RO`zani qo`yidagi narsalar buzadi: 1632- modda: O`n (10) narsa ro`zani buzadi


Download 119.5 Kb.
Sana20.05.2020
Hajmi119.5 Kb.
#108342
Bog'liq
ro‘za qoidalari


RO`ZANI QO`YIDAGI NARSALAR BUZADI:

1632- modda: O`n (10) narsa ro`zani buzadi:

1. Yemoq

2. Ichmoq

3. jinsiy aloqada bo` lmoq

4. Istimno

5. Alloh, payambari va yo`lboshchilariga bo`hton- tuhmat qilmoq, (ularga yolon so`z- gapni nisbat bermoq.)

6. Yo`ghon changni halqumga yetkazmoq.

7. Boshnining butun qismini suvga sho`nghitmoq.

8. Bomdod namozi vaqtigacha junub, hayz va nifos holiga boqiy qolish.

9. Suyuq narsalar bilan klizma- huqna qilmoq.

10. Qusmoq.

Har birinining hukmi qo`yidagi moddalarda bayon qilinadi.

YEMOQ VA ICHMOQ (1- VA 2-)

1633- modda: Inson qasdan biron narsani yesa yo ichsa, unining ro`zasi buziladi. Xoh yeb ichgan narsasi non va suvdek oddiy yeb ichiladigan narsalardan bo`lsin, xoh tuproq kabi oddiy narsalardan bolmasin, xoh oz bo`lsin xoh kop bo`lsin.[1] tish oralighida qolgan ovqat qoldighi yutib yuborsa ham ro`zasi buziladi.

1634- modda: Ro`zador, bilmay biron narsa yesa yo ichsa ro`zasi buzilmaydi.

1635- modda: Ro`zador ovqat o`rnida ishlatiladigan ukollardan o`zini tiysin. Ammo boshqa xil ukollarni olishi mumkin.

1636- modda: Ovqatlanish vaqtida bomdod bo`lib qolgani sezib qolsa, oghzidagi luqmasini tupursin, tashqariga chiqarsin. CHunonchi, ataylab yutib yuborsa ro`zasi buziladi. Kelgusida aytiladigan yo`sinda dasturlarda jarima to`lashi farz.

1637- modda: Ro`zador (ro`zasi asnosida) chanqab qolsa, chanqoqlikdan o`lib qolishidan qo`rqsa kerak miqdorda suv ichib biladi. Ammo unining bu ro`zasi buziladi. Agar ro`zasi ramazon oyida bo`lsa, kun oxirigacha ro`za buzuvchilarini bajarmasin.

1638- modda: Ro`zaga tayorgarlik ko`rayotgan kishi, (bomdod namozi) azonidan oldin tishlarini tozalashi lozim emas. [hatto tish orasida qolgan ovqat qoldighi kun davomida (halqumdan) pastga tushish ehtimoli bo`lsa.] Ammo tish orasida qolgan ovqat qoldighi kun davomida (halqumdan) pastga tushishini bilsa va tozalamasa ro`zasi buziladi. Xoh u halqumdan pastga tushsin, xoh tushmasin.

1639- modda: So`lak- tupugini – har qanday yosinda oghzida yighilgan bo`lsin – yutish ro`zani buzmaydi.

1640- modda: Balgham –oghiz bo`shlighiga yetmagan yetmagan bo`lsa – yutish ro`zani buzmaydi. Oghiz bo`shlighiga yetsa, uni yutmaslik vojib.

1641- modda: Bola yo parranda ovqatini chaynamoq, ovqat ta’mini tatib ko`rmoq kabi – halqumga yetmaydigan – amallar to`satdan halqumga yetib qolsa, ro`zani buzmaydi. Ammo inson boshidan halqumga yetishini bilsa, chunonchi halqumindan pastga tushsa ro`zasi buziladi. Jarima ham farz bo`ladi.

1642- modda: Kishi kuchsizligi uchun ro`zasini ochib bilmaydi. Biroq, kuchsizligi chidab bo`lmaydigan darajada bo`lsa ro`zani ochishi mumkin.

JINSIY ALOQA (3-)

1643- modda: Yaqinlashish natijasida – xatnagoh miqdorida kirsa – sikuvchi va siktiruvchinining ro`zasi buziladi. Xoh ular kichik bo`lsin, xoh katta bo`lsin; xoh oldindan bo`lsin, xoh orqasidan. Xoh maniy chiqsin, xoh chiqmasin. Ammo xatnagohdan ozroghi kirishi natijasida maniy chiqmasa ro`zani buzmaydi.[2]

1644- modda: Ro`zaligini unitishi oqibatida yo uyqu holida yo yaqinlashishga majburlashlari natijasida siksa, ro`zasi buzilmaydi. Biroq yaqinlashish asnosida esiga kelsa yo uni bu ishga majburlamasalar, tezlik bilan yaqinlashishni to`xtatsin. To`xtatmasa ro`zasi buziladi.

1645- modda: Xatnagoh miqdoricha kirganiga shak- shubhada bo`lsa, ro`zasi buzilmaydi.[3]

ISTIMNO (4-)

1646- modda: Istimno: kishi o`z maniyini chiqarishi uchun o`zi bilan biron ish qilsa va shu sabab undan maniy chiqsa, unining bu ishiga istimno deyiladi. Ro`zador istimno qilsa ro`zasi buziladi. Ammo insondan extiyorsiz ravishda maniy chiqsa ro`zasini buzmaydi. Lekin bir ish qilgani bois, undan extiyorsiz ravishda maniy chiqsa, ro`zasi buziladi.

1647- modda: Muhtalim: uyquda maniyi chchiqgan kishi. Ro`zador kunda uxlashi natijasida muhtalim bo`lishini bilsa, uxlashi mumkin. Chunonchi uxlasa va oqibat natijada muhtalim bo`lsa, ro`zasi buzilmaydi.

1648- modda: Ehtilom: uyquda maniy chiqish. Etlimom bo`lgan ro`zador ghusl qilishidan oldin siyishi va istibro qilishi mumkin. Ghusl qilganidan so`ng, siyishi yo istibro oqibatida maniy qoldighi siydik yo`lidan chiqsa, istibro qila olmaydi! Ro`zador maniy chiqar vaqtda uyghansa maniy oldini olishi farz emas.

1649- modda: Ehtilom bo`lgan ro`zador, maniy, kanalida qolgani va ghusl qilishidan so`ning undan chiqishini bilsa, yuvinishidan oldin siyishi yaxshiroq.

1650- modda: Maniyni chiqarish uchun biron narsa qilsa, ammo maniy chiqmasa, ro`zasi buzilmaydi.

1651- modda: Ro`zadordan, birov bilan o`ynashi yo hazillashishi oqibatida maniy chiqsa – bunday o`yinlar natijasida undan maniy chiqishi unining odati bo`lsa – ro`zasi buziladi. Ammo uning odati bo`lmasa va mani undan chiqsa yanada ro`zasi buziladi, ammo maniy chiqishligidan ilgari uynash orqali mani chiqmasligiga ishonsa, ro`zasi buzilmaydi.

ALLOH, PAYAMBARIGA BO`HTON- TUHMAT QILMOQ (5-)

1652- modda: Ro`zador, aytish,yozish yoki ishora va shu kabilar bilan alloh, payghambar va unining yo`lboshchilariga qasdan tuhmat qilsa – garchi tezlik bilan “yolghon gapirdim” yo tavba qildim desa – ro`zasi buziladi. [Qolgan payghambarlar (muso, iso, …) va ularnining o`rinbosarlari, hatto payghambarimiz qizi Fotima (s-a) tuhmat qilgan ro`zadornining ro`zasi buziladi.[4]]

1653- modda: Rost- yolghonligi bilinmaydigan xabarni naql qilmoqchi bo`lsa, xabarni kimdan yo qaysi kitobdan naql qilganini aytishi vojib. Ammo o`zi bu xabarga ishonsa – xabarnining yolghonligiga gumonsirasa yo xabarnining yolghonlik ehtimoli bo`lsa – xabar manbaini aytmasa ham ro`zasi buzilmaydi.

1654- modda: Biron bir xabarni rost deb alloh yo payghambardan naql qilganidan so`ning yolghonligi bilinsa, ro`zasi buzilmaydi.

1655- modda: Alloh va payghambarga tuhmat qilish, ro`zani buzishini bilsa va yolghon deb bilgan xabarni ularga nisbat bersa – so`ng bu xabarnining rost bo`lgani bilinsa– ro`zasi buzilmaydi.

1656- modda: Boshqa kishi yasagan yolghon xabarni qasddan alloh, payghambar va yo`lboshchiga nisbat bersa, ro`zasi buziladi. Ammo bu xabarni “faloncha bu xabarni menga aytdi” deb xabarni boshqaga nistab bersa, ro`zasi buzilmaydi.

1657- modda: Ro`zadordan “payghambar bu gapni aytganmi yo`qmi?” Deb so`raganda, “ha” deyish o`rniga atayin “yo`q”, “yo`q” deyish o`rniga qasddan “ha” deb javob qaytarsa, ro`zasi buziladi.

1658- modda: Alloh va payghambar tomonidan rost xabarni berganidan so`ning “bergan xabarim yolghon!” Desa ro`zasi buziladi. Shuningdek, kechqurun yolghon xabarni ularga nisbat bersa, ro`zador bo`lganida “kechqurun aytgan xabarim rost!” Desa, ro`zasi buziladi.

HALQUMGA YO`ON CHANING YETKAZISH (6-)

1659- modda: Yo`ghon changni halqumga yetkazish – xoh yeb- ichishi halol bo`lgan narsanining changi bo`lsin, un changidek, xoh yeb- ichishi harom bo`lgan narsanining changi bo`lsin, qum va tuproqdek – ro`zani buzadi.

1660- modda: Ro`zador, yo`ghon bugh, segaret tutunidek tutunlarni halqumiga yetkazmasliklari vojib. Tamakiga odatlanib qolgan kishilarga ham ro`za tutish farz. Biroq, kun davomida tashlab bilmasalar va chekmay qo`yishlari ularga quchsizlik va chidab bo`lmas darajada ziyon yetkazsa ro`za tutishlari vojib. Ammo ma’lum bir miqdorda tamaki chekishlari joiz! Bularnining ro`zalari buzilmaydi. Ular bu ro`zalarini qayta tutmaydilar. Aytib qo`yish kerakki: tamaki chekishlari, zarurat miqdorida bo`lishi va shu miqdorni ham yashirin tarzda chekishlari darkor.

1661- modda: Ro`zador ehtiyotlanmagani uchun halqumiga bugh, tutun yo changdek moddalar kirsa – halqumga yetmaydi degan ishonchda bo`lgan bo`lsa – ro`zasi buzilmaydi. Ro`zador ro`za bo`lganini unitib qo`ysa va ehtiyotlanmasa yo extiyorsiz ravishda chaning va hakazolar halqumiga yetsa, ro`zasi buzilmaydi.

BOSHNI SUVGA SHO`NITMOQ (7-)

1662- modda: Ro`zador qasddan boshinining butun qismini suvga sho`nghitsa – garchi butun badani suvdan tashqarida bo`lsa – bu kunda tutgan ro`zani qayta tutmoghi vojib. Ammo butun tanasi suvda bo`lib boshinining bir qismi suvdan tashqarida bo`lsa, ro`zasi buzilmaydi.

1663- modda: Boshnining bir qismini birinchi marta, qolgan qismini ikkincha martada suvga sho`nghitsa, ro`zasi buzilmaydi.

1664- modda: Boshnining butun qismi sho`nghiganiga shaklansa, ro`zasi buzilmaydi.

1665- modda: Boshnining butun qismi sho`nghisa ammo sochnining bir qismi suvdan tashqarida bo`lsa, ro`zasi buziladi.

1666- modda: Boshni gulobga sho`nghitmasligi vojib. Ammo boshqa muzof (tarkibli suvlar) suvlar va suyuq narsalarga sho`nghitmoshi ro`zani buzmaydi.

1667- modda: Ro`zador extiyorsiz suvga yiqilgani tufayli boshinining barcha qismi suvga sho`nghisa yo ro`zaligini unitib boshini suvga gsho`nghitsa, ro`zasi buzilmaydi.

1668- modda: Ro`zador o`zini suvga tashlaganda, – odatda – boshi suvga botishini bilsa, chunonchi o`zini suvga tashlasa va boshi suvga sho`nghisa, ro`zasi buziladi.

1669- modda: Ro`zador ro`zaligini unitib boshini suvga botirsa, suv ichida ro`zadorligi esiga kelsa, tezlik bilan boshini suvdan chiqarishi lozim. CHiqarmasa ro`zasi buziladi. SHuningdek, ro`zador boshini majburlab suvga sho`nghitsalar, boshi suv ichida bo`lganida, majburlash bitsa, darrov boshini suvdan chiqarishi kerak. CHiqarmasa ro`zasi buziladi.

1670- modda: Ro`zador ro`zaligini unitib ghusl qilish niyyatida boshini suvga botirsa, ro`zasi buzilmaydi va ghusl qilish to`ghri.

1671- modda: Ro`zador ro`zaligini bila turib ghusl qilish niyyatida boshini suvga sho`nghitsa – ro`zasi ramazon ro`zasidek muayyan bo`lsa – ro`zasini qayta olishi farz va qayta ghusl qilishi vojib. Ammo ro`zasi, jarima ro`zasidek farz bo`lsa lekin muayyan bo`lmasa yoki ro`zasi mustahab ro`zalardan bo`lsa ro`zasi buziladi ammo ghusl qilishi buzilmaydi.

1672- modda: Ro`zador birovni cho`kib ketishdan qutqarish uchun o`zini suvga tashlagani tufayli boshi suvga sho`nghisa – garchi qutqarish farz, ammo – ro`zasi buziladi.

BOMDOD NOMOZIGACHA JUNUB, HAYZ VA NIFOS HOLIGA QOLISH (8-)

1673- modda: Junub bulgan kishi bomdod namozi azonigacha qasddan ghus qilmasa yo vazifasi tayammum bo`lganda tayammum qilmasa, ro`zasi buziladi.Va bundan boshqa ruzalarda farz yo sunnat bulishidan qatiy nazar ruzasiga zarari yuq.

1674- modda: Ramazon ro`zasidek vaqti muayyan farz ro`zalarda – birov uni gusl qilish va tayammum qilishga qo`ymaganidek – azongacha ghusl qila olmasligi va tayammum qila olmasligi qasddan bo`lmasa, ro`zasi buzilmaydi.

1675- modda: Junub kishi, ramazon ro`zasidek kabi vaqti muayyan farz ro`za olmoqchi bo`lsa – chunonchi qasddan ghusl qilmasligi tufayli vaqt juda oz qolsa – tayammum qilib ro`zasini tuta oladi. Ro`zasi buzilmaydi.

1676- modda: Junub kishi ramazon oyida ghusl qilishini unitib qo`ysa – chunonchi bir kundan so`ning esiga tushsa – o`sha kunnining ro`zasini qayta tutsin. Bir necha kundan so`ning esiga tushsa, junub holida tutganini bilgan kunlarinining ro`zalarini qayta tutsin. Misol uchun: uch kun junub holida ro`za edimi yo turt kunmi?” Deb shubhalansa, uch kun ro`zasini qayta tutsin.

1677- modda: Ramazon oyi kechasida ghusl qilish va tayammum qilishga vaqti yo`q kishi o`zini junub qilsa, ro`zasi buziladi. Qayta tutish va jarima u uchun farz bo`ladi. Ammo, tayammum uchun vaqti bo`lsa – chunochi o`zini junub qilib qo`ysa – tayammum bilan ro`zasi buzilmaydi. Gunohkor ham hisoblanmaydi.

1678- modda: Junub kishi ramazon oyi kechasida uxlasa ertalabgacha uyghonib bilmasligini bilsa, uxlamasligi kerak. Uxlasa va ertalabgacha uyghonmay qo`ysa, ro`zasi buziladi. Qayta tutish va jarima to`lash ham farz bo`ladi.

1679- modda: Junub kishi ramazon oyi kechasida uxlaganidan so`ning uyghonsa – agar qayta uxlasa, ghusl qilish uchun ertalabdan oldinroq uyghonish ehtimolini bersa va odatda ham uyghonadigan kishilardan bo`lsa – qayta uxlashi joiz.

1680- modda: Ramazon kechquruni junub bo`lgan kishi, (uxlaganidan so`ng) bomdod azonidan oldin uyghanish ehtimolini bersa yo bilsa, chunonchi ghusl qilishga qasd qilgan bo`lsa, bu qasdi bilan uxlasa va azongacha uxlab qolsa, ro`zasi buzilmaydi.

1681- modda: Ramazon kechquruni junub bo`lgan kishi, bomdod azonidan oldin uyghanish ehtimolini bersa yo bilsa, chunonchi uyghangandan so`ning ghusl qilishini unitib qo`ysa – azongacha uxlab qolsa – ro`zasi buzilmaydi.

1682- modda: Ramazon kechquruni junub bo`lgan kishi, bomdod azonidan oldin uyghanish ehtimolini bersa yo bilsa, chunonchi uyghanganidan so`ning ghusl qilishini istamasa yo ghusl qilish –ghusl qilmaslikka ikkilanib qolganidan so`ning azongacha uxlab qolsa, ro`zasi buziladi.

1683- modda: Ramazon kechquruni junub bo`lgan kishi uxlaganidan so`ning uyghansa, qayta uxlaganidan so`ning bomdod azonidan oldin uyghanishini bilsa yo ehtimol bersa, qayta uxlab azongacha uyghanmasa, bu kunnining ro`zasini qayta tutsin. SHuningdek, qayta uxlaganidan so`ning uyghanib uchinchi marta uxlasa, jarima ham to`lashi vojib.

1684- modda: Ehtilom bo`lgan uyquni, birinchi uyqu hisoblamaslik kerak! Balki, bu uyqudan uyghanib qayta uxlasa, birinchi uyqu hisoblanadi.

1685- modda: Ro`zador kunda muhtalim bo`lsa, tezlik bilan ghusl qilishi farz emas. (tezlik bilan ghusl qilishi) mustahab.

1686- modda: Bomdod azonidan so`ning uyghanib muhtalim bo`lganini bilsa, – hatto azondan oldin ehtilom bo`lganiga shubhalanmasa – ro`zasi buzilmaydi.

1687- modda: Ramazon ro`zasini qayta tutadigan kishi, azongacha jubub holida qolsa – qasdan bo`lmasada – ro`zasi buziladi.

1688- modda: Ramazon ro`zasini qayta tutadigan kishi, azondan so`ning uyghanib ehtilom bo`lganini sezib qolsa – azondan oldin ehtilom bo`lganini bilsa –, agar qayta tutish vaqti oz bo`lsa[5], ham bu kunda ro`za tutmoghi, ham vaqti bo`lganda yana bir karra qayta tutmoghi vojib. Ammo agar vaqti oz bo`lmasa, boshqa kunda ro`za tutsin.

1689- modda: Vaqti muayyan ro`za, ramazon ro`zasidek. Demak, bomdod azonigacha junub holida qasddan qolib qolish, bu ro`zani buzadi[6]!

1690- modda: Ramazon ro`zasidan o`zga farz ro`za va uni qayta tutishida, bomdod azonigacha junub holida qolishi qasddan bo`lmasa – xoh vaqti muayyan bo`lsin, xoh bo`lmasin – ro`zasi buzilmaydi.

1691- modda: Ayol kishi, bomdod azonidan oldin hayz yo nifosidan poklansa (qoni to`xtasa) qasddan ghusl qilmasa( yo vazifasi tayammum bo`lganida, tayammum qilmasa) ro`zasi buziladi.

1692- modda: Ayol kishi, bomdod azonidan oldin hayz yo nifosidan poklansa (qoni to`xtasa), ammo ghusl qilish uchun vaqti bo`lmasa (= vaqti qolmasa), va ro`za olmoqchi bo`lsa, tayammum bilan ro`zasi buzilmaydi. Bu ayol ertalabgacha uxlamasligi kerak emas. Ammo tayammum olish uchun vaqti ham bo`lmasa (shu sharoyitta ham) ruzasi buzilmaydi

1693- modda: Ayol kishi, bomdod azonidan so`ning hayz yo nifosidan poklansa (qoni to`xtasa) yo kun orasida hayz yo nifos qoni ko`rsa – shom namoziga juda yaqin qolgan bo`lsada – ro`zasi buziladi.

1694- modda: Ayol kishi, hayz yo nifos uchun ghusl qilishini unitib bir necha kun ro`zalarini olganidan so`ning esiga kelsa, tutgan ro`azlari buzilmaydi.

1695- modda: Ayol kishi, bomdod azonidan oldin hayz yo nifosidan poklansa (qoni to`xtasa) va azongacha ghusl qilmasligiga aybdor bo`lsa (vaqt ozligida ham tayammum qilmasa), ro`zasi buziladi. Ammo, azongacha ghusl qilmasligiga aybdor bo`lmasa (masalan, hammom bo`shalishini kutib qolsa), agar tayammum qilsa ro`zasi buzilmaydi.

1696- modda: Istehoza qoni ko`rayatgan ayol, o`z ghusl qilishlarini oldinda aytib o`tganimizdek bajargan bo`lsa, ro`zasi buzilmaydi.

1697- modda: O`likni paypaslagan[7] kishiga ghusl qilish farz. Bu ghusl qilishga paypas ghusl qilish deymiz. Olikni paypaslagan kishi, paypas ghusl qilishsiz ro`za tutsa, ro`zasi buzilmaydi. Ro`za holida ham olikni paypaslasa, ro`zasi buzilmaydi.

KLIZMA- HUQNA QILMOQ (9-)

1698- modda: Suyuq narsalar bilan huqna qilmoq –garchi nochorlik va shifolash uchun qilingan bo`lsada – ro`zani buzadi. Ammo shifolash uchun ishlangan suyuq bo`lmagan SHiyoflardan ishlatish joiz. Bularni ham ishlatmaslik mustahab. Suyuq suyqmasligi bilinmaydigan narsalarni ishlatmaslik vojib.

QUSMOQ (10-)

1699- modda: Ro`zador – hatto kasallik va shu kabi sabablar tufayli chorasiz bo`lib – qasddan qussa, ro`zasi buziladi. Ammo extiyorsiz ravishda qusib qo`ysa, ro`zasi buzilmaydi.

1700- modda: Kechqurun, ma’lum bir narsani yeyishi tufayli kunduz kuni qusishini bilsa, u kunnining ro`zasini qayta tutishi vojib.

1701- modda: Ro`zador, qusughi oldini to`sib bilsa, – oldini olish u uchun zararsiz va mashaqqatsiz bo`lsa – oldini olsin.

1702- modda: Ro`zador tomoghiga chivin ketib qolsa, – chunonchi, ‘yemoq’ deyilmaydigan darajada pastga tushib ketgan bo`lsa – uni chiqarish farz emas; ro`zasi buzilmaydi. Ammo bu darajada pastga ketmagan bo`lsa, uni chiqarish mumkin bo`lsa, chiqarsin. CHiqarishi qusishga sabab bo`lsa, shu ro`zasini qayta tutsin.

1703- modda: Ro`zador bilmay biron narsani yutib qo`yganidan so`ning qorniga borib yetmaganda ro`zaligi esiga tushsa, – chunonchi, ‘yemoq’ deyilmaydigan darajada pastga tushib ketgan bo`lsa – uni chiqarish farz emas; ro`zasi buzilmaydi. Ammo halqumi boshida yo o`rtasida bo`lsa, haligi luqmani tashqariga chiqarsin. Bu ‘chiqarish’ ga ‘qusmoq’ deyilmaydi.

1704- modda: Kekirik natijasida, tomoghidan biron narsa tashqariga chiqishini bilsa, qasddan kekirmasin! Ammo bilmasa- ishonmasa hechqisi yo`q.

1705- modda: Kekirishi natijasida biron narsa tomoghi yo oghzida chiqib qolsa, tashqariga tashlashi kerak. Ammo extiyorsiz ravishda qayta kirib ketsa, hechqisi yo`q. Biroq bu ro`zani qayta tutish mustahab.

RO`ZANI BUZUVCHILAR HUKMI

1706- modda: Ro`zador, qasd va uz ixtiyori bilan ro`zani buzuvchi ishni qilib qo`ysa, ro`zasi buziladi. Agar qasd yuzasidan bo`lmasa buzilmaydi.[8]

1707- modda: Ro`zador, bilmay ro`zani buzuvchi ishni[9] qilib qo`yganidan so`ng, ro`zam buzildi degan gumon bilan boshqa bir buzuvchi ishni qasddan takrorlasa, ro`zasi buziladi.

1708- modda: Ro`zador oghziga majburlab biron narsa to`kishsa yo boshini bor qismini suvga sho`nghitishsa, unining ro`zasi buzilamaydi. Ammo uni o`z ro`zasini buzishga majburlaganda[10], u zarar oldini olish uchun biron narsa yeb ichsa, ro`zasi buziladi.

1709- modda: Ro`zador, – oghziga- tomoghiga biron narsa to`kishadigan yo uni o`z ro`zasini ochishga majburlashadigan – makonlarga bormasin. Ammo borishni niyyat qilsa-yu bormasa yo borganidan so`ning ro`zasini buzishmasa, ro`zasi buzilmaydi. CHunonchi chorasizligi tufayli ro`zani buzadigan ishni qilib qo`ysa, – boshidan ham chorasiz bo`lib qolishini bilsa – ro`zasi buziladi.

RO`ZADORGA MAKRUH BO`LGAN NARSALAR

1710- modda: Qo`yidagi narsalar ro`zadorga makruh:

1. Ko`zga dori to`kish

2. Surma qo`yish. Mazasi yo hidi halqumga etsa.

3. Kuchsizlik- zaiflikka sabab bo`ladigan barcha ishlarni qilish.[11]

4. Xushbu giyohlarni hidlash.

5. Ayollarni suvga o`tirishlari.

6. shiyof (maxsus tabletkalarni orqa avratdan) Ishlatish.

7. Badandagi kiyimni ho`llash.

8. Tish tortish.

9. Oghizdan qol kelishi- oqishiga sabab bo`ladigan barcha ishlar.

10. Ho`l chup yoghoch bilan tish yuvmoq.

11. Turmush o`rtoghini o`pish yo shahvatini qo`zghotadigan barcha ishlarni qilish. Maniy chiqishni niyyat qilmagan bo`lsada![12]

QAYTA TUTISHI VA JARIMASI FARZ BO`LADIGAN O`RINLAR

1711- modda: Ramazon oyi ro`zasiga qasddan qussa, faqat bu ro`zani qayta tutsin (jarimasi yo`q). Kechqurun junub bo`lsa, 1642- moddada batafsil aytib o`tilgandek bomdod azonigacha uyghanmasa, yo qasddan klizma- huqna qilsa yoki boshini suvga sho`nghitsa yoki alloh va payghambariga tuhmat qilsa, ro`zasini qayta tutishi fazr va jarimasini to`lashi vojib. Ammo bulardan boshqa ro`za buzuvchilarinining birini qasddan bajarib qo`ysa – bu ishlarnining buzuvchi bo`lishlarini bilgan taqdirda – ham qayta tutishi va ham jarimasini to`lashi farz!

1712- modda: Bilmagani tufayli ro`za buzuvchilaridan birini qilib qo`ysa, – chunonchi, masalani o`rganib biladiganlardan bo`lsa – jarima to`lashi vojib. Ammo, masalani o`rganib bilmaydiganlardan bo`lsa yo umuman masalaga tavajjuh qilmagan bo`lsa yoki bajargan ishi ro`zani buzmasligiga ishonch hosil qilsa, jarima u uchun farz emas.

RO`ZA JARIMASI

1713- modda: Ramazon ro`zasinining jarimasini to`lashi farz bo`lgan kishi, bir qulni ozod qilsin yo kelgusi moddada aytiladigan ravishda ikki (2) oy ro`za tutsin yoki oltmish (60) kambaghalni to`yghatssin yo bularnining har biriga 750 gramm taom[13] bersin! Ammo bordiyu, bulardan hech birini qila olmasa, istasa o`n sakkiz (18) kun ro`za tutsin, istasa qurbi yetadigan miqdorda kambaghallarni taomlantirsin. Agar bulardan hech birini qila olmasa, – hatto bir marta “astaghfirulloh[14]” so`zini aytib – tavba qilsin. Har vaqt jarima to`lashga qodir bo`lsa, jarimani to`lashi farz!

1714- modda: Ramazon ro`zasinining jarimasini ro`za tutish bilan to`lamoqchi bo`lgan kishi, o`ttiz bir (31) kunini ketmaket tutsin! Qolgan kunlari ketmaket bo`lmasa ham bo`ladi.

1715- modda: Ramazon ro`zasinining jarimasini ro`za tutish bilan to`lamoqchi bo`lgan kishi, ro`za tutishni shunday bir kunda boshlasin-ki, o`ttiz bir (31) kunni ketmaket tutish imkoni bo`lsin. Ya’ni misalan, 31 kun orasida, qurbon hayitidek ro`za tutishi haromlangan kunlar bo`lmasin.

1716- modda: Ketmaket ro`za oluvchi kishi, bir kun uzrsiz ro`zasini tutmasa yo ro`zasi farz kunga to`qnashib qolsa[15], ro`zalarni boshdan boshlasin.

1717- modda: Ketmaket ro`za oluvchi kishi, bir kun urz[16] sababli ro`zasini tuta olmasa, uzri bartaraf bo`lganidan so`ning ro`zalarni boshdan boshlashi farz emas. Balki davomini ola boshlasin.

1718- modda: Yighma jarima: bir qulni ozod qilish, ikki oy ro`za olish va oltmish (60) kambaghalni to`yghazish yo ularnining har biriga 750 gramm Taom berish. Harom narsa[17] bilan o`z ro`zasini buzsa, yighma jarima vojib bo`ladi. CHunonchi bularnining barchasiga qodir bo`lmasa, bulardan har qaysini bajarsa joiz.

1719- modda: Ro`zodor alloh va payghambarga tuhmat qilsa, bir jarima vojib bo`ladi (yighma jarima farz yo vojib bo`lmaydi).

1720- modda: Ro`zador ramazon oyinining bir kunida bir necha marta yaqinlashsa (jindiy yaqinlik qilsa), o`sha martaba jarima to`lashi[18] vojib. Albatta unining yaqinlashi harom bo`lsa, o`sha miqdor, yighma jarima to`lashi lozim.

1721- modda: Ro`zador yaqinlashidan o`zga ro`za buzuvchilarini bajarsa, ularnining barchasi uchun, bir jarima kifoya qiladi, yetadi. Albatta buzuvchi, yemoq- iftor qilmoq bo`lsa, necha marta yegan bo`lsa o`sha marotaba jarima to`lashi mustahab.

1722- modda: Ro`zador harom yo`l bilan yaqinlashganidan so`ng, halol yo`ldan yaqinlik qilsa (masalan: turmush o`rtoghi bilan yaqinlashsa), har biri uchun alohida jarima farz bo`ladi.

1723- modda: Ro`zador, ro`za buzuvchilardan haloli (masalan suv ichish) bilan o`z ro`zasini ochganidan so`ning ro`zani buzuvchi harom ish (masalan harom ovqat yebmoq) ni bajarib qo`ysa, bir jarima yetadi, kifoya qiladi.

1724- modda: Kekirish tufayli oghziga kilgan narsani bila turib yutib yuborsa ruzasi buziladi,qaytatdan tutishi va yighma jarimani berishi ham u shaxs uchun farz. Agar yeyishligi harom narsa masalan kekerish tufayli qon yo qusuq oghziga kelsa va uni bila turib yutib yuborsa ruzasi buziladi va yighma jarimani ham tulasi farz.

1725- modda: Muayyan bir kunda ro`za tutishni nazr- niyyat qilib o`sha kunda qasddan ro`zasini buzib qo`ysa, ro`zani qaytatdan tutsin va jarima to`lashi lozim.

1726- modda: Ro`za vaqtini aniqlab biladigan kishi, “shom vaqti bo`ldi” degan kishinining gapi bilan ro`zasini ochganidan so`ning shom vaqti bo`lmaganini tushunsa, bunday kishiga ro`zani qayta tutish va jarima to`lash vojib.

1727- modda: Qasddan ro`zasini buzgan kishi, peshindan so`ning yo undan oldin, jarimadan qochish uchun safar qilsa, jarimasi soqit bo`lmaydi. Balki, peshindan oldin safarga otlanishga to`ghri kelsa, unga jarima vojib!

1728- modda: Ro`zasini qasddan buzgan kishiga buzganidan so`ning (hayz, nifos va kasallik kabi) uzr paydo bo`lib qolsa, jarima farz bo`lmaydi.

1729- modda: Ramazon oyinining birinchi kunligiga ishonch hosil qilib ro`za tutganidan so`ning ro`zasini qasddan buzib qo`ysa, keyin, hali ramazon oyi boshlanmagani bilinsa, ma’lum bo`lsa, unga jarima farz bo`lmaydi. SHuningdek, “ramazon oyinining oxirgi kunimi yo kelgusi oynining birinchi kunimi?” Deb shubhalanib qolganidan so`ng, kelgusi oynining birinchi kunligi bilinib qolsa, unga jarima farz bo`lmaydi.

1730- modda: Ro`zador, ramazon oyida ro`zador ayoli bilan yaqinlashib qolsa, – chunonchi, ayolini majburlagan bo`lsa – o`zinining va ayolinining jarimasini to`lashi lozim. Ammo ayolnining o`zi ham yaqinlikka rozi bo`lsa, hari biriga bir jarima farz!

1731- modda: Ayol, ro`zador erini yaqinlashishga majburlasa yo ro`zani buzuvchi boshqa ishlarni bajarsa, eri ro`zasining jarimasini to`lashi farz emas.

1732- modda: Ro`zador, ramazon oyida ro`zador ayoli bilan yaqinlashganida , – ayolidan extiyorini salb qilish darajada uni majburlagandan so`ning yaqinlashish mobaynida ayoli ham rozi bo`lsa – eriga o`zinining va ayolinining jarimasini to`lash, ayoliga, o`zinining jarimasini to`lashi vojib.

1733- modda: Ro`zador, ramazon oyida uxlab yotgan ro`zador ayoli bilan yaqinlashib qolsa, bir jarima unga farz bo`ladi. Ayolinining ro`zasi buzilmaydi. Jarima ham farz bo`lmaydi.

1734- modda: Erkak, o`z ayolini (yaqinlashishdan boshqa) ro`zani buzuvchilarni bajarishga majburlasa, ayolnining jarimasini bermasligi lozim. Ayolnining o`ziga ham farz emas.

1735- modda: Safar yo kasallik tufayli ro`za tutmagan kishi, o`z ayolini yaqinlashishga majburlab bilamaydi. Ammo chunonchi majburlasa, alyolnining jarimasini to`lashi farz emas.

1736- modda: Inson jarimani to`lashlikda kam diqqatli bo`lmasligi kerak, shuningdek jarimani tezda to`lash(ligi ham) lozim emas.

1737- modda: Jarima insonga farz bo`lganidan so`ng, kishi bir necha yil uni to`lamay qo`ysa, ustiga hech narsa oshmaydi!

1738- modda: Bir kun ro`za jarimasi uchun 60 ta kambaghalga taom berishi kerak bulgan shaxs 60 ta kambaghalni (topa) olmasa(60 dan kamroq kambaghalni topgan bo`lsa) har bir kambaghalga 750 gramdan ortiq taom bermaskigi kerak Yo bir kambaghalni bir martadan ortiq to`yghazsin. Ammo, oilali kambaghal bo`lsa, har bir oila boshiga kichik bo`lishidan qatiy nazar 750 gramm taom bersin.albatta agar oila azolari kichik bo`lsa o`zi va bolalarini haqqini bir yerda bersin.

1739- modda: Ramazon ro`zasini qayta tutadigan kishi, peshindan so`ning ro`zani buzadigan ishni bajarib qo`ysa, unta kambaghalga, har bir kambaghalga 750 gramm(jaman7.500 gramm (7.5 klogramm)dan ko`proq taom bersin. Qurbi yetmasa, uch (3) kun ro`za tutsin va oltmish (60) kambaghalga taom berishi mustahab.

FAQAT QAYTA TUTISH FARZ O`RINLAR

1740- modda: Qo`yidagi holatlarda ro`zani qayta tutish farz ammo jarimasi farz emas:

1. Ramazon oyinining tunida junub bo`lsa, 1640- modda aytilgandek bomdod azonigacha ikkinchi uyqudan uyghanmasa.

2. Ro`zani buzuvchilardan birini qilmasa ammo ro`za niyyatini qilmasa yo riyo qilsa yo ro`za emasman deb qasd qilsa.

3. Ramzon oyida ghusl qilishni unitib junub holida bir necha kun ro`za tutsa.

4. Ramazon oyida ertalab bo`lgani- bo`lmaganini sinchkovlik qilmay ro`zani buzuvchi ishni bajarib qo`yganidan so`ning ertalab bo`lgani bilinsa, ma’lum bo`lsa. SHuningdek, sinchkovlik qilganidan so`ning – ertalab bo`lganini gumonsirab – ro`zani buzuvchi ishni qilib qo`yganidan keyin ertalab bo`lgani bilinsa, bu kunnining ro`zasini qayta tutishi farz. Ammo, sinchkovlik qilganidan so`ng, ertalab bo`lmaganiga ishonsa va biron narsa yesa, so`ning ertalab bo`lgani bilinsa, qayta tutish farz emas. Sinchkovlik qilganidan so`ning “ertalab bo`lganmi yo yo`qmi?” Deb shaklanganidan so`ning ro`zani buzuvchi ishni qilib qo`ysa, keyin, ertalab bo`lgani bilinsa, bu kunnining ro`zasini qayta tutishi vojib.

5. Bir kishi “hali ertalab bo`lgi yo`q.” Deb aytsa va inson unining bu gapiga asoslanib ro`zani buzuvchi ishni bajarib qo`yganidan so`gn ertalab bo`lgani bilinsa, ma’lum bo`lsa.

6. Bir kishi “hali ertalab bo`lgi yo`q.” Deb aytsa va inson unining bu gapiga ishonmasa yo hazillashiyapdi deb o`ylaganidan so`ning ro`zani buzuvchi ishni bajarib qo`ysa, keyinroq, ertalab bo`lgani bilinsa, ma’lum bo`lsa.

7. Bir kishi “ro`za ochish vaqti bo`lib qoldi.” Deb aytsa va ko`zi ojiz- ko`r va shu kabilar unining bu gapiga asoslanib ro`zasini ochganidan so`ng, ochish vaqti bo`lmagani bilinsa. Balki, yolghonchinining gapiga asoslanib ro`zasini ochsa, jarima ham farz bo`ladi.

8. Tiniq- sof havonining qoronghiligi tufayli, ro`zani ochish vaqti bo`lib qolganida ishonib ro`zasini ochganidan so`ning ochish vaqti bo`lmagani bilinsa, ma’lum bo`lsa. Ammo bulutli kunnining qoronghiligi tufayli, ro`zani ochish vaqti bo`lib qolganida ishonib ro`zasini ochganidan so`ning ochish vaqti bo`lmagani bilinsa, ma’lum bo`lsa, qayta tutish farz emas.

9. ??? Agar sovuq bo`lmoq uchun yo sababsiz ghalghala qilsa (suvni oghziga olib tomoqini chayqasa) va suvni ixtiyorsiz yutib yuborsa, lekin ruza tutganligini unutgan holda yoki tahorat uchun ghalghala qilish sababli ixtiyorsiz suvni yutib yuborsa ro`zani qayta tutishi lozim emas

10. O`z ayoli bilan o`ynaganidan so`ning extiyorsiz ravishda undan maniy chiqsa – boshidan chiqarishni qasd qilmagan va odatda ham bunday o`ynashlarda maniy to`kilmasa – ro`zasini qayta tutishi sunnat.

1741- modda: Suvdan boshqa narsani oghzigda tiqishi oqibatida, haligi narsa extiyorsiz kirib ketsa yo burniga tuv tortishi oqibatida, extiyorsiz kirib ketsa, ro`zani qayta tutish farz emas.

1742- modda: Ro`zador uchun (oghziga suv olib) tomoqini ko`p chayqashi makruh. CHayqaganidan so`ning oghiz namligini yutmoqchi bo`lsa, avval uch (3) marta tuflab tashlash yaxshiroq.

1743- modda: Ro`zador, oghiziga suv olib tomoq chayqashi tufayli extiyorsiz yo unitib qolishi natijasida suv tomoghiga o`tib qolishini bilsa, tomoqini chayqamasin.

1744- modda: Ramazon oyida sinchkovlik qilganidan so`ning ertalab bo`lmaganini bilgani uchun ro`zani buzuvchi ishni bajarib qo`ysa, so`ning ertalab bo`lgani bilinib qolsa, qayta tutish farz emas.

1745- modda: Ro`zador, “ro`za ochish vaqti bo`ldimi yo`qmi” deb shaklansa, ro`zasini ochib bilmaydi. Ammo “ertalab bo`ldimi yo`qmi” deb shaklansa, sinchkovlikdan oldin ham ro`zani buzuvchi ishni qilib biladi.

QAYTA TUTILADIGAN RO`ZA HUKMlARI

1746- modda: Devona– aqlga kelsa, devonalik vaqtida tutmagan ro`zalarini qayta tutishi farz emas.

1747- modda: Musulmon bo`lmagan (kofir)– musulmon bo`lsa, kofirlik vaqtida tutmagan ro`zalarini qayta tutishi farz emas. SHuningdek, musulmon bo`lgan kunnining ro`zasini qayta tutishi farz emas. Ammo peshindan oldin musulmon bo`lib ro`zani buzuvchi biron ishni qilmagan bo`lsa, niyyat qilib ro`za tutishi vojib. CHunonchi bu kunni ro`za olmasa, qayta tutishi vojib. Ammo dindan chiqqan (murtad) kishi– musulmon bo`lsa (ya’ni: islom diniga qaytib kirsa), dindan chiqqan kunlarnining ro`zasini qayta tutsin.

1748- modda: Inson mastligi tufayli ro`zani qo`ldan berib tuta olmagan bo`lsa, qayta tutsin[19].

1749- modda: Ro`zador (uzri tufayli), bir necha kun ro`za tuta olmaganidan so`ng, (uzri qachon bartaraf etilganini bilmasa), necha kun (ro`za tutmaganligi tughrisida) shubhalansa, yaqin hosil qilgan miqdordagi kun ro`zasini qayta tutsin.[20]. SHuningdek, uzr qachon paydo bo`lganini bilmagan kishi ham, oz miqdorni qayta tutsa etadi[21].

1750- modda: Bir necha ramazon oylari ro`zalarini tutmagan kishi har qaysi ramazon ro`zalarini birinchi tutishni istasa, o`shani qayta tutshi mumkin. Ammo o`tgan yil ramazon ro`zasinining vaqti oz bo`lsa, shu ro`zalarni qayta tutishi vojib[22].

1751- modda: Bir necha ramazon oylari ro`zalarini tutmagan kishi, qayta tutganda qaysi ramazon ro`zasini tutishini aniqlamasa, birinchi yil ramazon oyinining qayta tutish ro`zasi hisoblanadi.

1752- modda: Ramazon oyi ro`zasini qayta tutgan kishi – qayta tutish vaqti tor- oz bo`lmasa – ro`zasini peshindan oldin buzishi mumkin.

1753- modda: Boshqa kishinining ro`zasini qayta tutayotgan bo`lsa, peshindan so`ning ro`zani busmasligi vojib.

1754- modda: Kasallik, hayz yo nifosligi uchun ramazon oyinining ro`zasini olmasa va ramazon oyi yakunlanishidan oldin o`lsa, ro`zalarini qayta tutish boshqalar uchun farz emas.

1755- modda: Kasallik tufayli, ramazon ro`zasini tuta olmagan kishinining kasalligi kelgusi ramazon oyigacha cho`zilsa, olmagan ro`zalarini qayta tutishi farz emas. SHu bois, har kun uchun, 750 gramm Kambaghallarga taom[23] bersin. Ammo kasallikdan o`zga uzr (masalan safarda bo`lgani) tufayli ro`za olmagan kishining uzri kelgusi yil ramazonigacha cho`zilsa, tutmagan ro`zalarini qayta tutishi farz! Har kun uchun 750 gramm Taom kambaghallarga berishi vojib.

1756- modda: Kasallik tufayli, ramazon ro`zasini tuta olmagan kishinining kasalligi ramazondan so`ning bartaraf bo`lsa, ammo boshqa uzr tufayli kelgusi ramazon oyigacha ro`zalarini qayta tuta olmasa, ro`za olmagan kunlarnining ro`zasini qayta tutsin! SHuningdek, boshqa uzr tufayli ramazon oyida ro`za tuta olmagan kishining uzri ramazondan so`ng bartaraf bo`lib, ramazondan so`ning kasallangani bois kelgusi ramazon oyigacha ro`zalarini qayta tuta olmasa, ro`zalarini qayta tutishi farz! Va har kuni uchun kambaghallarga 750 gramm Taom berishi vojib!

1757- modda: Uzr tufayli ramazon oyida ro`za tuta olmagan kishining uzri bartaraf bo`lib qolsa va kelgusi ramazon oyigacha qasddan ro`zalarini qayta tutmay qo`ysa, ro`zani qayta tutishi va har kuni uchun 750 gramm Kambaghallarga taom berishi farz!

1758- modda: Agar ro`zani qayta tutishlikda tamballik qilsa va vaqt kam qolsa bu kam vaqt ichida biror uzri chiqib qolsa ro`zasini kelgusi yil qayta tutsin, har bir kun uchun ham 750 gramm kambaghalga taom bersin, biroq agar uzri bulgan vaqtida bartaraf bo`lganidan so`ng ro`zasini qaytadan tutishlikga tasmim olgan bo`lsa va ro`zasini qayta tutishdan ilgari qisqa vaqt ichida (boshqa) uzr chiqib qolsa, ro`zasini qayta tutsin va har kun uchun ham 750 gramm kambaghalga taom berishi mustahab.

1759- modda: Kasalligi bir necha yil cho`zilib qo`lgan kishi, kelgusi ramazon oyigacha tuzalib qolsa, shafolansa va kelgusi ramazon oyigacha oxirgi ramazon ro`zalarini qayta tutish miqdorida vaqti bo`lsa, oxirgi ramazon oyinining ro`zalarini qayta tutsin! O`tgan yillarnining har kuni uchun 750 gramm Kambaghalga taom bersin.

1760- modda: Har kun uchun 750 gramm Taom kambaghalga beradigan kishi, bir necha kun jarimasini bir kambaghalga bera oladi.

1761- modda: Ramazon ro`zasinining qayta tutishini bir nech yil kechiktirib qo`ysa, ro`zalarni qayta tutsin va har kun uchun 750 gramm taom kambaghalga bersin!

1762- modda: Ramazon ro`zasini qasddan olmay qo`ygan kishi, ularni qayta tusin va har kuni uchun jarima to`lasin! [ya’ni: har kuni uchun ikki (2) oy ro`za tutsin yo bir qulni ozod qilsin yo oltmish (60) kambaghalga taom bersin!] CHunonchi kelgusi ramazon oyigacha ro`zalrini qayta tutmasa, har bir kun uchun 750 gramm taom berishi ham farz bo`ladi!

1763- modda: Ota o`limidan so`ng, katta o`ghil otasinining namoz va ro`zalarini qayta tutishi, o`qishi farz[24]! Onasinining ro`zalarini qayta tutishi vojib!

1764- modda: O`lgan kishi ramazon ro`zasidan boshqa farz ro`zalarini olmay qo`ygan bo`lsa, katta o`ghilga bularni ham qayta tutish vojib.

YO`LOVCHI- SAFARDA BO`LGAN KISHININING RO`ZA HUKMLARI

1765- modda: To`rt (4) krakaatli namozlarini qisqartirib o`qishi farz bo`lgan yo`lovchi, ro`za tutmasligi lozim! To`rt (4) krakaatli namozlarini qisqartmay to`liq o`qiydigan yo`lovchi[25] ro`zasini ham tutishi farz!

1766- modda: Ramazon oyida safar qilishnining gunohi yo`q. Ammo ro`za tutishdan qutulish- qochish uchun bo`lsa makruhdir.

1767- modda: Ramazon ro`zasidan boshqa muayyan ro`za kishi bo`ynida farz bo`lgan bo`lsa[26], ro`za tutish farz kuni safar qilib biladi. SHuningdek, ramazon ro`zasini qayta tutish kuni tor- oz bo`lsa ham shu kunlarda safar qilib biladi.

1768- modda: Ro`za tutishni niyyat qilsa, nazr qilsa, ammo kunini aniqlamasa, bu ro`zani safarda tutib- olib bilmaydi. Ammo aniq bir kunni safarda ro`za tutishni niyyat- nazr qilsa, uni safarda tutish farz bo`ladi. SHuningdek, aniq bir kunda yo`lovchi bo`lsin- bo`lmasin, ro`za tutishni niyyat- nazr qilsa, o`sha aniq kunda yo`lovchi bo`lsa ham ro`zasini tutsin!

1769- modda: Yo`lovchi, arabistonnining madina shahrida, hojat (ravo bo`lishini) tilab uch (3) kun sunnat ro`za tutib biladi. Uch kun chorshanba, panjshanba, juma kunlari bulishi(bo`lsa yaxshiroq).

1770- modda: Safarda ro`za tutish buzilishini bilmagan kishi, safarda ro`za tutganidan so`ning kun o`ralarida safarda ro`za tutib bo`lmasligini bilsa, ro`zasi buziladi. Ammo shom vaqtigacha bilmasa, ro`zasi buzilmaydi.

1771- modda: Yo`lovchi bo`lishini unutib qo`ysa yo yo`lovchi ro`zasi buzilishini unitib qo`yshi oqibatida safarda ro`za tutib qo`ysa, ro`zasi buziladi.

1772- modda: Ro`zador, peshindan so`ning safarga otlansa, ro`zasini (buzmay) to`liq tutsin. Peshindan oldin safarga chiqsa va “bilinmas masofat[27]” dan o`shib qolsa ro`zasini buzsin! Ammo “bilinmas masofat” ga yetmay turib ro`zasini buzib qo`ysa, jarima to`lashi vojib.

1773- modda: Yo`lovchi peshindan oldin shahariga yetib kelsa yo o`n (10) kun tunaydigan shaharga yetib qolsa, – chunonchi ro`zani buzadigan ishni qilib qo`yamgan bo`lsa – bu kunni ro`za tutsin! Ammo ro`zani buzadigan ishni qilib qo`ygan bo`lsa yo peshindan so`ning shahariga [ yo o`n (10) kun tunaydigan shaharga] yetib kelsa, u bu kunnining ro`zasi tuta olmaydi.

1774- modda: Yo`lovchi va (turli) uzr tufayli ro`za tutmagan kishiga ramazon oyinining kunida (ayoli bilan) yaqinlashishi va to`yib yeb- ichishi makruh.

RO`ZA TUTISHLIGI FARZ BO`LMAGAN KISHILAR

1775- modda: Qarilikgi tufayli ro`za tutib bilmaydigan yo ro`za tutishi uni qiynab qo`yadigan qariyaga ro`za tutish farz emas. Ro`za tutigani tufayli qiynalib qoladigan qariya har kuni 750 gramm Taom kambaghalga berisin.

1776- modda: Qarilikgi tufayli ro`za tutib bilmaydigan qariya, ramazon oyidan so`ning roza tutishga qodir bo`lib qolsa ramazon ro`zasini qayta tutishi mustahab.

1777- modda: Inson “ko`p chanqash” kasaliga bo`lgan yo`liqqan bo`lsa yo chanqoqlik- suvsashga chidab bilmaydigan yo chanqoqlikka chidash u uchun qiyin bo`lsa, ro`za tutishi farz emas. va har kun uchun 750 gramm Taom kambaghalga bersin va hojatidan ko`proq suv ichmasligi vojib. Keyinroq ro`za tutib bilsa, ro`zalarini qayta tutsin.

1778- modda: Homila ayolning bolasiga ro`za zarar yetkazsa, ro`za tutishi farz emas. O`ziga zarar yetkazsa ham ro`za tutish farz emas. Bu holda, har kun uchun kambaghalga 750 gramm Taom bersin va har ikki holda ro`zalarini qayta tutsin.

1779- modda: Suti oz bo`lgan ayol, bolaga sut beradigan bo`lsa, xoh ona bo`lsin, xoh enaga bo`lsin, xoh bolaga pulsiz sut beradigan ayol bo`lsin, ro`za tutishi, bolaga zarar yetkazsa, bu ayollarga ro`za tutish farz emas. SHuningdek, ayolnining o`ziga zarar bo`lgan taqdirda, ro`za tutishi farz emas. Bu holda, har kun uchun kambaghalga 750 gramm Taom bersin va har ikki holda ro`zalarini qayta tutsin. Ammo bolaga pulli (pulini, otasi yo onasi yo boshqa kishi to`lashidan qat’iy nazar) yo pulsiz sut beradigan enaga topilib qolsa, ona bolasini enagaga berib o`zi ro`za tutish farz.

HAROM VA MAKRUH RO`ZALAR

1789- modda: Fitr va qurbon bayram kunlarida ro`za tutish – harom. Ramazon oyinining boshi yo oldingi oynining oxirgi kuni bo`lishi bilinmagan kunda, ramazon ro`zasini niyyat qilib ro`za tutish – harom.

1790- modda: Sunnat ro`za tutishi bilan erinining haqqini poymol qiladigan ayolga ro`za tutish harom. SHiningdek, eri sunnat ro`za tutishdan qaytargan bo`lsa, – erinining haqqini poymol qilmasada – ayol ro`za tutmasligi vojib.

1791- modda: Sunnat ro`za tutadigan bolalarnining bu ro`zalari, ota- onalarini yo buva- bobolarini qiynab qo`yishga sabab bo`lsa, ro`za tutishlari harom!.

1792- modda: Ota ruxsatisiz sunnat ro`za olgan o`ghilni, otasi kun o`rtalarida ro`zadan qaytarsa, o`ghil ro`zasini ochishi farz!

1793- modda: Vrach- doctor ro`zanining zarari borligini uqtirib qo`ysa, ammo insonnining o`zi, ro`za tutishnining unga hech zarari bo`lmasligini bilsa, ro`za tutsin. SHuningdek, vrach- doctor ro`zanining zarari yo`qligini uqtirib qo`ysa, ammo insonnining o`zi, ro`za tutishnining unga zarari borligini bilsa yo gumonsirasa, ro`za tutmasin! Ro`za tutsa, ro`zasi buziladi[28].

1794- modda: Kishiga ro`za zarar yetkazish ehtimolini berganidan so`ning bu ehtimoli tufayli qo`rqinch hosil bo`lsa – chunonchi ehtimoli kishilar oldida o`rinli ehtimol sanalsa – ro`za tutmasligi kerak! Ro`za tutsa, ro`zasi buziladi[29].

1795- modda: Ro`za zarar etkazmasligiga ishongan kishi shom namozidan so`ning ro`zanining unga zarari borligiga tushunib yetsa bu ro`zani qayta tutsin!

1796- modda: Sanab o`tgan harom ro`zalar soni faqat shular emas. Fiqh kitoblarida boshqa harom ro`zalar ham aytib o`tilgan.

1797- modda: Oshuro kuni va arafa yo qurbon bayrami kunligi bilinmagan kunda ro`za tutish makruh[30].

SUNNAT RO`ZALAR

Sunnat ro`za olgan kishi, bu ro`zasini oxirigacha olishi lozim emas. Balki, mo`min barodari uni ovqatga taklif etsa, taklifini qabul qilib kun orasida ro`zasini ochishi sunnatdir!

1798- modda: Harom va makruh kunlardan boshqa, yilnining har kunida ro`za tutish sunnat! Qo`yidagi kunlarda sunnat ro`za tutish ahimiyatli hisoblanadi:

1. Oynining birinchi (1-) va oxirgi panshanbalari. Oynining o`ninchi (10-) kunidan so`ning keladigan birinchi chorshanba[31].

2. Har oynining o`n uchinchi (13-), o`n to`rtinchi (14-) va o`n beshinchi (15-) kunlari.

3. Rajab va sha’bon (= ramazon oyidan oldingi ikki) oylarini to`liq ro`za tutish. va (yoki bazi kunlari bir kun bo`lsaham) tutish sunnat.

4. Navro`z- yangi yil kuni.

5. Zi qa’da oyinining yigirma beshinchi (25-) va yigirma to`qqizinchi (29-) kunlarida.

6. Zi hijja oyinining birinchi (1-) kunidan to`qqizinchi (9-) kunigacha.

7. Arafa kunida. Ammo ro`za tutish oqibatida kuchsizlanib arafa duolarini o`qiy olmasa, bu kunda ro`za tutish makruh.

8. Zi hijja oyinining un sakkizinchi (18-) kunida. Ya’ni ghadir bayramida.

9. Muharram oyinining birinchi (1-) va uchinchi (3-) kunlarida.

10. Rabiul avval oyinining o`n yettinchi (17-) kunida. Ya’ni payghambarimiz Muhammad(s-a)nining tughilgan kunlari.

11. Rajab oyinining yigirma yettinchi (27-) kuni. Ya’ni payghambarimiznining payghambarlikka saylangan kuni.

RO`ZA BUZUVCHILARIDAN CHETLANISH SUNNAT BO`LGAN O`RINLAR

1799- modda: Ramazon oyida olti (6) kishi uchun – hatto ro`za tutmagan bo`lsalar – ro`za buzuvchilaridan chetlanish sunnat:

12. Safarda ro`zani buzuvchi ishni qilib qo`ygan yo`lovchi, peshindan oldin shahariga yo o`n (10) kun tunaydigan shaharga yetib kelsa [shom namozigacha ro`zani buzuvchi ishni qilmasligi sunnat].

13. Yo`lovchi, peshindan so`ning shahariga yo o`n (10) kun tunaydigan shaharga yetib kelsa [shom namozigacha ro`zani buzuvchi ishni qilmasligi sunnat].

14. Ro`zani buzuvchi ishni qilib qo`ygan kasal kishi peshindan oldin shifolansa [shom namozigacha ro`zani buzuvchi ishni qilmasligi sunnat].

15. Peshindan so`ning tuzalgan, shifolangan kasal [shom namozigacha ro`zani buzuvchi ishni qilmasligi sunnat].

16. Kun o`rtalarida hayz yo nifos qonidan poklangan ayol [shom namozigacha ro`zani buzuvchi ishni qilmasligi sunnat].

17. Kun o`rtalarida musulmon bo`lgan kofir- musulmon bo`lmagan kishi [shom namozigacha ro`zani buzuvchi ishni qilmasligi sunnat].

1800- modda: Ro`zador, shom va xuftan namozlarini iftor- ro`zani ochishdan oldin o`qishi sunnat. Ammo biron kishi uni kutib o`tirgan bo`lsa yo qorni – namozda qalbiy hozirlikni his etmaydigan darajada – och qolgan bo`lsa, avval ro`zasini ochishi- iftor qilishi yaxshiroq. Biroq, namozni fazilat vaqtida o`qishga harakat qilsin.

[1] Hatto tikuvchi ipni tupugi bilan ho`llagandan so`ning so`ng qayta oghghziga olsa va unining namini yutsa, ro`zasi buziladi. SHudek CHo`tka namini yutib yuborsa ro`zasi buziladi. Ammo bularnining namlari oghiz suvi bilan qo`shilishi natijasida ularnining namligi yo`qolib qolsa, ro`zani buzmaydi.

Tish oralighida qolgan ovqat qoldighi ham shu hukmda.

[2] Erkaklik olati kesilgan kishi, xatnagohgacha tiqsa – tiqish deyilsa – ro`zasi buziladi.

[3] Erkaklik olati kesilgan kishi, xatnagohgacha kirishiga shak qilsa ro`zasi buzilmaydi.

[4] [ ] ichiga olingan hukmda, boshqa mujtahidga murojaa qilsishi mumkin.

[5] Masalan: Ro`zador o`tgan ramazon oyidan turli sabablar tufayli 5 kun ro`zasini tuta olmadi. Yangi ramazon oyi boshlanishiga ham 5 kun qoldi deylik. O`tgan ramazon ro`zasini kelgusi ramazongacha tutmoq farzligi uchun, bu kishinining vaqti oz deb bilinadi.

[6] Bu muayyan ro`za nazr ro`zasidek jarimali ro`za bo`lsa, jarimasini to`lash ham farz bo`ladi.

[7] O`likni paypaslash: badanidan biron a’zoni, o`likni biron bir a’zosiga tekkizish.

[8] Bu hukmda, ramazon ro`zasi va boshqa ro`zalar orasida hech qanday farq yo`q. shuningdek farz va sunnat ro`zalari orasida ham farqi yo`q. ammo junub uxlasa va 1609- moddada aytib o`tilgandek bomdod namozi azonigacha yuvinmasa, ro`zasi buziladi.

[9] masalan, bilmay suv ichib qo`ysa… .

[10] masalan, agar ovqatlanmasang, molingga yo joningga zarar yetkazamiz deb qo`rqitishsa … .

[11] Masalan hammoga borish, qon berish va hokazo.

[12] Bu ishlar bilan maniyi chiqishi, unining odati bo`lmasada… . ammo agar maniy chiqish qasdi bilan bunday ishlarni qilib qo`ysa va oqibat natijada maniy chiqsa, ro`zasi buziladi.

[13] Taom ya’ni: Bughdoy, arpa va shu kabilar.

[14] Allohdan Kechirim so`rayman.

[15] Masalan: bir kishi oynining birinchi kunidan ketmaket to`za olishni boshladi. Ammo u, shu oynining 25- kunida ro`za olishni nazr qilgani tufayli, bu kunda ro`za tutish u uchun farz bo`ladi. 25- kun, ikki ro`za to`qnashgan kun hisoblanadi; nazr ro`zasi va jarima ro`zasi. Bu kishi, jarima ro`zasini boshdan boshlab qayta tutishi lozim!

[16] Uzr: ayol bo`lsa hayz yo nifos qoni ko`rishi yo safarga majbur jo`nashi.

[17] Xoh aroq ichish va zino qilish kabi o`zidan doimiy harom bo`lsin, xoh ayoli bilan hayz holida yaqinlashidek vaqtinchalik harom bo`lgan ish bo`lsin.

[18] Masalan: ramazon oyinining 10- kunida ikki marta yaqinlashsa, ikki qul ozod qilishi yo 120 kambaghalnining qornini to`yghazishi yo … vojib.

[19] Mastligi, xoh davolanish uchun bo`lsin, xoh boshqa sabablar tufayli bo`lgan bo`lsin.

[20] Masalan: ramazon oyidan oldin safar qilgan kishi, “shaharimga 5- ramazonda qaytgan edimmi yo 7- ramazondami?” deb shubhalansa, 5 kun ro`zasini qayta tutsa yetarli!

[21] Masalan: ramazon oxirlarida safar qilgan kishi, ramazon oyidan so`ning o`z shahariga qaytganidan so`ng, “27- ramazonda qaytdimmi yo 26- ramazondami?” deb shubhalansa, uch (3) kunlik ro`zasini qayta tutsa yetadi. Ammo safar vaqtini bilsa biroq miqdorini bilmasa ko`proq kunni qayta tutish vojib.

[22] Masalan: o`tgan yil ramazon oyidan 5 kunini ro`za tutamagan bo`lsa va kelgusi ramazon oyiga ham 5 kun vaqt qolgan bo`lsa, mana shu 5 kun ichida o`tgan yil ro`zalarini qayta tutishi vojib.

[23] Ya’ni bughdoy, arpa va hakazolar… .

[24] bu masala to`ghrisida namoz bo`limida bahs qilinadi.

[25] Masalan: yo`lovchilik shughli yo safari gunoh bo`lgan kishilardek… .

[26] masalan: yanvar oyinining 5- kunida ro`za tutishni niyyat qilsa, nazr qilsa, mana shu 5- yanvar kuni safar qilib biladi.

[27] Bilinmas masofat: shahardan, devori ko`rinmas va azoni eshitilmas miqdor uzoqlashsa, bilinmas masofatga yetib qoldi deyiladi.

[28] Niyyat (ya’ni Allohga yaqinlashishni qasd qilish) qilib ro`za tutganidan so`ning ro`zanining zarari yo`qligi bilinsa, ma’lum bo`lsa, ro`zasi buzilamaydi.

[29] Niyyat qilib ro`za tutganidan so`ning ro`zanining zarari yo`qligi bilinsa, ma’lum bo`lsa, ro`zasi buzilamaydi.

[30] Ammo inson oshuro kunida (ro`zani niyyat qilmay) asr namozigacha yeb- ichmasligi sunnatdir.



[31] Kishi bu ro`zalarni tuta olmasa qayta tutishi sunnat. CHunonchi ro`za tuta olmasa, bu kunlarnining har biri uchun 750 gramm Yo ??? Taom kambaghalga bersin.
Download 119.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling