Reja: O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlashi


Download 441.86 Kb.
bet1/5
Sana13.04.2023
Hajmi441.86 Kb.
#1351548
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Oʻzgarmas tok mashinalari tuzilishi va ishlash prinsipi


Oʻzgarmas tok mashinalari tuzilishi va ishlash prinsipi
.
REJA:
1. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlashi.


2.O’zgarmas tok elektr mashinalarining qo’llanilishi.

3. O‘zgarmas tok mashinasining ish rejimlari va qo‘llanilishi.




O‘zgarmas tok mashinalari

  1. Elektr mashinalarida qaytuvchanlik.




  1. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlashi.




  1. Kommutatsiya va yakor reaksiyasi




  1. O‘zgarmas tok mashinalarining ish rejimlari va qo‘llanilishi.




  1. Elektr mashinalarida qaytuvchanlik

Agar Faradeyning elektromagnitik induksiya qonuniga e’tibor bersak elektr energiyasini mexanik energiyaga, yoki aksincha, mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirishning mexanizmlari bir xil. Ya’ni elektr mashinasi ham generator,


xam dvigatel rejimlarida ishlashi mumkin. Bu elektr mashinalarining (ayniqsa o‘zgarmas tok mashinalarining) qaytuvchanlik xususiyatlari deb yuritiladi.


Magnit qutblari orasidagi o‘tkazgichni (1- a rasm) V yo‘nalishda hrakatlantirilsa, bu o‘tkazgichda rasmda ko‘rsatilgan yo‘nalishdagi tok hosil bo‘ladi (qurilma generator sifatida ishlaydi). Agar, aksincha shu o‘tkazgichdan rasmda ko‘rsatilgan yo‘nalishdagi tok o‘tkazilsa, o‘tkazgichga Fem yo‘nalishda Amper kuchi ta’sir qiladi va o‘tkazgich V yo‘nalishda harakatga keladi (qurilma dvigatel sifatida ishlaydi). O‘zgarmas tok mashinasi aynan shu prinsip asosida ishlaydi. Uning dvigatel rejimida manbaning elektr energiyasi hisobiga mexanik harakat (energiya) hosil qilinadi. Aksincha, agar o‘tkazgich tashqi mexanik kuch (energiya) ta’sirida harakatlantirilsa unda elektr toki (elektr energiyasi) hosil bo‘ladi, bunda mashina generator rejimida ishlagan bo‘ladi. Elektr mashinalari qaytuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgani bilan amalda generator va dvigatellar konstruksiyalari jihatidan bir-biridan biroz farq qiladi. Bitta mashinadan ham generator, hham dvigatel sifatida foydalanish kam samara beradi.




a b
1 –rasm. Elektr mashinasining qaytuvchanlik xususiyatiga doir.


a-mashina modeli, b-mashinaning tuzilishi.


Lekin shunga qaramay, ba’zan qurilmalarning umumiy massasini kamaytirish maqsadida bitta qurilmadan ham generator, ham dvigatel sifatida foydalanilgan holatlar ham uchraydi.






  1. Download 441.86 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling