4 - mаvzu. Kimyoning asosiy qonunlari
Reja:
1. Moddalar massasining saqlanish qonuni. Tarkibning doimiylik qonuni.
2. Avagadro qonuni va uning xulosalari. Klapeyron-Mendeleyev tenglamasi.
Ekvivalent massa, ekvivalent miqdor, ekvivalentlar qonuni. Modda massasi va
miqdori bo‘yicha reaksiya tenglamasi asosida hisoblash.
3. Eritmаlаrning kоnsеntrаtsiyasi.
Tayanch so‘z va iboralar: Molekula, massa atom birligi, nisbiy atom massa, nisbiy molekuyar massa, mol, molyar massa, кimyoviy element, Avogadro doimiysi, o‘zgarmas tarkibli birikmalar, o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar, daltonidlar, ber-
tollidlar, kimyoviy ekvivalent, molyar hajm, gazlar zichligi.
1. Moddalar massasining saqlanish qonuni. Tarkibning doimiylik qonuni.
Moddalar massasining saqlanish qonuni – kimyoning birinchi qonunidir. Bu qonunni dastlab 1748 yilda M.V.Lomonosov, keyin 1789 yilda fransuz kimyogari Lavuaze mustaqil ravishda ta‘riflab bergan. Qonunning hozirgi ta‘rifi quyidagicha:
Kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan moddalarning massasiga teng.
Moddalar massasining saqlanish qonunini atom - molekulyar ta‘limot nuqtai-nazardan shunday izohlash mumkin: kimyoviy reaksiyalarda atomlar yo‘qolmaydi va yo‘qdan vujudga kelishi mumkin emas; reaksiyagacha va reaksiyadan keyin atomlarning umumiy soni o‘zgarmasligicha qoladi. Masalan, vodorod bilan xlorning ikki atomli molekulalari o‘zaro ta‘sir ettirilganda shuncha HCI molekulasi hosil bo‘lishi kerakki, vodorod bilan xlor atomlarining soni ikkiga teng bo‘lsin, ya‘ni ikki molekula HCI hosil bo‘lishi kerak:
Н2 + CI2 = 2HCI
Moddalar massasining saqlanish qonunini M.V.Lomonosov energiyaning (harakat miqdorining) saqlanish qonuni bilan bog‘ladi. U bu qonunlarni birgalikda, tabiatning umumiy qonuni sifatida qaradi va quyidagicha ta‘rifladi: «Tabiatdagi barcha o‘zgarishlarning mohiyati shundan iboratki, bir jismdan qancha olinsa, boshqasiga shuncha qushiladi». Masalan, agar qaerdadir materiya bir oz kamaysa, boshqa joyda ko‘payadi.
Katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan sodir bo‘ladigan jarayonlarda moddalar (masalan, radioaktiv moddalarning yemirilishi, atom hamda vodorod bombalarining portlashi ) massasining saqlanish qonuniga emas balki materiyaning saqlanish qonuniga bo‘ysunadi. Agar jarayonning issiqlik effekti Q bo‘lsa, jarayon davomida modda massasining o‘zgarishi Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi:
m =
bu yerda С2 nihoyatda katta son (9 1016м С–1 ) bo‘lganligidan odatdagi reaksiyalarda massa o‘zgarishi nihoyatda kichik bo‘ladi va uni tarozi yordami bilan ham paykash qiyin.
Moddalar massasining saqlanish qonuni kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini tuzish uchun moddiy asos beradi. Unga asoslanib, kimyoviy tenglamalar bo‘yicha hisoblashlar o‘tkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |