Reja: Protokol. Protokollar steki. Ochiq tizimlarning o‘zaro ishlash modeli osi. Osi modelining sathlari. Tayanch iboralari


Download 38.48 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi38.48 Kb.
#168736
Bog'liq
2-mavzu 864b8698a97ed3a20958362e73022826


2-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari

Reja:

1. Protokol. Protokollar steki.

2. Ochiq tizimlarning o‘zaro ishlash modeli  OSI.

3. OSI modelining sathlari.

 

Tayanch iboralari

Ko‘psathli yondoshish, ochiq tizimlarning birgalikda ishlash modeli, protokol, interfeys, protokollarni amalga oshirish, standart shakldagi xabar, sarlavha, ma’lumotlar qismi, tugatuvchi qism, kadr, paket, deytagramma, OSI modelining sathlari, OSI modeli sathlarining vazifalari.

 

1. Protokol. Protokollar steki.

Protokol – bu qoida va amallar to‘plami bo‘lib, aloqa olib borish tartibini boshqaradi. Tabiyki, axborot almashinuvida qatnashayotgan xamma kompyuterlar bir xil protokol bilan ishlashi kerak, chunki axborot uzatib bo‘lgandan so‘ng xamma qabul qilib olingan axborotlarni avvalgi ko‘rinishga yana qaytarish kerak.

Eng quyi bosqichlarning protokollari (jismoniy va kanal), ya’ni qurilmalarga tegishli bo‘lganlarini yuqoridagi boblarda ko‘rib chiqdik. Xususan ularga kodlashtirish va dekoderlash usullari kiradilar. Xozir esa biz ancha yuqori bosqich protokollarining xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz, ularning vazifalarini dasturlar amalga oshiradilar.

Tarmoq adapteri bilan tarmoq dasturiy taminotining aloqasini tarmoq adapterlarining drayverlari amalga oshiradilar. Drayver sharofati bilan aynan kompyuter adapter qurilmasining xech qanday xususiyatlarni bilmasligi mumkin (ko‘rsatgichlarni, manzilini va u bilan axborot almashish kodlarini). Drayver xar qanday klassdagi adapter platasi bilan dasturiy taminoti muloqotini bir turli qilishga xizmat qiladi (uni fiksatsiyalaydi). Tarmoq adapterlarini ishlab chiqaruvchilar ularga qo‘shib tarmoq drayverlarini xam birga beradi. Tarmoq drayverlari tarmoq dasturlariga xar turdagi ishlab chiqaruvchining platasi va xatto turli maxalliy tarmoqlar platasi bilan xam bir xil ishlashga imkon beradi (Ethernet, Arcnet, Token-Ring). Agarda gap OSI standart modeli xaqida borsa, unda drayverlar odatda yuqori bosqich ostining vazifavsini bajaradilar. Masalan, adapterning bufer xotirasida uzatiladigan peketlarni drayverlar xosil qiladilar, tarmoq orqali kelgan paketlarni bu xotiradan o‘qiydilar, axborot uzatishga buyuruq beradilar va kompyuterga paketni qabul qilingani xaqida xabar beradilar.

Xar qanday xolatda xam adapter platasini xarid qilishdan oldin mos tushadigan qurilmalar ro‘yxati bilan tanishish foydadan xoli emas albatta (Hardware Compatibility List, HCL), xamma tarmoq operatsion sistemasini ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatni nashr qiladilar. Endi qisqacha ancha yuqori bosqich protokollarini ko‘rib chiqamiz.

Bir necha standart protokollar to‘plami (ularni yana steklar deb atashadi) mavjud, ular juda ko‘p tarqalgan:

·        ISO/OSI protokollar to‘plami;

·        IBM System Network Architecture (SNA);

·        Digital DECnet;

·        Novell Net Ware;

·        Apple, apple Talk;

·        Internet global tarmoq protokollar to‘plami, TCP/IP.

Bu ro‘yxatga global tarmoqni kiritilganligi tushunarli, chunki OSI modeli xar qanday ochiq sistemada ishlatiladi.

         Sanab o‘tilgan protokol to‘plamlari uchta asosiy turga bo‘linadi:

·        amaliy protokollar (OSI modeli amaliy, prezentatsion va aloqa vaqtini boshqarish bosqichlar vazifasini bajaradi);

·        transport protokollari (OSI modelining transport va aloqa vaqtini boshqarish bosqichlar vazifalarini bajaradi);

·        tarmoq protokollari (OSI modelining uchta pastgi bosqichlar vazifalarini bajaradi).

Amaliy protokollar – ilovalarning muloqoti va ular o‘rtasidagi axborot almashinuvini taminlaydi. Ularning ko‘p ishlatiladigan va taniqliligi quyidagilardir:

·        FTAM (File Transfer Access and Management) – fayllarga ega bo‘lish OSI protokoli;

·        X.400 – elektron pochtalarni xalqaro almashish uchun CCITT protokoli;

·        X.500 – bir necha sistemada fayl va katalog xizmati CCITT protokoli;

·        SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta almashinuvi uchun Internet global tarmoq protokoli;

·        FTP (File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet global tarmoq protokoli;

·        SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq monitoringi, tarmoq qisimlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;

·        Telnet – Internet global tarmoq protokoli, u uzoqdagi xostlarni qayd qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;

·        Microsoft SMBs  (Server Message Blocks, bloki soobsheniye servera, serverni xabar berish bloklari) va mijoz qobig‘i yoki Microsoft redirektorlari;

·        NCP (Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobig‘i yoki Novell  redirektorlari.



Tarmoq protokollari – manzillash, yo‘naltirish, xatoliklarni tekshirish va qayta uzatish so‘rovlarini boshqaradi. Ularni ko‘p ishlatiladiganlari quyidagilar:

·        IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/IP – protokoli;

·        IPX (Internet Work Packet Exchange) – paketlarni uzatish va yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan Net Ware firma protokoli;

·        NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;

·        Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda uzatish va Net BIOS ilovasi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, protokollarni loyixalashtiruvchilar yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlarga xar doim xam rioya qilmaydilar. Masalan, bazi protokollar OSI modelining bir necha bosqichlarining vazifalarni bajarsa, boshqa protokollar bir bosqichning bazi vazifalarini bajaradi. Bu xol turli firma protokollarini ko‘pincha o‘zaro mos tushmasligiga olib keladi, yana bu protokollar o‘zi tuzgan protokol to‘plamida (stek) muvafaqiyatli ishlatilishi mumkin, ular u yoki bu xolda tugallangan gurux vazifalarini bajarishi mumkin. Xuddi shu tarmoq operatsion sistmasini «firma» qilish mumkin, ya’ni ochiq standart OSI modeli bilan o‘zaro mos tushmaslikka olib keladi.

         Misol tariqasida 2.1, 2.2 va 2.3 – rasmlarda protokollarning nisbati sxematik ravishda keltirilgan. Unda standart OSI modeli bosqichlari bilan taniqli va ishlatiladigan firma tarmoq operatsion sistemalarining mosligi taqqoslangan, chizmalardan ko‘rinib turibdiki amalda xech bir bosqich bilan ideal model bosqichlarining aniq mos tushishi kuzatilmaydi.

 

 



2.1 – rasm. Windows NT operatsion sistemasi protokollari bilan OSI modeli bosqichlarini solishtirish  

 

 



 

 

 



 

                     OSI                                               NetWare

 

 

2.2 – rasm. Net Ware operatsion sistema protokollari bilan OSI modeli bosqichini solishtirish



 

                     OSI                              Internet protokollar to‘plami  

 

2.3 – rasm. Internet tarmoq protokollari bilan OSI modeli bosqichlarini solishtirish

 

         Endi ko‘p tarqalgan bazi protokollar xaqida to‘xtalib o‘tamiz.



Mantiqiy ulanishsiz muloqot usuli (Metod deytogramm) – Qadimgi va sodda usul, unda xar bir paket mustaqil ob’ekt sifatida qaraladi (2.4rasm).          Paket mantiqiy kanal o‘rnatilmasidan uzatiladi, ya’ni qabul qiluvchi qurilmasini axborot qabul qilishga tayyorligni aniqlovchi xizmatchi paket jo‘natilmasdan va shuningdek mantiqiy kanalni yo‘q qilmasdan, ya’ni uzatish tugagani xaqida xabar beruvchi paketsiz. Paket qabul qiluvchiga yetib bordimi yoki yo‘qmi nomalum (paket olinganligi xaqidagi xabar yuqoriroq bosqichga qoldiriladi).Deytagramma usuli qurilmalarga qo‘yiladigan talablarni oshiradi (chunki qabul qiluvchi qurilma xar doim paketni qabul qilishga tayyor bo‘lishi kerak). Usulning afzalliga shundaki, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar bir-biriga bog‘lanmagan xolda ishlaydilar, paketlar bufer xotira qurilmasiga to‘planib so‘ng birdaniga uzatilishi mumkin, xamma abonentlarga paketni bir vaqtning o‘zida manzillash mumkinligida. Usulning kamchiligi – paketning yo‘qolish extimoli borligida, shuningdek qabul qiluvchi qurilma yo‘q bo‘lsa yoki tayyor bo‘lmagan xolda tarmoq befoyda paketlar bilan band bo‘lish extimoli mavjud.

 

 



2.4– rasm. Deytogramma usuli

 

Mantiqiy ulanish usuli– bu murakkab, ancha yuqori darajadagi muloqot. Paket uzatish va qabul qilish qurilmalari o‘rtasida mantiqiy ulanish (kanal) o‘rnatilgandan keyingina uzatiladi. Xar bir axborot paketlariga bir yoki bir necha xizmatchi paket qo‘shiladi (ulanishni o‘rnatish, qabulni tasdiqlash, qayta uzatishni so‘rash, ulanishni uzish). Mantiqiy kanal bir yoki bir necha paketlarni uzatish uchun o‘rnatilishi mumkin. Deytagramma usuliga qaraganda bu usul ancha murakkab, lekin unga qaraganda ancha ishonchliroq, chunki mantiqiy kanalni uzgunga qadar uzatuvchi qurilmaning ishonchi komil, u uzatgan xamma paketlar o‘z joyiga yetib borganligiga. Bu usulda tarmoqning bekorchi paketlar tufayli yuklamasi oshib ketishi xam bo‘lmaydi. Usulning kamchiliklari shundan iboratki, qabul qiluvchi abonent u yoki bu sababga ko‘ra axborot almashishga tayyor bo‘lmasa, masalan, kabelni uzulishi tufayli, elktr manbayini o‘chishi sababli, tarmoq qurilmasining nosozligi va nixoyat kompyuterni nosozlik xollarida vaziyatdan chiqib ketish ancha mushkul masala bo‘lib qoladi. Bu xolda tasdiqlanmagan paketni qayta uzatish algiritmi lozim bo‘ladi va tasdiqlanmagan paket turi xam muximdir.



          Birinchi usulda ishlatilgan protokollarga misol – bu IP va IPX, ikkinchi usulda ishlaydigan protokollar – bu TCP va SPX. Aynan shuning uchun bu protokollar bog‘langan to‘plam ko‘rinishida foydalaniladi TCP/IR va IPX/SPX, ularda ancha yuqori bosqichdagi protokol (TCP, SPX), pastroq bosqich protokollari asosida ishlaydi (IP, IPX), talab etilgan tartibda paketni bexato yetkazib berish kafolatlanadi. Bu ko‘rib chiqilgan ikki usul afzalliklaridan birgalikda foydalanish imkonini beradi.

 

 



2.5 – rasm. Mantiqiy ulash usuli

 

          IPX/SPX protokollari to‘plam xosil qiladi, bu to‘plam Nowell (Netware) firma maxalliy tarmog‘ining tarmoq dasturiy vositalari tarkibida ishlatiladi, bu xozirgi vaqtda eng ko‘p ishlatiladigan va sotiladigan to‘plam xisoblanadi. U nisbatan katta bo‘lmagan va tez ishlovchi protokol. Amaliy dasturlar to‘g‘ri IPX bosqichga murojat qilishlari mumkin, masalan,z keng miqyosdagi axborotlarni uzatish uchun, lekin ko‘proq SPX bosqichi bilan ishlaydilar, ular paketlarni tez va ishonchli ravishda yetkazadilar. Agarda tezlik judaxam muxim bo‘lmagan xolda yana xam yuqori bosqich ishlatiladi, masalan, NetBIOS ancha qulay servisni tashkil etadi. Microsoft firmasi  IPX/SPX o‘z ijrosida NWLink nomi bilan ishlab chiqaradi.



          TCP/IP protokoli maxsus global tarmoq uchun va tarmoqlar o‘rtasidagi muloqotni olib borish uchun loyixalashtirilgan. U past sifatli aloqa kanallariga va xatolikka yo‘l qo‘yish extimoli katta tarmoqlarga mo‘ljallangan. Bu protokol dunyo kompyuter tarmog‘i Internet da qabul qilingan, abonentlarning ko‘p qismi oddiy telefon aloqa yo‘llariga ulanadilar. Uning asosida yuqoriroq bosqich protokollari ishlaydi, jumladan SMPT, FTP, SNMP protokollari. TCP/IP protkollarining kamchiligi kichik tezlikda ishlashi. NetBIOS protokoli (tarmoq kiritish – chiqarish asos sistemasi) IBM formasi tomonidan ishlab chiqarilgan, dastlab u IBM PC Network va IBM Token-Ring tarmoqlari uchun mo‘ljallanib, shaxsiy kompyuterning BIOS sistema andozasiga asoslangan xolda loyixalashtirilgan. Shu davrdan boshlab bu protokol asosiy standart bo‘lib qoldi (aslida u standartlashtirilmagan) va ko‘p tarmoq operatsion sistemalari tarkibida NetBIOS emulyatori bo‘lib, ular moslikni  taminlaydilar. Dastlabki vaqtlarda NetBIOS seans, transport va tarmoq bosqichlarini vazifalarini bajargan, keyin ishlab chiqarilayotgan tarmoqlarda pastki bosqichlar standart (masalan, IPX/SPX) protokollar ishlatilmoqda, lekin  NetBIOS emulyator zimmasida faqat seans bosqichi qolgan. NetBIOS emulyatori IPX/SPX ga qaraganda ancha yuqori servisga egadir, lekin u sekin ishlaydi. NetBEUI – bu NetBIOS protokolining transport bosqichigachan rivojlantirilgan protokolidir.

Kompyuter tarmoqlarining ishlashini ta’minlovchi vositalarni yaratishga ko‘p sathli yondoshish g‘oyasi, tarmoqlarda standartlashning g‘oyaviy asosi bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu yondoshish asosida ochiq tizimlarning bir-biri bilan bog‘langan holda, ya’ni o‘zaro ishlashining yettita sathli standart modeli - Open System Interconnection (OSI) yoki  OSI modeli ishlab chiqilgan. Bu model va uning iboralari tarmoq mutuxasislari uchun o‘ziga xos universal tilga ham aylangan.

OSI modeli 80-inchi yillarning boshlarida standartlash bo‘yicha qator tashkilotlar (ISO, ITU-T va boshqalar) ishtirokida ishlab chiqilgan. OSI modeli tizimlarning o‘zaro ishlash sathlarini aniqlaydi, ularga standart nomlar beradi. Modelning to‘liq tavsifi ming betdan oshadi.

  OSI modelida o‘zaro ishlash vositalarining yettita sathlari quyidagicha nomlanadi: fizikaviy, kanal, tarmoq, transport, seanslar, taqdimlash va amaliy sathlar.

Axborot (xabarlar) almashinish jarayonida ikkita kompyuter qatnashganligi, ya’ni bunda bir-biri bilan kelishgan holda ishlovchi ikkita «iyerarxiyaning»  ishini tashkil qilish kerak bo‘lganligi sababli, tarmoqdagi o‘zaro ishlash vositalarining ko‘p sathli ko‘rinishda taqdim etishning o‘ziga xos tomonlari mavjud. Tarmoqdagi ikkala ishtirokchi xabarlar uzatish uchun ko‘pgina kelishuvlarni qabul qilishlari kerak bo‘ladi. Masalan, ular o‘zaro elektr signallarining sathi va shakli haqida, uzatiladigan xabarlarning uzunliklari haqida, axborot uzatish ishonchliligini nazorat qilish usullari va boshqa ko‘rsatgichlar haqida kelishib olishlari kerak. Bu kelishuvlar barcha sathlar uchun qabul qilinishi kerak, ya’ni quyi bitlarni uzatish sathidan boshlab, eng yuqorigi tarmoq foydalanuvchisiga xizmat ko‘rsatish sathigacha.

Ikkita kompyuterning o‘zaro ishlash jarayoni ma’lum bmr qoidalar to‘plami asosida amalga oshiriladi, bu qoidalar to‘plami protokol yoki interfeys deb ataladi. Tarmoqning bir nomdagi sathiga tegishli tashkil etuvchilari o‘rtasida axborot almashinish qoidalari protokollar, o‘zaro qo‘shni sathlar o‘rtasida axborot almashinish qoidalari esa interfeyslar  deb ataladi.

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Kanal daraja

 

Transport daraja

 

Seans daraja

 

Seans daraja

 

  Taqdim etish daraja



 

2.6.-rasm. OSI modelining tarmoqqa bog‘liq va bog‘liq

bo‘lmagan sathlari.

        Foydalanuvchi, ya’ni biror-bir kompyuter so‘rov bilan murojaat qilganda,  amaliy (ettinchi) sathning programma ta’minoti standart shakldagi (formatdagi) xabarni (message) hosil qiladi. Odatda bu xabar – sarlavha, ma’lumotlar qismi va tugatuvchi qismlardan iborat bo‘ladi. Xabar sarlavxasi, xabar yuborilgan mashinaning amaliy sathiga, uzatilayotgan ma’lumotlar ustida nima vazifani bajarish kerakligi haqida axborotdan iborat bo‘ladi.



2.7.-rasm. Har-xil sathlarga tegishli xabarlarning ko‘rinishi.

 

Tarmoq orqali yuborilgan xabar, kompyuterning fizik sathi tomonidan qabul qilib olinadi va ketma-ket ravishda sathma-sath yuqoriga, birinchi sathdan yettinchi sathga uzatiladi. Xaar bir sath o‘ziga tegishli bo‘lgan sarlavhani taxlil qiladi va ishlab chiqadi, so‘ngra esa bu sarlavhani olib tashlab, xabarning qolgan qismini yuqorida turgan sathga uzatadi.



Axborot almashinish jarayonida ma’lumotlar birligini ifodalash uchun xabar termini bilan birga boshqa iboralar ham qo‘llaniladi. ISO standartlarida har-xil sathlar protokollari uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar birligini ifodalash uchun protokolga tegishli ma’lumotlar bloki - Protocol Data Unit (PDU) degan umumiy nom qo‘llaniladi. Ma’lum bir sathga tegishli ma’lumotlar blokini ifodalash uchun ko‘pincha maxsus nomlar qo‘llaniladi, bular quyidagilardir: kadr (frame), paket (packet), deytagramma (datagram) va segment (segment).

OSI modelida ikki xil tipdagi protokollar bor:

1. Avval aloqa chizig‘ini hosil qilib ishlaydigan protokollar. Telefon orqali aloqa qilib gaplashishga o‘xshab ishlaydigan protokollar..

2. Aloqa chizig‘ini avvaldan hosil qilmay turib ishlaydigan protokollar yoki deytagrammali protokollar. Bu esa pochta orqali xabar yuborishga o‘xshab ishlaydigan protokollar.

 

·        OSI modelining sathlari.



Fizik sath (Physical layer) – bu sathda fizik aloqa kanallari orqali bitlarni uzatish amalga oshiriladi. Fizik aloqa kanallaridan biri bo‘lib – koaksial kabel, o‘ralma juftlik kabeli, optik tolali kabel yoki raqamli territorial kanal kabi axborot uzatish muhitlaridan biri xizmat qilishi mumkin. Bu sathda axborot uzatish muhitining va diskret axborotni uzatuvchi elektr signallarining ko‘rsatgichlari aniqlab olinadi. Masalan axborot uzatayotgan signalning kuchlanishi yoki tok sathi, impulslarning frontlarini qiyalik darajalariuzatilayotgan axborotning kodlash tipi va signallarni uzatish tezligi kabi ko‘rsatgichlar. 

Fizik sathning funksiyalari (vazifalari) tarmoqqa ulangan hamma qurilmalarda amalga oshiriladi. Kompyuterlarda esa bu sath vazifalari tarmoq adapteri yoki ketma-ket port tomonidan amalga oshiriladi. Shu sathda ulagichlarning xillari va ulardagi ulanish nuqtalarining (kontaktlarning) qaysi biri nima uchun ishlatilishi kelishib olinadi.

Misol tariqasida fizik sath protokoli sifatida Ethernet texnologiyasining 10Base-T standartini keltiramiz. Bu standartda 100 Om to‘lqin qarshilikka ega bo‘lgan 3 kategoriyali ekranlanmagan o‘ralma juftlik kabeli, RG-45 uzgich-ulagichi ishlatiladi, fizik segmentning maksimal uzunligi 100 m, kabelda ma’lumotlarni ifodalash uchun manchester kodi ishlatiladi, hamda elektr signallarning va muhitning ba’zi bir boshqa ko‘rsatgichlari keltiriladi.

         Kanal sathi (Data Link layer) – bu sathda uzatish muhitiga ulanish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirish, hamda uzatilayotgan ma’lumotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularni to‘g‘irlash mexanizmini  amalga oshirish kabi vazifalar bajariladi.

         Buning uchun kanal sathida bitlar ketma-ketligi kadrlar (frames) deb ataladigan to‘plamlarga guruhlanadi, Kanal sathi har bir kadrni to‘g‘ri uzatilishini ta’minlab beradi. Buning uchun hamda kadrni kadrdan ajratib turish uchun kanal sathi har bir kadrni boshlanishidan avval va ohirida maxsus bitlar ketma-ketligini joylashtiradi. Har bir kadrning baytlari ma’lum bir yo‘l Bilan ishlanib nazorat qilish summasi hisoblanadi va u ham kadr tarkibiga qo‘shilgan bo‘ladi. Kadr tarmoq orqali o‘z manziliga yetib kelganida, uni qabul qilib olgan stansiya ham nazorat qilish summasini qayta hisoblaydi va kadrda birga yuborilgan nazorat qilish summasi bilan solishtiriladi. Agar ular bir xil bo‘lsa kadr to‘g‘ri yetib kelgan hisoblanadi va qabul qilinadi.

         Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan kompyuterlar, ko‘priklar kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi protokollariga misol qilib - Ethernet, Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’minlash vazifalari kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari vazifalariga ham kiradi.

         Tarmoq sathi (Network layer) – bir nechta tarmoqlarni birlashtiruvchi yagona transport sistemasini hosil qilish uchun hizmat qiladi. Bu tarmoqlar har ko‘rinishdagi topologiyalarga ega bo‘lishlari va kompyuterlar o‘rtasida xabarlar uzatishning har-xil tamoillaridan foydalanib ishlashlari mumkin. Tarmoqlarni o‘zaro birlashtirish uchun marshrutizatorlar ishlatiladi. Tarmoqlar ichida, ya’ni tarmoq osti tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish o‘sha tormoqning kanal sathi yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ma’lumotlarni uzatish esa – tarmoq sathi ta’minlaydi. Bu ma’lumotlar uzatish marshrutlarini to‘g‘ri tanlash vazifasini bajarish Bilan amalga oshiriladi.

2.8.-rasm. Tarmoqlardan iborat tarmoq.

 

    Tarmoq sathi har-xil texnologiyali tarmoqlarni bir-biri bilan  kelishib  ishlashini ta’minlaydi. Tarmoq sathi xabarlari paketlar deb ataladi. Tarmoq sathiga tegishli ikki xil protokol mavjud:



1.Tarmoq protokollari (routed protocols) – paketlarni tarmoq orqali harakatlanishini ta’minlab beradigan protokollar.

2.Marshrutlash protokollari (routing protocols) – bu protokollar yordamida marshrutizatorlar tarmoqlar aro bog‘lanishlar haqida axborot yig‘ishni amalga oshiradilar.

         Tarmoq sathi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining IP-tarmoqlararo birgalikda ishlash protokolini va Novell stekining IPX-tarmoqlararo peketlar almashinish protokolini keltirish mumkin.

Transport sathi (Transport layer) – bu sath ilovalarga yoki stekning yuqori sathlariga ma’lumotlarni kerakli darajada ishonchlilik bilan uzatishni ta’minlab beradi. Transport sathi tomonidan xizmat ko‘rsatishning besh xil sinfi mavjud:

1.Tezkorlik.

2.Uzilgan aloqani tiklash imkoniyati.

3.Bir-nechta har-xil amaliy protokollarni umumiy transport protokoli orqali bog‘lab, ularni ishlashini ta’minlab berish vositalari. Bu xuddi temir yo‘l transportida har-xil yuklar ortilgan vagonlprni bir poyezdga birlashtirib manzilga yetkazib berishga o‘xshaydi.

4.Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.

5.Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xolatlar – ma’lumotlarni yo‘l davomida o‘chib ketishi, yo‘qolib qolishi va bir xil paketlarni bir necha marta uzatilishi kabi xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.

Transport sathi va undan yuqorida joylashgan sathlar protokollari kompyuterlarning (stansiyalar, serverlar va uzellarning) programma vositalari, ya’ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi programmalar tomonidan amalga oshiriladi. Trasport satxi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining TCP va UDP, hamda Novell stekining SPX protokolini keltirish mumkin.

Seanslar sathi (Sesions layer) – bu sath dialogni boshqarishni ta’minlaydi, tomonlardan qaysi biri hozirda faol ekanligini aniqlab borish vazifasini bajaradi va ishlash jarayonini bir-biriga moslashtirish vositalarini (sinxronlash) vositalarini taqdim etadi.

Taqdimlash sathi (Presentation layer) – tarmoq orqali uzatilayotgan aborotni mazmunini saqlagan holda, shaklini o‘zgartirish vazifasini bajaradi. Bu sathda ma’lumotlarni almashinish davomida maxfiylikni ta’minlash uchun shifrlash va deshifrlash amalga oshiriladi. Bunday protokolga misol qilib Amaliy sath protokollari uchun maxfiylikni ta’minlab beradigan  TCP/IP stekining SSL (Secure Socket Layer) protokolini keltirish mumkin.

Amaliy sath (Application layer) – bu shunday protokollar to‘plamiki, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilvrini tarmoq resurslariga murojaat qilish imkoniyatlari ta’minlanadi, bular – fayllar, printerlar yoki gipermatnli Web-sahifilar, hamda elektron pochta xizmati. Bu sathda juda ko‘p xildagi xizmat ko‘rsatish turlari mavjud. Fayl xizmatining amalga oshirilgan keng tarqalgan xillari quyidagilardir:  Novell NetWare operatsion tizimining NCP xizmati, Microsoft Windows NT dagi SMB xizmati va TCP/IP stekiga kiruvchi NFS, FTP va TFTP xizmatlar.

 

Nazorat savollari

1.Tarmoqlarni qurishda ko‘psathli yondoshish deganda nima tushuniladi?

2.Ochiq tizimlarning birgalikda ishlash modeli sathlarining nomlarini aytib bering.

3.Interfeys, protokol va protokollar steki iboralarining ma’nosini tushuntirib bering.

4.Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida xabarlarning hosil bo‘lish jarayonini tushuntirib bering.

5.Protokollarning qanday xillarini bilasiz? 

6.OSI modelining  1  va  2 satxlari, ularning vazifalari va xususiyatlari. Birinchi sath protokoliga misol keltiring va tushuntirib bering.

7.OSI modelining  3 - 7 satxlari, ularning vazifalari va xususiyatlari. Uchinchi satx protokollarining xillari.

 

 



 Adabiyotlar.

1. Olifer V.G., Olifer N.A. Kompyuternыe seti. Prinsipы, texnologii, protokolы. Uchebnik. –3-e izdaniye. SPb. Piter. 2006g.

2. Broydo V.L. Vыchislitelnыe sistemы, seti i telekommunikatsii. SPb.: Piter. 2003.

3. Broydo V.L. Arxitektura EVM i vыchislitelnыx sistem. Uchebnik. 2.e izdaniye. M.: Forum. 2008.

4. Vatamanyuk A. Sozdaniye, obslujivaniye i administrirovaniye setey. SPb.: Piter. 2010. 

 

1. www.intuit.ru



2.www.kgtu.runnet.ru/wd/tutor/net/net0/html

3. www.piter.com



4. http://tuitfiles

 
Download 38.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling