1-ma’ruza Mаvzu. Kirish. Fanning maqsadi. Kimyoning asosiy qonunlari
Download 2.1 Mb.
|
1-маъруза 30674
IV asrdan XVI asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davr alkimyo davriga kiritiladi. Bu davrda turli metallardan oltin va kumush olish asosiy maqsad qilib olingan. Simob va oltingugurt har qanday metallni olishga asos bo‘ladi deb hisoblangan.XVI asrdan boshlab yatrokimyo — davolash kimyosi paydo bo‘ldi. Yatrokimyo so‘zi grekcha iatros — vrach, ya’ni shifikor demakdir. Yatrokimyoning asoschisi nemis olimi T.Paraseis (1493—1541) edi. Barcha hayotiy jarayonlar kimyo nuqtayi nazaridan tushuntirila boshlandi. Temir, mis, simob, mishyak, qo‘rg‘oshin, surma va boshqa elementlar birikmalarining dori sifatidagi ta’siri o ‘rganildi. Paraseis birinchi marta kasallarni davolashda noorganik moddalarni qo'llay boshladi. Bu shifokorlarda kimyoga boshqacha qarashga olib keldi. Kimyo amaliyotga keng qo‘llanila boshladi.XVII asrdan boshlab kimyoda flogiston (flogiston — grekcha yonuvchanlik) nazariyasi hukm surgan. Nemis olimi G. Shtal yonish, oksidlanish, qaytarilish — jarayonlarini tushuntirish uchun bu nazariyani yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra metall yonsa flogiston ajraladi, shu tufayli og‘irlashadi. Ko‘mirda flogiston ko‘p bo‘ladi va u zang bilan qizdirilsa uni metallga aylantiradi. Ammo keyinchalik bu nazariya noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.Shved farmatsevti K.Sheele (1742—1786 ) limon, olma, vino, sut va boshqa kislotalami ochdi. Uning eng muhim kashfiyotlaridan biri kislorod va azotni ochganligidir. XVIII boshlarida rus olimi M.V.Lomonosov moddalar massasining kimyoviy jarayonda o ‘zgarmasligini isbotlab, flogiston nazariyasi noto‘g‘riligini ko‘rsatdi.Nemis vrachi Yu.Mayer (1814—1878) va ingliz olimi J.Joul ish va energiyaning aylanish jarayonlarini tekshirdilar. Yu. Mayerning termodinamikaning I qonunini ochganligi olamshumul voqea bo‘ldi. Keyinchalik fransuz olimi A.Lavuaze metall qizdirilganda havodagi kislorod bilan ta ’sirlanishini isbotladi. U yonish, oksidlanish jarayonlarini to ‘g‘ri ifodaladi. D. Dalton o‘z tajribalariga asoslanib atomistik nazariyani yaratdi va birikmalarda kimyoviy elementlar qanday nisbatda bo‘lishini to‘g‘ri ko‘rsatdi.Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling