Reja: Payvandlangan metallning sifatiga ta'sir qiluvchi omillar
Download 203.14 Kb.
|
METALLAR SIFATIGA TA\'SIR ETUVCHI FAKTORLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metallarning koʻrinishi Atom tuzilishi.
- Ba’zi metallar atom tuzilishining elektronlari joylashuvi sxemasi
METALLAR SIFATIGA TA'SIR ETUVCHI FAKTORLAR reja: Payvandlangan metallning sifatiga ta'sir qiluvchi omillar Metallarning koʻrinishi Payvandlangan metallning sifatiga ta'sir qiluvchi omillar Davriy sistemadagi 118 ta elementdan 97 tasi metal hisoblanadi. Ularga 1,2,3-guruhdagi barcha elementlar (vodorod va bordan tashqari), 4-guruh bosh guruhchasida (uglerod va kremniydan tashqari) gi barcha elementlar, 5-guruhda ikkita metal – surma va vismut, 6-guruhda bitta metal – polloniy kiradi, 4-7guruhning yonaki guruhchalarida barcha elementlar metal hisoblanadi. Metallarning koʻrinishi Atom tuzilishi. Odatdagi sharoitda metallarning simobdan, boshqa hammasi qattiq moddalardir. Metallar kristall moddalardir. Metall kristallardagi panjara tugunlarining bir qismida atomlar, bir qismida esa ionlar turadi. Metallarning sirtqi elektronlari atom yadrosi bilan kuchsiz bogʻlanganligi uchun oson uziladi. Atomlardan uzilgan elektronlar atom va ionlar orasida erkin harakat qiladi. Metallarning atom va ionlari bir tekis kattalikda boʻlganliklari uchun zich taxlangan. Elektronlar esa gʻoyat kichik boʻlganligi sababli panjara ichida oson harakat qiladi. Biror elektronini yoʻqotgan atomga, ya’ni ionga yaqin kelib qolgan elektron unga bogʻlanib, ya’ni neytral atom esa oʻz elektronini yoʻqotib, ion holiga oʻtishi mumkin. Erkin xoldagi elektronlar goh bir ion atrofida, goh ikkinchi ion atrofida aylanib yuradi. Metall zarrachalari bir-biriga elektronlar vositasi bilan bogʻlanib turadi. Bunday bogʻlanish metall bogʻlanish deyiladi. Kristallar ichida erkin yurgan elektronlar elektron bulut deb ataladi. Metallar qizdirilganida metal atomidagi elektronlarning uzib chiqishi tezlashadi. Metallarning elektr va issiqlik oʻtkazuvchanligi uning kristalida erkin elektronlarning borligidir. Erkin elektronlari boʻlgan metallarning metallik xossalari kuchli boʻladi. Metallarning eng muhim xossalaridan biri valent elektronlarini yoʻqotib, musbat zaryadli ionga aylanishi, kation hosil qilish xossasidir. Elektronlarini yoʻqotgan elementlar qaytaruvchi boʻladi. Demak metallar kuchli qaytaruvchidir. Bu esa metallarning aktiv ekanligini koʻrsatadi. Ishqoriy va ishqoriy yer metallar aktiv qaytaruvchilardir. Ishqoriy va ishqoriy yer metallarning aktivligi yuqoridan pastga tomon ortib boradi, chunki ularning atom radiuslari kattalashib boradi. Buning natijasida elektronlar atomdan oson uziladi. Davriy sistemada davrlar boʻylab chapdan oʻnga borgan sari metallarning ogʻirligi ortib, aktivligi kamayib boradi. Bir davrda joylashgan elementlarning soni oʻzgarmasdan, yadro zaryadlari ortib boradi. Bu bilan valent elektronlarning yadroga tortilishi kuchi ortadi. Metallarning qaytarish xossalari va aktivligi kamayadi. Eng passiv metallar bu – asl metallardir. Ular elektronlarini nihoyatda qiyin yoʻqotadi. Ba’zi metallar atom tuzilishining elektronlari joylashuvi sxemasi Download 203.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling