Reja: Temuriylar davrigacha ipak yóli


Download 26.39 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi26.39 Kb.
#1187913
Bog'liq
Sitora


Mavzu: Amir Temurning Ipak yoʻli sohasidagi tadbirlari , natijalari
Reja:
1.Temuriylar davrigacha ipak yóli
2. Buyuk ipak yóli temuriylar davrida
3.Temuriylar davridan keyingi buyuk ipak yóli

O`zbekiston Buyuk Ipak yulining chorraxasida joylashgan va qariyb bir yarim ming yil bu yulda sarbonlik k;ilgan. Fakdt ikki davr: Turk xokrnligi va mugullar davrida Buyuk Ipak yuli shimolga ku chirilgan. Buyuk Ipak yulining eng sunggi rivojla nish pallasi Soxibk;iron Amir Temur davriga gutrt keladi. Buyuk Ipak yuli muxim innovasiyalar, kash fiyotlar tashuvchisi vazifasini bajargan. Bu yul xalk,lar urtasidagi savdo-ik;tisodiy, siyosiy, tashk;i va diplomatik, ijtimoiy-ma’naviy va madaniy alokdlarda muxim rol uynagan. Yurtimizda Buyuk Ipak yulida joylashgan shaxarlar mislsiz daraja da ravnak; topgandi. Aslida Buyuk Ipak yuli — xdyot y^li, xalk^lar urtasida Urnatilgan najot kupri gi edi. Uning butun Shark; va Fap6 dunyosida muxim Urni bor. Bu yul 12000 chak;irimgacha chuzilgandi va Osiyoni Yevropa bilan boklagandi. Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk Ipak yuli Uzining yuk;ori tarak;k;iyot bosk;ichiga kutaril gan va bu omil tasщi siyosat va diplomatiyani ri vojlantirishda katta axamiyatga ega bulgan. Amir Temur saltanati rivojida Buyuk Ipak yu lining aloxida Urni bulgani kabi, ushbu alok;a vo sitasining tarak,k;iyotida Amir Temur va temuriy lar olib borgan siyosatning xam aloxida urni bor. Amir Temur Buyuk Ipak yulining ximoyachisi, k;u ruvchisi va karvonboshisi bulgan. Yevropa va Shark; davlatlarining aksariyati bilan Bukj Ipak yuli ning Bukj tarmok,lari orsali alok;alar urnatilgan va rivojlantirilgan. Keyinrok, dengiz yullari ning ochilishi bu yulning a^amiyatini ancha susay tirgan bulsa-da, baribir bu yullar mux;im kommuni kasiya tizimini bajarib kolavergan. Xomiysi bulgan davlat raxbarlari davrida yaratil gan. Barcha soxdlarga birdek e’tibor, imtimoiy ado lat tamoyili, tadbirkorlikning rivojlanishidan manfaatdorlik, umuman, Amir Temurning milliy va umuminsoniy kddriyatlarga asoslangan tashk,i si yosati mamlakatning ichki va taiщi siyosiy, ik,tiso diy, xususan, savdo alok,alarini rivojlantirishda katta rol uynagan. Bu yul diplomatik alok;alar bilan birga ik;tisodiy alok^alarni rivojlantirish uchun zamin yaratgan. Buyuk Ipak yul i da savdo-sotik, alokalari va ularning huquqiy asoslari kuchayti rilgan, uz davrining eng ilgor infratuzilmalari yaratilgan. Bu ayni paytda tashk;i xavflarni barta raf etishdagi muxim vosita, xarbiy yurishlar olib boriladigan poligon, diplomatik korpuslarning missiyalariga katta imtiyozlar beruvchi rasmiy yul bulishi bilan birga uz davrining barcha innovasion yangiliklarini tashuvchi, madaniy alok.alarni ku chaytiruvchi integrasion maydonga xam aylangandi. Bu y^l turli mintak.a davlatlari va xalkdarining orzu-umidi ediAmir Temur shaxsi va uning faoliyati faqat maxalliy. qolaversa xorijlik tarixchi va tadqiqotchilarni xam qiziqtirib keladi. Markaziy Osiyoda iqtisodiyot va madaniyat rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Amir Temur davrida (1370-1405) turli mamlakatlar bilan xam hamkorlik rivojlangan.Sohibqiron o‘zining buyuk davlatini tuzar ekan, faqal o‘z davlati doirasida cheklanib qolmay Sharq va Gʻarbning o‘niab mamlakatlari bilan do‘stona elchilik va savdo - sotiq aloqalarini ornatdi. Uning davlatida amal qilgan qonun-qoidalar va qafiy tartib xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga lo‘la imkon bergan edi. Temur xorij sayyoh va elchilari. savdogarlari o‘z davlaliga emin-yerkin kirib. chiqishi uchun shart-sharoit yaratish haqida o ylagan. Xar bir shaharda masjidlar. madrasalar. xonaqolar qurishni, musofir yo‘lovchilar uchun yo‘l ustiga rabotlar (qalalar) bino qilishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni buyurdim. Har mamlakat, diyor sayohatchilariyu musoflrlarining boshini siladimki. turli mamlakatlardan menga xabarlar keltirib turdilar. Har bir mamlkatga va diyorga savdogarlar va karvonboshilar tayinladim. Ular o‘sha mamlakalda yashovchi kishilaming hol-ahvoli, turish turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar-deyiladi Temur tuzuklarida.Amir Temur dunyoning turli mamlakatlaridan o‘z mamlakatiga yo‘l olgan karvoniar uchun ulami bir-biriga bog‘lovchi qalalar. karvon - saroylar, daryo bo‘ylarida ko‘priklar qurdirgan. Savdo yo‘llarini qattiq qo riqlashni tashkil etgan. Bizningcha Amir Temur zamonida xalqaro vo‘llar tinch va osuda bo lishiga alohida eьtibor berilgan. Shuning uchun poytaxt Samarqand shahri xalqaro savdo-sotiq markaziga aylangan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan savdogarlar Temur davlati poytaxtiga turli xil maxsulot olib kelganlar. Asli Suriyada tug‘ilgan tarixchi ibn Arabshox "Amir lemur tarixi" kilobida Samarqandga olib kelingan zeb- ziynat buyumlarini sanab: feruza Nishopur, Kozirun va Xurosondan yoqut. Hindistondan olmos, Sinddan marvarid. Xormuzdan duxoba, baxmal. yashm va mushk Xitovdan olib kelinardi, - deb qayd qilinadi. O‘sha vaqtda Samarqand bozorlarida Ovrupa va Sharqning o‘niab mamlakatlaridan kelgan savdogarlarni, shaharda ular joylashgan ko‘chalarni ko‘rish mumkin edi. Amir Temur o‘z poytaxtini jahonga mashxur bo‘lishi uchun xorij fuqarolariga uning darvozalarini ochib qo‘ygan edi. Shahar atrofida bir qancha qishloqlar barpo clib. ulami Misr(Qohira), Damashq (Damashq), Bog‘dod, Sultoniya, Sheroz, Forij nomlari bilan atab. yer yuzidagi yirik shaharlarga qiyos qilgan.Temur davrida savdogarlarga (ayniqsa dunyo bo‘ylab yuruvchi savdogarlarga) keng imkoniyat yaratib berilgan edi.Shaharda turk, arab, hind, katolik dinga eьtiqod qiluvchi, grek, arman vakillari ham bo‘lgan. Shahar har xil mul va matolarga to‘ldirib tashlangan. Rus va Tataristondan charm va surp, Xitoydan ipak kcltiriladi. Chunki bu mamlakatlarda dunyodagi eng yaxshi atlaslar to‘qilardi. Bu yerga mushk. laьI va gavharlaming asosiy qismi xam Hindiston hududidan olib kelinadi.Hindistondan bu yerga mayda mollar. chunonchi muskat. yong‘og‘i, qalampirmunchoq. muskat guli, dolchin inbar, dolchin guli va mananning eng yaxshi navlari xamda Aleksandriyaga jo‘natilmaydigan eng yaxshi narsalar keltiriladi. deb yozadi. ispan elchisi Gonzalis de Klavixo. Ispan sayyoxi va elchisi Samarqand bog‘ va uzumzorlar bilan o‘rab olinganligi, baьzi joylarda bog‘lar I.S liggacha (6 km) masofaga cho‘zilganligi, bozorlarda dunyoning turli chekkalaridan keltirilgan mo‘l-ko‘l meva, tovuq va qushlar solilishi haqida ham eslatib o‘tadi. Amir Temur xorij bilan savdo aloqalarida yetarli eьtibor beribgina qolmay, balki savdogarlarning manfaatini ximoya qiluvchi qonunlar xam chiqargan. Xalqaro savdo-sotiq mamlakat gullab yashnashining omillaridan biri deb qaralgan. O‘z mamlakat vakillarini jahon savdogarlarining qurultoyi kabi anjumanlariga yuborib turgansavdogarlarning manfaatini ximoya qiluvchi qonunlar xam chiqargan. Xalqaro savdo-sotiq mamlakat gullab yashnashining omillaridan biri deb qaralgan. O‘z mamlakat vakillarini jahon savdogarlarining qurultoyi kabi anjumanlariga yuborib turgan."Temur tuzuklari"dan : "uzoq yaqindan biror kishi kelib mening majlisimga kirar ekan. qaysi toifadan bo‘lsa xam davlatim dasturxoni neьmatlaridan uni quruq qaytarmasinlar... Sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarlarga o‘z sarmoyasini qavtadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin ... kimki birovning molini zo‘rlik bilan tortib olgan bo‘lsa, mazlumning molini zolimdan tortib olib egasiga qaytarsinlar. - kabi fikrlarni o‘qiymiz.
Movarounnaxr Amir Temur davrida Gʻarb mamakatlari bilan xam qizg‘in savdo-sotiq munosabatlari o‘rnatgan. Temurning Farangiston qiroliga yo‘llagan ikki maktubi va Mironshohning Ovro‘pa qirollariga yo‘llagan nomasida xam asosiy maqsad mamlakatlararo tijorat o‘rnatishga qaratilgan. Ovro‘poda Amir Temurga chuqur hurmat bilan munosabatda bolganlar. Fransiyada sohibqironga xaykal o‘rnatib, shoxsupasiga ьOvrgpa xaloskoriga" - deb yozib qo‘yilgan. Ovro‘pa muzeylarida yasalgan Amir Temurning otliq xaykali saqlanayotganligi, rus knyazlari Tobolsk shahri yonida Amir Temurning qiziga hag‘ishlab yodgorlik minorasi tiklanganligi fikrimizga dalil bo‘ladi.Yendi Amir Temur va uning o‘g‘illaridan biri Mironshoh Ovro‘pa qirollariga yozgan maktublarga murojaat qilaylik:Amir Temurning Farangiston qiroli Karl VI ga yollagan ikki maktubi 1402 yitning I avgustida yozilgan. "Xazratlari o‘z tojirlarini biz tomon yuborsalar va bizda ularning xurmal-izzatlari saqlansa. ularga xech kim zo‘rlik ko‘rsatmasa, ziyon yetkazmasa. chunki dunyo tojirlar bilan oboddir". Kisolatni (yelchilik) o‘rnaturmiz yoki sizning va bizning odamlarimiz bu ikki eьtiborli mamlakat (Farangiston va Temur davlati) o‘rtasida ozaro bordi-keldi qilsinlar. toki sizning va bizning ulug‘vorligimiz \amma yerda maqtovga oid bo‘lsin. I ijorat ishlarining foydali bo‘luviga erishaylik dcgan fikrlarini o‘qiymiz.Amir Temur ushbu maktublari bilan Farangiston qirolini turk sultoni Boyazid Yildirim (1389-1402) tor-mor qilinib, Ovro‘pani xavf-xatardan qutqarib qolganligidan xabardor qilgan edi.Gʻarbiy Ovro‘pa bilan elchilik va savdo aloqalarini o‘rnatishdan lemur davlati manfaatdor ekanligini o‘g‘li Mironshoh Mirzo ham o‘z maktubida taьkidlaydi. Mironshoh o‘z vakillarini o‘rta asrlarda mashhur bo‘lgan Gcnuva va Venesiya (Italiya) shaharlariga maktub bilan vubordi. Maqsad qizg in savdo-sotiqni o‘matish, shu orqali jahon bozoriga chiqish bo‘ Igan."Tojirlar xususida esa, biz istar edikki, ular biz tomonlarga omon- eson yetib kelsinlar. Biznikilar sizning yurtingizda sizlamiki esa bizning yurtlarda xavf-xatarlardan xoli bo‘lsinlar. Alqissa, siz va bizning o‘rtamizda diniy tofovut bo‘lishiga qaramasdan, biz bu dunyoda barchaning. xususan tijorat ahlining manfaati yo‘lida do‘stlikni asrab- avaylamog‘imiz zarur"- deb yozadi, Mironshoh. Temur kishilaming dini, millatiga qaramay ular o rtasida savdo-sotiq. elchilik aloqalarini o‘rnatish do‘sllikning asosiy tamal toshi deb hisoblagan.Ovro‘pa qirollari esa. ham siyosiy, ham iqtisodiy manfaat nuqtai nazaridan Amir Temur va lining davlati bilan bog‘lanishga harakat qilganlar. Usmoniylar hukmroni Boyazid 1 Yeldirim turklarning Kosovo yonidagi jangdan so ng (Serbiyaning Kosovo maydonida 15 iyun 1889 yil turklar bilan Serb va bosniyaliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urush) Ovro‘paga qarab tezkor harkat qilgan. Ayniqsa. 1393 yil Bolgariyaning poytaxti Tirnovoni egallanishi Farangiston. Kastiliya. Angliya qirollarini tashvishga solgan. Boyazidga qarshi venger qiroli Sigizmund fransuz, ingliz, italyan, nemis, chexlardan iborat 100 ming kishilik salibchilar otryadini tuzadi. 25 sentyabr 1396 yilda turklar bilan salibchilar o‘rtasida Nikopol (Bolgariya) shahrida urush bo‘lib, ovro‘paliklar yengildi, va turklar tomo nidan 10 ming kishi asr olinib qatl qilindi.Bizningcha Yevropa qirollari mazkur voqeadan keyin Boyazid Yeldirim taьsiriga tushmaslikning asosiy chorasi Amir Temur bilan do‘stona aloqa o‘rnatish. undan madad kutish deb hisoblangan.Iqtisodiy alokalar masalasiga qaysak, Amir Temurning buyuk davlati bilan savdo-sotiq munosabatlarini o‘rnatish Ovro‘pa qirollari uchun faxrli, hamda foydadan xoli bo Imaganligi o‘z-o zidan ayon.
2.Buyuk ipak yolining shuhrati ayniqsa, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda, yani Amir Temur qudratli markazlashgan davlat barpo etish barobarida uning barcha hududlarida tinchlik va osoyishtalik ornatdi. Uning ozi tuzuklarida: «Dunyoning yarmini oldim, salatnatimning u chetida bu chetiga biror bolakay boshida bir lagan tillo kotarib otadigan bolsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib-intizom ornatdim», deb aytgan sozlari bejiz emasdir. Katta salohiyat egasi bolgan Sohibqiron mamlakatning yuksak rivojida xalqaro savdoning nechoglik ulkan ahamiyat kasb etishini bilganligidan. Bu sohani butun choralar bilan ostirishga alohida etibor bergan. Bunda yurt tinchligi, ulus farovonligi masalalari xar doim uning diqqat markazida turgan. Shu bois ulug Amir savdo yollarini qoriqlash, odamlar, musofirlar, turli yurt savdogarlari manfaatlarini bosqinchilar, qaroqchilar tajovuzidan muhofaza qilishni muhim davlat ahamiyatiga molik vazifalardan deb hisoblagan. Tuzuklarda: «...yana buyurdimki, yol ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlasin­lar­ki, yollarni qoriqlab, otkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarni manzildan-manzilga yetkazib qoysinlar. Yol ustida birortasining narsasi yoqolsa, ozi oldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, bular uchun javob berish ularning zimmasida bolsin.» deb bejiz takidlab o`tmagan.Amir Temur tashabbusi bilan mamlakatning har bir yirik shaharlarida savdo karvonlarining kirishi va chiqishini nazorat qiluvchi davlat nazorat xizmati va maxsus bojxonalar tashkil etilgan. Savdo karvonlaridan mollarning hajmi. Miqdoriga qarab boj tolovlari undirilgan. Bu davrda poytaxt Samarqand dunyo savdogarlarining yirik markaziga aylandi.Uning keng kochalari boylab maxsus qurilgan muhtasham karvonsaroylar, savdo bozorlari, rastalarda tunu-kun savdo ishlari toxtamagan. Turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar oz mollarini xaridorlarga sotganlar yohud ozlariga kerakli mollarni xarid qilganlar.Samarqand qogozining mashhurligi yetti iqlimga malum bolgan. Movarounnahr va Xuroson shaharlari Buyuk ipak yolining eng qaynoq yoliga aylangan. Bu yerga Hindistondan juda koplab tijorat karvonlari kelib turardi. Xitoy bu hududlarga ipak gazlamalari, chinni kosalar, billur qadahlar, qimmatbaho toshlar yuborardi. Shimoldan noyob postinlar, moynalar keltirilardi. Ushbu turli iqlimlarning mollari Samarqand va boshqa Orta Osiyo shaharlarida toy-toy boylanib, Osiyoning yirik shaharlariga va Yevropaga jonatilardi. Savdogarlar bir yol bilan Genza koliga borardi. Ikkinchi yo`l Hirot, Kazvin, Tabriz, Trabzon orqali genuyaliklar, venesiyaliklar, pizaliklarning kemalariga tushib Yevropaga yetardi.Amir Temurning Oltin Orda xoni Toxtamish ustidan qozongan zafarlari tufayli Buyuk ipak yoli shimoliy tarmoqlarining janubiy bosh yolga qoshib yuborilishi orqasida Movarounnahr va Xuroson shaharlarining xalqaro karvon savdosidagi nufuzi va mavqei yanada ortgan. 1402 yilda mashhur Anqara jangida Turkiya ustidan qozonilgan ajoyib galabadan song Amir Temur davlati bilan Garbiy Yevropa davlatlari ortasida turli xil aloqalar, yaqinliklar yangi pallaga kirdiki. Bunda ayniqsa, xalqaro savdo aloqalari, shubhasiz, birinchi darajali ahamiyat kasb etdi. Xullas, Amir Temur va uning avlodlari zamonidan davlatlar ortasida savdo-tijorat aloqalari yangi hududiy kengliklar kasb etib bordiki, bu bir tomondan, yurtimizning iqtisodiy-madaniy, manaviy yuksalishini taminlagan bolsa, ikkinchidan, uning xorijiy ellar, xalqlar bilan yaqinlashuvi, hamkorligi kuchli turtki berdi. Bu esa Buyuk ipak yoli shuhratining yanada ortishiga olib keldi. Prezidentimiz I. A. Karimov takidlaganidek «Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jugrofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi».Shu tariqa Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk ipak yolining dovrugi beqiyos katta bolganligi, u mamlakatlarning umumiy yuksalishiga, bir-birlari bilan yaqindan boglanishlarga jiddiy ijobiy tamir otkazganligiga shohid bo`lamiz.
3.Amir Temur Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike (ayrim manbalarda - Ispaniya qiroli Genrix III), Fransiya hukmdori Sharl VI (ayrim manbalarda — Karl VI), Angliya qiroli Genrix IV saroylariga elchilar yuborib, mutanosib ravishda ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik va boshqa bir qator — jami yigirmadan ortiq xorijiy davlatlar elchilarini o‘z saltanatida qabul qilgani haqida atroflicha bayon etilgan ko‘plab tarixiy va ilmiy asarlar bu fikrni yaqqol tasdikdaydi.Tarixiy manbalarda yozilishicha, 1402 yilning 28 iyulida Anqara shahri yaqinidagi Chubuq vodiysida Amir Temur bilan Usmonli turk sultoni Boyazid Yildirim askarlari o‘rtasida kechgan va Sohibqiron g‘alabasi bilan yakun topgan jangga guvoh bo‘lganlar orasida Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III tomonidan Amir Temur huzuriga yo‘llangan elchilar — Payo de Sato Mayor va Ernan Sanches de Palasuelos ham bor bo‘lgan. Jangdan so‘ng Amir Temur elchilarni qabul qiladi, ulardan ispanlar davlati va qirolning holahvoli haqida surishtiradi, ziyofatlarga taklif etib, ko‘p hadyalar beradi.Elchilarning qaytish payti kelganida Sohibqiron ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ular bilan birga qobiliyatli beklardan Muhammad Keshiyni qam maktub va sovg‘alar bilan Kastiliyaga elchi qilib jo‘natadi. Keshiy u yerga eson-omon yetib borib, maktub va sovg‘alarni qirol Don Enrike III ga topshiradi.Shu o‘rinda Amir Temur elchisining shaxsi haqida to‘xtalib o‘tishni joiz deb bildik. Uning nomi ba’zi bir manbalarda «Muhammad Qozi», «Muhammad al-Qozi», keyingi,yangi tadqiqotlarda esa «Muhammad Keshiy», «Muhammad al-Keshiy» tarzida keltirilgan. Ma’lumki, Amir Temur Nasaf va Kesh olimlari, diniy va dunyoviy ilmlardan xabardor, xorijiy tillarni biladigan qobiliyatli shaxslarni o‘z saroyiga ishga jalb etgan. Ular turli lavozimlar qatori elchilik vazifasini ham ado etishgan. Masalan, Muhammad Keshiy Sohibqironning elchisi sifatida ma’lum muddat Ispaniyada yashab kelgan bo‘lsa, Mavlono Abdulloh Keshiy Amir Temur tomonidan Misr sultoni Farajga elchi qilib yuboriladi.Amir Temurning Turkistonda mustaqil davlat tuzish jarayonidagi diplomatik faoliyati, uning yosh davlat xavfsizligini ta'minlash maqsadida Oltin O‘rda va Dashti Qipchoqqa nisbatan amalga oshirgan tadbirlari, jahongirlik faoliyati boshlanganda dastlab Xuroson, so‘ngra Eron va Ajam Iroqi, Kankaz sarhadlari, Hindiston, so‘ngra arab mamlakatlari hamda Turkiya va nihoyat, Ovrupo davlatlari bilan bo‘lgan muloqotlarining har biri alohida ilmiy tadqiqot manbai sifatida tahlil qilinishi kerak. Bu yerda faqat Amir Temur danlati tashqi siyosati, uning diplomatiyasi haqida umumiy tasavvur berishi mumkin bo‘lgan ayrim mulohazalarni keltirish bilan cheklaniladi, xolos.Ma’lumki, o‘zbek olimi Ibrohim Mo‘minov “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” asarida Sohibqiron faoliyatini ikki bosqichga — Turonzaminda mustaqil davlat tuzish va xorijiy mamlakatlarni fath etishga yo‘naltirilgan davrlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etgan edi.Nazarimizda, Sohibqiron davlatining tashqi siyosatini tahlil etishda ham ana shu mezondan kelib chiqish ma’qul ko‘rinadi. Chunki, tarixda tarkib topgan har qanday davlatning tashqi siyosati va uning xorijiy munosabatlari uning ichki siyosatining bevosita davomi sifatida namoyon bo‘ladi.Shunday ekan, Amir Temur davlati diplomatik aloqalari ham u yuritgan umumiy siyosatning ajralmas va uzviy bir qismi sifatida maydonga chiqqan hamda amalga oshirilib kelingan.Amir Temur faoliyatining 1370 yilgacha bo‘lgan davri,asosan, Movarounnahrni 150 yildan ortiqroq davom etgan mo‘g‘ullar zulmidan ozod qilish , bu yo‘lda uchragan barcha to‘siqlarni yengib o‘tish va Turonzam inda m ustaqillik bayrog‘ini barqaror etish bilan belgilanadi. Bu vaqt ichida Sohibqiron ana shu asosiy maqsadni ruyobga chiqarish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirdi. U juda katta aql-zakovat va ziyraklik bilan barcha og‘ir vaziyatlardan chiqa bildi.Manbalarda bayon qilingan voqealar tafsilotlari shuni ko‘rsatadiki, bu yerda Amir Temur mavjud kuchlar nisbatini va hodisalar rivojini hamma vaqt yanglishmay tog‘ri baholay oldi va shunga ko‘ra ish ko‘rdi. Amakisi Hoji Barlos Shahrisabzni tashlab qochganda, u vaziyatni to‘g‘ri baholab, mo‘g‘ullar bilan ittifoq tuzishga qaror qildi va o‘z ona yurtini hamda undagi harbiy-siyosiy tayanchini saqlab qola bildi, sarbadorlar rahnamoligidagi vatanparvar kuchlarning mustaqillik uchun kurashidan foydalana bildi va Turkiston mustaqilligi uchun zavol keltirishi muqarrar bo‘lgan no‘noq va nodon chingiziy amir Husaynni o‘z vaqtida chetlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.U Turkiston taxtini qo‘lga kiritganda ham o‘sha davr siyosiy hayotida qattiq ildiz otgan udumlarni hisobga olgan holda ish ko‘rdi: yuzaki bo‘lsa-da, chingiziylar sulolasidan xon ko‘tarib, o‘zi amir-lashkarboshi unvoni bilan kifoyalandi, ammo, shu bilan bir qatorda, chingiziy malikaga uylanib “ko‘ragon - xon kuyovi” unvoniga muyassar bo‘ldi. U ana shu tarzda amalga oshirgan oqilona tadbirlar natijasida Movarounnahrdagi barcha qabila boshliqlari, o‘troq nohiyalardagi aholi uning atrofiga mahkam jipslashdi. Tez orada Movarounnahrda markazlashgan kuchli mustaqil davlatga asos solindi.Ammo, o‘rta asrlar sharoitida qaytadan o‘z mustaqilligiga erishgan Movarounnahrdek boy va serfayz o‘lkani chingiziylar imperiyasining parchalanishi hamda yemirilishi natijasida atrofda avj olgan siyosiy parokandalik va jangu jadallar sharoitida qo‘l qovushtirib o‘tirib saqlab qolib bo‘lmasdi. Oltin O‘rda hali Xorazm vohasidan umid uzmagan,jeta mo‘g‘ullari bu joylarga o‘z ochko‘z nigohlarini tikib turar, janubiy sarhadlardagi siyosiy parchalanish esa Turkistonga har qanday kuchlarning ular orqali yopirilib kirishi uchun qulay vaziyat yaratar edi. Ana shunday bir sharoitda Amir Temur faoliyatining ikkinchi davri - uning Turkistondan tashqarida bo‘lgan xorijiy mamlakatlardagi faoliyati boshlanadi. Bu davrdagi Amir Temur siyosati va diplomatiyasi oldida endi yangi, son-sanoqsiz muammolar paydo bo‘ladi.Ular, tabiiyki, O‘rta Osiyoni yagona davlatga birlashtirishdagi vazifalardan tubdan farq qiladi, albatta. Ammo bu davrda ham, ya’ni 27 mamlakatni o‘z ichiga olgan buyuk imperiyani barpo etishda sodir bo‘lgan barcha hodisalarda ham Amir Temurning zukko davlat siyosati va diplomatiyasi õz aksini topib boradi.Amir Temurning bu davrda Movarounnahrdan tashqaridagi mamlakatlar hukmdorlari bilan olib borgan diplomatik muloqotlari shuni ko‘rsatadiki, uning jahongirlik siyosatidagi barcha masalalar asosan islom dini nuqtai nazariga asoslangan holda hal etishga qaratilgan. To‘g‘ri, ko‘pchilik hollarda Sohibqironning harbiy yurishlari islom mamlakatlariga nisbatan amalga oshirilgan. Gap shundaki, bunday hollarda musulmon hukmdorining hech qanday asos bo‘lmagan bir sharoitda boshqa musulmon davlatiga tajovuz qilishiga fatvo yo‘q.Ammo mo‘g‘ullar hukmronligi yillarida ko‘pgina musulmon sarhadlarida islom dinining oldingi mavqei susayib qolgan,chunki majusiy mo‘g‘ul hukmdorlar (masalan, O‘rta Sharqdagi xulagiylar yoki Markaziy Osiyo sh arqidagi jetalar) o‘z manfaatlari yo‘lida islom qonun-qoidalari bilan mutlaqo hisoblashmas edilar. Amir Temur davlat tepasiga kelgan vaqtda bu boradagi ahvol islom dini foydasiga o‘zgara boshlagan bo‘lsada, hali ko‘p nohiyalarda majusiylarning g‘oyaviy hayotdagi salbiy ta’siridan bo‘lgan norozilik bosilmagan edi. Sohibqiron bu ahvoldan o‘ziga tobe kuchlarni maqsad sari safarbar etishda va boshqa mamlakatlarga nisbatan uyushtirilgan harbiy yurishlarni oqlash uchun g‘oyat oqillik bilan foydalanadi. U olib borgan barcha jangu jadallar islom dinining g‘orat etilish iga yo‘l qo‘ymaslik, uning susayish iga o‘z xattiharakati bilan sababchi bo‘lgan hukmdorlarni jazolash shiori ostida amalga oshirila boshlanadi. Islom dini daxlsizligini muhofaza qilish, bu boradagi qonun-qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, uni tarqatish - Sohibqiron davlatining g‘oyaviy bayrog‘iga aylanadi. Amir Temur Movarounnahrni mo‘g‘ul istibdodidan ozod qilishda, so‘ngra buyuk imperiyani barpo etishda bir yarim asr davom etgan g‘ayridin mo‘g‘ullar hukmronligidan zada bo‘lgan mintaqalar uchun usha davrda islom g‘oyasining birlashtiruvchi kuchga aylanishi mumkinligini to‘la anglagan holda harakat qiladi. “Tajribadan ko‘rib bildimki, deb ta’kidlagan edi u, - davlat agar dinu oyin (qoida) asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi qudrati va tartibi yo‘qoladi” ’. Uning dini islom sohasida yuritgan siyosati din peshvolari tomonidan qattiq qo‘llab-quvvatlandi, hatto ular Amir Temurga “bu yuz yillikda Muhammad dinining yangilovchisi shu kishi bo‘lg‘ay”, degan fatvo ham berdilar.Jahongirlik siyosatining ana shu g‘oya bilan asoslanganiga misol tariqasida “Zafarnoma”dan quyidagi parchani eslatib o‘tishni lozim topamiz: “Davlatning ravshan quyoshi jangu jadal ma’rakasi gardining qorong‘iligidan so‘ng yuz ko‘rsatadi, komronlik chamanining yashnashi urush bulutidan qonyomg‘ur yoqqanidan keyin sodir bo‘ladi. Vaqtiki, bu sayu harakatlardan kutilgan maqsad haq kalimasining yuksakligiga erishish va islom shiorini izhor etish bo‘lsa, bu matlub natijasi tezroq qo‘lga kiradi va u orzu chehrasi osonroq yuz ko‘rsatadi”Shu tarzda Amir Temur islomni g‘oyaviy bayroq sifatida o‘zining boshqa mamlakatlar va xalqlar bilan bo‘lgan munosabatlarida hamisha bedaxl saqlashga, uni bosh masala tarzida har vaqt diqqat markazida tutishga qatgiq e’tibor berib keldi. U,masalan, turk sultoni Boyazid Yildirim bilan olib borgan yozishmalarida doimo uning g‘ayridinlarga qarshi olib borgan kurashiga xayrixohlik bildirishni unutmagan, bu boradagi o‘z nuqtai nazarini imkoni boricha kengroq tarqatishga harakat qilgan. Boyazid Yildirimning Kemax qal’asini bosib olganiga qattiq e’tirot bildirgan Amir Temur turk sultonidan uni darhol o‘z egalariga qaytarib berishni talab qilar ekan, bu masala yuzasidan unga yo‘llagan maktubida, jumladan, quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Uni (Kemax qal’asini) bizning gumashtalarimizga topshirasan, qolgan Rum mamlakati senga musallamligicha qolgay, agar u hududda (islom) diniga muxolif bo‘lganlarga qarshi g‘azot marosimini barpo qilsang, har nimaiki iltimos qilsang, qudratimiz yetgancha madad va yordamimizni darig‘ tutmaymiz, biz ham g‘azot savobida senga sherik bo‘lgaymiz”. Shundan sal oldin Qoraboqqa Amir Temur huzuriga kelgan turk elchilariga (taxminan 1402 yil mart oyi-ning boshlarida) Sohibqiron shunday so‘zlarni aytadi: “Men tabiatan u tomonga yuzlanish va u mamlakatga lashkar surishni xoqlamayman.(Amir Boyazid) doimo faranglarga qarshi g‘azot qilayotganligi sababli men faranglar quvvatlanib, ahli islomning kuchsizlanishini istamayman”. Amir Temur Ovrupo davlatlariga yuborgan elchilariga qirollar bilan olib boriladigan muzokaralar uchun keng huquqlar bergani holda, ularga diniy masalalar yuzasidan fikrlashishni mutlaqo man etgan. Masalan,Amir Temurning 1402 yilda Farangiston qiroli Karl VI yo‘llagan maktubida shunday satrlarni o‘qiymiz: “ Buyuk hukmdorlar va do‘stlar o‘rtasidagi ulug‘ ishlar haqida bir-birlarini ogoh etish odatiga buysunib, mazkur arxiyepiskop Janni siz janoblarining huzuriga jo‘natdik, toki ul kishi bizning mamlakatimiz va hozirgi ahvolimiz, shuning birla, so‘nggi paytlarda bul o‘lkalarda sizning g‘animlaringizga nisbatan sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘risinda sizni xabardor etsinlar, batafsil so‘zlab bersinlar. Tag‘in ul zot sizlar bilan bo‘lgan do‘stligimiz va ittifoğimiz, siz va sizning odamlaringizga hurmat-e’tiborimiz hamda birodarligimiz ravnaqi yo‘lida shu kunlarda bajarilayotgan ko‘pgina foydali tadbirlar haqinda ham hikoya qilg‘aylar. Ul zotni ham sizning, ham bizningodamimiztariqasinda tavsiya etmokdamiz; ul kishini diniy masalalaodan tashqari boshka barcha masalalaoda ishonchli vakil. deb tinglag‘aysiz”. Ushbu maktubdagi ostiga chizilgan so‘nggi jumla bilan Amir Temur o‘zining musulmon imperiyasi hukmdori sifatida diniy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borish niyati yo‘qligini bildirish bilan bir qatorda, nasroniy e’tiqodga oid o‘z xizmatkorining (elchisining) bu sohada umuman hech qanday haq-huquqqa ega emasligini ham alohida qayd etgan.Ayrim tadqiqotchilarning, masalan, I.I. Umnyakovning “bu narsa Amir Temur va uning a’yonlarining fikri bo‘lmasdan, arxiyepiskopning o‘zi tomonidan maktubga qo‘shilgan"degan fikrini sira quvvatlab bo‘lmaydi. Chunki elchi sifatida yuborilgan vakillar bunday erkinlikka yo‘l qo‘yishi aql bovar qilmaydigan bir holdir degan fikrga kelishgan.Amir Temurning islom dini himoyachisi sifatida yurgizgan ichki va tashqi siyosatining ifodasi tarzida bu jumla ataylab ana shu maktubning boshdanoq o‘rin olganligiga shubha bo‘lishi mumkin emas.Amir Temurga bo‘ysunishni istamagan va undan qochib Boyazid Yildirim saroyida panoh topgan turkman sardori Qora Yusuf masalasida ham islom dini nuqgai nazaridan yondashilgan. Aslida bundan Amir Temur o‘z siyosiy va harbiy maqsadlarini amalga oshirish uchun g‘oyat zukkolik bilan foydalangan. Natyukada Qora Yusuf masalasi uning bilan turk sultoni o‘rtasidagi eng chigal muammolardan biri darajasiga ko‘tariladi, chunki Sohibqironning bu boradagi talabini Boyazid bajarishdan bosh tortadi. Amir Temur Boyazidga yo‘llagan qator maktublarida Qora Yusufni o‘z yurtida musulmon qonun-qoidalarini oyog‘ osti qilganlikda,qaroqchilik yo‘liga o‘tib, Makkaga borayotgan hojilar karvonlarini talatanlikda ayblaydi va bunday shaxsning, Qur’on oyatlarida ko‘rsatilganidek, og‘ir jazoga mustahiq etilishi lozimligini ta’kidlashsh- “Qora Yusuf yo‘lto‘sarlardan bo‘lganligi va necha martalar hojilarni g‘orat qilganligi, islom mamlakatlarida talon-toroj qilib fitna qo‘zg‘otganligi uchun, deb yozgan edi Sohibqiron bu haqda Boyazidga yuborgan o‘z maktublaridan birida, - umumxalq huzurida dorga osilishi kerak, toki o‘zga mufsiddarga ibrat bo‘lgay3. Bu yerda ana shunday “dini islomni g‘orat qilgan” bir kimsani o‘z panohila saqpagan hukmdor edi.Amir Temur “Tuzuklari”da “ Qaysi ishni chora-tadbir bilan bitirishning iloji bo‘lsa, unda qilich ishlatmadim”degan ibora bitilgan. Bu narsa uning diplomatiyasida asosiy o‘rin tutganligini ko‘ramiz. Bu diplomatik yo‘l Turonzaminni bir yaxlit davlat sifatida birlashtirishda katta ijobiy natijalar berdi. Aks holda ko‘plab qon to‘kilgan, mo‘g‘ullarning 150 Yil davom etgan zulmidan keyin endi qad rostlab kelayotgan o‘nlab shahar-qishloqlar va sug‘orish inshootlari qaytadan vayron qilingan bo‘lur edi. Bu esa, o‘z navbatida, mo‘g‘ul istibdodiga qarshi kurashdagi yakdilikka rahna solgan, mustaqillik tarafdori sifatida siyosiy maydonga chiqqan kuchlarning ijtimoiy va iqgisodiy tayanchini ojizlantirib, pirovard natijada bu kuchlarning maqsadga erishuv muddatini cho‘zib yuborgan bo‘ladii.Diplomatik yo‘l bilan o‘z ta’sir doirasini kengaytirish usulini Amir Temur o‘z faoliyatining ikkinchi bosqichi, ya’ni jahongirlik davrida ham keng qo‘llagan. U, ayniqsa, kichik hukmdorlarga jangu jadalga kirishmaslikni, yuqori hokimiyat sifatila uni tan olgan holda o‘z yurtida avvalgidek hukmronlik qilaverishni tavsiya etgan. Manbalardan ma’lumki, ko‘p hollarda bu siyosat muvaffaqiyat qozongan. Albatta, bunday hukmdorlarning Amir Temur takgtiflarini qabul qilishi zamirida Turondagidek birlashish zarurati emas, balki noilojlik asosiy omil bo‘lgan. Shu bilan ular, cheklangan bo‘lsa-da, o‘z hukmronliklarini saqlab qolganlar.Harbiy kuch-qudratga tayangan bu diplomatik usul ko‘p hollarda muvaffaqiyat qozonganligining yana bir sababi shundaki, Amir Temur o‘z faoliyatsda aytilgan so‘zni albatta amalga oshirishga harakat qilgan.Tarihdan ma’lumki, ko‘pgina fotihlar u yoki bu istehkomni zabt etishda yoki biron mamlakatni o‘z tasarrufiga olishda,agar ixtiyoran taslim bo‘linsa juda katta va’dalar berishgan,el-yurt, mol-jon omonligini saqlash haqida qasamlar ichishgan, ammo o‘z maqsadlariga erishgach, turli rivoyatlar topib, uni buzishgan. Bunday holni biz Chingizxon va uning lashkar boshilari faoliyatida ayniqsa ko‘p uchratamiz. Tarixiy faktlar shuni ko‘rsatadiki, Temur bunday hollarda so‘z va ish birligiga asosan qat’iy amal qilgan Bunga faqat bitga misol keltirish bilan cheklanamiz. Manbalardan ma’lumki, Amir Temur Boyazid Yildirim bilan to‘qnashuvda turk sultoni tarafida bo‘lgan “totorlar” qavmini Turkiston sarhadlariga qaytarish va’dasi bilan o‘z tomoniga agdarishga muvaffaq bo‘ladi. Bu haqda Nizomidsin Shomiy va Ibn Arabshohasarlarida to‘la ma’lumot berilgan. Muallifi o‘sha davr voqealarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan boshqa bir manba - “Tarixnoma”da Sohibqiron bergan ana shu so‘zning oqibati haqida aniq faktlarga duch kelamiz.
Download 26.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling