1-ma’ruza Mаvzu. Kirish. Fanning maqsadi. Kimyoning asosiy qonunlari


Download 2.1 Mb.
bet3/10
Sana01.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1737110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-маъруза 30674

Fransuz biologi Lui Paster (1822—1895) bijg‘ish jarayonlarining samaradorligini oshiradigan usullarni ishlab chiqib, dori moddalarni va jarrohlik asboblarini zararsizlantirish usullarini ko‘rsatib berdi. 1869-yilda D .I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasini yaratganligi kimyoning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'ldi.

Nemis bakteriologi P.Erlix kimyoviy terapiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqdi. Hozirgi kunda tibbiyotni kimyoning yangiliklarisiz tassavur qilish mumkin emas. Davolashning samarasi, bemorlarning tez tuzalishi dori turlariga, dorilar to ‘g‘risidagi fan-farmatsiyaning rivojiga bog'liqdir. Kelajakda yangi va samarali kimyoviy moddalar juda zarur. Bu sohada antimikrob, kuyganga qarshi, shamollashning oldini olish uchun qon to‘xtatuvchi, xavfli o‘smalarga (saraton) qarshi qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi kimyoviy moddalar olish ustida ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda.

Keyinchalik O‘rta Osiyoda kimyoning rivojlanishida o‘zbek olimlari akademiklar S.Yu.Yunusov, O.S.Sodiqov, M.N.Nabiyev, H.U.Usmanov, K.S.Ahmedov, M.A.Asqarov, A.S.Sultonov, N.A.Parpiyev, B.M.Beglov, S.T.To‘xtayev, A.A.Akbarov, T.Azizov, M.F.Obidova, S.Sh.Rashidova, Z.S.Salimov, S.I. Iskandarov, Yu.S.Toshpo‘latov va boshqalarning xizmati katta bo‘ldi.

O‘zbekiston fanlar Akademiyasi umumiy va anorganik kimyosi instituti kimyo fani bo‘yicha yirik tadqiqotlar olib borilayotgan fan o‘choqlaridan biridir. Bu dargohda elektrokimyo, kataliz, silikatlar, siyrak-yer elementlari, mineral sorbentlar va qator yo‘nalishlar bo‘yicha anorganik kimyo sohasida ilmiy izlanishlar olib boriladi.

Toshkent farmatsevtika institutida ham uzoq yillar koordinatsion birikmalar kimyosi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan (professor M.A.Azizov va professor H.H.Hakimov). Tibbiyotga feramid, kupfur, ferrozink kabi dori moddalari joriy etilgan. Koordinatsion birikmalar kimyosi bo‘yicha hozirgi paytda ham ilmiy ishlar keng ko‘lamda davom etmoqda (professorlar N.A.Parpiyev, O.A.Shobilalov, A.N.Yunusxo'jayev, O.O.Xojaev va boshqalar).


Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling