Reja; Partiyakarning tashkil toppish tarixi. O’zbekistonda nma uchun ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan? Partiyalarning maqsad va vazifalari. Siyosiy partiyalar


Download 106.75 Kb.
bet1/5
Sana10.11.2023
Hajmi106.75 Kb.
#1765245
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja


Reja;
1.Partiyakarning tashkil toppish tarixi.
2.O’zbekistonda nma uchun ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan?
3.Partiyalarning maqsad va vazifalari.

Siyosiy partiyalar — ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim qismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.
Markaziy Osiyoda siyosiy partiyalar tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat 19-asrning oxiri — 20-asrning boshlarida yuzaga kela boshladi. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshirish, ommani Chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga daʼvat qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi (qarang Jadidchilik). Lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qildi. Oqibatda, mintaqada 1917-yilgacha boʻlgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk Sp. shakllanib ulgurmadi. Okt. toʻntarishi arafasida va undan keyin oʻzini namoyon eta boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatagʻonga uchradi, badargʻa va surgun qilindi (qarang "Milliy ittihod", Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar). Shoʻrolar davrida esa hukmron kommunistik partiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8 dekabr), Oʻzbekiston Respublikasining „Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida“gi qonuni (1996-yil 26 dekabr), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34-moddasida mustahkamlangan. Qonunga koʻra siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, oʻz xohish-irodalarini erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huqukliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Lekin, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi; Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi; xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. Siyosiy partiyalar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni boʻyicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shaxslar (sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari); ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar. Siyosiy partiyalarga aʼzolik faqat yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyaningaʼzosi ayni vaqtda 2partiyaga aʼzolikka qabul qilinmaydi. Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy subʼyektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida boʻlgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi boʻlishi talab etiladi. Siyosiy partiyalar saylab koʻyiladigan davlat organlaridagi oʻz vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda, qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. Oʻz partiyalarining siyesatini uyushqoklik bilan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Siyosiy partiyalarning fraksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuziladi. „Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida“gi qonunda Siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlari, ularni tuzish, roʻyxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini toʻxtatish tartibi va boshqa masalalar toʻliq koʻrsatib berilgan .
Ko’ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitusiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko’ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o’zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi.
Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, davlat va jamiyat qurilishining asosiy masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan pozisiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro’ qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida 1992 yil 8 dekabrda Respublika Konstitusiyasi qabul qilingandan so’ng, siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun muhim huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Qisqa fursat ichida mamlakatimizda huquqiy asosda, parlamentda faoliyat ko’rsatuvchi partiyalarning shakllanish jarayoni sodir bo’ldi.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishda siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish bo’yicha strategik vazifalarni hal etishda ularning ishtirokini kengaytirish” izchil amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarning muhim omili hisoblanashi takidlab utildi
Siyosiy partiyalar – fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida bog’langan, davlat hokimiyatini qo’lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqi. Siyosiy partiyalar jamoat birlashmasi shaklida tashkil etiluvchi va faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyatining o’ziga xos instituti bo’lib, u muhim ijtimoiy-siyosiy va vakillik vazifalarini amalga oshirib kelinmoqda.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirishga doir islohotlar natijasida ularning jamiyatdagi o’rni ancha yuksalib bormoqda. Siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlash maqsadida ularning qonunchilik asoslari yanada rivojlantirildi. Ikki palatali parlamentni shakllantirish islohotlarini amalga oshirish bilan bog’liq holda siyosiy partiyalar Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy vakillik organlari deputatlari nomzodlarini tanlash va ko’rsatish, saylov kampaniyalarini o’tkazishda asosiy siyosiy institut funksiyasini bajarishga o’tdilar.

Ko’pgina boshqa demokratik mamlakatlar singari O’zbekistonda ham siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlarni ilgari suruvchi, saylov yakunlari bo’yicha parlamentda va mahalliy hokimiyat vakillik organlarida o’z vakillariga ega bo’luvchi hamda ularga partiyaning doimiy elektorati manfaatlarini ifoda etish va dasturiy ustuvorliklarini amalga oshirish uchun amaliy imkoniyatlar yaratuvchi asosiy institut hisoblanadi.


Xulosa qilib aytadigan bo’lsam - O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda partiyalar juda faol ish yuritishmoqda. Jumladan, bular qatorida 2019-yilda Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan O’zbekiston ekologik partiyasi bo’lib, partiyaning asosiy vazifalari ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga ko‘maklashishga qaratilgan.
Partiya tomonidan amalga oshirilgan mingta ko’chat aksiyasi doirasida yurtimiz hududiga daraxt ko’chatlari ekildi. Aksiyaning asosiy maqsadi mavjud daraxtzorlarning kamayib borishi hamda iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, odamlarni ixtiyoriy ravishda ommaviy birlashtirish orqali qulay atrof-muhitni yaratish, Oʻzbekistonda daraxtlarni saqlash, tiklash hamda koʻpaytirish muammolariga jamoatchilikning eʼtiborini qaratish bo’ldi.
Shu bois partiyalarning bugungi kunda mamlakatimizda tutgan o’rnini bir so’z bilan aytganda partiyalarning «Yoshlar — kelajagimiz» «Obod qishloq», «Har bir oila tadbirkor» Davlat dasturinlarini amalga oshirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari jonli, hayotiy olib borilayapti. Hamda biz yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatilib kelinishdan manmunman.
Markaziy osiyoda, jumladan O’zbekistonda siyosiy partiyalar tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida yuzaga kela boshlagan. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshirish, ommani Chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga daʼvat qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi (qarang Jadidchilik). Lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qilgan. Oqibatda, mintaqada 1917-yilgacha boʻlgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk siyosiy partiyalar shakllanib ulgurmadi. Oktabr toʻntarishi arafasida va undan keyin oʻzini namoyon eta boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatagʻonga uchradi, badargʻa va surgun qilindi (qarang "Milliy ittihod", Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar). Shoʻrolar davrida esa hukmron kommunistik partiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8 dekabr), Oʻzbekiston Respublikasining „Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida“gi qonuni [1](1996-yil 26 dekabr), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34-moddasida mustahkamlangan
 Qonunga koʻra siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, oʻz xohish-irodalarini erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huquqliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Lekin, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi; Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi; xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. Siyosiy partiyalar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni boʻyichahuquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shaxslar (sudyalarprokurorlar va prokuratura tergovchilari); ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar. Siyosiy partiyalarga aʼzolik faqat yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyaning aʼzosi ayni vaqtda ikkinchi partiyaga aʼzolikka qabul qilinmaydi. Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy subʼyektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida boʻlgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi boʻlishi talab etiladi. Siyosiy partiyalar saylab qoʻyiladigan davlat organlaridagi oʻz vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda, qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. Oʻz partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Siyosiy partiyalarning fraksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuziladi. „Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida“gi qonunda Siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlari, ularni tuzish, roʻyxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini toʻxtatish tartibi va boshqa masalalar toʻliq koʻrsatib berilgan.

O’zbekiston Respublikasida ko’ppartiyaviylik tizimini joriy etishdan maqsad fikrlar xilma-xilligi (plyuralizm) ni rivojlantirishga qaratilgan. Demokratiyaning asosiy belgilaridan biri ham aynan fikrlarning hilma-xilligini ta’minlashdan iborat.


O‘tgan davrda davlat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining, shu jumladan siyosiy partiyalarning ishtiroki mustahkamlandi. Partiyalararo sog‘lom raqobat uchun keng va teng sharoitlar yaratildi. Fuqarolarimizning siyosiy huquqlariga konstitutsiviy maqom berilib, jamiyat va davlat ishlarini boshqarish huquqlari belgilab qo‘yildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar”, deb belgilab qo‘yildi. Bunday imkoniyatlar siyosiy partiyalarning o‘z vakillari orqali jamiyat va davlat qurilishidagi ishtirokini mustahkamlaydi.
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish zarurati fuqarolarning siyosiy faolligini sezilarli darajada oshirishga, mamlakat hayotida siyosiy partiyalarning o‘rni va rolini kengaytirishga, partiyalararo sog‘lom raqobatni kuchaytirishga yo‘naltirildi. Bu maqsadlarga konstitutsiyaviy maqom berilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 74-moddasida: “Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatining moliyalashtirilishi manbalari haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar taqdim etadilar”, degan me’yor bilan mustahkamlandi.
Shu tariqa Konstitutsiya va qonun hujjatlari davlat boshqaruvini mazmunan yangilash, bunda mavjud demokratik tamoyillarni kengroq joriy etish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish maqsadlarini qamrab oldi. Asosiy e’tibor siyosiy partiyalar rolini oshirishga, yangidan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li (kursi) va dasturi yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlament ko‘pchiligi tomonidan kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga, o‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasining huquqlari himoya qilinishiga, bir so‘z bilan aytganda, parlamentda siyosiy partiyalarning faolligini oshirishga, siyosiy tizimdagi barqarorlikni ta’minlashga qaratildi. Muxolifatdagi partiyalarga qonunchilik hujjatlari muhokamasida to‘liq qatnashish va muqobil qonun loyihalarini taqdim etish huquqlarining berilganligi ham juda muhimdir.
Qonunchilikka bunday normalarning kiritilishidan ko‘zlangan maqsad, avvalo, parlamentda siyosiy partiyalar va shu partiyalar fraksiyalarining parlament ishiga yaqindan kirishishi, mas’uliyatini oshirishi, tashabbuskorligini kuchaytirishi, ular orqali, birinchidan, saylovchilarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o‘z vakillari orqali faol ishtirok etishi, ikkinchidan, saylovchilarning hukumat faoliyati ustidan o‘z nazoratini kengaytirishi, bir so‘z bilan aytganda, fuqarolarning siyosiy faolligi o‘sishi uchun xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, umumxalq ovozi bilan Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar barqaror rivojlanib borayotgan mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning o‘rnini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, Konstitutsiyaning 118-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan so‘ng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi iste’foga chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi va ma’qullashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladi”, degan me’yor bumasalada siyosiy partiyalarning bilvosita ishtirokini ta’minlash barobarida, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.
Konstitutsiyamizgtganining amaldagi isboti bo‘lib, siyosiy partiyalarning yanada faollashuviga asos bo‘lmoqda.
Joriy yil 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan muddatidan ilgari Prezidentlik saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov kampaniyasi e’lon qilindi. Shu kundan e’tiboran, yurtimizda ko‘ppartiyaviylik, siyosiy xilma-xillik va sog‘lom raqobat asosida har bir partiya saylovda ishtirok etishini e’lon qildi va Markaziy saylov komissiyasining mandatini qo‘lga kiritdi. Shu jumladan, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining saylovda ishtirok etish haqidagi arizasi Markaziy saylov komissiyasining 2023 yil 15 may kungi qarori bilan qanoatlantirilib, 2023 yil 9 iyul kuni muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishiga ijozat beruvchi guvohnoma topshirildi. Shundan so‘ng belgilangan tartibda saylovchilarning Prezidentlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imzosi yig‘ildi va Markaziy saylov komissiyasiga topshirildi.
Xulosa o‘rnida aytganda, bugun siyosiy partiyalar qonunchiligimizda belgilangan huquqlari asosida mamlakatimizdagi barcha islohotlar jarayonida faol ishtirok etib, o‘z dasturiy maqsad-vazifalarini amalga oshirgan holda yurt rivojiga ko‘maklashib kelmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakat umume’tirof etilgan xalqaro huquq va demokratik talablar darajasida rivojlanmoqda. Har bir insonning shaxsiy, iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy huquqlari ro‘yob topmoqda. Boshqaruvda ochiqlik va oshkoralik, so‘z erkinligi ta’minlanmoqda.
Shu o‘rinda, mamlakat taraqqiyotida siyosiy partiyalarning o‘rni qay darajada, degan savol tug‘iladi. Darvoqe, Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq sobiq tuzumning partiyaviy yakkahokimligiga, o‘sha zo‘ravon kompartiya tizimiga barham berilib, demokratik qadriyatlarga asoslangan ko‘ppartiyaviylik tizimi vujudga kelganligi va partiyalararo sog‘lom raqobatga keng va teng sharoitlar yaratib berilganligi ham fuqarolarimizning siyosiy huquqlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish zarurati fuqarolarning siyosiy faolligini sezilarli darajada oshirishga, mamlakat hayotida siyosiy partiyalarning o‘rni va rolini kuchaytirishga yo‘naltirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlarida davlat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining, shu jumladan, siyosiy partiyalarning ishtiroki mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas”ligi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ko‘ppartiyaviylikning muhim shartlarini belgilab berganligi bilan ham yanada ahamiyatlidir.
Ushbu qonunlar o‘z maqsadiga ko‘ra, davlat boshqaruvini mazmunan yangilash, bundamavjud demokratik tamoyillarni kengroq joriy etish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga omil bo‘lmoqda. Pirovardida, siyosiy partiyalar rolini oshirishga, yangidan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li (kursi) va dasturi yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlament ko‘pchiligi tomonidan kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga, o‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasining huquqlari himoya qilinishiga, bir so‘z bilan aytganda, parlamentda siyosiy partiyalarning faolligini oshirishga, siyosiy tizimdagi barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Konstitutsiyaviy qonunda muxolifatdagi partiyalarga qonunchilik hujjatlari muhokamasida to‘liq qatnashish va muqobil qonun loyihalarini taqdim etish huquqlarining berilganligi ham juda muhimdir.
Qonunchilikka bunday normalarning kiritilishidan ko‘zlangan maqsad, avvalo, parlamentda siyosiy partiyalar va shu partiyalar fraksiyalarining parlament ishiga yaqindan kirishishi, mas’uliyatini oshirishi, tashabbuskorligini kuchaytirishi, ular orqali saylovchilarning hukumat faoliyati ustidan nazoratini kengaytirishi, fuqarolarning siyosiy faolligi o‘sishi uchun xizmat qilishiga qaratilgan.
Ko‘ppartiyaviylikka asos soluvchi mamlakat qonunlari o‘zbek davlatchiligining tarixiy an’analariga, zamonaviy davlatchilik va parlamentarizm borasida to‘plangan tajribalarga, rivojlangan davlatlar amaliyotiga to‘liq mos kelishi barobarida, ijtimoiy-siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi, mamlakatning davlat-huquqiy va siyosiy tizimini bosqichma-bosqich tadrijiy rivojlantirishning natijasi sifatida kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi.
Ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi natijasida jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish, siyosiy partiyalarga uyushish kabi konstitutsiyaviy huquqlari emin-erkin ta’minlanmoqda.
Mamlakatimiz qonunchiligiga davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga qaratilgan yangi-yangi normalarning mamlakat taraqqiyotiga mos kiritib borilishi kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurish yo‘limiz demokratik tamoyillarga muvofiqligidan dalolat beradi.
Ayniqsa, Konstitutsiyamizga navbatma-navbat kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar barqaror rivojlanib borayotgan mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning o‘rnini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Eng rivojlangan mamlakatlar amaliyotiga mos keladigan xalqaro tamoyillar Bosh qomusimizda o‘z ifodasini topgani siyosiy partiyalar uchun ham muhimdir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi, Bosh vazirning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etishi haqidagi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etilishi haqidagi konstitutsiyaviy me’yorlar siyosiy partiyalarning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamladi.
Konstitutsiyamizga kiritilgan bu kabi o‘zgartish va qo‘shimchalar hayotga izchillik bilan tatbiq etilayotgani siyosiy partiyalarning yanada faollashuviga turtki bo‘lmoqda. Jumladan, Bosh vazirning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etishi haqidagi konstitutsiyaviy normalar ham kiritilganligi va bu muntazamlik tusini olgani siyosiy partiyalarning o‘z elektorati manfaatlarini bundanda kengroq ifodalash uchun yana muhim imkoniyat sanaladi.
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining Qonunchilik palatasidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan yana bir qancha qo‘shimcha vakolatlar bor. Masalan, Qonunchilik palatasining Kengashi qonun loyihasini bir vaqtning o‘zida mas’ul qo‘mitaga va partiya fraksiyalariga (deputatlar guruhlariga) topshirishi shart, mas’ul qo‘mita fraksiyalarning fikrlari va takliflarisiz qonun loyihasini Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish yoki qilmaslik masalasida o‘z xulosasini chiqarishga haqli emasligi shular jumlasidandir.
Xuddi shunday, Davlat byudjeti loyihasining Qonunchilik palatasidagi muhokamasi ham dastlabki tarzdayoq fraksiyalar ishtirokida amalga oshiriladi. Bu normalar ham siyosiy partiyalar fraksiyalari faoliyatiga tatbiq etilib, har bir qonun loyihasi hali umumiy tarzda ko‘rib chiqilishidan avval, ya’ni Qonunchilik palatasi muhokamasiga qabul qilish masalasi dastlabki tarzda fraksiyalarning muhokamasiga kiritiladi. Siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi ishtiroki shu tariqa o‘zining ijobiy samarasini bermoqda, fraksiya a’zolarining mas’uliyatini ham yanada oshirmoqda.
Xullas, yurtimizda ko‘ppartiyaviylik va siyosiy xilma-xillikning amal qilishi uchun zarur qonunchilik asoslarini yaratish bilan bir vaqtda siyosiy islohotlar va jamiyatni demokratlashtirishni chuqurlashtirishning muhim vazifalaridan biri – yangi siyosiy madaniyatni shakllantirish, aholi keng qatlamlari ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Pirovardida, mamlakatda haqiqiy ko‘ppartiyaviylikning qaror topishiga xizmat qiluvchi qudratli mexanizm ishlamoqda.
Saylovga oid qonunchilikning takomillashtirilishi va Saylov kodeksining qabul qilinishi, saylov jarayonlarida siyosiy partiyalarning ishtirokiga oid normalarning yanada demokratlashuvi, Prezidentlikka, deputatlikka nomzodlarning faqatgina siyosiy partiyalar orqali ko‘rsatilishi kabi ilg‘or amaliyot demokratik jarayonlarning muhim qismi bo‘lib, erkinlik, adolatlilik, oshkoralik kabi umume’tirof etilgan tamoyillarga mos bo‘lmoqda.
Bu yil siyosiy partiyalarning kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish masalasi o‘rin olgan. Joriy yilning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari jamiyatda ko‘ppartiyaviylikning naqadar muhimligini yana bir karra isbotlab berishi aniq. O‘zbekiston fuqarolari siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar orasidan munosib nomzodga ovoz berib, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish kabi konstitutsiyaviy huquqlarini yuksak siyosiy madaniyat bilan amalga oshirishiga barcha shart-sharoit yaratilgan.

Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir.


Siyosiy partiyalar jamiyatni harakatga keltiruvchi asosiy siyosiy kuch hisoblanadi. Zero, parlamentarizmning rivojlanib borishi siyosiy partiyalar o„rtasida sog„lom siyosiy raqobatni vujudga keltiradi. Bu esa jamiyatimizda saylov erkinligi, so„z erkinligi, ovozlarni halolik bilan sanash, ijtimoiy fikrdan bahramand bo„lish, ijtimoiy manfaatlar integratsiyasi hamda erkin, demokratik saylovlarda siyosiy kuchlar raqobati kabi qat‟iy tizimlarning shakllanishiga zamin yaratadi

Download 106.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling