Reja I. Kirish II. Asosiy qism
Download 374.97 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'rta osiyodagi qadimgi davlatlar
1 Reja I. Kirish II. Asosiy qism 1. O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlar paydo bo’lishiga omillar 2. Baqtriya, Parfiya va qator qadimgi davlatlar vujudga kelishi 3. O’zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar 2 Kirish Mustaqillik biz o‘tmishimizni to‘la va haqqoniy yoritib berish imkonini yaratib berdi. O‘zbekiston tarixining ko‘plab sahifalari biz uchun “ochilmagan quriqdir”. Shu nuqtai-nazardan vatanimiz tarixining turli davrlardagi ahvoli, uning sohalarida erishilgan muvafaqqiyatlar va muammolarini o‘rganib, keng jamoatchillik e’tiboriga havola qilish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanmoqda. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi” PF-4947-sonli Farmoni va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish kun tartibidagi muhim masalalardan biri ekanligini ta’kidlash lozim 1 . Mustaqillik tufayli O‘zbekiston tarixini ixtisoslashish jarayoniga keng yo‘l ochildi. Xususan, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy soha tarixlari alohida- alohida tadqiq etilib, mazkur tarmoqlar faoliyati maxsus yoritilgan tarixiy asarlar ko‘paymoqda. Jumladan, birgina iqtisodiy soha tarixining o‘zi bir qator yo‘nalishlarga ega. Masalan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, yer egaligi, soliq tizimi tarixi bo‘limlarining har biri o‘z xususiyatlariga ega. Har qanday soha qanchalik chuqur ixtisoslashib borsa, uni o‘rganish shunchalik takomillanib boradi. Tarixda o‘tgan davlatlarda boshqaruv tizimi va yer egaligi munosabatlarini o‘rganish, o‘sha davlat ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida yaqqol tassavvur hosil qilishga imkon yaratadi. O‘zbekiston tarixida uch xonlik davri muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. O‘zbek davlatchiligimiz tarixidagi salbiy omillardan biri-bu yagona davlatning bir necha mustaqil siyosiy bo‘laklarga bo‘linib ketishidir. Bu bo‘linish sabablarini eng avvalo bizda “davlatni milliylik belgisiga qarab tashkil etish an’analari” shakllanmaganidan, qolaversa shaybonilar hukmronligi yillaridagi qo‘sh hokimmiyatchilik holatidan, XVII-XIX asrlarida kuchayib borgan urug‘- aymoqchilik, mahalliychilik kabi illatlardan qidirish kerak. O‘rta Osiyo xonliklarida davlat mansablari, yer egaligi, soliq va majburiyatlarida ko‘p jihatlarida o‘xshashlik bilan birga jiddiy farqlar ham mavjud edi. Har uchala xonlikda markaziy boshqaruv to‘laligicha oliy hukumdor amir yoki xon qo‘lida to‘plangan. Bosh vazir o‘rnida qabul qilinadigan qo‘shbegi mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina, poytaxtagi ahvol bilan bog‘liq eng muhim masalalarni nazorat qilgan. Barcha viloyatlar unga bo‘ysungan. Shuningdek, barcha xonliklarning jamiyat boshqaruvida otalik, inoq, mehtar, shayxulislom, qozi kalon muhim o‘rinni egallagan. Masalan, shayxulislom mamlakatdagi mafkuraviy munosabatlarda eng oliy daraja hisoblanib, jamiyat ma’naviy hayotida, hukmdor xonadoni va oliy hukumdor turish-turmushiga ta’siri jihatidan nihoyatda katta mavqega ega bo‘lgan. Bu davrda siyosiy munosabatlar bashqaruv tartiblari 1 Mirziyoyev SH. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bо‘lishi kerak. Toshkent - “О‘zbekiston” - 2017. 3 qanchalik murakkab bo‘lishidan qat’iy nazar, yer egaligi va soliq hamda majburiyatga e’tibor susaymagan. Chunki mamlakat iqtisodiy rivoji ko‘p jihatdan mazkur masalalarga ham bog‘liq bo‘lgan. Shu jihatdan, O‘rta Osiyo xonliklari hukmronligi yillarida davlat boshqaruvi, yer egaligi munosabatlari, soliq tizimi va majburiyatlar muammosini o‘rganish dolzarb masaladir. O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi va ularning tarixi haqida turli qarashlar, konsepsiyalar, hatto g‘ayrilmiy talqinlar mavjud. Ularning kelib chiqishi haqida mavjud ilmiy asarlar hamda chet el manbashunosligida bayon qilingan ob‘ektiv ma‘lumotlarga tayanib, haqiqatni yuzaga chiqarish hozirgi kunning dolzarb vazifasidir. Ma'lumki sobiq SSSR parchalanib, uning o'rnida vujudga kelgan mustaqil milliy respublikalar o'zlarining yangi tarixini yozib, chop qildira boshladilar. Ba'zi- bir milliy respublikalar rahbarlari, tarixchi olimlari tomonidan chop qilingan kitoblarida o'z millatni ulug'lash, O'rta Osiyoda yashavchi boshqa xalqlardan ustun qo'yish, tarixiy jarayonlarni soxtalashtirish hollari ko'zga tashlanmoqda. Masalan, sobiq Turkmanboshi Safarmurod Niyozovning “Ruxnoma” asarida turkmanlar O'rta Osiyoning eng qadimiy va eng madaniy xalqi sifatida talqin qilinib, go‘yo ular mintaqada dastlabki davlatchilikka asos solganligini aytib o‘tgan. Tarixda “Xorazmshohlar - anushteginlar davlati” deb atalgan davlatni “Ko’hna Urganch Turkman davlati” deb atab tarixiy haqiqatni soxtalashtiradi. “Ruxnoma”da o'zbeklar, o'zbek xalqi umuman tilga ham olinmagan. Fanga ma'lumki, O'rta Osiyo hududlarida istiqomat qilayotgan eng qadimgi xalqlar - bu baktriyaliklar, so'g'diylar, parfyanlar, xorazmiylar va turli sak kabilalaridir. Bular haqida mil. avv. VI-V asrlarga doir yozma manbalarda, ahamoniy podsholarning epigrafik yozuvlarida ma'lumotlar mavjud. 4 Download 374.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling