Reja: Islom dinining paydo boʻlishi va shakllanishi. Islom ulamolari. Islom ezgulik va maʼrifat dini


Download 0.65 Mb.
Sana31.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1143937
Bog'liq
2 5373019235645663437


Islom nurli marifat dini
Tayyorladi: 11.4 GHTF 21-guruh talabasi
Qadirov Hudayshukur

Reja: 1.Islom dinining paydo boʻlishi va shakllanishi. 2. Islom ulamolari. 3.Islom ezgulik va maʼrifat dini

Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُ, al-’Islām — „boʻysunish“, „itoat etish“) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va buddaviylik bilan bir qatorda) biri.Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qurʼon nozil qildi. Muhammad oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona Xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi.

Muhammad s.a.vga, 40 yoshida (milodiy 610-yil) vahiy (ilohiy koʻrsatma) kelishni boshladi, biroqbir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning koʻpchilik aholisi, ayniqsa, Quraysh qabilasining zodagonlari uning targʻibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammad s.a.vni yolgʻonchiga chiqarib juda katta zulm koʻrsatildi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga hijrat qilishdi, Yasribdagi Banu Avs va Banu Hazraj qabilalarining vakillari 622-yilda musulmon jamoasini oʻziga qabul qilish, Muhammad s.a.v paygʻambar va Allohni yagona deb tan olishdi

Muhammad s.a.v vafotidan soʻng, Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib paygʻambarning oʻrinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi xalifalar VII-VIII asrlarda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika, Pireney yarimoroli, Shimoliy Hindistonni fath qilishdi.

Islom ta'limotida ilmning yuksak qadrlanishini hadislar ham tasdiqlaydi. Buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriy ta'kidlaganlaridek: “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”. Albatta, islom ilm-ma'rifatga asoslangan dindir. Islomning asosiy manbalari hisoblangan Qur'oni karim hamda hadisi sharifda ilm o‘rganishga va uni o‘rgatishga targ‘ib qilinadi.

Alloh taolo tafakkur qilmaydigan, o‘zining kim ekanini anglab yetmaydigan, bugunning huzur-xalovati bilan yashab, ertasi haqida qayg‘urmaydigan, ongsiz kimsalarni Qur'oni karimda “Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan “anglamaydilar”. Ularda ko‘zlar bor, (lekin) ular bilan “ko‘rmaydilar”. Ularda quloqlar bor, (lekin) ular bilan “eshitmaydilar”. Ana o‘shalar hayvonlar kabidirlar. Balki ular (yanada) adashganroqdirlar. Aynan o‘shalar g‘ofillardir” (A'rof, 179), deb ta'riflaydi.

Umuman olganda, islom ilmsizlik va johilikni qoralaydi, ilm olish, jaholatdan ma'rifatni ustun qo‘yish kabi ezgu fazilatlarga buyuradi.

Maʼrifat – bandaning ikki dunyosini yorituvchi nur. Islomiy maʼrifat vositasida biz dunyo va oxiratimiz najoti sari yoʻl topamiz. Shu maʼrifat orqali Robbimizni, Uning qudratini, maxluqotlarini taniymiz, ilohiy Kalomning hikmatini anglaymiz. Ana shunday maʼrifatdan bahramand boʻlgan oriflar jamiyatida nafaqat insonga, balki hayvonotga, jamodotga, bir soʻz bilan aytganda butun jonli va jonsiz mavjudotga goʻzal muomalada boʻlinadi. Chunki maʼrifatli insongina hayotdagi oʻz oʻrni va vazifasini anglaydi.

Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Abu Dardo (r.a.): “Rasululloh alayhissalom bunday deganlarini eshitdim: Kim ilm istab bir yo‘ldan yursa, Alloh uni jannat yo‘llaridan biriga yo‘llab qo‘yadi. Farishtalar ilm tolibi uchun qanotlarini pasaytiradilar. Albatta, olim haqiga osmonlaru yerdagilar, hattoki, suv ostidagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Olimning obiddan afzalligi badr kechasidagi to‘lin oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir. Olimlar Payg’ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor va dirhamni meros qoldirmadilar. Balki ilmni meros qoldirdilar. Kim uni olsa, (merosdan) to‘liq nasibasini olibdi”.

Etiboringiz uchun tashakkur


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling