Reja: O'zbek Milliy Qandolat Mahsulotlari Milliy karamel ishlab chiqarish «Burama qalamcha» karameli


Download 63.24 Kb.
bet1/11
Sana04.04.2023
Hajmi63.24 Kb.
#1325173
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
orif aka3


Mavzu: Milliy karamel navlarining tavsifi
Reja:

  1. O'zbek Milliy Qandolat Mahsulotlari

  2. Milliy karamel ishlab chiqarish

  3. «Burama qalamcha» karameli

Sharq shirinliklari azaldan O'zbekistonda ishlab chiqarilgan va hozirgi kunda ham ishlab chiqarilmoqda. Shuning uchun ular-ni o'zbek xalqining milliy qandolat mahsulotlari deb atash mum-kin. Bu mahsulotlardan novvot, parvarda, qandolat, "Obidandon", "Burama qalamcha", "Rang-barang","Buxor-cha", "Akkoli", "Xiloli" va boshqalar karamelsimon milliy qan­dolat mahsulotlarni tashkil qiladi.
Konfetsimon milliy qandolat mahsulotlariga "Lavz", "Sobuni", "Bodomi", "Donagi", "Mayizli", "Kunjutli", "Rusta", "Teri", "Buxorcha teri", "Buxorcha pashmak", "Obinovvot", "Unli-obinowot" halvolarini kiritish mumkin.
Milliy shirinliklarga nisholda, halvoytar, ferini va shular kabi boshqa quyuq qovushqoq mahsulotlar ham kiradi.
O'zbek milliy qandolat mahsulotlari texnologiyasini takomillashtirish bo'yicha ilmiy izlanishlar BuxOOYeSTI (Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti)ning «Non, qandolat va makaron mahsulotlari texnologiyasi» kafed-rasida amalga oshirilmoqda.
Milliy karamel ishlab chiqarish.
Milliy karamel navlahning tavsifi. Milliy karamel asosan masalliqsiz bo'lib, karamel massasiga ishlov berilishiga qarab cho'zilmagan, cho'zilgan, yuzasi rangli chiziqlar bilan bezatil-gan xillarga bo'linadi.
«Buxorcha» karameli sharcha yoki to'g'riburchak shaklda, cho'zilgan, yuzasi rangli chiziqlar bilan bezatilgan karamel mas-sasidan tayyorlanadi. 1 kilogrammida kamida 100 dona karamel mavjud. Namligi 2,9 %. O'ralgan va o'ralmagan holda ishlab chi­qariladi. O'ralmagan (ochiq) karamel zich yopiladigan (havo o'tkazmaydigan) idishlarga qadoqlanadi.
«Burama qalamcha» karameli uzunligi 6—8 sm buralgan tayoqcha shaklida, cho'zilgan, yuzasi rangli chiziqlar bilan bezatilgan karamel massasidan tayyorlanadi. 1 kilogrammi ka­mida 100 donadan iborat. Namligi 2,8%. O'ralgan va o'ralma­gan holda ishlab chiqariladi. O'ralmagan (ochiq) karamel zich yopiladigan (havo o'tkazmaydigan) idishlarga qadoqla­nadi.
«Obidandon» karameli to'g'ri burchak shaklida bo'lib, cho'zil­magan, bo'yalgan karamel massasidan tayyorlanadi. 1 kilogrami taxminan 100 dona keladi. Namligi 2,0%. O'ralgan va o'ralma­gan holda ishlab chiqariladi. O'ralmagan (ochiq) karamel zich yopiladigan (havo o'tkazmaydigan) idishlarga qadoqlanadi.
«Rang-barang» karameli to'g'riburchak, dumaloq, ovalsi-mon yoki uzunchoq shaklda, cho'zilmagan, turli ranglarda bo'yalgan, har xil essensiyalar bilan xushbo'ylantirilgan kara­mel massasidan tayyorlanadi. Karamel kamida to'rt xil rangda bo'yalgan bo'lishi shart. 1 kilogrammida kamida 100 dona karamel mavjud. Namligi 2,3%. Karamel ochiq, yuzasiga shakar sepilgan holda ishlab chiqariladi.
«Akkoli» karameli chetlari o'tkir qiya qirqilgan 2—4 sm uzunlikdagi qalamchalar shakliga ega. Cho'zilgan karamel mas­sasidan tayyorlanadi. Xushbo'ylantirish uchun turli essensiyalar yoki ziravorlar (asosan yalpiz moyi) qo'shiladi. 1 kilogrammi 80—100 donadan iborat. Namligi 4%.
«Xiloli» milliy karameli chetlari o'tkir, qiya qirqilgan 6—8 sm uzunlikdagi qalamchalar shakliga ega. Qovurilgan kunjut mag'zi bilan aralashtirib, cho'zilgan karamel massasidan tayyorlanadi. 1 kilogrammi 60—100 dona keladi

Tayanch atamalar va iboralar
«Buxorcha», «Burama qalamcha», «Obidandon», «Rang-ba-rang», «Akkoli», «Xiloli» milliy karamellari; «Lavz», «Donagi», «Sobuni», «Teri», «Buxorcha teri», «Buxorcha pashmak», «Bo­domi», «Mayizli», «Rusta», «Obinowot», «Unli-obinowot» milliy halvolari.
Nazorat savollari

  1. O'zbek milliy qandolat mahsulotlariga qaysi shirinliklar taalluqli?

  2. «Buxorcha» karamelining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting.

  3. «Burama qalamcha» karamelining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting.

  4. «Obidandon» karamelining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting.



Download 63.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling