarolar yigʻinlariga mulk huquqi bilan berilishini taʼminlasin; har chorakda tasdiqlangan grafik asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari va fuqarolar yigʻinlari binolarini namunaviy loyihalar asosida qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash holati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin. 8. Respublika kengashi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktyabrdagi 336-sonli qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin. 9. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) kengashlari hamda fuqarolar yigʻinlari xodimlarini ularning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash, shuningdek, fuqarolar yigʻinlari balansida boʻlgan binolarni boshqa shaxslarga biriktirish yoki asossiz ravishda olib qoʻyish taqiqlanadi.

Kechirimlilik - xalqimizga xos, azal-azaldan qon-qonimizga singib kelgan xislat, insoniy fazilat. Hayotda hamma xato qilishi, adashishi mumkin, biroq bu xatoni takrorlamaslik lozim. Keyingi yillarda bilib-bilmay jinoyat ko'chasiga kirib qolgan yuzlab shaxslar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan avf etilganligi yurtimizda adolat, insoniylik tamoyillarining ro'yobini yana bir bor namoyon etmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning mantiqiy davomi sifatida Davlatimiz rahbarining 2020 yil 4 fevraldagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida”gi PF-5933-sonli Farmoniga asosan jazo muddatini o'tayotgan, qilmishidan chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, qat'iy tuzalish yo'liga o'tgan 58 nafar fuqarolar afv etildi. . Kundalik hayotimizda sodir etilayotgan jinoiy xatti-harakatlar barchamizni ogohlikka undashi, ularning tub sabablarini oʻrganib, oldini olish uchun davlat organlari, mahalla, xotin-qizlar, nuroniylar va yoshlar faollari, jamoatchilik tuzilmalari siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni tizimli ravishda tashkil etishlari hamda bahamjihat harakat qilishlari zarur. . Xalqimiz azaldan bag'rikeng va mehribonligi bilan e`tirof etib kelinadi. Buni bir necha yillardan buyon jazo muddatini o'tayotgan mahkumlarni afv etilayotgani misolida ham ko'rish mumkin. Bu yil ham O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi «Jazo muddatini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat`iy o'tgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida»gi farmoniga asosan, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 65 nafar fuqarolarga afv e`lon qilindi. Shu bilan bir qatorda, mazkur farmonda jamoat tashkilotlariga ushbu fuqarolar bilan tizimli ishlash, ularni jamiyat hayotiga moslashtirish, muammolarini hal etish bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash vazifasi ham yuklatildi. — - Ushbu farmonning ijrosini ta`minlash maqsadida Respublika mahallalar kengashi tomonidan afv etilgan fuqarolarning holidan xabar olindi, oilaviy sharoiti bilan yaqindan tanishib, bandligini ta`minlash borasida amaliy choralar ko'rilmoqda, — deydi Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi raisining o'rinbosari Turg'un Qirg'izboev. — Bugungi kunga qadar hududiy kengashlar tomonidan afv etilgan 48 nafar fuqaroning manzilli ro'yxati shakllantirildi. Ushbu fuqarolarning uyiga borish, ularning ahvolidan xabar olish hamda muammolarini o'rganish ishlari amalga oshirildi. Ular uy-joy bilan hamda o'z mutaxassisligi bo'yicha ish bilan ta`minlash, imtiyozli kredit ajratilishida yordamlashish, o'qishini tiklash va ta`lim krediti olishida ko'maklashish kabi masalalarda murojaat qilishdi. Ushbu masalalarni o'z vaqtida yechish uchun mahalliy hokimiyat va sektor rahbarlariga tegishli taqdimnomalar kiritildi. Afv etilgan fuqarolarni tegishli tartibda tibbiy ko'rikdan o'tkazish, bandlikka ko'maklashish markazlari bilan hamkorlikda ularning bandligini ta`minlash choralari belgilandi. . Ushbu fuqarolar bilan tizimli ishlashni tashkil etish maqsadida ularning har biriga hududiy hamda tuman va shahar mahallalar kengashlarining mas`ul xodimlari biriktirildi hamda muntazam ravishda profilaktik tadbirlarni amalga oshirib borish belgilab olindi. . Mahallalar, vazirliklar va idoralarga afv etilgan shaxslarga oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytish, ijtimoiy moslashuv, foydali mehnatga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini tanlash va jamiyatda munosib o‘rin egallashda yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan. Mahallaning muhim vazifalaridan biri jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy-mehnatga tiklash va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshirish, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshirishdan iborat.

Yuqorida keltirib o‘tganimizdek, keyingi uch yilda 2 mingdan ortiq kishi afv etilib, ozodlikka chiqarilgan. Xo‘sh, bugungi kunda ular qanday hayot kechiryapti? Jamiyatga to‘la moslasha oldimi? Mas'ul tashkilotlar ularga ham moddiy, ham ma'naviy tomondan ko‘mak beryaptimi? Keling, ayni savollarga avvalgi yillarda afv etilgan insonlar taqdiri orqali javob izlab ko‘ramiz.



Mahalla faollari tirgak bo‘lishi kerak

Kechirimli xalqimiz, bag‘rikeng Prezidentimiz tomonidan keyingi yillarda o‘z aybiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tganlar afv etilyapti, — deydi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvafiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi mutaxassisi F.Eshmuhammedov. — Ozodlikka chiqib, oilasi bag‘riga qaytishning o‘zi katta baxt, ammo hayot davom etadi. Keyingi masala — ularning jamiyatga moslashib ketishi, ishlab pul topishi, o‘qishi, demokratik jamiyatning erkin fuqarolaridek umrguzaronlik qilishidir. Bu yo‘lda qo‘ni-qo‘shni, mahalla faollari ularning eng birinchi tirgagi bo‘lishi lozim. Shu bois yig‘in faollari doimiy ravishda ularning holidan xabar olib turadi. Mavjud muammo-kamchiliklarini bartaraf etib, bandligini ta'minlash bilan shug‘ullanadi. Kengash tomonidan bu borada alohida ish reja va dasturlar tuzib chiqilgan.

Albatta, shuncha yildan so‘ng ozodlikka chiqqach, tezda jamoatchilikka singishib ketish oson kechmaydi. Bunday insonlarga har tomonlama madad zarur bo‘ladi. Agar ularga etarlicha e'tibor berilmasa, yana yo‘ldan adashishlari ham hech gap emas. Shu bois o‘tgan yili Prezidentimizning farmonlari bilan ozodlikka chiqqan fuqarolarning ayni paytdagi hayoti bilan qiziqdik.

Bosh qomusimiz qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan afv to‘g‘risidagi farmon bilan mahallamizda istiqomat qiluvchi D.Muhammedov ham oilasi bag‘riga qaytdi, — deydi poytaxtimizning Olmazor tumanidagi «Eski shahar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Muhabbat Toshpo‘latova. — O‘tgan to‘rt yil davomida ham biz u kishining rafiqasi, farzandlari holidan xabar olib, moddiy-ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turardik. D.Muhammedov uyiga qaytgach, hokimlik va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan uning xonadoniga bordik. Ular bilan suhbat jarayonida aniqlangan shaxsiy muammolarini hal etib, D.Muhammedovga sog‘ligini tiklash uchun yo‘llanma taqdim etdik. Ayni paytda u eshik-romlar ishlab chiqaruvchi sexga ishga kirgan, etti nafar oila a'zolari bilan baxtli hayot kechirmoqda.

Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Kuzatishlarimiz davomida mas'ul tashkilotlar bunday fuqarolarning taqdirini shunchaki tashlab qo‘ymayotganiga guvoh bo‘ldik. Har jihatdan madadkor bo‘lib, birinchi navbatda, bandligini ta'minlash, qo‘llab-quvvatlashga harakat qilinyapti.

O‘tgan yili jazoni ijro etish muassasasidan chiqqanimda: «Shuncha fursatni boy berdim, endi nima qilaman», deya boshim qotgandi, — deydi poytaxtlik A.Xoliqov. — Mahalla faollari va hududimizdagi profilaktika inspektoriga katta rahmat, ular uyga qaytgan kunimoq meni yo‘qlab kelishdi. Ham moddiy, ham ma'naviy tomondan yordam berib, ish topishimga ko‘maklashishdi. Bugun oilam bag‘rida hayotimdan rozi bo‘lib, halol mehnat bilan umrguzaronlik qilyapman.



Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, mahalla – afv etilib, sog`lom hayotga yo`naltirilgan fuqarolar bilan eng yaqin munosabatda bo`luvchi organ sifatida, ularni ijtimoiy-mehnatga tiklash va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshiradi.


Download 159.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling