Reja: Moyli o’simliklar haqida umumiy malumot


Download 0.99 Mb.
bet1/4
Sana16.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1273247
  1   2   3   4
Bog'liq
lipid tutuvchi osimliklar


Mavzu: Tarkibida lipidlar tutuvchi o’simliklar.

Reja:


  1. Moyli o’simliklar haqida umumiy malumot.

  2. G’o’za o’simligi

  3. Kungaboqar o’simligi

  4. Soya va kunjut o’simligi

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

O’simlik moylari o’simliklarning to’qimalarida keng tarqalgan. Lipidlar o’simlik hujayralarining asosiy moddalaridan bo’lib, ayrimlarida ular juda ko’p to’planadi (lokalizatsiyalanadi). Ular asosan o’simliklar urug’larida to’planib, ayrimlarida 50-70% gacha bo’lishi mumkin. Yog’larni juda ko’p miqdorda to’playdigan o’simliklar guruhi moyli o’simliklar deb nom olgan va ular sanoat ahamiyatiga ega bo’ladi. Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan bu guruh o’simliklariga hozirgi kunda 100ga yaqin o’simliklar kiradi. O’zbekistonda asosiy moyli urug’ sifatida paxta chigiti ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda paxta dalalari qisqartirilishi natijasida, paxta chigiti o’rnini qoplay oladigan boshqa moyli o’simliklar ekish ishlarini amalga oshirish orqali respublikamiz uchun noan’anaviy moyli o’simliklardan kungaboqar, maxsar, soya o’simliklarining seleksiyasi va ularning moyini qayta ishlash texnologiyalari o’rganilmoqda. Moyli ekinlar guruhini xilma-xil ekinlar tashkil qilgan. Bu ekinlar har xil botanik oilalarga mansub bo‘lib morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Moyining chiqishi, sifati, qo’llanishi har xil bo’ladi. Ushbu ekinlarning urug’i va mevasi tarkibida 20-60-% moy bo’lib, oziqovqatda, konserva ishlab chiqarishda, qandolat va non mahsulotlari tayyorlashda qo’llaniladi. Bundan tashqari, o’simlik moyi margarin, sovun, lok, bo’yoq, olif, stearin, linoleum ishlab chiqarishda, tabobatda, parfyumeriyada,





teriga ishlov berishda qo’llaniladi. Ammo moyli ekinlarni ulushi har xil. Kungaboqar, soya, raps moyli ekin sifatida keng tarqalgan, boshqa ekinlar kam tarqalgan: ularga moyli zig’ir, kunjut, maxsar, xantal, kanakunjut, moyli ko’knor, yeryong’oq, krambe, perilla, lyallemansiya va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Moyli ekinlarning ahamiyati ularning moyini xalq xo’jaligida foydalanishiga bog’liq. Moy ishlab chiqarilgandan keyin qolgan kunjara va shrot chorva mollariga yuqori to’yimli ozuqa hisoblanadi. Ayrim moyli ekinlar silos tayyorlashda qo’llaniladi. Yer yuzida moyli ekinlar ko’p tarqalgan, ekin maydoni 140 mln ga dan ortiqdir. Eng ko’p tarqalgan ekinlar - soya (73,5 mln ga), kungaboqar (18,33 mln ga) indov (22,25 mln ga), yeryong’oq (21,78mln ga), moyli zig‗ir (7,5 mln ga), kunjut (6,75 mln ga). Moyli ekinlar AQSH, Kanada, Hindiston, Braziliya, Argentina, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Moldova, Ukrainada tarqalgan. O’zbekistonda moyli ekinlardan maxsar, kungaboqar, kunjut, yeryong’oq, moyli zig’ir va soya ekilmoqda, qadimdan kunjut, zig’ir, indov, maxsar urug’i, paxta chigiti, meva danaklaridan o’simlik moyi olingan. Ayrim o’simlik moylari (kastor, zaytun, bodom va boshqalar) tibbiyot va kosmetik preparatlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Moyli urug’lardan olinadigan oqsil moddalari odam va hayvon ozuqasining biologik qiymatini oshiruvchi qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Moyli urug’lar urug’ va meva po’stlari asosan sellyulozadan tashkil topganligi sababli spirt ishlab chiqaruvchi gidroliz zavodlariga xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Moyli urug’lar va ularni qayta ishlash mahsulotlari moylar va oqsillardan tashqari bir qator biologik faol birikmalar bo’lgan vitaminlar va provitaminlarga ham boydir (tokoferollar, steroidlar, karotinoidlar va boshqalar). Undan tashqari moyli urug’lar boshqa urug’lardan xilma xil fosfolipid kompleksi hamda makro- va ultramikroelementlar to‘plamining miqdori bilan ajralib turadi. Moyli urug’larning kimyoviy tarkibi ularni sanoatda kompleks qo’llash imkoniyatini yaratadi. Moyli urug’larni yig’ib olish, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari, ular tarkibidagi barcha qimmatli moddalar to’plamini tayyor mahsulotlar tarkibida saqlab qolishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bugungi kunda jahon miqyosida ozuqa o’simlik moyi sifatida 1-o’rinda soya moyi, 2-o’rinda kungaboqar moyi, 3-o’rinda palma moylari, 4-o’rinda indov moy va keyingi o’rinlarda chigit, zaytun, kunjut, maxsar va boshqa moylar qo’llanilmoqda.



Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga (FAO) ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘yicha 324,5 mln gektar maydonda 21 turdagi 1 101 mln tonna moyli ekinlar yetishtiriladi. Ulardan asosiylarini palma, soya doni, paxta chigiti, raps urug‘i va kokos o‘simliklari tashkil etadi. Bugungi kunda respublikamizda aholining moyga va chorvachilik tarmog‘ini shrotga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida urug‘ida ko‘p miqdorda moy saqlovchi moyli o‘simliklardan kungaboqar, kunjut, soya, maxsar, zig‘ir, raps kabi ekinlar yetishtirib kelinmoqda.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling