Reja: Parij Konferensiyasi. 1919-yilgi Versal tinchlik shartnomasi


Download 29.66 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi29.66 Kb.
#1534671
  1   2   3   4   5
Bog'liq
siyosatshunoslik mustaqil ish


MAVZU: URUSHDAN KEYIN TINCHLIKNI TA’MINLASH MUAMMOLARI.

REJA:

1. Parij Konferensiyasi. 1919-yilgi Versal tinchlik shartnomasi
2. Millatlar Ligasining tuzilishi. Germaniya masalasi va uning yechimi
3. Vashington konferensiyasi va uning natijalari. Versal-Vashington tizimining tashkil topishi.

1. Parij Konferensiyasi. 1919-yilgi Versal tinchlik shartnomasi
Birinchi jahon urushi 1918 – yil 11 – noyabrda Germaniyaning Antantaga taslim bo’lishi bilan tugadi. Shundan so’ng urush aybdori b’lgan German bloki davlatlari bilan yetkazilgan zararni qoplash va shartnoma tuzish uchun tayyorgarlik boshlandi.
G’olib Antanta bilan mag’lub To’rtlar ittifoqi o’rtasida imzolanadigan tinchlik shartnomasining matnini tuzish uchun Fransiya poytaxti Parij shahriga 27 davlat delegatsiyasi to’plandi. Ular versal saroyida imzolangan tinchlik shartnomasini ishlab chiqish ustida bir yil ishladilar. V. Vilsonning “14 moddasi” asosida Versal saroyida 5 ta davlat (Germaniya, Avstriya, Vengriya, Bolgariya va Turkiya) bilan imzolanadigan 5 ta shartnoma matni tayyorlandi. Shu 5 ta shrtnoma birgalikda Versal tizimi deb ataldi.
Fransiya bosh vaziri Jorj Klemanso tinchlik shartnomasi shartlarini ishlab chiqish bo’yicha xalqaro konferensiyaning Parij shahrida o’tkazilishini qattiq turib himoya qildi. Va, nohoyat, u o’z maqsadiga erishdi. Parij konferensiyasi 1919 – yilning 18 – yanvar kuni o’z ishini boshladi. Konferensiya ochilishining aynan shu kunga belgilanganligi bejiz emas edi. 1870 – 1871 – yilgi Fransiya – Prussiya urushida g’olib Prussiya bilan yengilgan Fransiya o’rtasidagi shartnoma aynan shu saroyda imzolangan va 18 – yanvar kuni shu saroyda Germaniya imperiya deb e`lon qilingan edi. G’oliblar Germaniyani tahqirlash uchun aynan shu kuni konferensiya ishini boshladilar.Konferensiyaga to’rtlar ittifoqi davlatlari hamda Sovet Rossiyasi taklif etilmadi.1919 – yilning 28 – iyunida Versal tinchlik shartnomasi nomi bilan kirdi. Versal shartnomasi Germaniya va uning ittifoqchilarini urushning aybdorlari deb e`lon qildi. Shartnomaga ko’ra, Fransiya Elzas va Lotaringiyani o’ziga qaytarib oldi.
Germaniyaning Saar viloyati 15 yil muddatga Millatlar ittifoqi boshqaruviga berildi. 15 yildan so’ngbu viloyat taqdiri plebitsey yordamida hal etiladigan bo’ldi. Uning ko’mir havzasi shaxtalari Fransiyaning mulki bo’lib qoldi. Reyn daryosining chap sohilini 15 yil muddatga Antanta okkupatsiya qildi. Reyndan sharqqa qarab 50 km hudud to’la demilitarizatsiyayalashtirildi. Germaniya Polsha va Chexoslavakiyaning mustaqilligini tan oldi. Bu paytlar Prussiya bosib olgan hududlar, Sharqiy Pomere Polshaga berildi. Buning natijasida Polsha Boltiq dengiziga chiqish imkoniga ega bo’ldi. Eypen, Malmedi va Morolle okruglarida plebitsey o’tkazildi, natijada bu okruglar Belgiyaga o’tdi. Klaypeda esa Litvaga o’tkazildi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniyaga, Sileziyanining bir qismi Chexoslovakiyaga berildi.Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari Togo va Kamerun Buyuk Britaniya va Fransiyaga o’tdi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaga Tanganika; Belgiyaga Ruanda va Urindi; Janubiy Afrika ittifoqiga – Janubi-g’arbiy Afrika; Yaponiyaga Tinch okeanidagi Marshall, Marian va Korolina orollari, Xitoyning Szyaochjou viloyati, Shandun yarim oroli berildi. Germaniyaga Antanta davlatlari foydasiga katta miqdorda reparatsiya to’lovi majburiyati yuklandi.
Versal shartnomasi Germaniyada umuniy harbiy majburiyatni taqiqladi. Ayni paytda Germaniya suv osti flotiga, katta harbiy kemalarga, harbiy va dengiz aviatsiyasi va tank qo’shinlariga ega bo’lish huquqidan mahrum etildi.Shunday bo’lsada, Germaniyada 100 ming kishilik qo’shinga ega bo’lish huquqi berildi. Vudro Vilsonning fikricha, bu qo’shin Germniyaga ichki tartibni saqlash va bolshevism xavfiga qarshi turish uchun zarur edi.1919 – yilning 27 – oktabridaParijgayaqinNeyishahridaBolgariyabilanshartnomaimzolandi. Shartnomaga ko’ra, Bolgariya hududining katta qismi Yugoslaviya, Gretsiya va Ruminiyaga o’tdi. Ayni paytda unga 2,5 mlrd. oltin frank kontrbitsiya to’lash majburiyati yuklandi. Bolgariya qurolli kuchlarining soni 20000 kishidan oshmasligi belgilandi.Turkiya hududi Kichik Osiyo va Istambul shahrini o’z ichiga olgan Yevropadagi ozgina joy bilan cheklab qo’yildi. Istambul shahrini poytaxt sifatida qoldirildi.Birinchi jahon urushi tugandan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi nisbati belgilangan Versal tizimi shu tariqa shakllandi. Bu tizim Yevropa siyosiy xaritasini qayta qurish va dunyoni qayta bo’lib olishni hududiy jihatdan rasmiylashtirishning o’ziga xos shakli edi.AQSH kongressining yuqori palatasi (Senat) Versal shartnomasida AQSH ning manfaatlari hisobga olinmagan, degan vaj bilan bu shartnomani ratifikatsiya qilmadi.
Xulosa sifatida umumiy qilib aytadigan bo’lsak,Versal tinchlik shartnomasining imzolanishi 1919-yilning 28-iyunida Versal saroyida yengilgan Germaniya bilan g‟olib Antanta davlatlari o‟rtasida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma tarixga Versal tinchlik shartnomasi nomi bilan kirdi. Versal shartnomasi Germaniya va uning ittifoqchilarini urushning aybdorlari deb e‟lon qildi. Shartnomaga ko‟ra, Fransiya Elzas va Lotaringiyani o‟ziga qaytarib oldi. Germaniyaning Saar viloyati 15 yil muddatga Millatlar Ittifoqi boshqaruviga berildi. 15 yildan so‟ng bu viloyat taqdiri plebitsey yordamida hal etiladigan bo‟ldi. Uning ko‟mir havzasi shaxtalari Fransiyaning mulki bo‟lib qoldi. Reyn daryosining chap sohilini 15 yil muddatga Antanta okkupatsiya qildi. Reyndan sharqqa qarab 50 km hudud to‟la demilitarizatsiyalashtirildi. Germaniya Polsha va Chexoslovakiyaning mustaqilligini tan oldi. Bir paytlar Prussiya bosib olgan hududlar, Sharqiy Pomore Polshaga berildi. Buning natijasida Polsha Boltiq dengiziga chiqish imkoniga ega bo‟ldi. Eypen, Malmedi va Morelle okruglarida plebitsey o‟tkazildi, natijada bu okruglar Belgiyaga o‟tdi. K.Jaypeda esa Litvaga o‟tkazildi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniyaga, Sileziyaning bir qismi Chexoslovakiyaga berildi. Gdansk shahri esa Millatlar Ittifoqi boshqaruvidagi «erkin shahar» deb tan olindi. Shu tariqa Germaniya 1914-yilning 1-avgustiga qadar bo‟lgan o‟z hududining 1/8 qismini yo‟qotdi. Germaniya Avstriyaga bo‟lgan da‟volaridan voz kechishga majbur etildi. Avstriyaning mustaqilligi Antanta davlatlari tomonidan kafolatlanadigan bo‟ldi. Bundan tashqari, Germaniya dunyodagi barcha mustamlakalaridan mahrum etildi va ular g‟oliblar o‟rtasida taqsimlandi. Chunonchi, Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari Togo va Kamerun Buyuk Britaniya va Fransiyaga o‟tdi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaga Tanganika (Germaniya Sharqiy Afrikasi); Belgiyaga Ruanda va Urundi; Janubiy Afrika ittifoqiga - janubi-g‟arbiy Afrika (Namibiya); Yaponiyaga Tinch okeanidagi Marshall, Marian va Karolina orollari, Xitoyning Szyaochjou viloyati, Shandun yarim oroli berildi. Germaniyaga Antanta davlatlari foydasiga katta miqdorda reparatsiya to‟lovi majburiyati yuklandi. Komissiya reparatsiya miqdorini 1921-yilning 1-mayigacha belgilaydigan, Germaniya esa ungacha Antantaga 20 mlrd markani oltin, mahsulotlar, kemalar va qimmatbaho qog‟ozlar bilan to‟lashi zarur edi. Reparatsiya muammosi 1921- yilning aprel - may oylarida London konferensiyasida hal etildi. Unga ko‟ra, reparatsiya 132 mlrd oltin marka miqdorida belgilanadi. Uning 52 foizi Fransiyaga; 22 foizi Buyuk Britaniyaga; 10 foizi Italiyaga; 8 foizi Belgiyaga; Gretsiya, Ruminiya va Yugoslaviyaga birgalikda 6,5 foizi; 0,75 foizi Yaponiyaga to‟lanishi kerak edi. Bu ochiqcha talonchilik Antanta davlatlarining Versal shartnomasida yozib qo‟ygan quyidagi fikrlari bilan oqlanar edi: “Germaniya va uning ittifoqchilari tajovuzi tufayli ro‟y bergan urushda ittifoqchilar (Aiitantani nazarda tutishayotir) va ularga qo‟shilgan davlatlar fuqarolariga yetkazilgan talafot va zarar uchun butun mas‟uliyatni Germaniya o‟z zimmasiga oladi”. Germaniya uchun bunday katta miqdorda reparatsiya to‟lash nihoyatda og‟ir edi. Biroq lining rozi bo‟lishdan boshqa iloji yo‟q edi. Hayot Germaniya oldiga ikki imkoniyatni ko‟ndalang qilib qo‟ydi: yo qo‟yilgan shartga rozi bo‟lib, tinchlikka erishish, yoki yana urushga kirishib butunlay xonavayron bo‟lish. Versal shartnomasi Germaniyada umumiy harbiy majburiyatni taqiqladi. Ayni paytda Germaniya suv osti flotiga, katta harbiy kemalarga, harbiy va dengiz aviatsiyasi va tank qo‟shinlariga ega bo‟lish huquqidan mahrum etildi. Shunday bo‟lsa-da, Germaniyaga 100 ming kishilik qo‟shinga ega bo‟lish (bu qo‟shin faqat ko‟ngillilar asosidagina tashkil etilishi mumkin edi) huquqi berildi. Vudro Vilsonning fikricha, bu qo‟shin Germaniyaga ichki tartibni saqlash va bolshevizm xavfiga qarshi turish uchun zarur edi. Vashington konferensiyasi Shartnoma bo‟yicha AQSh va Buyuk Britaniya harbiydengiz flotining umumiy suv sig‟imi 525 ming, Yaponiya flotiniki 315 ming, Fransiya va Italiya flotlariniki (har biriniki) 175 ming tonnadan oshmasligi kerak edi. Bundan tashqari, tomonlar suv sig‟imi 35000 tonnadan ortiq bo‟lgan kema qurmaslik yoki sotib olmaslik majburiyatini oldilar. Shunday qilib, AQSh o‟zining dengizdagi asosiy raqibi Buyuk Britaniyaning dunyoning eng qudratli harbiydengiz floti miqdoriga ega bo‟lish maqsadini yo‟qqa chiqarishga erisha oldi. Ayni paytda, bu shartnoma suv osti floti xususida hech qanday cheklashni belgilamadi. Bu shartnoma matnida Yaponiya AQSh va Buyuk Britaniyaning Yaponiya sohillariga 5 ming km dan yaqin masofada harbiy dengiz qarorgohi qurmaslik majbuhyatini qayd eta oldi. 6-fevral kuni uchinchi shartnoma- “To‟qqizlar shartnomasi” - imzolandi. Bu shartnoma Xitoyga oid edi. Ma‟lumki, Xitoy ham Versal shartnomasini imzolamagan. Buning sababi - Germaniyaning Xitoydagi mustamlakalari Xitoyga qaytarib berilmay, Yaponiyaga berib yuborilganligi edi. Germaniya mustamlakalari ning Yaponiyaga o‟tishi va uning yanada qudratli davlatga aylanishi AQShni xavotirga solmay qolmadi. Shuning uchun Vashington konferensiyasida AQSh bu mustarnlakalar Xitoyga qaytarib berilishiga erishdi.


Download 29.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling