Saljuqiylar davlatining boshqaruv tizimi va harbiy, siyosiy tarixi


Download 159.49 Kb.
bet1/5
Sana13.04.2023
Hajmi159.49 Kb.
#1355931
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Saljuqiylar davlatining boshqaruv tizimi va harbiy, siyosiy tari

SALJUQIYLAR DAVLATINING BOSHQARUV TIZIMI VA HARBIY, SIYOSIY TARIXI

Reja:


· Saljuqiylar davlating vujudga kelishi
· Saljuqiylar davlatining davlat boshqaruv tizimi
· Saljuqiylar davlatida harbiy unvon va mansablar
· Saljuqiy hukmdorlarning hukmronlik yillari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Saljuqiylar sulolasi turkiy o’g’uz qavmining qiniq urug’i yoki qabilasidan chiqqan bo’lib, hozirgi Janubiy Qozog’iston hududlariga to’g’ri keluvchi Sirdaryoning o’rta oqimidan Talas vodiysigacha, Sirdaryoning quyi oqimlarida ko’chib yuruvchi etnik guruhlar bo’lgan. Manbalarning ma’lumotlar berishicha, bu sulolaning paydo bo’lishi qiniq qabilasi vakili bo’lgan, Saljuq nomi bilan bog’liq edi.

X asrning o’ratalarida o’g’uzlar Yabg’usining xizmatida bo’lib, yirik harbiy unvon-“Suboshi” unvoniga savozor bo’ladi. Bu haqida Mahmud Qoshg’ariy “Saljuq Su-boshi” deya ma’lumot beradi. X asrning ikkinchi yarmida ko’plab o’g’uz qabilalari o’z davlatlarini tuzdilar. Saljuqiylar X asr oxirlarida dastlab Nurota tog’lari hududlariga ko’chib keladilar. Bu o’g’uzlarning boshlig’i Saljuqbekning nabiralari aka-uka To’g’rulbek Muhammad va Chug’rulbek Dovud edilar.

Qoraxoniy turklar XI asrning 20-yillariga borib o’g’uzlarni siqib qo’yishdi natijada ular boshqa yerga ko’chib ketishga majbur bo’ldilar. O’g’uzlarning rahbari Mahmud G’aznaviyga murojaat qilib Xuroson hududiga o’rnashishga ijozat so’raydilar. Buning evaziga Mahmud qo’shiniga yordam berish majburiyatini oladilar. Mahmud ularga Shimoliy Xurosondagi Saraxs va Obivard oralig’idagi hududga Qoraxoniy turklar XI asrning 20-yillariga borib o’g’uzlarni siqib qo’yishdi natijada ular boshqa yerga ko’chib ketishga majbur bo’ldilar. O’g’uzlarning rahbari Mahmud G’aznaviyga murojaat qilib Xuroson hududiga o’rnashishga ijozat so’raydilar. Buning evaziga Mahmud qo’shiniga yordam berish majburiyatini oladilar.


Download 159.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling