Reja: Matematika o‘qitishda kuzatish, tajriba va taqqoslash metodlari


Download 42.54 Kb.
bet1/6
Sana16.03.2023
Hajmi42.54 Kb.
#1278349
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi


Mavzu: Ilmiy izlanish metodlari
Reja:

  1. Matematika o‘qitishda kuzatish, tajriba va taqqoslash metodlari.

  2. Matematika o‘qitishda umumlashtirish, abstraktsiyalash, konkretlashtirish va klassifikatsiyalash metodlari.

  3. Matematika o‘qitishda analiz va sintez metodlarning o‘rni. Analitik metod bilan masalalar yechish va teoremalarni isbotlash


1. Matematika o‘qitishda kuzatish, tajriba va taqqoslash metodlari
1. Mahlumki, matematika fani ideal ob`ektlar bilan shug’ullanadi, lekin uning mazmunida barcha matematik ob`ektlar moddiy olam predmetlarini aks ettiradi, ularning mohiyati moddiy predmetlar hossalarini qarashda ikkinchi darajalilarini hisobga olmaslikni anglatib, tekshirilayotgan hossalar eng umumiy va sof holda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham barcha matematik tushunchalar va qoidalar borliqning eng chuqur va umumiy hossalarini bilishni talab etadi.
Tabiat qonunlarini o‘rganishda matematika mahsus vositalar, tadqiqotning ilmiy usullaridan foydalanadi. O‘qitish jarayonida esa o‘quvchilar matematik haqiqatlarni kashf etuvchilar holatiga qo‘yiladi va shuning uchun matematik tadqiqotlar ilmiy usullari bir vaqtning o‘zida o‘quvchilarni o‘qitish usullari ham hisoblanadi. Shunday qilib, matematik tadqiqotning matematika o‘qitishda qo‘llaniladigan asosiy usullari quyidagilardan iborat:
kuzatish va tajriba;
taqqoslash va analogiya;
analiz va sintez;
umumlashtirish,
mahsuslashtirish,
konkretlashtirish
abstraktsiyalash.
2. Kuzatish deb, atrof-olam alohida ob`ektlar va hodisalarining hossalari va munosabatlarini ular mavjud bo‘lgan tabiiy sharoitlarda o‘rganish usuliga aytiladi.
Kuzatishni oddiy qabul qilishdan farq qilish lozim. U yoki bu ob`ektni qabul qilish – bu ob`ektning sezgi organlarimizga tahsir etish paytidagi ongda bevosita aks etish jarayoni bo‘lib, kuzatish uni o‘z ichiga oladi va u bilan chegaralanmaydi.
Kuzatish hotirada saqlash va keyin kuzatish natijalarini so‘zda (yoki yozuvda) aks ettirilishiga ham bog’liqdir.
Tajriba deb, ob`ektlar va hodisalarni o‘rganishning shunday usuliga aytiladiki, bunda biz ularning tabiiy holatiga va rivojiga aralashamiz, ular uchun sunhiy sharoitlar yaratamiz, qismlarga ajratib boshqa ob`ektlar va hodisalar bilan bog’lanishlar hosil qilib tadqiq etamiz.
Har bir tajriba kuzatish bilan bog’liq. Tajriba o‘tkazayotgan shahs tajriba borishini kuzatadi, yahni ob`ekt va hodisalarning yaratilgan sunhiy sharoitlardagi holati, o‘zgarishi va rivojlanishini kuzatishni amalga oshiradi.
Kuzatish va tajriba usullari tabiiy fanlar, fizika, kimyo, biologiyada asosiy o‘rinni egallaydi. Matematika esa umumiy holda tajribaviy fan emas, shuning uchun matematik tadqiqotlarda bu usullar muhim o‘rin egallamaydi.
Maktabda matematika o‘qitishda kuzatish va tajriba keng qo‘llaniladi, ayniqsa bu usullarni qo‘llash yahshi natijalar beradi.
1. Natural sonlarni tub ko‘paytuvchilarga ajratishni kuzatib, turli natural sonlar uchun bu yoyilmalarni topib, tub va murakkab son tushunchalari mahnosini tushunadilar.
2. Uchburchak ichki burchaklari yig’indisining qiymatlarini tajriba yo‘li bilan aniqlab, uning yoyiq burchakka teng ekanligini topadilar, huddi shunga o‘hshash kuzatish va tajriba orqali yasash va o‘lchashlar natijasida muhim geometrik hossa, qonuniyatni ochishga va uni isbotlashga zamin tayyorlanadi.
Hulosa qilib aytganda, kuzatish va tajriba matematik tadqiqotlarda asosiy usullar qatoriga kirmasa-da, uni o‘qitish va o‘rganishda qo‘llanilishi mumkin. Bu usullarni qo‘llash natijalari u yoki bu matematik mahlumotni qathiy asoslash uchun to‘liq yetarli emas, vaholanki, uni topish va izlashda qo‘l keladi.
3. Taqqoslash – o‘rganilayotgan ob`ektlarning o‘hshashlik va farqlarini fikran ajratishdan iborat.
Taqqoslash tadqiqot usuli sifatida ob`ektlarga matematik hossalarini o‘rganish uchungina emas, balki bu hossalarni o‘rnatishda ham foydalaniladi.
Taqqoslashni qo‘llashda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
1.Bir-biri bilan mahlum bog’lanish va aloqalarga ega ob`ektlarni taqqoslash lozim, yahni taqqoslash mahnoga ega bo‘lishi talab etiladi. Masalan, ikkita funktsiya hossalarini, ikkita bir jinsli miqdorlarni taqqoslash o‘rinli, lekin uchburchak perimetri va tetraedr massasini taqqoslash mahnoga ega emas.
2.Taqqoslash reja asosida amalga oshirilishi kerak, yahni taqqoslash o‘tkazilayotgan bosqichlar, hossalar aniq belgilanishi zarur. Masalan, ko‘pburchaklar bir hil perimetrga ega bo‘lganda yuzalarini taqqoslash, ichki burchaklari yig’indisiga ko‘ra taqqoslash, ichki va tashki chizilgan aylanalar radiuslari bo‘yicha taqoslash kabi bosqichlar yoki hossalar bo‘yicha taqqoslanishi mumkin.
3. Matematik ob`ektlarni bir hil hossalari bo‘yicha taqqoslash to‘la bo‘lishi, yahni ohirigacha yetkazilishi lozim. Buning mahnosi shuki, taqqoslanayotgan hossa bo‘yicha ob`ektning yetarlicha barcha hossalarini tadqiq etish talab etiladi. Masalan, ichki chizilgan burchak kattaligini turli holatlar uchun tekshirib, uning yagona umumiy hossasini keltirib chiqarish zarur.
Matematika o‘qitishda ham taqqoslashdan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Masalan, arifmetik progressiyani o‘rganishda o‘quvchilarga bir nechta turli sonli ketma-ketliklar berilib, ular orasidan umumiy hossaga ega bo‘lganlarini topish, keyin ularning tuzilishi qonuniyatini aniqlash talab etiladi:
1) 2, 4, 6, 8, … ; 2) –3, -5, -7, -9, ... ; 3) 1, -1, 1, -1, … ; 4) 2, 2, 2, .. ;
5) 2, 5, 8, 11, 14 ,... ; 6) 3, 9, 27, … sonli ketma-ketliklarni taqqoslashda o‘quvchilar 1), 2), 4), 5) ketma-ketliklar umumiy hossaga, yahni ketma-ketlikning har bir hadi (birinchisidan tashqari) bu ketma-ketlikning oldingi hadiga bu ketma-ketlik uchun o‘zgarmas bo‘lgan sonni qo‘shish bilan hosil qilinish qonuniyatini aniqlaydi.
Shu bilan birga arifmetik progressiyaning boshqa muhim hossalari: istalgan hadi ikki qo‘shni hadlari o‘rta arifmetigiga tengligi, toq sondagi arifmetik progressiya chetlaridan bir hil uzoqlikdagi hadlar yig’indisi
n - hadga tengligi va hokazo, yahni bunda taqqoslashdan tadqiqotga o‘tish imkoniyatlari mavjud.



Download 42.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling