Режа: Синтетик (жамланма) ва аналитик (тахлилий) хисобнинг мазмуни


Download 26.44 Kb.
bet1/3
Sana19.04.2023
Hajmi26.44 Kb.
#1362365
  1   2   3
Bog'liq
5-МАВЗУ. БАНКЛАРДА СИНТЕТИК ВА АНАЛИТИК ҲИСОБИНИ ЮРИТИШ


5-МАВЗУ. БАНКЛАРДА СИНТЕТИК ВА АНАЛИТИК ҲИСОБИНИ ЮРИТИШ
РЕЖА:

  1. Синтетик (жамланма) ва аналитик (тахлилий) хисобнинг мазмуни.

  2. Бухгалтерия хисоби регистрлари: бош ва ёрдамчи китоблар.

  3. Бош ва ёрдамчи китобларнинг тавсифи ва уларни юритиш.

  4. Шахсий хисобварақларни очиш ва рўйхатга олиш тартиби.

  5. Шахсий хисобварақларда операцияларни акс эттириш тартиби.

  6. Бош ва ёрдамчи китобларни текшириш тартиби.

  7. Бухгалтерия хисобида хато ёзувларни тузатиш тартиби.

2-Mavzu: Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqalar rejasi.


Ikki yoqlama yozuv
Reja
2.1.Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi-ning hisobvaraqalar rejasi, uning tuzilishi va asosiy bo’limlari tavsifi
2.2.Biznes faoliyatini o’lchash va baholash.Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv.
Tayanch iboralar.
Hujjatlar aylanishi, hujjat rekviziti, hisobvaraq nomeri, to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, akkreditiv ochish uchun ariza, kassa hujjatlari, pul cheki, mas’ul ijrochi, balansdan tashqari hisobvaraqlar, bankning operatsion ish kuni, shaxsiy komputer, hisob markazi, hujjatning qonuniyligi, bank operatsiyalari, hujjatlar yig‘majildi, asl nusxa, dalolatnoma, mijozlarga xizmat ko‘rsatish grafigi.
2.1. Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqalar rejasi, uning tuzilishi va asosiy boʼlimlari tavsifi.
Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi ham mazmunan, ham tuzilishi jihatidan avvalgisidan farqlanadi.
Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobini yagona hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edilar. Har bir hisobvaraq nomeri va nomi yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo‘yilgan edi. Yangi hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi.
Masalan, Markaziy bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar banknot va tangalarga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limidagi hisobvaraqlar muddatiga ko‘ra joylashtirilgan hisoblanadi. “Majburiyatlar” bo‘limi Markaziy bankning asosiy funksiyalaridan biri hisoblangan “Pul emissiya”sidan boshlanib, uning hisobi 20100- “Pul emissiyasi” hisobvarag‘ida yuritiladi. Demak, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan banknotlar va tangalar bank balansining passiv qismida, ya’ni majburiyatlar bo’limida hisobga olinadi.
Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo’lmida, shuningdek, norezident banklarning, xalqaro moliya institutlarining talab qilib olingungacha saqlanadigan, jamg‘arib boriladigan muddatli depozitlari, Markaziy bankning obligatsiyalari, davlat budjetining daromadlar va xarajatlari hisobvaraqlari yuritiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Kapital” deb nomlangan bo’limda “E’lon qilingan ustav kapitali”, “Shakllangan ustav kapitali” kabi hisobvaraqlar ochilgan.
Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasining Sh-bo’limida, ya’ni “Kapital” bo’limida oddiy va imtiyozli ro‘yxatdan o’kazilgan ustav kapitali hamda oddiy va imtiyozli chiqarilgan ustav kapitali kabi Markaziy banklarning hiosbvaraqlar rejasida bo’lmagan hisobvaraqlar ochiladi.
Tijorat banklar iqtisodiyot tarmoqlarining turli mulkchilik shakllariga tegishli xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatadi, shunga asosan tijorat banklarda alohida hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bank esa iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki hukumat va nazorat idoralari va vazirliklarga xizmat ko‘rsatadi. Shunday xususiyatlar har ikki bank hisobvaraqlar rejalarida hisobga olingan.
Hozirgi kunda amalda bo’lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo’limdan iborat bo’lib, ulardan beshtasi balans ichidan hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi oltinchi bo’lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida bo’limlarga kiritilgan, ya’ni:



I bo’lim

10000 – Aktivlar

II bo’lim

20000 - Majburiyatlar

III bo’lim

30000 – Kapital

IV bo’lim

40000 – Daromadlar

V bo’lim

50000 – Xarajatlar

VI bo’lim

90000 - Ko‘zda tutilmagan holat bo‘yicha

(ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar

Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda
- birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi kitoblarda joylashuvini osonlashtirish;
- ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va klassifikatsiya qilish;
- uchinchidan, hisob ishlarini komputerlashtirish;
- to‘rtinchidan, operatsiyalar bo‘yicha yozuvlarni bajarishni tezlashtirishni ta’minlash mumkinligi hisobga olingan.
Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib kodlashtirilgan.
Barcha aktivlar 40 ta atrofida asosiy hisobvaraqqa boTinadi, har bir asosiy hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat. Masalan: 10100 - asosiy hisobvaraq “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb nomlanadi va quyidagi subschyotlarni o‘z ichiga oladi:

Huddi shunday misolni «Majburiyatlar» kategoriyasi bo‘yicha ko‘rib chiqamiz. Bank majburiyatlari “Talab qilib olinguncha saqlanadigan” (muddatsiz) depozitlardan boshlanadi: ya’ni,


20200 - talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda:
2 - majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga tegishli asosiy hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordamchi hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o‘z ichiga oladi:
- Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari;
- Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatsiz depozitlari;
- Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari;
- Budjetdan tashqari fondlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari;
20296 - boshqa talab qilib olinadigan depozitlar.
Demak, 20200 - talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar asosiy hisobvarag‘i bir nechta yordamchi hisobvaraqni o‘z ichiga olar ekan. Yuqorida sanab o‘tgan depozit hisobvaraqlarining hammasi korxona va tashkilotlarining hisob-kitob schyotlariga tenglashtirilgan bo‘lib, ular orqali mijozlarining hisob- kitob, kassa, kreditni qaytarish va boshqa operatsiyalari o‘tkaziladi.
Hisobvaraqlar rejasining qolgan bo‘limlaridagi hisobvaraqlari ham huddi shunday tartibda nomerlanadi.



Download 26.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling