Республика узбекистан министерство высшего и среднего специального образования


Download 81.03 Kb.
bet1/5
Sana22.08.2020
Hajmi81.03 Kb.
#127309
  1   2   3   4   5
Bog'liq
TJLI asoslari 2020 lotin


РЕСПУБЛИКА УЗБЕКИСТАН

МИНИСТЕРСТВО ВЫСШЕГО И СРЕДНЕГО СПЕЦИАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

ФЕРГАНСКИЙ ПОЛИТЕХНИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ



Дата регистрации:

«УТВЕРЖДАЮ»

№ __________

«____»Август 2020 г.



Проректор по учебной работе_________________ Sh.Sh.Xamdamova

«___»Август 2020 г.






ПО КУРСУ « НАУЧНАЯ ОСНОВА ПРОЕКТИРОВАНИЯ ТЕХНОЛОГИЧИСКИХ ПРОЦЕССОВ В МАШИНОСТРОЕНИИ»

(название предмета)

I ShCh I O’ Q U V D A S T U R I





Область знаний:

300000 - Производственно-техническое поле

Образование:

320000 - Технология производства

курс обучения:

5A320201- Механическое технологическое оборудование



Тип обучения

1 семестр

2 семестр

Итого

лекция

30

30

60

практика

30

30

60

Самастоятельное обучение

60

60

120


Фергана - 2020

Учебная программа предмета утверждена Протоколом Координационного совета учебно-методических объединений в сфере высшего и среднего специального, профессионального образования на 2019 год «__» ______ «__». Типовой учебный план по науке разработан Ташкентским государственным техническим университетом.


Рабочая программа по предмету «Научные основы проектирования технологических процессов в машиностроении».

Разработчики:

Tojibayev R.K. __________

(подпись)

Рецензенты:
Каримов И.Т. доцент кафедры «МСТ», к.т.н. _________

(ФИО. должность, степень и ученое звание) (подпись)
Мирзахонов Ю. Доцент кафедры «Прикладная механика», к.э.н.__________

(ФИО. должность, степень и ученое звание) (подпись)

Рабочий учебный план предмета обсужден на заседании кафедры «Машиностроение, технология и автоматизация» ____ августа 2019 года и рекомендован для обсуждения на Совете факультета.


Заведуший кафедрой: _________ A.E. Sotvoldiyev «­­­­­­­­_____» Август 2019 г.

(подпись) (ФИО)

Рабочий план по науке обсужден на коллегии механического факультета и рекомендован Ученому совету института. Протокол № ___ от ____ августа 2020 года.



Fakultet Kengash raisi : _______ A.G’. Xonkeldiyev «____» avgust 2020 yil

(imzo) (F.I.Sh.)



KELIShILDI:
O’quv uslubiy

bo’lim boshlig’i: _________ Shaev A. «____» avgust 2020 yil

(imzo) (F.I.Sh.)
Institutning 2020 yil “___” avgustdagi __-son Ilmiy Kengashida muhokama etilgan va tasdiqlangan.


  1. Kirish

Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlariga ko’ra 5A320201 - “Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari” mutaxassisligi bo’yicha magistratura talabalari uchun « Mashinasozlik texnologik jarayonlarini loyixalashni ilmiy asoslari» fanining ishchi dasturi Farg’ona politexnika institutida mashinasozlik texnologiyasi soxasida mutaxassislar tayyorlash borasida ko’p yillik yig’ilgan tajribalarga tayangan holda O’zbekiston Respublikasida rivojlanayotgan mashinasozlikdagi ishlab chiqarishning yangi talablarini inobatga olib tuzilgan. Ushbu dastur mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni bosqichma-bosqich tashkil etish, fan tarixi va rivojining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va xududiy muammolarining mashinasozlik sohasida sifatli, raqobatbardosh va yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan mahsulotlar tayyorlash istiqboliga ta’siri hamda bakalavrlarni mashinaozlik ishlab chiqarishlarida asoslangan moslamalarni loyixalash va ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zaruriy moslamalarni tanlash va ulardan unumli foydalanish hamda zamonaviy samaradorligi yuqori bo’lgan tipaviy va maxsus moslamalarni konstruksiyalarini o’rgatish masalalarini o’z ichiga oladi.




  1. Fanning maqsad va vazifalari

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda mashinasozlik korxonalarida qo’llaniladigan ishlab chiqarish turlari, tipik detallarini tayyorlash texnologik jarayon va operasiyalari, mexanik ishlov berish va yig’ish ishlari, mashinasozlik mahsulotlarini tayyorlash usullari va loyihalash asoslari bilan tanishtirish, mashinasozlikda ishlab chiqarish dasturiga asosan belgilangan muddat ichida talab etilgan sifat darajasida mehnat hamda moddiy resurslarni kam sarflagan holda mashinasozlikda ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni bosqichma-bosqich tashkil etishni, sifatli, raqobatbardosh va yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan mahsulotlar tayyorlashda dastgox va nazorat moslamalarini loyixalash va ishlab chiqarish usullarinini o’rganish va yo’nalish profiliga mos, ta’lim standartida talab kilingan bilimlar, ko’nikmalar tajribalar hamda malakalar darajasini ta’minlash bilan yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.

Fanning vazifasi - detal tuzilishini baholash, mexanik ishlov berish marshrutini ishlab chiqish, ishlov berish usulini, material, zagotovka, metall kesuvchi dastgohlarni, texnologik moslamalarni, kesuvchi asboblarni to’g’ri tanlashga va texnologik jarayon hujjatlarini to’ldirishga hamda o’lcham aniqligi, yuza tozaligi va texnik iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan sifatli mahsulot tayyorlashni hamda - mashinasozlikda ishlab chiqarish dasturiga asosan belgilangan muddat ichida talab etilgan sifat darajasida mehnat hamda moddiy resurslarni kam sarflagan holda mashinasozlikda ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni bosqichma-bosqich tashkil etishni, sifatli, raqobatbardosh va yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan mahsulotlar tayyorlashda dastgox va nazorat moslamalarini loyixalash va ishlab chiqarish usullarinini o’rganish va yo’nalish profiliga mos, ta’lim standartida talab kilingan bilimlar, ko’nikmalar tajribalar hamda malakalar darajasini ta’minlash o’rgatishdan iborat.


  1. Fan bo’yicha talabalarning malakasiga qo’yiladigan talablar

Mashinasozlik texnologik jarayonlarini loyixalashni ilmiy asoslari” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:



  • mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqariladigan maxsulotlarning rivojlanish tendensiyalari, zagotovkalarni bazalash, o’rnatish va mahkamlash usullari, mahsulotlarning sifat ko’rsatgichlari, o’lcham aniqligi va yuza g’adir-budurligi, ishlov berishda hosil bo’ladigan xatoliklar, texnologik tizimning sozlash usullari haqida egallagan bilimlari asosida mashina detallariga mexanik ishlov berish hamda birikmalarni yig’ish jarayonlarini loyihalashni bilishi kerak;

  • ishlab chiqarish turlarining tashkiliy shakllari asosida, mexanik ishlov berish va yig’ish jarayonlarni loyihalash, material turini va zagotovka olish usulini, texnologik jihoz, moslama, kesuvchi va o’lchov asboblarini tanlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

  • mexanik ishlov berish va yig’ish usullarini tanlash texnologik jarayonni ishlab chiqish, ishlov berish marshruti, texnologik operasiyasi, eskizlar kartasi, texnologik yig’ish sxemalarini tuzish malakalariga ega bo’lishi kerak.




  1. Fanni o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va

uslubiy jihatdan uzviyligi
Mashinasozlik texnologik jarayonlarini loyixalashni ilmiy asoslari” fani mutaxassislik fani hisoblanib, 2 semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan umummetodologik fanlar va mutaxassislik fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.

  1. Fanning ishlab chiqarish sohasidagi o’rni

Fandan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan talabalar mashinasozlik korxonalarida mashinasozlik mahsulotlarini tayyorlash usullari va texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari, texnologik jihozlarni tanlash va texnik hujjatlarini to’ldirish imkoniyatlariga ega bo’ladi.

  1. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning “Mashinasozlik texnologik jarayonlarini loyixalashni ilmiy asoslari” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning zamonaviy axborot texnologiyalaridan, kompyuter va telekommunikasiya vositalaridan foydalanish, yangi pedagogik va ta’lim texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma va elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar va maketlaridan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarida mos ravishda ilg’or pedagogik texnologiyalari va uning usul va vositalaridan foydalaniladi.

Dastur mavzularini o’zlashtirish darajasini oshirishda ma’ruzalarni interfaol usullarda, munozaralar asosida, talabalarning erkin fikrlashini ta’minlash asosida, kelgusi ma’ruza mavzulari asosida internet ma’lumotlari aniqlash vazifalari va ularni talabalar orasida taxlil etib borish orqali ma’ruza mashg’ulotlarini keng tarzda amalga oshiriladi.

Mashinasozlik texnologik jarayonlarini loyixalashni ilmiy asoslari” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:



Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarining o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.



Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

Mashinasozlik texnologik jarayonlarini loyixalashni ilmiy asoslari” fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasi va “Internet” tarmog’idagi foydalaniladi.




  1. «Mashinasozlik texnologik jarayonlarni loyixalashni ilmiy asoslari» fanidan o’tiladigan mavzular va mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti

1- semestr




Ma’ruza mavzusi va mazmuni

Soatlar




1-ma’ruza. Kirish. Asosiy tushunchalar.

1.1. Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalashni ilmiy asoslari fanining maqsadi va vazifalari.

1.2. Zagotovka tayyorlash yangi texnologiyalari va jihozlari.

1.3. Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish uslubiyoti.



2



Download 81.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling