Reja: O`zbekistonda ta`lim tizimi tarixiga bir nazar
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohotlari.
O`ZBEKISTONDA TA`LIM TIZIMI Reja: 1. O`zbekistonda ta`lim tizimi tarixiga bir nazar 2. O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim tizimi 3. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlari 4. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohotlari. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlab quyidaicha ta`lim tizimi joriy qilingan edi. Taʼlimning oʻz ichiga maktabgacha ta'lim , umumiy o'rta va o'rta maxsus , kasb- hunar taʼlimini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Oliy kasb-hunar taʼlimining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy etiladi. Aspirantura va doktorantura faoliyati rivojlanib boradi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha raqobatbardosh taʼlim muassasalari vujudga keltiriladi. Taʼlim muassasalarini hududiy yoʻnalishga oʻtkazish va tarkibiy tuzilmasini oʻzgartirish ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baholash monitoringi amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi taʼminlanadi. [1] Maktabgacha ta’lim Maktabgacha taʼlim, 6 -7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha taʼlim muassasalarining asosiy maqsadlari: Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlat bilan tanishtirish; Bolalarga yuqori maʼnaviy va odob ahloq asoslarini shakillantirish; Bolani intellektual rivojlantirish; Bolalarning jismoniy va ruhiy sogʻligini mustahkamlash; Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va isteʼdodlarini rivojlantirish. Umumiy o’rta ta’lim [ tahrir ] Boshlangʻich taʼlim (1-4 sinflar), umumiy oʻrta taʼlim (1-9 sinflar). Boshlangʻich taʼlim Oʻzbekistonda majburiy, bepul va barchaga taaluqli hisoblanadi. Umumiy oʻrta taʼlim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qoʻyib, boshlangʻich professional yoʻnalishni va taʼlimning keyingi pogʻonasini tanlashda koʻmaklashadi. O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim. [ tahrir ] Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi kunduzgi koʻrinishda ikki yoʻnalishda akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarda amalga oshiriladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling