Reja shaharlar va boshqa aholi punktlariga transport xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 33.01 Kb.
bet1/5
Sana07.11.2023
Hajmi33.01 Kb.
#1753157
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja shaharlar va boshqa aholi punktlariga transport xizmatlari -fayllar.org


Reja shaharlar va boshqa aholi punktlariga transport xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari


SHAHAR VA SHAHAR ATROFI TRANSPORTI


REJA
1. SHaharlar va boshqa aholi punktlariga transport xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari
2. SHahar va shahar atrofi transportining har xil turlaridan ratsional foydalanish sferalari
3. SHaharlarning majmuaviy transport sxemalrini loyihalash
4. Ekologiya muammolari
Tayanch so‘z va iboralar
Avtobus, avtovokzal, avtokorxona, yo‘lovchi oqimi, elektrotransport, korrespondensiya, transport harakatchanligi, sanoat zonasi, monorelsli transport.

1. SHaharlar va boshqa aholi punktlariga transport xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari
SHahar deb aholisining soni ma’lum bir qiymatga etgan (odatda 2-5 mingtadan kam bo‘lmagan) va asosan sanoat, transport, savdo, madaniy, ma’muriy-siyosiy funksiyalarni bajaradigan aholi punktiga aytiladi. Tuman, viloyat, o‘lka va respublika miqyosidagi shaharlar farqlanadi. SHaharlar va ularda aholi konsentratsiyasining o‘sib borishi bilan ularda transport muammosi o‘sib boradi. SHahar va shahar atrofi transporti o‘zida aholi va yuklarni shahar hududida va shaharga yaqin zonalarga tashishni amalga oshiradigan, shuningdek shaharni obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni bajaradigan bir nechta transport turlarini birlashtiradigan transport tizimini taqdim qiladi. SHahar transport tizimi ko‘p tarmoqli shahar xo‘jaligining bir qismi bo‘lib hisoblanadi va transport vositalari (harakatlanuvchi tarkib); yo‘l qurilmalari (relsli yo‘llar, tonnellar, estakadalar, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazmalari, stansiyalar, turish joylari); pristanlar va qayiq stansiyalari; elektr ta’minoti qurilmalari (elektropodstan­siyalar, kabel va kontakt tarmoqlari, yoqilg‘i quyish stansiyalari); ta’mirlaydigan ustaxonalar va zavodlar; depo, garajlar, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari; avtomobillarni ijaraga berish punktlari; liniyali aloqa vositalari, signalizatsiya vositalari, blokirovkalash vositalari, transportni dispetcherlik boshqaruvini o‘z ichiga oladi. SHahar transport tizimiga shuningdek velosiped ham kiradi, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning uchun trotuarlarda maxsus velosiped yo‘laklari ajratiladi.
SHahar transportining oldida yo‘lovchilarni belgilangan manzilga maksimal qulayliklar, minimal vaqt, mehnat va mablag‘ sarflari bilan etkazish vazifasi turadi. SHaharlarning hududiy rivojlanishi ularning rivojlanish tarixining barcha davrlarida avvalambor shahar ichida ommaviy harakatlanishning tezlik tavsiflari bilan belgilangan. SHu sababli taniqli arxitektor, zamonaviy shaharlarning yaratuvchisi Le Korbyuzening qayd qilishicha, hech qaysi shahar uning transportiga qaraganda tezroq o‘sa olmaydi.
"SHahar — transport" tizimi teskari bog‘lanishga ham ega. SHahar, rivojlanishning ma’lum bir bosqichlarida amaldagi transport tizimining imkoniyatlarini “tamom qilish” bilan uni takomillashtirishni, avvalambor tashish qobiliyati va bog‘lanish tezligini oshirish bo‘yicha takomillashtirishni talab qiladi.
SHahar transport tizimi shahar transportining an’anaviy, noan’anaviy va spetsifik turlaridan tashkil topadi.
SHahar transporti quyidagilar bo‘yicha tasniflanadi: tortish turi bo‘yicha (elektrotransport, avtomobil transporti); shaharning hududiga nisbatan (ko‘cha transporti, ajratilgan polotnodagi transport, ko‘chada bo‘lmagan transport); tezlik bo‘yicha (odatdagi, tezkor, yuqori tezlikli); marshrutlarni tashkil qilish texnologiyasi bo‘yicha (odatdagi, yarim ekspress, ekspress); tashish qobiliyati bo‘yicha (past, kichik, o‘rtacha, yuqori).
O‘zbekiston shaharlarida yo‘lovchilarni tashish zamonaviy transportning barcha turlari bilan bajariladi. Keyingi yillarda xususiy avtotransport bilan tashishning ulushi ortmoqda.
Yo‘lovchi transportining ish hajmlari quyidagi asosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi: aholi soni, aholining joylashish xarakteri, shahar planirovkasining tashkil qilinishi, yashash va sanoat zonalarining o‘zaro joylashishi, rel’ef sharoitlari — va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Bunda N — shahar aholisining soni, b — transport harakatchanligi, L — yo‘lovchining o‘rtacha qatnash uzoqligi.


Transport harakatchanligi — bu bir yilda bitta yashovchiga to‘g‘ri keladigan qatnashlar sonidir. Aholining transport harakatchanligiga faqatgina yo‘lovchi transportining ish hajmlarini belgilaydigan asosiy omillar emas, balki aholining turmush farovonligi, shahar transport tarmog‘ining rivojlanish darajasi, uning ijtimoiy va madaniy ahamiyati ham ta’sir ko‘rsatadi. SHahar yo‘lovchi oqimi shakllanishining o‘ziga xos xususiyati vaqt bo‘yicha yaqqol ifodalangan ikkita — ertalabki va kechqurungi tig‘iz payt (ishga borish va orqaga qaytish) hisoblanadi. Yo‘lovchilarni barcha tashishlarning yarmini ishga bog‘liq qatnashlar tashkil qiladi, ular majburiyligi, vaqtga amal qilish, takrorlanuvchanligi va muntazamligi tufayli muhim bo‘lib hisoblanadi.
SHahar transport turining asosiy tavsifa uning tashish qobiliyati, ya’ni harakat xavfsizligi shartlariga amal qilish bilan bitta liniyada bitta yo‘nalishda bir soatda tashilishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchilarning maksimal soni hisoblanadi.
SHahar transport tarmog‘ining muhim tavsifi uning zichligi hisoblanadi. Tarmoq zichligining katta bo‘lishi transport bekatlariga kelishda qulaylik tug‘diradi. Amaldagi me’yorlarga ko‘ra, tarmoqning zichligi yo‘lovchi 5 minutdan oshiq kutib qolmasligini ta’minlashi lozim.
SHaharga muvaffaqiyatli transport xizmatlari ko‘rsatish uchun shahar yo‘lovchi transporti turlarini tanlashning asosiy shartlari quyidagilardir: uning tashish qobiliyatining yo‘lovchi oqimlarining quvvatiga mos kelishi; tezlik – u asosiy yo‘nalishlarda transport turiga, shahar hududining shakli va o‘lchamlariga, yo‘lovchini ko‘chirish vaqtining me’yorlariga rioya qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Transportning raqobat qiluvchi turlari mavjud bo‘lganda ekologik nuqtai-nazardan kamroq zararli va ko‘proq tejamli transport turi tanlanadi.
SHahrlarning rivojlanish tarixi ularning planirovka tuzilishining turli-tuman konfiguratsiyalariga olib kelgan. Erkin sxema (o‘rta asrlardagi Evropa va SHarqdagi shaharlarda), u transport harakatini murakkablashtiradi; radial sxema (unchalik katta bo‘lmagan transport oqimlariga ega bo‘lgan shaharlarda), u markazni chekkadagi rayonlar bilan qulay bog‘laydi, biroq chekkadagi zonalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni murakkablashtiradi; radial sxemaning rivojlanishi bo‘lib hisoblanadigan va uning kamchiligini bartaraf qiladigan radial-halqa sxema (yirik eski shaharlarda) farqlanadi. Nisbatan yosh shaharlarda to‘g‘ri burchakli sxema keng tarqalgan, unda magistrallar va dubllaydigan bog‘lanishlarda transport yuklamasining etarlicha bir tekis taqsimlanishi va diagonal yo‘nalishlarda eng qisqa bog‘lanishlarning yo‘qligi kuzatiladi. SHaharlarning to‘g‘ri burchakli-diagonal sxemasi to‘g‘ri burchakli sxemaning kamchiliklarini bartaraf qiladi. Ko‘pincha sxemalarning yirik shaharlarning rayonlari uchun mo‘ljallangan turli kombinatsiyalari uchraydi.
SHaharning hayotini ta’minlash uchun yuk transporti katta ahamiyat kasb etadi. Uning tashish hajmlari shaharning ijtimoiy yo‘naltirilganligi, yukni shakllantiruvchi ob’ektlarning (turli tarmoqlarning sanoat korxonalari, yuk stansiyalari, savdo bazalari, omborlar va hokazolar) tarkibiga bog‘liq bo‘ladi, bu o‘z navbatida yuklarning nomenklaturasiga ta’sir ko‘rsatadi.
YUk oqimlarining yo‘nalishi avvalambor sanoat zonalari, qurilish zonalari va yashash zonalarining joylashishi bilan shartlanadi. Qurilish ob’ektlarining dislokatsiyasi tez-tez almashishi tufayli qurilish yuklarining yuk oqimlari alohida harakatchanlik bilan ajralib turadi.
SHaharda yuklar asosan avtomobil transporti bilan tashiladi. YUk transportining engil avtomobillar bilan aralash oqimda harakatlanishida harakatlanish tezligi va ko‘chalarning o‘tkazish qobiliyati pasayadi, masalan, yuk transporti harakatining ulushi 20% dan 70% gacha oshganda oqimning tezligi 10 km/soatgacha pasayadi. Dunyoning ko‘pgina shaharlarida markaziy rayonlarda bayram va dam olish kunlarida yuk harakati ta’qiqlanadi yoki chegaralanadi. Ba’zi bir yuklar kechasi (harakat intensivligi pasaygan paytda) etkazib beriladi, shahar orqali tranzit harakat ta’qiqlanadi.
SHaharda yuklarni tashish temir yo‘l bo‘ylab ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday tashishlarning asosiy kamchiligi shahar hududini band qilish va boshqa harakat bilan o‘zaro harakatlarning noqulayligi, shuningdek sezilarli darajada shovqin chiqishi bo‘lib hisoblanadi. SHaharda yuklarni kanatli yo‘llar bo‘ylab ko‘chirish chegaralangan. Omborlar va korxonalardan do‘konlarga savdo yuklarini tashishda ba’zan yuk trolleybusi ishtirok etadi. SHahar atrofi bog‘lanishlarida yo‘lovchi-yuk avtobuslaridan foydalaniladi.

Download 33.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling