Rivoyat -nega yugurasan? Qaerga shoshyapsan buncha?-so’rabdi donishmand yuguraverib, harsillab qolgan bir odamdan


Download 300.93 Kb.
bet1/7
Sana20.01.2023
Hajmi300.93 Kb.
#1103791
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YARASHISH



YARASHISH-BU RIZQ!
(rivoyat)
-Nega yugurasan? Qaerga shoshyapsan buncha?-so’rabdi donishmand yuguraverib, harsillab qolgan bir odamdan.
-Rizqimning ortidan quvib ketyapman.
-Nega rizq oldinda, deb o’ylayapsan? Balki rizq seni quvib kelayotgandir? Sen esa rizqingni tashlab qochayotgandirsan?
-Bu haqda hech o’ylab ko’rmabman.
Xuddi shunday, aksariyat er-xotinlar o’ylab ko’rmasdan ajrashishadi. Xuddi oldinda yana topishish bordek…
Orqaga qarang va rizqingiz bilan yarashing! Rizqingizdan qochmang! Yarashish ham rizq!

AJRASHISHDAN OLDINGI HAYOL
Donishmandning yoniga bir kishi kelib, ayoli bilan ajrashmoqchiligini aytibdi.
-Nima bo’ldi? Nega ajrashmoqchisan? Ayolingni saranjom-sarishta, ozoda va mo’mingina deyapsan. Bunday ayolni qayta topa olasanmi? Ayolingdek xotinni odamlar orzu qilishadi-ku? Sen esa undan voz kechmoqchisan.
Ajrashish hayoli bilan yurgan bu odam shuncha savollarga javob sifatida oyoq kiyimini yechib, donishmandning oldiga qo’yibdi.
-Nima qilaman oyoq kiyimingni? Nima uchun uni oldimga qo’yding?-debdi donishmand ajablanib.
-Oyoq kiyimim chiroyli va yangi ekani ko’rinib turibdi, lekin oyog’imga sig’masa, uning nima keragi bor?
-Xotin oyoq kiyimi emas, bittasini yechib, boshqasini olib kiyaveradigan. Qolaversa, oyog’ing sig’maganiga tufli emas, oyoqdan tepada turgan miyang aybdor!
-Tushinmadim?
Oyoq kiyim ham, xotin ham seniki. Ammo miya seniki emas. Agar u o’zingniki bo’lganda, shu kichik o’lchamli oyoq kiyimni sotib olarmiding?!

NIMA UCHUN OILA QURILADI?
Inson tug’ilibdiki, baxtli bo’lish uchun harakat qiladi. Kimdir jahl, kimdir sabr bilan baxt topadi. Kimdir oila ichida baxt topsa, kimdir baxtli bo’lish uchun oiladagi muammolardan qochishni istaydi. Har safar baxtsizlik chulg’ab olganida, mehrga ehtiyoj sezadi. Baxtlilik hissi shunchalik shirinki, unga to’yib bo’lmaydi. Uning sharobidan bahra olib, lazzatlanish shunchalik qisqaki, vaqtni ham unittiradi. Baxt shunchalik ulug’ki, tog’ning tepasiga o’tqazib qo’yadi. Shunchalik rashkchki, baxtsizlarni ko’rmaslik uchun ko’zga parda to’sa oladi.


Download 300.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling