S umarova Sitora pul-kredit siyosati


Download 4.89 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi4.89 Kb.
#1796337
Bog'liq
PUL-KREDIT SIYOSATI

121-21S Umarova Sitora

PUL-KREDIT SIYOSATI

REJA:

  • 1. Mamlakatning pul-kredit siyosati.
  • 2. Pul massasi va pul aylanish tezligi
  • 3. Pul muomilasini tartibga solish usullari.

PUL-KREDIT SIYOSATI

Mamlakatning pul-kredit siyosatini olib borish yuzasidan ulkan me’yoriy-huquqiy negiz tayyorlandi. Pespublikamizda iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyutaning harid quvvatini oshirish, inflyatsiyani kamaytirishga, ishlab chiqarishni barqarorlashtirish uchun zamin tayyorlashga qaratilganharakatlar orqli iqtisodiy tanglikni yengib o‘tish, bozor iqtisodiyotining zarur shart-sharoitlarini yaratish, jahon moliya-kredit tizimi bilan aloqalarni uzviy olib borishni yanada rivojlantirishga qaratilgan. Amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati natijasida Respublikada moliyaviy va iqtisodiy barqarorlik ta’minlandi.

PUL-KREDIT SIYOSATI

  • 1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlisning to‘rtinchi sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida” gi qonun qabul qilindi.
  • Bu huquqiy hujjat Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki tomonidan yuqori baholandi.
  • Mamlakatda o‘tgan yillar mobaynida amalga oshirilgan qafiy pul-kredit siyosati asosan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sish suratlarini oshirish va pul massasini qisqartirish yordamida inflyatsiya darajasini pasaytirishga qaratildi.
  • Makroiqtisodiy siyosatning samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy bankning pul-kredit siyosati byudjet-soliq siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borilmoqda.

PUL MASSASI VA PUL AYLANISH TEZLIGI

  • Pul massasi pul muomilasining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi.
  • Pul massasi xo‘jalik aylanishdagi naqd pulli hisob – kitoblarni ya’ni aholi, korxonalar, davlat tashkiloti, muassasalarga tegishli xarid va to‘lov vositalarining yalpi hajmini o‘zida ifodalaydi.
  • Pul muomilasining belgilangan muddat va davr uchun miqdoriy o‘zgarishlarini bilish uchun, shuningdek pul massasi hajmi va o‘sish sug‘urtalarini tartibga solish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun turli xil ko‘rsatkichlar (pul agregatlari)dan foydalaniladi.
  • Sanoati rivojlangan mamlakatning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan (guruhidan) foydalaniladi

PUL MASSASI VA PUL AYLANISH TEZLIGI

  • Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomilasining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi hamda uning rivojlanishi bilan bog‘liq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo‘ldi.
  • Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy funksiyasi bo‘lib pul egalari va unga vaqtincha muxtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilikdir. Hozir bu faoliyat maxsus malaka va texnikaga ega bo‘lgan maxsus ixtisoslashgan muassasalar-banklar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Pul muomilasini tartibga solish usullari

  • Har bir davlatda pul muomilasi ma’lum qonun qoidalar asosida tartibga solib turiladi.
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomilasi ma’lum usullar yordamida tartibga solib turiladi.
  • Bizning davlatimizda pul muomilasini tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi usullardan foydalanadi:
  • majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash;
  • tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi;
  • Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini belgilash.

Download 4.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling