Reja: Materiallar qarshiligi fani. Asosiy tushunchalar. Deformatsiya va ularni turlari
Download 2.81 Mb.
|
дарс ишланма (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Mavzu: Materiallar qarshiligi Reja: 1. Materiallar qarshiligi fani. Asosiy tushunchalar. 2. Deformatsiya va ularni turlari 3. Ichki kuchlar va ularni aniqlash metodi. 4. Kuchlanishlar. Tayanch so’z va iboralar: mustaxkamlik, deformatsiya, ustivorlikdir, elastik deformatsiya plastik deformatsiya, sterjen, balka, to‘g‘ri brus, plastinka,ichki va tashqi kuchlar, kesimlar metodi . 1.Materiallar qarshiligi fanining mazmuni va maqsadi. Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Hozirgi zamon mashina sozlik sanoati juda boy tajribalarga ega bo‘lib, u murakkab harakat qiluvchi, katta quvvatli, tezyurar hamda yuqori sifatli, engil konstruksiyali mashina va mexannzmlarni yaratmoqda. Har qanday mashina yoki inshoot qurilmasin, konstruktor yoki quruvchi oldida ular qismlarining mustaxkamligini, ortiqcha deformatsiyalanmasligini va ustivorligini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun mashina yoki inshoot qismlari ma’lum materiallardan tayyorlangan bo’lishi, tashqi kuchlarga etarli darajada qarshilik ko‘rsata oladigan kesim o‘lchamlariga va shakllariga ega bo‘lishi kerak. Har qanday mashina yoki inshootni loyihalashda, odatda, uchta asosiy talabga rioya qilinadi. Bular mustaxkamlik, deformatsiya va ustivorlikdir. Mustaxkamlik — konstruksiya qismlarining tashqi kuch ta’siridan emirilishga (sinishga, uzilishga, qisqarishga) qarshilik ko’rsatish xususiyatidir. Deformatsiya — jismlarning taqshi kuch ta’sirida o‘z o‘lchamlari va shakllarini o‘zgartirishidir. Agar jismda tashqi kuch ta’sirida hosil bo‘lgan deformatsiya jismdan kuch olingach yo‘qolib ketsa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya va, aksincha, jismdan tashqi kuch olinganda deformatsiya yo‘qolmasa, bunday deformatsiya qoldik yoki plastik deformatsiya deb ataladi . Deformatsiya mashina va inshoot qismlari ishlaganida sodir bo‘ladi. Deformatsiya juda kichik miqdor bo‘lganligi sababli uni maxsus o‘lchash asboblari (tenzometrlar yoki tenzodatchiklar) yordamidagina aniqlash mumkin. Deformatsiyani o‘rganish mashinasozlikda eng zarur bo‘lgan masalani, ya’ni mashina qismlarining emirilish sharoitini va aksincha, qanday sharoitda uzoq muddat ishlashi mumkinligini aniqlashga imkon beradi. Download 2.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling