Fizika – yuqoridagi barcha darajalardagi о‘zgarishlar va hodisalarni о‘rganadi. Biologiya – tirik tabiatdagi makroskopik jarayonlarni о‘rganadi. Kimyo – moddalarni makroskopik darajada о‘zgarishlarini atom-molekulyar darajada tahlil qilib о‘rganadi. Kimyo – moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ular orasida boradigan о‘zgarishlarni о‘rganadigan fan. Jism – aniq shaklga ega bо‘lgan barcha narsalar bо‘lib, moddalar yasaladi. Masalan: Plastmassa moddasidan – ruchka, televizor, radio, kompyuter va h.k., alyuminiy moddasidan – qoshiq, samolyot korpusi, uy-rо‘zg‘or buyumlari va h.k. jismlar yasaladi. Modda — tinch holatda massaga ega boʻlgan zarralar majmui; umumiy tinchlik massasi nolga teng boʻlmagan elementar zarralar (asosan, elektron, proton va neytron). Modda gaz, suyuqlik, qattiq jism va plazma holida boʻladi. Modda — materiyaning asosiy shakllaridan biri. Kvant mexanika, elektrodinamika va elementar zarralar fizikasi taraqqiyoti natijasida fizik reallikning moddadan boshqa shaklda — maydon shaklida boʻlishi ham aniqlandi. Kimyoda moddani bir kimyoviy element atomlaridan iborat oddiy va kimyoviy birikmalardan tuzilgan murakkab moddalarga boʻlish qabul qilingan Moddaning xossasi – moddalarning bir-biriga о‘xshaydigan va bir-biridan farq qiladigan belgilari. Moddalarning xossalari kimyo nuqtai nazaridan ikkita sinfga bо‘linadi: 1) Moddaning fizik xossalari: zichlik, ta’m, rang, agregat holat (gaz, suyuq, qattiq va plazma), qaynash, erish, suyuqlanish, muzlash haroratlari, issiqlik va elektr о‘tkazuvchanlik, qovushqoqlik, elastiklik va h. 2) Moddaning kimyoviy xossalari: metall, metalmas, kislota, asos va amfoterlik, yonish va h. Masalan: Suv (H2O) – 1) zichligi birga teng bо‘lgan ta’msiz, rangsiz suyuqlik, 100 gradus C da qaynaydi, 0 gradus C da muzlaydi, issiqlik va elektr tokini yomon о‘tkazadi. 2) yonmaydigan, neytral modda.
Do'stlaringiz bilan baham: |