1-ma’ruza Mаvzu. Kirish. Fanning maqsadi. Kimyoning asosiy qonunlari
Download 2.1 Mb.
|
1-маъруза 30674
1-ma’ruza Mаvzu. Kirish. Fanning maqsadi. Kimyoning asosiy qonunlari.Reja: 1.Kimyoning maqsad va vazifalari 2.Kimyoning asosiy tushunchalari 3.Atom- molekulyar ta’limot 4.Kimyoning asosiy qonunlariKIMYONING TARIXI Kimyo fani moddalarni va ular asosidagi o‘zgarishlarni chuqur o‘rganadi. Kimyoning mustaqil fan sifatida o‘rganilayotganiga 200 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Chymeia — so‘zi quyish, tindirish ma’nosini beradi. Bu so ‘z qadimgi sharq tabiblari —farmatsevt- larini o'simliklar asosida dori moddalari tayyorlash jarayonlarida alkimyogarlar tomonidan tilga olingan.Boshqacha fikrlarga ko‘ra , alkimyo so‘zining ildizi ≪khem≫yoki ≪chemi≫ balki ≪chima≫ — ≪qora tuproq≫ yoki ≪qora yurt≫ ma’nosini anglatgan. Qadimgi Misrda kimyogarlar oltin oladigan ustalar deb yuritilgan.Ularni rudalardan turli metallar oladigan sehrgarlar deb ataganlar. Qadimda kimyogarlar o‘z faoliyatlarini yer boyliklarini o'rganishga (lotincha humus — yer) bag‘ishlaganlar. Shuning uchun ham kimyo yer to‘g‘risidagi san’at deb qaralgan. Kimyogar esa yerdan turli metallar oladigan san’atkor deb hisoblangan.Insonlar juda qadimdan oltin, kumush, mis, temir kabi metallarni ajratib olishni bilganlar. Musallas, sirka, dori-darmon, teri oshlash, matolarni bo‘yash, bo‘yoqlar tayyorlash, kulolchilik asosida kimyo elementlari yotadi. Ammo nazariy kimyo avval grek filosoflari asarlarida, keyinchalik arablar asarlarida paydo bo‘la boshladi. Arab olimlari va kimyogarlari amaliy kimyoni ancha boyitdilar. Jabr ibn Xayon, ar-Raziy, o‘zbek olimlari al-Farobiy, Beruniy, al-Xorazmiy, ibn Sino butun dunyoga tanilgan olimlar hisoblanadi. U lar turli minerallar, kimyoviy moddalar, o‘simliklar asosidagi turli ajratmalar va hayvonlar mahsulotini ajrata bilishgan va o‘z asarlarida ana shunday moddalar olinishini bayon etganlar.Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling