Reja: Protokol tushunchasi
Download 41.66 Kb. Pdf ko'rish
|
5-маъруза (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Interfeys ( fizik va mantikiy ) tushunchasi
MA’RUZA-5 Ochiq tizimlarning o’zaro birgalikda ishlash modeli - OSI. Interfeys va protokol tushunchalari. REJA: 1. Protokol tushunchasi. 2. Interfeys ( fizik va mantikiy ) tushunchasi. 3. Ochiq tizimlarning o’zaro ishlashining tayanch namunaviy modeli. 4. Model pog’onalarining asosiy vazifalari. 1. Protokol tushunchasi. Har bir Internet-provayder ma’muriy birlik bo’lib, IP protokoli bo’yicha ma’lumotlarngi uzatadi va Internetda qabul qilingan ismlar va adreslar bo’yicha kelishuvlarga rioya qiladi. Xostlar, marshrutizatorlar va Internetning boshqa komponentlari tarmoq ichida axborotni qabul qilish va uzatishni boshqarish uchun protokollardan foydalanishadi. Protokol – tarmoqda axborotni uzatish qoidalari to’plami, apparat va dasturiy ta’minotni birgalikda ishlashini ta’minlash uchun barcha kompaniyalar bu protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol - xabarlar turi va formatini, xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi. Internet tarmog’i turli qoidalar (protokollar) bo’yicha ishlaydigan tarmoqlarni birlashtiradi. Turli qoidalarni moslashtirish uchun shlyuzlar (maxsus kompyuterlar) qo’llanadi. Internet tarmog’ida protokollarni 2 turi mavjud – bazaviy va amaliy: - Bazaviy protokollar (TCP/IP) ma’lumotlarni tarmoq bo’yicha fizik jo’natilishiga javob beradi. - Amaliy protokollar – maxsuslashtirilgan xizmatlar ishlashiga javob beradi, masalan (http – gipertekstli xabarlarni uzatish protokoli, ftp – fayllarni uzatish protokoli). TCP/IP bazasidagi Internetning mijoz/server muhitida, server amaliy daraja (satx) protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, u mijoz satxida bajariladi. Port nomeri – bu 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattalikdir. Ular ma’lum portlar tizim jarayonlarida yoki amaliy dasturlarda ishlatiladi. Ular 0 dan 1 023 gacha diapozondagi sonlar bilan nomerlanadi. Misol, port 25- SMTP protokoli (Pochtalarni uzatishning oddiy protokoli), port 80 - HTTP protokoli. 5.1- rasm. O’rnashgan joy va funktsiyalar. Brauzer (browser ) – (ingl.tilidan to browse – ko’rib chiqish, sahifalash) Internet sahifalarini ko’rish uchun dastur, to’g’rirog’i, Butun dunyo to’ri. 5.2- rasm. Brauzerga (browser) misol. Internetda Web-hujjatning har birida (va har bir ob’ektda) o’zining murakkabadresi mavjud — u resursni ko’rsatuvchi URL (Uniformed Resource Locator) deyiladi yoki, qisqacha, URL-adresdeyiladi. 5.3 - rasm. URL-adres strukturasi. Uznet (Uznet = uz + net) —Internet tarmog’ining O’zbekistondagi qismi.Uznetda rus tili keng tarqalgan, bu Uznetni Runetga ―qisman kiritish‖ imkonini beradi. O’zbek tilidagi saytlar orasida O’zbekiston Vikipediyasi mavjud. Ko’p xollarda Uznet deyilganda Tas-IX trafikni almashtirish tarmog’i tushuniladi, chunki Tas-IX ichidagi resursga kira oladigan ko’pchilik provayderlar abonentlari uchun u tekindir.uz domen zonasi 1995 yil 29 aprelda registratsiyadan o’tdi va 2001 yil oxiriga qadar erkin foydalanishda bo’lgan, bu vaqtda domen zonasini ma’muriyatlash xuquqi nemis kompaniyasi Euracom Equipment GmBH ixtiyoriga o’tdi, uning O’zbekistondagi vakili Tomas kompaniyasidir. 2002 yil dekabrida .uz domen zonasiga xuquq O’zAAA (xozirgi O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi) tizimiga kiruvchi UZINFOCOM markaziga berildi, bu markaz xozirgi vaqtgacha bu xuquqqa ega. 2010 yil fevralida10 000 domen ro’yxatga olindi, 2015 yi avgustida ro’yxatga olingan domenlar 23 000 dan ortib ketdi. Internet tarmog’ining rusiy zabon qismi Run t (Runet = ru + net) foydalanishga tabiiy xolda 1990 yillarning ikkinchi yarmida kirib keldi, uning kelib chiqishi aniq emas. Izohlarda biri inglizcha network (net) ―tarmoq‖ kelib chiqqan bo’lishi mumkin ru - domen ismi + net. Rossiya Federatsiyasi 1993 – 1994 yillarda InterNIC ga ulanildi va Rossiya domeni .RU qaydlandi. Shu vaqtdan boshlab Rossiya Federatsiyasida Internet mavjudligi xalqaro darajada rasman tasdiqlandi. Download 41.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling